4-mavzu.
Kompyuter grafikasi
4.1.Kompyuterning grafikasi, ularning imkoniyatlari va turlari
Kompyuter grafikasi - grafik displey (monitor) ekranida tasviriy informatsiyani vizuallash („ko'rinadigan“ qilish). Tasvirni qog'ozda, fotoplvonkada, kinolenta va boshqalarda aks ettirish usulidan farqli ravishda Kompyuter grafikasida kompyuterda hosil qilingan tasvirni darhol o'chirib tashlash, unga tuzatish kiritish, istalgan yo'nalishda toraytirish yoki cho'zish, yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, rakurenn o'zlashtirish, burish, harakatlantirish, rangini o'zgartirish va boshqa amallarni bajarish mumkin. Kitoblarni bezash, rasm va chizmalarni tayyorlashda buyumlarni loyihalash va modellarini yasashda, telereklamalar yaratishda, televizion eshittirishlar „qistirmalari“ (zastavkalari) ni, multfilmlarni yaratishda, kinofilmlarda qiziqarli kadrlar hosil qilish va boshqa ko'p sohalarda qo'llaniladi.
Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o’zida mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga zeb berish, dastur vositasi yordamida hatto tasvirga oid yangi loyihalarni yaratish ko’zda tutiladi. U multimedia muhitida ishlash imkoniyatini beradi.
Kompyuter grafikasi – bu avvalo keng tarqalib borayotgan dastur ta’minotidir, ya’ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga tayanadi. U hatto dasturlarning o’ziga zeb berishda ham juda keng qo’llaniladi. Uning rivojlanishi jarayonlarning real uch o’lchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash (hatto harakatdagi) imkoniyatini yaratdi. Shuning uchun hozirda shunday amaliy dasturlar paketlari mav-judki, ular yordamida ko’rilayotgan masalaning asosiy parametrinigina bergan holda uning yechimi natijasi grafik shaklida olinishi mumkin.
Bu holda, biz natijalarni ko’plab jadvallar shaklida olishdan qutila-miz va bunga intilish kerak. Kompyuter grafikasi nafaqat ilmiy xodim-lar, balki rassomlar, turli soha loyihachilari, reklama bilan shug’ullana-digan mutaxassislar, Internet sahifalarini yaratish, o’qitish jarayoni uchun va boshqa sohalarda muhim rol o’ynamoqda. Uning ayniqsa poligrafiya sohasida qo’llanilishi keyingi paytlarda rang–barang, suratli adabiyotlar, o’quv– qo’llanmalari, badiiy asarlarning paydo bo’li- shida yuksak bezash texnikasidan foydalanishni taqazo qilmoqda.
Diqqatni o’ziga jalb qiluvchi videoroliklar, Internet sahifalarini yaratishni kompyuter grafikasisiz tasavvur qilish qiyin bo’lib qoldi.
Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dasturlar sirasiga bir qancha dasturlarni sanab o’tish mumkin. Jumladan, Microsoft Paint, Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, Corel Draw, Macromedia va Adobe Freehand, Adobe InDesign, Adobe ImageReady, Macromedia va Adobe Flash, Discreet va Autodesk 3ds Max, Cinema 4d, Alias va Autodesk Maya, LightWave, Adobe Brush va hokazolardir. Ushbu dasturlarda kompyuter grafikasiga oid ishlarni amalga oshirish mumkin. Ba’zilarida oddiy rasm chizish mumkin bo’lsa, ba’zilarida uylar proyektlari, ba’zilarida esa uch o’lchamli modellashtirish va hattoki to’rt o’lchamli modellashtirish mumkin bo’ladi.
Kompyuter grafikasi bilan ishlayotganda ekranning o’lchamini bilish ham muhim hisoblanadi. Ekran aslida nuqtalardan tashkil topgan bo’ladi. Uni piksellar deb ataladi. Ekrandagi nuqtalar soni qanchalik ko’p bo’lsa ekran shunchalik sifatli hisoblanadi. Ekranning o’lchamlari ham yuqoridagilarni hisobga olgan holda belgilanadi. Misol uchun 800x600 o’lcham gorizontaliga 800 nuqta va vertikaliga 600 nuqtadan tashkil topishini anglatadi.
Ekran haqida gapirganda yana shunga e’tibor berish lozimki, ekran- ning ham turlari bor. Monitor-Displey chiqarish qurilmasi bo’lib, ular 2 xil ish tartibida ishlaydilar.
Matnli ish tartibi 80 *25 simvol sigimiga ega.
Grafik ish tartibi. 1024 * 640 pixel sigimga ega.
Monitorlarni quyidagi guruxlarga ajratish mumkin
MGA Monochrom graphic adapter-oq qora rangli monitorlar.
CGA Color graphic adapter-rangli manitorlar.
MCGA Multi Color graphic adapterli manitorlar.
EGA EXTENDED graphic adapter kengaytirilgan. Grafik adapterli monitorlar.
VGA Video graphic adapter
SVGA Super Video graphic adapter.
Hozirda qo’llanilayotgan monitorlar SVGA turkumiga oid hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |