Kasbiy-metodik mohirlik - o’qituvchi, mazkur fanni olib boruvchining mavjud bo’lgan pedagogik va uslubiy bilimlar asosida malakaviy faoliyatini bajara olish qobiliyatidir. Shunday qilib, pedagog ikki turdagi: kasbiy va malakaviy tayyorgarlikka ega bo’ladi. Shuning uchun o’qituvchining maktabda o’qitayotgan fani yuzasidan malakasiga hamda kasbiga ko’ra xaqli ravishda pedagog deb ataydilar.
Kasbiy-pedagogik muloqot-pedagog va ta’lim oluvchilarning o‘zaro zich ijtimoiy-psixologik aloqasi tizimi bo‘lib, uning mazmuni axborotlar ayriboshlash, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish, kommunikativ vositalar yordamida o‘zaro munosabatlarini tashkil etish hisoblanadi.
Motiv-odamni o‘qishga yoki biror harakatlarni bajarishga undovchi turli sabablar yig‘indisi.
Muloqot - o’zaro munosabatlar, o’zaro ta`sirlarni ta`minlashga, ma`lumotlarni almashtirishni o’z ichiga olgan va munosabatlarni, ularning aloqalarini amalga oshiradigan, ma`lum yo’nalishga asosan olib boriladigan faoliyat hisoblanib, kishilarning birgalikdagi faoliyatining bir turidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |