“3/3” (4/4 5/5…) metodi



Download 161,5 Kb.
bet3/3
Sana22.07.2022
Hajmi161,5 Kb.
#837404
1   2   3
Bog'liq
Nemis tilini o`qitish,,

1.
Davlatimiz, xususan Prezidentimizning ta`lim sohasiga, chet tillarni o`qitish va o`rganishga nisbatan alohida e`tibor qaratishi tilshunoslikning nazariy va amaliy sohalarida tilshunos olimlarimiz oldiga yanada mas`uliyatli vazifalarni qo`ydi. Bunday vazifalarning dolzarbligi haqidа gapirib, yurtboshimiz I.A.Karimov quyidagilarni ta`kidlagan edi: “... zamonaviy fan taraqqiyotining asosiy yo`nalishi jahon miqyosida chiqqan tillarni, ayniqsa ilg`or texnikaviy tafakkur ifodalanayotgan tillarni bilishni taqozo etadi. Biz ingliz, fransuz, nemis va ispan tillarini va boshqa tillarni o`rganishni butun choralar bilan rag`batlantirishimiz lozim”2. Hali mamlakatimiz mustaqillikka erishmasdanoq Davlatimiz rahbari I.A.Karimov yoshlarni zamonaviy fan-texnikaning, umuman, ilm-fanning yutuqlaridan bahramand qilmasdan turib, ularda yuqori malakali ixtisos egalari bo`lib yetishishga sharoit tug`dirmay turib, respublikaning xalq xo`jaligini, sanoat ishlab chiqarish sohalarini tubdan o`zgartirib bo`lmasligini ta`kidlab o`tgan edi 3.
Insoniyat hayotida yuz berayotgan har qanday o`zgarishlar, tilshunoslik fanining rivojlanishiga ham o`zining ijobiy ta`sirini o`tkazmoqda. Xorijiy tillarni nazariy jihatdan o`rganish barcha talabalarning bilim saviyasini oshiradi. Professor A.A.Abduazizov ta`kidlaganidek, “... til dalillarini ongli ravishda o`zlashtirish, nazariy bilimlar ustida ongli ravishda ilmiy tadqiqotlar olib borish ham o`z ona tilimizni, ham xorijiy tillarni amaliy o`rganishga yordam beradi”4.
Dunyoda rivojlanmaydigan narsaning o`zi yo`q, chet tillar ham bundan mustasno emas. Bir tomondan til ijtimoiy hodisa va tizim sifatida kundan-kunga o`zgarib takomillashib borsa, ikkinchi tomondan bu hodisani o`rganuvchi fan ham katta odimlar bilan ilgarilab ketmoqda. O`zligimizni anglash, ichki hissiyotlarimizni tushunish, ularni ifoda etish ham tilimizga, uning bizga bergan imkoniyatlariga bog`liq. Jamiyatni jamiyat, uning rivojini, gullab - yashnashini, taraqqiyotini ta`minlovchi vosita bu - tildir.
Olmon tilini o`qitishning maqsadlari jamiyat va davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi, shuning uchun ham olmon tilini o`qitishga mo`ljallangan o`quv dasturi jamiyat, davlat manfaatlari va talablariga mos kelmog`i hamda javob bermog`i lozim. Mustaqil Respublikamizning jahon jamiyatida tutgan o`rni tobora borayotgan bir paytda uning kelajagini yaratuvchi yoshlarga olmon tilini puxta o`rgatish va masalalarini erkin muhokama qila olish, umuman og`zaki va yozma shaklda muloqot qila olishni o`rgatish hozirgi kunning eng muhum vazifalaridan biridir.
Bu vazifalar yaratilayotgan o`quv dasturi va darsliklarida o`z ifodasini topishi zarur. Mamlakatimiz kelajagi uchun 1997 yil 29 - avgustda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash miliy dasturi”, “Ta`lim to`g`risida”gi qonun ko`rsatmalari juda muhum ahamiyatga ega.
Ta`lim to`g`risidagi ijtimoiy buyurtma topshiriq bo`lib, har tomonlama rivojlangan shaxsni shakillantirish va olmon tilini o`quvchilar maktablarda amaliy, ta`limiy tarbiyaviy va rivojlantiruchi maqsadlarda o`rganadilar. Har qanday maqsad ehtiyoj tufayli paydo bo`ladi. Maqsad tushunchasi rejalashtirilgan natija, tasavvurdagi oqibat ma`nosini anglatadi. Chet tillarni maktabda amaliy, ta`limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarda o`rganadilar.
Dunyoning barcha burchagida bo`lgani kabi, O`zbekiston hududida ham ona tilidan tashqari o`zga xalqlar tillarini bilish kishilar orasida qadimdan taomil bo`lgan. Metodist Rimma Aleksandrovna Zaripova Respublikamizda chet tili o`qitish tarixini olti davrga ajratgan: I - davr XIX - asirning 70 - yilaridan 1917 - yilgacha: II - davr 1917 – yildan 30 – yillar boshlarigacha: III – davr 1930 – yilarning va 40 – yillarning birinchi yarmi: IV – davr 1940 – yillar o`rtasidan 1960 – yil boshlarigacha: V – davr 1960 – yildan 1970 – yilgacha.VI – davr 1970 – yildan keyingi vaqtni o`z ichiga oladi. O`zbekiston mustaqil bo`lgandan so`ng yangi davr boshlandi. O`zbekistonda I.V.Rahmonov va A.A.Miromovlarning tadqiqotlari doirasidagi, tarixiy malumotlarni asoslagan holda, chet – tili o`qitish tarixini shartli uch bosqichga bo`lish tavsiya etiladi. I – bosqich – 1924 – yilgacha. II – bosqich – 1924 – 1960 ; III – bosqich 1961 – yildan boshlanadi. Tarixda ilk bor 1961 – 1965 yillarda 5 – 8 – sinflar uchun ingliz, nemis, fransuz tili darsliklari tayyorlandi va maktab hayotiga joriy etildi. Turkustonda o`sha davrning mashhur muallifi S.M. Gramenitskiy o`z maqolasida to`g`ri metodning ijodiy tomonlarini aytib, ona tilidan olingan bilimda tayanishdan butunlay voz kechishga qat`iyan qarshi chiqdi. Faqat zarurat bo`lganidagina qoidani tushuntirish lozimligi haqidagi go`yani ta`kidlaydi. Gramenitsniyning fikrlari pedagogika jamiyati tomonidan qo`llab-quvvatlanadi. Chet tillar o`qitish mahalliy aholi orasida o`rta maktabda emos, balki oily o`quv yurtlaridan boshlandi. 1918 – yilning yozida Turkiston xalq dorilfunini qoshida chet tillar instituti tashkil qilindi. 1930 – yilda O`rta Osiyo Radiomarkazida ingliz tili sirtqi kurslari ochildi. Yoshlar tashkiloti O`rta Osiyo byurosining tashviqot bo`limi Toshkent shaxridagi muassasalariga chet til o`rganishni istovchilar ro`yhatga olinishini e`lon qildi. Oliy o`quv yurtlarida chet tillar yanada jadal sur`atlar bilan o`qitila boshlandi. 1921-yilda O`rta Osiyo davlat dorilfunini tinglovchilari orasida o`zbeklar ham bor edi. O`zbek maktablari uchun chet tillardan original darsliklar (1961-64) nashr etildi. Ilmiy metodik taolqiqotlar olib borishga katta e`tibor berildi. Yetmishinchi yillarning boshida chet til o`qitish mazmunini belgilashda jiddiy o`zgarishlar sodir bo`ldi. Shu yillarda o`zbek maktablarida original dastur yaratildi. “Oliy o`quv yurtlarining o`zbek va qoraqalpoq guruhlarida chet tillarni mutahasislik sifatida o`qitish metodikasida nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.)
Oltmishinchi yillarning ikkinchi yarmiga kelib amaliy,ta`limiy va tarbiyaviy maqsad atamalari davr talabiga muvofiq sharhlab berildi. 80-yilda uchala nomga qo`shimcha rivojlantiruvchi maqsad atamasi paydo bo`ldi.
Ushbu atamaning chuqur tahlili sermahsul metodistlardan professor Galina Vladimirovna Ragova tomonidan amalga oshirildi. Shunday qilib Nemis tili to;rt maqsadda o`rgatiladi.

I-bob
1.1.Nemis tili o’qitishning maqsadi


Nemis tili o`qitishning amaliy maqsadi.


Bu amaliy atalmish metodika atamasi bilan bog`liq bo`lib hozirgacha o`qitish tizimida muallimlar orasida ko`p mulohazalarga sabab bo`lib, quyidagicha umumiy ta`rif kelib chiqadi. Nemis tilini amaliy egallash o`zgalar nutqini tushunish va o`z fikrini bayon etish demakdir.
Ta`limiy maqsad.
Ta`limiy maqsad deganda nemis tilini o`qitish jarayonida o`quvchilarning tafakkurini o`stirish va o`zlashtirilayotgan til orqali ona tilidan egallagan bilimlarni rivojlantirishdir.


Tarbiyaviy (vatanparvarlik mehnatuvarlik, ahloqiy poklik kabi) maqsad olmon tilidagi matnlarning mazmunini o`rgatish yo`li bilan amalgam oshiriladi. Ta`limiy olmon tilini o`rgatish jarayonida o`quvchilarning tafakkurini o`stirish va shu tilni o`zlashtirish orqali ona tilidan egallagan bilimlarni rivojlantirish tushuniladi. Ona tili, rus tili va olmon tili o`rtasidagi o`xshashlik hamda farqlarni bilib olish o`quvchilarning bilim saviyasini yanada oshiradi. Olmon tilini o`rganish jarayonida o`quvchilar mamlakatimiz va tili o`rganiladigan mamlakatning geografiyasi, tarixi, adabiyoti, san`ati, fan va madaniyati shuningdek o`zlarini o`rab turgan atrof muhut haqidagi ma`lumotlarni ham bilib oladilar. Olmon tilini o`rgatishda predmetlararo bog`lanish ham muhim rol o`ynaydi. Bunday predmetlarga ona tili va rus tili bir qatorda adabiyot, tarix hamda geografiya kiradi. Boshqa predmetlar bo`yicha gegografiya, tarix va boshqa predmetlar bo`yicha oladigan bilimlarini yanada kengaytiradi.
Rivojlantiruvchi maqsad. O`quvchilarni har tomonlama yetuk shaxs bo`lib yetishishini, ya`ni uning dunyoqarashini, estetik didini, mustaqil fikrlashini , xotirasini, aqliy mehnat qilish madaniyatini, mustaqil bilim olish, malaka va ko`nikmalarini vujudga keltirishni nazarda tutadi.
Rivojlantiruvchi maqsad o`quvchining aqliy, hissiy va motivatsion (ichki turtki) xususiyatlarini rivojlantirishni ifodalaydi. Rivojlantiruvchi maqsad nutqiy harakarlar tufgayli yuzaga chiqadi. Rivojlantiruvchi maqsad o`quvchilarni dars jarayonida va darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil o`qib – o`rganishiga yo`naltiriladi.
Yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi uchta vazifani belgilash maqsadga muvofiqdir:

  • til o`rganish bilan bog`liq bo`lgan vazifalar;

  • o`quvchilarni egallagan bilim, malaka va ko`nikmalarini nazorat qilish bilan bog`liq bo`lgan vazifalar;

Davr bu vazifalarni rivojlantirish va takomillashtirishni taqozo qiladi. Chet tillarini o`qitishda uslublarning roli haqida gapirishdan avval “uslub (metod) atamasi nima?” degan savolga javob beraylik.
Didaktlar (ta`limshunoslar) metod atamasini bilim, malaka, ko`nikmani egallash, o`quvchilarda dunyoqarashni shakllanitirish va bilish imkoniyatlarini yaratish yo`lidagi muallim va o`rganuvchining ish usuli ma`nosida izohlaydilar. Mazkur ta`limiy tushunchaning son sanoqsiz ta`rif-tavsiflarga egaligi mutaxassislarga ma`lum. Fan asoslarini o`rgatadigan o`quv predmetlari uchun mo`ljallangan ta`limning umumiy metodlari ishlab chiqilgan o`quv predmetining xususiyatlari hisobga olinib, metodikada chet til o`qitish metodlari yaratilgan.
1.2.Nemis tilini o`qitishda metodlarning ahamiyati
“Metod” so`zi yunoncha “methodas” so`zidan olingan bo`lib tadqiqot, maqsadga erishish yoki vazifani o`tash usuli, chet tillarni o`qitilishida metodlarni tatbiq etish uzoq davrlardan boshlangan.
Chet til o`qitish metodikasida metod atamasi asosan uch ma`noni bildiradi; birinchidan, metadika tarixidagi butun bir yunalish (tarjima – metodi, to`g`ri metod). Ikkinchidan, yuqoridagi yo`nalish tarkibiga kiruvchi o`qitish sestemasi. birinchidan, muallim va o`quvchining o`zaro bog`langan faoliyati usuli (tanishish, mashq qilish va qo`llash metodlari). Chet tili o`qitish tarixida birinchi va ikkinchi metodlar “tarixiy” metodlar nomi bilan uchinchisini esa “chet tili o`qitish jarayonida metodlar” atamasi bilan yuritiladi. Tarixiy metodlar odatda prinsiplardan tashkil topadi, prinsiplar yig`indisi muayyan metodni hosil qiladi. Tarixan metodlar to`rt guruhga birlashtirilib, ularning nomlariga “tarjima”, “to`g`ri”, “qiyosiy” va “aralash” so`zlarini aniqlovchi sifatida qo`shib aytiladi. Metodlar tarixi atoqli metodist prof.I.V.Rahmonov tomonidan chuqur o`rganilgan. Tarjima metodining ma`nosini bilib olish qiyin emas. Chet til materiali ona tiliga tarjima qilinadi. Yevropada avvaldan yunon tili, keyinchalik lotin tili o`rgatilganda tarjima tushunish usuli qilib olingan.
XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIXasr davomida fransuz tili, XXasrda esa ingliz tili va nihoyat nemis tili tarjima orqali o`rganib kelindi.
Hozirgacha tarjima metodlari usullaridan foydalanib kelinmoqda. Matnni o`g`zaki tarjima qilish g`ayri metodik usuldir. Matnning ayrim jumlalari yoki bir-ikki bo`lagini muayyan maqsadda tarjima qilish man etilmaydi. Lug`atdan foydalanib yangi so`zlarning manolarini ochish maqsadida tarjima qilishga mo`ljallangan kichik matnlar berilishi mumkin.
To`g`ri metod.To`g`ri metodda o`qitish chog`ida ona tilini chetlab o`tib chet til so`zi bilan predmet orasida bevosita fikran bog`lanish o`rnatishga urinib ko`rilgan.
Ona tili ishtirokisiz chet tilini o`rgatishga intilishlarni to`g`ri metod, induktiv metod, tabiiy metod kabi atamalar bilan yuritiladi.
Ushbu metodlardan ko`zlangan asosiy maqsad chet tilini amaliy jihatdan o`rgatishdir. To`g`ri metodning zamonaviy ko`rinishlaridan biri audiolingual, ikkinchisi audiovizual metodlari ko`p tarqalgan. Audiolingual metodning asoschilari mashhur amerika metodistlari Charlz Korpenter Friz va Robert Ladolardir. Ularning fikrlariga binoan chet tili amaliy va ta`limiy maqsadda o`rganiladi. Til materiallaridan chet til jumlalarini (nutq namunalarini) tanlash va o`rgatishga muhim o`rin beriladi. Nutq faoliyati turlarini o`rganish tartibi quyidagicha kechadi: tinglab tushunish-gapirish-o`qish-yozuv. Og`zaki nutq chet tilda aloqa vositasi sifatida, yozma nutq esa og`zaki nutq materiali asosida o`rgatiladi. Muallimlar audiolingual metodning bir qancha ijobiy xossalarini maktab tajribalaridan biladilar. Chunonchi, nutq namunalarining til o`rgatish tartibi birligi darajasida qo`llanilishi, og`zaki nutqning ilgarilashi, og`zaki nutq materialida o`qish va yozishning o`rgatilishi V – VII sinflarda tegishli o`zgarishlar bilan qabul qilingan. Audiolingual metoddan qator jihatlari bilan farq qiladigan audiovizual metod namoyondalari P. Guberina, P. Riuanning ko`rsatmalariga binoan leksik materialni tanlashga alohida etibor berilgan.
Audiolingual metodda esa nutq namunalariga etibor berilgan. Hayotiy mavzularda erkin fikr yuritish uchun 1500 so`z tanlangan. Turli texnikaviy vositalarga ta`lim jarayonida katta o`rin beriladi. Ikkala metodning umumiyligidan tashqari tafovutlar ham bor. Masalan. Audiovizual metodda og`zaki nutq, yozuv va oxirgi navbatda o`qish o`rgatiladi. Maktablarda ushbu metodning ayrim taomillaridan ijodiy foydalaniladi.
O`rta maktablarda birinchi yili chet – tili o`qitishda yozuv o`qishdan oldin, keyinchalik o`qish yozuvdan oldin va yuqori sinflarda o`qish barcha nutq faoliyati turlaridan oldin o`rgatiladi.
Aralash metod. Ushbu metod ikki katta metodik yukalishlarning ilmiy-amaliy tomonlarini o`ziga singdirib olganligi ko`rinib turibdi. Aralash metodlar XIX asr oxiri XX asr boshlarida tarjima va to`g`ri metodlar qorishmasi sifatida vujudga keldi. Aralash metod haqida uning namoyodalari daniyalik ruhshunos K. Flagstad, nemis tilshunosi E. Otto, nemis metodisti F. Oronshteyn, nemis tilshunosi G. Paul kabilarning ilmiy ishlaridan ma`lumotlar keltirish mumkin. Aralash metodning yana bir boshqacha ko`rinishi to`g`ri metod va qiyosiy metod prinsiplarining qorishmasi sifatida vujudga keldi. Ushbu zamonaviy aralash metodning namoyondalari metodistlar amerikalik P.X.Igbodt, belgiyalik F. Klosse, germaniyalik A. Bolen va rus tili o`qitish ruhshunosi B.V. Belyayev tadqiqotlaridan ma`lum va mashhurdir
Qiyosiy metod. Bu metodning to`liq nomi “ongli qiyosiy metod ” deyiladi. Bu metodning asoschisi akademik I.V.Shcherba bo`lib metodni hozirgi davr chet tili o`qitish jarayonida moslashtirgan, metod asoschisi ishini samarali davom ettirgan pedagogika fanlari akademiyasi muxbir a`zosi prof. I.V.Rahmonov bo`lgan. Ongli qiyosiy metod bo`yicha chet tili o`rgatilganda didaktik onglilik prinsipi asosida ish ko`ra boshlagan. Ushbu metodning qiyoslash, ona tiliga suyanib ish ko`rish nutq faoliyati turlarini bir yo`la o`rganish singari xususiy prinsiplari qirqinchi va elliginchi yillarda shakllanadi va keng ko`lamda amaliy qo`llanadi. Chet – tili o`qitishning amaliy, ta`limiy va tarbiyaviy maqsadlari ilmiy asoslab berigan. Bu metodning birinchi ko`rinishi edi. Oltmishinchi yillardan hozirgacha bo`lgan vaqt ichida ongli-qiyosiy metod zamonoviylashtirildi, uning prinsiplariyaangi ta`lablarga muvofiq tatqiq qilindi.
Jumladan qiyoslash, o`quvchilarning dars paytidagi yumush taraida emas, balki mashqlar sistemasini tuzishda metodist va muallim vakolatiga kiradigan ishdir. Ongli-qiyosiy metodning birinchi ko`rinishida qoida asosida mashq bajarilar edi, zamonaviy ko`rinishida mashq yonida amaliy ruhdagi qoida umumlashtiriladi.
Chet –tili o`qitish jarayonida amaliy foydalaniladigan metodlar uchta: tanishish, mashq qilish va qo`llash. Ushbu uch atamani tatqiqotlarda yurli nomlar bilan yuritib kelindi. Ko`pchilik ton olgan va o`qitishda bevosita mushohada qilish mumkin bo`lgan mazkur metodlar o`quvchi nuqtai-mazaridan nomlangan. O`quvchining chet tili o`rganishdagi vazifasi o`quv materiali foydalanishdan iborat. Chet tili o`qitishni sistema deb qaralganda, unda ikkita tomon o`rgatuvchi va o`rganuvchi ishtirok etadi. Muallim zimmasiga o`quvchining o`rganish faoliyatini tashkil etish tashkiliy vazifa yuklanadi. O`quvchilarning takishish, mashq qilish va qo`llash vazifalari metodika tilida o`qitish metodlari deb yuritiladi. Ularni “ o`qitish jarayonida qo`llanadigan metodlar ” nomi bilan ataladi. Bu metodlar ta`lim maqsadlarini ro`yobga chiqarish vasitalari bo`lishi bilan birga, ularda o`quv materialini o`zlashtiirish bosqichlari tarzida ham qarash mumkin.
“Tanishish” metodidan foydalanish mobaynida so`z va so`z birikmasi, garmmatik xodisa, matn kabilar o`rganiladi. Ularni o`quvchi eshitish, ko`rish, birvarakay eshitib ko`rishi mumkin. Idrok etganda ularni sezgilar orgali payqash va mazmunini o`qib olishdek bir yo`la ikki tomonlama ish bajariladi.
Muallim esa narsa xodisani ko`rsatib, chet tilida, masalan, nemischa aytadi. Ayrim soda tushuntirish-izoh berish ham mualllimning vazifasiga kiradi. Predmet yoki xodisani ko`rsatishda rasmlar, flanelegraf, magnet taxtasi kabilar keng qo`llaniladi.
Texnika vositalarining ovozli nomoyish etadigan ko`rsatib, ovoz eshittiradigan turlaridan samarali foydalanish mumkin. O`quv materiali bilan tanishuv davrida mashq qilish bosqichiga tayyorgarlik ko`riladi. Mashq qilishda mashqlar miqdori va qanday mashq bajarish masalasiga a`lohida e`tibor beriladi. Mashq qilish chog`daning o`quvni o`zlashtirayotgan ko`nikma nazorat ostida bo`ladi. Nazorat qilishning eng tejamkor usuli test o`tkazishdir. O`quvchining o`zini-o`z nazorat qilish va xatolarini mustaqil bartaraf etishga o`rgatish katta ahamiyatga molik. Malakalar hosil qilishning hal qiluvchi bosqich o`quv materialini qo`llash hisoblanadi. O`quvchilarning og`zaki va yozma fikr almashishlari jarayonida qo`llash metodi qo`l keladi. Oldin o`rganilgan material endi axborot yetkaza olish maqsadiga bo`ysundiriladi. Metodlar faoliyat ko`rsatgichi, o`z navbatida metodik harakatlar (usullar) orqali amaliyotga ishlatiladi. Masalan: matndan axborot olish usuli, gramatik birlikni leksik o`rgatish usuli (qoida bermasdan yaxlit xodisa tarzida), talaffuzni taqlid yo`li bilan o`rgatish va hokazo. Aniq usullar majmuasi jarayon metodini tashkil etadi. Metodik usul o`quv materialini o`rgatish va o`rganishda yaqqol ko`rinib turadigan harakatni bildiradi. Tarjima metodining tarafdorlaridan biri fransiyalik Jan Jozef Zakato (Zakatot 1770 - 1840) matnni tarjimasi bilan yotlashni tavsiya qilishgan. Bu metod orqali grammatika tarjima metodidagi sxolastik (quruq safsata) tomonlarga nisbatan matn (liksika) tarjima metodi birmuncha ilg`or metodik sistema hisolanadi. Chunki grammatikani quruq yodlashdan tilni aks ettiradigan matnlarni o`rganishdek hayotiy zaruratga keskin burilish yaratildi. Tarjima metodlarining ba`zi usullaridan hozirgi chet tili o`qitish amaliyotida ham foydalaniladi, masalan til hodisalarining ma`nosini ochishda tarjimaadan va konteksdan foydalanishga alohida e`tibor berish lozim.
Tarjimasiz metod. Mazkur metodning turli ko`rinishlari tarixdan ma`lum. Ularni ikki yirik guruhga ajratish mumkin; tabiy va to`g`ri metodlar: Tabiiy metodlarning sobiqadam muxlislari fikricha, chet tilni o`rganish ona tilini egallash sharoitiga monand bo`lishi kerak. Metodning bosh maqsati chet tilda gapirishni o`rgatish. Kundalik hayotiy mavzularda gapirishni o`rganish orqali o`qish va yozini o`ganib olishga imkoniyat yaratildi, degan g`oya amaliy maqsad tarzida shakllangan.
Tabiiy metod tarkibiga kiritilgan prinsplardan eng muhimi – til muhitini yaratishdir. Olg`a surilgan metodik prinsplarni amalda qo`llash bobida turli yondashuvlar paydo bo`lgan. Metod namoyondalarining ijodiy faoliyatida buni yaqqol sezish mumkin.
M. Berlits metodi. M. Berlits Amerika Qo`shma Shtatlarida1878-yilda chet tili o`qitish kurslari tashkil etgan va darsliklar tuzgan. Chet tili o`qitish metodikasi tarixida metodist olim. U yevropa tillari va ayrim sharq tillari darsliklarini yaratgan. O`z vatani germaniyada ishi yurishmagach, AQSHga ko`chib boradi va o`zining birinchi maktablarini ochadi. Tilni amaliy maqsadda o`rganishni vazifa qilib qo`yadi.

  1. Til materialini idrok etish immonent tarzda, tarjimasiz bo`lishi kerak. So`z bilan narsa, hodisa, harakat fikran bevosita bog`lanishi, ona tili so`zlari bilan aloqa o`rnatmasliga hamda Grammatik tushunchalarni konteksda, ong ishtirokisiz va induktiv holda ona tili bilan qiyoslamasdan idrok etish.

  2. Muallimga taqlid qilish orqali til materialini mustahkamlash.

  3. Chet tilini o`rganishda ona tili bilan ishtirok etmasligi.

  4. Til hodisalarini leksik va grammatik birliklarning ko`rgazmalilik (narsa, tasvir, xatti-harakat, sharhlash) yordamida ma`nosini ochish.

  5. Yangi materialni avvalo og`zaki taqdim etish.

  6. O`quvchilarni nutq faoliyatiga undovchi muallim va o`quvchi (suhbati) nutqi boshqalaridan maqbul ish uslubi ekanligi.

M. Berlits ilmiy ko`rsatmalarini o`quv vositalarida nazariy asoslashga uringan. Uning quydagi o`quv qo`llanmalari mashhur bo`lgan.
Erstest Buch für den Erwachsene, zweiter Teil ,B:Aufl, Berlin, 1929. Illustrated book for children English, Riga 1924. F.Guen metodi (1831-1898). Tabiiy metod vakillaridan fransuz metodisti F. Guen chet tilni ona tili o`rgaishga o`xshab, amaliyotda egallash tarafdori bo`lgan. Metodikada birinchi bo`lib, u leksikaning mavzular (uydagi hayot, maktab, jamiyat, tabiat) bo`yicha tasnifini kashf etgan. Chet til o`rganishda quydagi qonun-qoidalarni taklif qilgan:

  1. Odam o`z ehtiyojidan kelib chiqib tilni o`rganadi.

  2. O`rganish birligi qilib so`z emas, gap tanlanadi.

  3. Til o`rganishda og`zaki nutq birlamchi hisoblanadi.

F.Guen xuddi M. Berlitsga o`xshab, ko`rgazmalilik, ona tiliga tayanmasdan,grammatikaning leksikaga tobeligi kabi shartlarni quvvatlaydi. F. Guenning ilmiy asari va o`quv qo`llanmasi Erstes Übungsbuch für das Deutsche metodika tarixidan o`rganilgan. M. Walter metodi. Marks Walter tabiiy metodlar doirasida chet til o`rgatish bilan shug`ullangan nemis metodisti Marks Walter metodik sistemasi yuqorida bayon etilganlarni o`z ichiga oladi va leksik materialni o`rgatish usullari bilan ulardan ajralib turadi. Darslarni M. Walter shu darajada tomoshaga, o`yinga aylantirib o`tadiki, leksikaning ma`nosini ochishga qaratilgan quydagi usullarni sanab o`tadi:
1. Narsa yoki uning tasvirini namoyish etish, xatti-harakatrni ko`rsatish.
2. Sinonim, antonim va chet tilida ta`riflash.
3. Notanish so`zni so`zlar yoki jumla (kontekst)da taqdim etish.
M. Walter so`z boyligini mustahkamlashga oid ko`pdan-ko`p mashqlar tavsiya etib, e`tiborni mashqlardagi so`zlarni guruhlantirishga tortadi. M. Walterning asarlari: Zur Methodik des neusprachlichen Unterrichts.
2. Aufl.Marburg 1912. Die Neueform des neusprachlichen Unterrichts auf Schule und Universtät. Aufl.Marburg . To`g`ri metod tabiiy metod zaminida vujudga kelgan. O`tgan asrning ikkinchi yarmida mamlakatlar o`rtasida tijorat texnikaning rivoji davlatlar orasida siyosatning o`zgarishiga sabab bo`ldi. XIX asrning 80-yillarida chet tillar o`qitish islohoti boshlandi. Tarjima metodi o`rniga to`g`ri metod ishga tushdi. H.Suit amaliy va nazariy maqsadda chet tili o`rganish tashabbuskori sifatida maydonga chiqdi. Birinchi og`zaki nutqni tushunish, o`qish, gapirish va yozuv yani amaliyot deb qaraladi, ikkinchi maqsad til tarixi va etimalogiyani o`rganishni taqazo etadi. H.Suit o`z metodik mulohazalarini quydagi tarzda umumlashtirgan:
1. Chet tili fonetikaga asoslangan holda o`qitiladi.
2. Jonli adabiy til asos qilib olinadi.
3. So`z emas gap, gapva so`z munosabatlari kontext bilan bog`liq. 4. Gapni matndan tashqarida, so`zni gapdan ajratub o`rgatmaslik lozimligi o`qtiriladi5. Bog`lanma asosida til o`qitish va grammatik tahlil o`tkazish tafsiya qilinadi.
6. Matnga bog`lab, grammatik qoidalar beriladi. H.Suitning islohot davri vakillaridan jiddiy farqi shunda bo`ldiki, u matnni o`rgatishga ahamiyat berdi. To`g`ri metod o`zgarib, rivojlanib, yangilanib boradi. XX asrning birinchi yarmida to`g`ri metod ikki yo`nalishda takomillashdi. H.Palmer metodi (1877-1949). Ulkan ingliz metodisti H.Palmer ingliz tilini chet til sifatida o`rgatish bilan uzoq muddat shug`ullangan. H.Palmer chet tilni erkin egallashni maqsad qilib qo`ygan: nutqni tinglab tushunish, gapirish, o`qishva yozuv malakalalarini egallashni nazarda tutgan. Og`zaki metod atamasi . H.Palmer nomi bilan bog`liq. Metodikada birinchi marta leksik birlik tushunchasini kashf etdi va uning shakli, manosini va qo`llanishi haqida fikr yuritib, metodik izohladi. K. Palmer chet tilini retseptiv (idrok etib yani o`qib yoki tinglab bushunish) va reproduntiv (muloqot darajasidagi ozmi ko`pmi yetkazilgan chet tilda fikrni bayon etish). Egallashni maslahat beradi. To`g`ri metodning reproduktiv ko`rinishlaridan AQSH da ommaviy tarzda foydalana boshlangan. Yirik tilshunos Leonard Blumfeld chet til oqitishda tabiiy metod prinsiplariga qaytishni tavsiya etgan. Uning fikriga ko`ra amaliy maqsadda chet til o`rgatish og`zaki nutqdan boshlanadi, taqlid va quruq yodlashga e`tibor kuchaytiriladi. Grorgiy Lazanov metodi. Suggestiv (ixlos quyish) metodi. O`z ijoduori – balgariyalik doktor G. Lazanov nomi bilan ataladi. G. Lazanov metodi bo`yicha til o`rganuvchilar adabiy asarlardagi tarixan tanish lavhalar va hozirgi turmush tarzini tasavvur etib, rollarga kirgan holda nutq faoliyatini yuritadilar. Intensiv metod bilan jaxon mamlakatlarida keng tarqalqan metodik sistemaning til o`qitish tajribasi va nazariyasi e`tiborga loyiqdir. Intensiv metod bilan faol shug`illangan metodistlardan prof Galina Aleksandrovna Kitaygorodskaya, prof Lamara shalvavna Gegechkori va boshqalarni eslash mumkin. Fransuz tili materiali asosida katta yoshdagilarga og`zaki nutqni jadal o`rgatish metodikasini L.Sh. Gegechkori tadqiq etgan. U monografik asarlarida intensive (jadal) metodni ilk bor yoritib berdi. Intensiv metod chet til kurslarida, ommaviy maktabda esa uning bazi metodik usullari qo`llaniladi. M. Uest metodi. Ulkan ingliz metodisti M. Uest chet til o`qitish masalalariga bag`ishlangan yuzga yaqin ilmiy asarlar muallifi sifatida jahon metodikasida mashhur. M. Uest quydagi metodik fikr mulohazalarni o`rtaga tashlaydi.
1. Tilning retseptiv (idrok etib tushunish) tomonini birlamchi hisoblaydi. 2. Har qanday gap yoki matnni o`qish chog`ida o`quvchi muayyan topshiriqni bajarishi ya`ni uni puxta tushunib olish talab qilinadi. 3. O`quvchilarga ikki turdagi o`qish kitobi tavsiya etiladi. Birinchi darsdagi yangi material va ikkinchi o`zlashtirilgan til materiali asosida tuzilgan o`qish kitobi o`rganiladi.
4. Matnlar mazmuni o`quvchilar yoshi, didi va qiziqishiga mos bo`lishi kerak. O`qishga berilgan matnlarni kitoblardan sharoitga moslashtirib (adabtatsiya) berish metodika tarixida M. Uest ilmiy kashfiyoti deb tan olingan. O`zining metodik sistemasida M. Uest darsliklarga qo`yilgan talablarni ham chuqur tahlil qildi. Zamonaviy darsliklar mualliflari ulardan hozirgacha samarali foydalanib kelishadi. M. Uest metodi dunyo mamlakatlari bo`ylab tarqalgan. M. Uest prinsiplarini AQSHda Ch.Xyandshin yanada rivojlantirdi. Chet tillar o`qitish islohoti davom etar ekan, oldingi qo`llangan yo`l-yo`riqlaridan omixta qilib dars o`tish boshlandi. Aralash yani omixta metodlar vujudga keldi. G`arbiy Ovropa mamlakatlaridan ham aralash metod bilan o`qitish an`anaga aylandi. Daniyalik ruhshunos K.Flagstad chet tilini umum ta`limiy yo`nalishda o`rgatishni maqul ko`radi. K.Flagstad chet tilni bilim (axborot) olish uchun emas balki estetik nuqtai nazardan o`rganilishi tarafdori bo`lgan.
E.Otto chet til o`rganishdan maqsad tili o`rganilayotgan xalq madaniyatini o`zlashtirish deb qaraydi. O`qitishning yako`niy maqsadi matnlarni o`qish ekanligini oshkor aytadi. Nemis netodisti va filoligi F. Aronshteyn o`zining asarlarida umumta`limiy va tarbiyaviy maqsadlarni yoqlab chiqdi. Turli sistemalarga mansub tillarni o`qitishda onglilik zarurligi, chunonchi qiyaslash maqbulligini takidlaydi. Piter Xyegboldt sistimasi, Pedagoglik faoliyatini Belgiyada M.Berlits maktabida nemis tili muallimligidan boshlangan. U Amerikaga ko`chib borib, Chikago universitetida ijodiy va pedagogik faoliyatining so`ngi o`n yilini o`tkazgan. O`qitish maqsadida amaliy va umumta`limiy yo`nalishni quvvatlaydi. Gapirish, tinglab tushunish, yozuv va o`qishni amaliy maqsadda kiritadi. Fransua Klossenning fikricha chet tili o`qitish uch maqsadda ro`yobga chiqadi. Amaliy og/zaki nutq, o`qish va yozuv malakalarini o`stirishga zarur lo`g`at boyligini va asosiy grammatik tushunchalarni o`zlashtirish; tarbiyaviy bola qobiliyatini o`stirish; umumta`limiy tili o`rganilayotgan mamlakat hayoti va madaniyati bilan tanishish. To`g`ri metodni rad etib, o`zini aralash metod tarafdori deb e`lon qiladi.
Adolf Bolen. Nemislarga ingliz tili o`rgatishga oid tadqiqotlar muallifi. A. Bolen to`g`ri metodning muvaffaqiyatli “muloyim shakli”ni (gemilderte form) asoslashga urinib ko`rgan. O`qitish maqsadlarini ilmiy tekshirar ekan, chet til o`rgatishd to`rtta vazifani belgilaydi:
1. Eng birinchi amaliy egallash
2.Til orqali xalq ruhi bilan oshno bo`lish
3. Madaniyatni o`rganish
4. Tarbiya olish
Metodist A. Bolenning talablaridan muhimlari o`z dolzarbligini hozirgacha saqlab kelayotganlari mana bunday ifodalangan: haftalik dars soatlari sonini ko`paytirish, sinfda o`quvchilar miqdorini kamaytirish va muallimlarni til malakalarini oshirish uchun chet elga yuborib turish. A. Bolen metodika tarixida birinchi bo`lib chet tili o`qitishning uch bosqichi: ibtidoiy, o`rta va yuqori bosqichlarini aniqlab ularni asoslab berishga harakat qilgan.
B. V. Belyayev metodi. Belyayev til birliklarini anglab o`rgana boshlash va og`zaki nutq mashqlarida qo`llashni tavsiya etgan. B. V. Belyayev barcha metodlarni tanqid ostiga olgan. Shu bilan bir vaqtda, uning fikrlaridan u aralash metod tarafdori ekanligi ma`lum bo`ladi.

II Bob.Asosiy qism


2.1.O`qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar.
Hozirgi O`zbekiston o`rta maktablarida to`g`ri metodning zamonaviy ko`rinishlaridan audiolingual va audiovizual metodlari ko`p tarqalgan. Audiolingual metodining asoschilari amerikalik metodist Ch.K.Friz va R. Ladodir. Audiolingual lotincha “audio” - eshitaman, tinglayman “lingua” – til ya`ni tilni eshitaman, tinglayman degan ma`nolarni bildiradi.
Audiovizual lotincha audio, video eshitish hamda ko`rishga oid vosita, ta`limda eshitish va ko`rishga mo`ljallangan jihozlar metodi. Audiovizual metodda og`zaki nutq, yozuv va ohirgi navbatda o`qish o`rgatiladi. Ushbu metoddan hozirda ijobiy foydalanishning yana bir isboti ilk nemis tili o`rganuvchilari uchun yaratilgan “chiroyli yozuv” husnixat daftaridir. “Das Schönschreiben” husnixat daftari o`zbek maktablarida nemis tili o`rgatishda yangilik bo`ldi. Ilgari nemis tili o`rganuvchilari uchun husnixat daftari yo`q edi. “Das Schönschreiben” husnixat daftari ilk o`rganuvchilar uchun yozuvni o`rganishda katta ahamiyatga ega bo`ldi. Hozirda yana o`zbek maktablarida tarixan yaratilgan “Tarjima“, „To`g`ri“, „Qiyosiy“ va „Aralash“ metodlarining ko`rinishlari mavjud. Ulardan foydalanish bilan birga hozirda yangi metodlardan ham foydalaniladi. Masalan „Mind map“ metodi. „Mind map“ bu inglizcha so`z bo`lib, „mind“ – es, yod “map” – reja, rejalashtirmoq ya`ni esga olib qolishni rejalashtirish yoki umumlashtirgan holda esga olib qolish ma`nosini anglatadi.
Bu metodga ko`ra bir misol keltiraylik. Masalan: tili o`rganilayotgan mamlakat haqida o`quvchilarga tushuncha berish kerak. Darslar o`tish jarayonida o`quvchilarga avval Germaniyaning ittifoqdosh o`lkalari tushuntiriladi. Keyin Germaniyaning mashhur kishilari kabi mavzulari tushuntiriladi.
Ular umumlashtirilib o`quvchining esda olib qolishini hisobga olib sxema tuzish mumkin. Sxema bo`yicha o`rtada Germaniya ya`ni “Deutschland” doiraga olingan holda yoziladi. Doiraning chetlaridan chiziqlar tortilib Germaniyaning o`lkalari, an`ana va udumlari, mashhur kishilari kabi yozuvlar yoziladi va har biriga alohida to`xtaladi.
Bu metod orqali Germaniya deganda o`quvchi ko`z o`ngida bir butun mamlakat o`zining har taraflama tomonlari bilan namoyon bo`ladi, gavdalanadi. Bundan tashqari nemis tili darslarini o`tishda turli o`yinlardan foydalanish ham til o`rganishda yaxshi samara beradi. Ilk o`rganuvchilar uchun yaratilgan 5- sinf nemis tili darsligi bunga yaqqol misol bo`la oladi. Darslikdan turli boshqotirmalar, o`yinlar, o`quvchini o`qishga, o`ylashga, fikrlashga undovchi rebuslar o`rin olgan. Darslikdagi boshqotirmalarning javoblarini biz o`qituvchilar uchun yaratilgan uslubiy qo`llanmadan topamiz. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, chet tillarni o`qitishda turli uslublardan foydalanish katta samara beradi. Darslarni qay darajada qiziqarli o`tkazish, o`quvchilarni tilga qiziqtirish o`qituvchining pedagogik mahoratiga bog`liq. Zamonaviy pedagogik yondashuv ta`lim jarayonining markazida o`quvchining o`quv-biluv faoliyatining qo`yilganligi, ta`lim jarayoni taxminiy loyihalanganligi, diagnostikaligi maqsadning aniqligi va natijaning obyektiv nazorati, ta`lim jarayonining yaxlitligi kabilarga qaratilgandir. O`quvchi faoliyatining yuqori darajadagi ko`rsatkichi uni o`quv-biluv faoliyatini o`zi tashkil etishi, iroda va faoliyatning o`quvchi ongining predmetiga aylanishidir. Bu maqsadni mustaqil qo`ya bilish faoliyat usullarini tanlay olish, o`z ta`sirlari va munosabatlari doirasida boshqalar bilan kelisha bilish va ishlarni koordinatsiyalash, o`z-o`zini nazorat qila bilishlarda ko`rinadi. Bunday faoliyat ta`limning ilg`or texnologiyasi orqali amalga oshirilishi mumkin. Masalan: “Bilaman, bilishni xohlayman. Bilib oldim.” metodi. Ushbu metod o`quvchilarga muayyan mavzular bo`yicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradi. Metodni qo`llash jarayonida o`quvchilar bilan guruhli yoki ommaviy ishlash mumkin. Guruh shaklida ishlashda mashg`ulot yakunida har bir guruh tomonidan bajarilgan faoliyat tahlil etiladi. Guruhlarning faoliyatlari quyidagi ko`rinishda tashkil etilishi mumkin:

  1. har bir guruh umumiy sxema asosida o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi va mashg`ulot yakunida guruhlarning munosabatlari loyiha bandlari bo`yicha umumlashtiriladi;

2) guruhlar umumiy sxemaning alohida bandlari bo`yicha o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.
O`quv faoliyati bevosita yozuv taxtasi yoki ish qog`ozida o`z aksini topgan quyidagi sxema asosida tashkil etiladi
Bilaman-Bilishni hohlayman-Bilib oldim.
Metoddan foydalanish uch bosqich asosida amalga oshiriladi, ya`ni:

  1. O`quvchilarning o`rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo`yicha tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi.

  1. O`quvchilarning mavzu bo`yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo`lgan ehtiyojlari o`rganiladi.

  2. O`quvchilar mavzuga oid ma`lumotlar bilan batafsil tanishtiriladilar.

Bosqichlar bo`yicha amalga oshirilgan harakatlarning to`liq tafsiloti quyidagicha:

  • sinf o`quvchilari guruhlarga biriktiriladilar.

  • o`quvchilarning yangi mavzu bo`yicha tushunchalarga egalik darajasi o`rganiladi;

  • o`quvchilar tomonidan qayd etilgan tushunchalar loyihaning birinchi bandiga yozib boriladi;

  • o`quvchilarning yangi mavzu bo`yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo`lgan ehtiyojlari o`rganiladi;

  • o`quvchilarning ehtiyoji sifatida bayon etilgan tushunchalar loyihaning 2-bandiga yozib qo`yiladi;

  • o`qituvchi yangi mavzuga oid umumiy ma`lumotlar bilan o`quvchilarni habardor qiladi;

  • o`quvchilar o`zlashtirgan yangi tushunchalar aniqlanadi;

  • bayon etilgan yangi tushunchalar loyihaning 3-bandiga yozib qo`yiladi;

  • mashg`ulot yakunida yagona loyiha yaratiladi:

“Zig-Zag” strategiyasi (metodi)
Metod o`quvchilar bilan guruh asosida ishlash, mavzuni tezkor va puxta o`zlashtirishga xizmat qiladi. Metodning afzalligi quyidagi jihatlar bilan belgilanadi.
1.O`quvchilarda jamoa yoki guruh bo`lib ishlash ko`nikmasi;
2.Mavzuni o`zlashtirishga sarflanadigan vaqt tejaladi.
“Zig-Zag” metodini qo`llash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: ya`ni guruhlarda to`plangan javoblarni bir kishi javob beradi.
„Qora quti“ metodi. Ta`lim jarayonida mazkur metodni qo`llashdan maqsad o`quvchilar tomonidan mavzuni puhta o`zlashtirishga erishish bilan birga ularni faollikka undash, ularda hamkorlikda ishlash, ma`lum vaziyatlarni boshqarish hamda mantiqiy tafakkur yuritish ko`nikmalarini shakllantirishdan iborat. Metoddan foydalanishda quyidagi harakatlar tashkil etiladi:

  • o`quvchilar juftlikka biriktiriladi;

  • juftliklarga mavzu mohiyatini yorituvchi asosiy tushunchalar (tayanch so`zlar, sanalar, raqamlar, belgilar v.h.)ni kartochkalarga qayd etish vazifasi yuklanadi;

  • o`qituvchi o`quvchilar bilan hamkorlikda guruhlar tomonidan topshiriqning bajarilishini tekshiradilar;

  • topshiriqni to`g`ri bajargan guruhning bir a`zosi o`qituvchi rolini bajaradi va topshiriqning yechimini yozuv tahtasiga yozuv tahtasiga yozadi;

  • sinf o`quvchilari yozuv tahtasida qayd etilgan fikrni sharhlaydilar.

  • to`g`ri javob bergan o`quvchi o`qituvchi rolini bajarib, juftliklarga mavzu mohiyatini yorituvchi sxema jadval yoki tasvir yaratishni topshiradi va o`qituvchi yordamida topshiriqning bajarilishini tekshiradi.

“Birinchisi (lotinchisi, yettinchisi..) ortiqcha” metodi. O`quvchilarning mantiqiy tafakkur yuritish ko`nikmalariga ega bo`lishlariga ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo`llashda quyidagi harakatlar amalgam oshiriladi:

  • o`rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berish uchun xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish;

  • hosil bo`lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo`lgan to`rtta, beshta va taalluqli bo`lmagan bitta tushunchaning o`rin olishiga erishish;

  • o`quvchilarga mavzuga taalluqli bo`lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish;

  • o`quvchilar o`z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash maqsadida o`quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o`tishlari hamda ular o`rtasidagi mantiqiy bog`liqlikni asoslashlarini talab etish lozim).

Mavzu mohiyatini yorituvchi tushunchalar o`rtasida mantiqiy bog`liqlikni ko`rsata va asoslay olishi o`quvchilarda mustaqil fikrlash, shaxsiy yondashuvlarni asoslay olish, shuningdek tengdoshlarining fikrlari bilan shaxsiy mulohazalarini o`zaro taqqoslash ko`nikmalarini ham shakllantiradi.
“3/3” (4/4 5/5…) metodi.
Mazkur metod ham yuqorida qayd etilgan metodlarning muqobili hisoblanib o`quvchilardan o`rganilayotgan mavzu yuzasidan tahliliy mulohaza yurutish, shuningdek eng muhim tayanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi. Unga ko`ra o`qituvchi mavzu yuzasidan uchta, to`rtta va unga teng nisbatda bo`lgan va noo`rin qo`llangan tushunchalardan iborat tizimni shakllantiradi. O`quvchilar ushbu tizimda mavzuga ta`luqli bo`lmagan tushunchalarni ajratadilar va hararakatlarning mohiyatini izohlaydilar.
Metodni qo`llash quyidagi harakatlar orqali tashkil etiladi:
_ o`qituvchi o`zaro teng nisbatda mavzuga oid va oid bo`lmagan asosiy tushunchalar yaratadi;
_ o`quvchilar mavzuga oid va oid bo`lmagan tushunchalarni aniqlaydilar va dahldor bo`lmagan asosiy tushunchalarni tizimdan chiqaradilar;
_ o`quvchilar o`z harakatlarining mohiyatini izohlaydilar;
Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o`quvchilar tomonidan mavzuning puxta o`zlashtirilishini ta`minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maqsadida foydalanish mumkin.

“Rasmlarni to`g`ri joylashtirish” metodi


Kichik guruhlarda ishlashda ushbu metoddan foydalanish ham ijobiy natijalarini kafolatlaydi. Metodni qo`llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
_ o`qituvchi tomonidan o`rganilayotgan mavzuning mohiyatini mantiqiy ketma-ketlikda yoritishga hizmat qiluvchi tushunchalarni ifoda etgan maxsus kartochkalar majmui tayyorlanadi;
_ har bir guruhga kartochkalarning alohida majmuasi topshiriladi va kartochkalarining ulardagi tushunchalarga asosan mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirish vazifasi yuklanadi;
_ guruhlar tomonidan topshiriq bajarilib bo`lgach, kartochkalarning orqa tomoni o`chiriladi va maxsus qoplama ochilib topshiriqning qay darajada to`g`ri bajarilganligi aniqlanadi.
Agar topshiriq guruhlar tomonidan to`g`ri bajarilgan bo`lsa yakuniy jarayonida kartochkalar orqa tomoni uchirilganida mavzuning mohiyatini yorituvchi “yadro” tushuncha hosil bo`ladi.
Metotdan foydalanishning afzalligi shundaki, bu jarayonda o`quvchilar mavzuni muayyan qismlarga bo`lib o`rganish va qismlar o`rtasidagi mantiqiy bog`liqlik hamda aloqadorlikni analiz va sintez asosida aniqlash ko`nikmalari hosil qilinadi.

“Qizil va yashil kartochkalar bilan ishlash” metodi


O`quvchilar bilan ommaviy va guruh shaklda ishlashda ushbu metodni qo`llash nihoyatda qulay. Metoddan mashg`ulotlar so`ngida mavzuni mustahkamlashga oid tezkor savol-javobni tashkil etishda foydalanish mumkin.
Metod quyidagi harakatlarni tashkil etish asosida qo`llaniladi:
_ o`qituvchi tomonidan o`rganilayotgan mavzuning mohiyatini mantiqiy ketma-ketlikda yoritishga hizmat qiluvchi tushunchalarni.ifoda etgan maxsus kartochkalar majmui tayyorlanadi.
_ har bir guruhga maxsus kartochkaning alohida majmuasi topshiriladi va kartochkani ulardagi tushunchalarga asosan mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirish vazifasi yuklanad.
_ guruhlar tomonidan topshiriq bajarilib bo`lgach kartochkaning orqa tomoni o`chiriladi va maxsus qoplama ochilib, topshiriqning qay darajada to`g`ri bajarilganligi aniqlanadi
“Videotopishmoq” metodi
So`nggi yillarda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalar yordamida ta`lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e`tibor qaratilmoqda, o`qituvchilar oldida ta`lim jarayonida turli axborot vositalaridan o`rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turubdi. Videotopishmoq metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
_ o`quvchilar e`tiboriga o`rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videoloyiha namoyish etadi;
O`quvchilar har-bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganligini qayd etadilar. O`qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytaradilar.

“Yumaloqlangan qor o`yini” metodi


Ushbu metod ham mavzuni muayyan qismlarga bo`lgan holda o`zlashtirish imkonini beradi hamda o`quvchilarda guruh va juftlikda ishlash ko`nikmalarini shakllantirishga hizmat qiladi.
Metodni qo`llash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi.
_ tasvirli kartochkalar tayyorlanadi. Ularning orqa tomoniga mavzuni o`zlashtirishga oid o`n besh variantdan iborat topshiriqlar yoziladi;
_ sinf o`quvchilari ikki yoki uch guruhga bo`linib har-bir guruh a`zolari bir nechta juftliklarga biriktiriladi;
_ har-bir juftlik bir variantdagi topshiriqni bajaradi, jarayon yakunida umumiy xulosalar chiqaradi.
Yumaloqlangan qor o`yini” metodidan muayyan bo`lim yoki boblar bo`yicha o`zlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash yo`lida foydalanish nihoyatda qulay.
“Zakovatli zukko” metodi
Mavjud bilimlarni puxta o`zlashtirishda o`quvchilarning fikrlash, tafakkur yuritish layoqatlariga ega ekanliklari muhim ahamiyatiga ega. “zakovatli zukko” metodi o`quvchilarda tezkor fikrlash ko`nikmalarini shakllantirish, ularning tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam beradi. Metod o`z hoxishlariga ko`ra shaxsiy imkoniyatlarini sinab ko`rish istagida bo`lgan o`quvchilar uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Ular o`qutuvchi tomonidan berilgan savollarga qisqa muddatda to`g`ri va aniq javob qaytara olishi kerak. Savollarning murakkablik darajasiga ko`ra har-bir savolga qaytarilgan to`g`ri javob uchun ballar belgilanadi. Yakuniy ballarning o`rtacha arifmetik qiymatini topish asosida o`quvchilarning tafakkur tezligi aniqlanadi. Ballarning bellgilanishi o`quvchilarning shaxsiy imkoniyatlari to`g`risida aniq tasavvurga ega bo`lishlarini ta`minlaydi. Metod o`quvchilar bilan yakka tartibda guruhli va ommaviy ishlashda birdek qo`llanilishi mumkin.
“Qarama-qarshi munosabat” metodi
Metod o`z mohiyatiga ko`ra o`zlashtirilgan bilimlarni tahlil va sintez qilish asosida asosiy hamda ikkinchi darajali ma`lumotlar sifatida guruhlarga ajratish imkonini beradi. Metodni qo`llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
_ mavzuning umumiy mazmuni yodga olinib, uning ahamiyatini yorituvchi tayanch tushunchalar aniqlanadi;
_ mavzuning umumiy mazmuni yodga olinib uning ahamiyatini yorituvchi tayanch tushunchalar aniqlanadi;
_ ular muayyan ketma-ketlikda qayd etiladi. Tushunchalar shaxsiy yondashuv asosida muhim va u qadar muhim bo`lmagan tushunchalar tarzida guruhlanadi;
jadval yaratilib, uning birinchi ustuniga muhim, ikkinchi ustuniga muhim bo`lmagan tushunchalar yoziladi;
_ kichik guruhlar asosida shahsiy yondashuvlar muhokama qilinadi;
_ jamoaning umumiy fikriga ko`ra yakuniy xulosani ifoda etuvchi jadval yaratiladi.

2.2.Pedagogik texnologiyalar haqida olimlarning qarashlari


Quyida qator olimlar va amaliyotchilar yangi pedagogik texnologiyalarga bergan ta`riflari:
V.P.Bespalko: “Pedagogik texnologiya bu-o`qituvchi mahorati shaxsini shakllantirish jarayoni loyihasidir”.
B.M.Monokov: “Pedagogik texnologiya avvaldan rejalashtirilgan natijalariga olib boruvchi va bajarilishi shart bo`lgan tartibli amallar tizimidir”.
U.Nishonaliyev: “Pedagogik texnologiyaning mohiyati didaktik maqsad, talab etilgan o`zlashtirish darajasiga erishishdan iborat bo`lib, uni tatbiq etishni hisobga olgan holda ta`lim jarayonini ilgaridan loyihalashtirishidan namoyon bo`ladi”.
N.Saidahmedov: “Pedagogik texnologiya bu o`qituvchining o`qitish vositalari yordamida o`quvchilariga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta`sir ko`rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarini samarali shakllantiruvchi maqsadga yo`naltirilgan o`quv jarayonini tizim sifatida qarab, uni tashkil etuvchilar, ya`ni o`qituvchining o`qitish vositalar yordamida tahsil oluvchilarga ma`lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko`rsatgan ta`sirini va ta`lim natijasini baholab beruvchi texnologiyalashgan ta`limiy tadbirdir”.
P.Sokomoto “Pedagogik texnologiya bu mazmunli fikr yurutish usulini pedagogikaga sindirish, boshqacha qilib aytganda pedagogik jarayonini muayyan bir majmuaga keltirishdir”.
L.Golish: “Pedagogik texnologiya–o`quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya”.
YU NESKOning tarixchi: “Pedagogik texnologiya bu-ta`lim berish va uni egallashda texnika va inson resurslarini o`zaro uzviy bog`liqlik holda ko`rib, butun ta`lim jarayonini yaratishda va amalda qo`llashda tizimli yondashuvdan foydalanishdir”.
Bu yerda asosiy g`oya, asosiy tushuncha so`zsiz tizimli, ya`ni har qanday narsa yoki voqelikka majmua sifatida yondashuv bo`lmoqda. Bunda ta`lim-tarbiya jarayonida ishtirok etuvchi barcha tashkil etuvchi tarkibiy qismlar bir butunlikni tashkil qiluvchi pedagogik texnologiya degan majmuaning qismlari bo`lib hisoblanadi. Pedagogik texnologiyaning ananaviy uslublaridan farqi ham uni to`la to`kis majmuaviy yondashuv nazariyasining qonuniyatlaridan kelib chiqqanligidir.
Pedagogik texnologiyaning ananaviy ta`lim-tarbiya uslublaridan afzalligi, u ta`lim-tarbiya jarayonini bir butunlikda ko`rib, ta`lim-tarbiya jarayonining ishtirokchilari o`qituvchi va o`quvchi, ta`lim maqsadi, uning mazmuni, ta`lim berish usullari, ta`lim jarayonini nazorat qilish va ta`lim natijalarini baholashdek bo`laklarni o`zaro uzviy bog`lab, majmua shakliga keltirib turib, loyihasini avvaldan tuzib qo`yilganligidir.
Uning ananaviy pedagogik tizimlaridan ikkinchi farqi o`quvchilar tomonidan ularga berilgan bilimni yodlab olib aytib berishga emas, balki ta`lim-tarbiya jarayonining yakunida qandaydir bir amaliy ishni bajarishga yo`naltirilganligidadir.
Pedagogik texnologiyaning yana bir o`zgacha hususiyati yaxshi loyihalashtirilgan pedagogik texnologiya bo`yicha har qanday o`qituvchi ham a`lochi bo`lmasada, yaxshi dars o`tishi mumkin. Chunki pedagogik texnologiyani pedagog olimlar tuzib, ularning mahorati texnologik jarayon loyihasida o`z ifodasini topadi. Avvalgidek “darsdan ko`zlangan maqsadga obektiv sabablarga binoan yetib bo`lmadi” yoki “kutilmagan omillarga binoan dars buzildi” va shunga o`xshash pedagogik texnologiyada o`rin yo`q.
Pedagogik texnologiyaning yuqorida aytib o`tilgan xususiyatlaridan kelib chiqib, unga quyidagicha izoh berish mumkin bo`ladi: Pedagogik texnologiya ta`lim-tarbiya jarayoniga yangicha yondashuv bo`lib, pedagogika ijtimoiy muhandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida darsning maqbul loyihasini tuzib chiqish bilan bog`liq ijtimoiy hodisadir. Demak, ijtimoiy-gumanitar fanlarni o`qitishda pedagogik texnologiyalarning roli kattadir. Bularsiz ko`zlangan maqsadga yetib bo`lmaydi.
Jahon pedagogik tafakkurida ta`lim-tarbiyaga bunday yondashuv yangi bo`lmay XVII asrdayoq “Buyuk didaktika”ning muallifi Yan Amos Kamenskiy ta`lim jarayonini shunday shaklga solmoqchi bo`lganki, u unda har bir usul va vositalar vaqt jihatdan joylashtirilishi kerak ediki, “butun pedagogik jarayon yahshi sozlangan soat kabi bexato yurishi kerak” edi. Hozirgi paytda bu ijtimoiy hodisa pedagogik texnologiya nomini olib, buyuk pedagog Kamenskiy yetmagan niyatga XXI asr pedagoglari yetib, butun dunyo o`qituvchi va muhandis pedagoglarga dastur-amal bo`lib xizmat qilmoqda.
Pedagogik nazariyalar yig`indisi hisoblangan didaktikada katta hajmda nazariy va amaliy bilimlar to`plangan bo`lishiga qaramay, XX asr ikkinchi yarmigacha mashhur pedagoglarning birontasi qayta tiklanadigan, ya`ni izdoshlari tomonidan ular o`tgan yuqori samarali darslarni ularga o`xshab o`tish imkonini beradigan pedagogik jarayon andozasi ishlab chiqilmagan. Buning sababi mashhur pedagoglar uslubi tarkibida o`zlarining shaxsiy sifatlari etakchi o`rin egallaganligidadir. Ma`lumki, jamiat tarkibida mashhurlikka davogar buyuk shaxslar juda ham kam. Bizga esa ular har bir akademik litsey va kasb-hunar kollejiga kerakdir. Bunga etishishning bitta yo`li mashhur pedagoglarning darslarini, pedagogik texnologiya loyihasini tuzish va ko`paytirish, tarqatishdir.
Texnologiya atamasi ishlab chiqarishdan olingan bo`lib, unda minglab texnologik jarayonlar loyihalashtirilgan. Ular kerakli natijalarga erishish garovi hisoblanadilar. Bu texnologiyalarni qo`llash vaqtida hudud va ularning ijrochilari o`zgarsa ham, baribir kerakli mahsulot chiqariladi.
Xulosa
O`zbekistonda mustaqillik tanatanasi tufayli ta`lim tarbiya tizimida tub o`zgarishlar yuz berdi.
Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar tizimida ta`lim olayotgan yoshlarning ma`naviy dunyosini boyitish, ma`naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta`lim va tarbiya jarayonini takomillashtirish, shu kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Inson o`z milliy urf-odatlari, madaniyatini o`rganishi lozim, chunki aqliy faoliyat inson ma`naviyati kamolotining yetakchi komponentlaridan hisoblanadi.
Milliy urf-odatlar har qanday xalq ma`naviyati, ma`naviy hayotining muhim tashkil etuvchi qismidir.1
Shunday qilib, o`z milliy urf-odatlarimiz va madaniyatimiz, tilimizni qadrlagan holda inson chet tillarni o`rganishga harakat qiladi, chunki til o`rganish orqali imkoniyatlarimiz kengayadi.
Hozirgi kunda ta`lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik texnologiyalarni qo`llashga bo`lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda, bunday bo`lishiga sabablardan biri shu kungacha ta`limda o`quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o`rgatilgan bo`lsa, zamonaviy texnologiyalarni o`rgatish esa ularni mustaqil fikrlashga kerakli masalalarni izlab topishga, tahlil va xulosa qilishga o`rgatadi. O`quvchi bu jarayonda boshqaruvchilik, yo`naltiruvchilik vazifasini bajaradi, ta`lim o`quvchi talabalarga yo`naltiriladi.
Innovatsiya-inglizcha
“Innovation” yangilik kiritish, yangilik ma`nosini bildiradi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o`quvchi va talaba faoliyatiga yangilik kiritish bo`lib uni amalgam oshirishda asosiy interaktiv metodlardan to`liq imkoniyati mavjud. Interaktiv metodlar bu talaba bilan talaba, talaba va internet, talaba va o`quvchi o`rtasidagi fikrlash demakdir, ya`ni pedagogik ta`sir etish usullaridir va ta`lim tizimining asosiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarni qo`llashda pedagogik va o`quvchi talabalar birgalikda faoliyat ko`rsatishlari kerak bo`ladi. Oliy o`quv yurtlarida zamon talabiga mos malakali kasb egalarini yutishtirishda zamonaviy o`qitish metodlari, ya`ni pedagogik texnologiyalar innovatsion texnologiyalar muhim va pedagogikning mahorati, o`quvchi talabalarni jahon standartlari darajasidagi malakali kasb egalari bo`lib yetishishini ta`minlaydi. Nemis tilini o`rgatishda hozirgi zamon axborot va pedagogik texnologiyalarning ahamiyati katta. Til o`rgatish jarayonida mavjud bir qancha texnologiyalarni qo`llash mumkin. Bular “Tarmoqlar” metodi (klaster) “Bumerang”, “Loyiha”, “3X4”, “Blits o`yin”, “Aqliy hujum”,”Axborot uzatish”shular jumlasidandir. Bu texnologiyalardan birini qo`llash o`qituvchi ixtiyorida ,chunki maqsad aniq ya`ni, bu o`quvchi-talabalar bilim saviyasini oshirish, yaxshi natijaga erishishdir.O`qitish jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo`llash jarayoni oldindan loyihalashtiriladi,bunda o`qituvchi o`quv predmetining o`ziga xos tomonini, joy sharoitini o`quvchining imkoniyatini hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, chunki bular yaxshi natijaga erishishga yordam beradi.Dars jarayonida o`tilayotgan mavzuni yangi texnologiya asosida o`tishdan oldin , o`qituvchi tanlangan texnologiyaning texnologik xaritasini tuzib olishi katta ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o`qitilayotgan predmet,o`quvchi talabalarning imkoniyati va ehtiyojlariodan kelib chiqqan nholda tuziladi.Bunday xaritani tuzmoqchi bo`lgan o`qituvchi pedagogika, psixologiya, metodika, pedagogik va axborot texnologiyalardan xabardor bo`lishi kerak.
Darsning qiziq va maroqli bo`lishi darsning tuzilgan texnologik xaritasiga bog`liq.Yuqorida aytib o`tilgan metodlardan birini misolda ko`rib chiqamiz.Masalan “3X4”metodi,bu metod o`quvchi-talabalarni erkin fikrlashga, keng doirada turli g`oyalarni bera olish, ta`rif bera olishiga qaratilgan. “3x4” metodini quyidagi chiqishiniz mumkin. Bunda o`tilgan biron-bir mavzu tanlanadi masalan: nemis xalqining bayramlari, noaniq zamon fe`llari va hokazo, dars mavzusini o`qituvchi doskaga yozib qo`yadi, guruhni uchga bo`lib, tarqatma material beradi va vaqt belgilaydi. Bu materialda bayram nomlari yozilgan bo`ladi, masalan ostern (Pasxa), Weichnachten. Bu guruhlar o`zlariga tushgan mavzu bo`yicha ma`lumot tayyorlashadi. O`qituvchi berilgan vaqt davomidan guruhlarning ishlashini kuzatib boradi. Vaqt tugashi bilan o`qituvchi guruhlarni tinchlantirib ulardan tayyor bo`lgan ma`lumotlarni guruhdan tanlangan vakil orqali navbatma-navbat doskaga chaqirib ishitadi. Ma`lumotni eshitgach o`qituvchi guruhlarning javobini bir-biridan farqlarini aytib baholaydi, so`ngra qolib ketgan kamchiliklarini to`ldirib ko`proq ma`lumot berib o`tadi. Bu metodning maqsadi o`tilgam mavzuni takrorlash, tarqatilgan materiallar orqali tarqatma materialdan matn qay darajada o`zlashtirilganligini nazorat qilsh, ularning baholash. Dars jarayonida turli xil metodlarni qo`llash o`qituvchi uchun ham katta ahamiyatga ega. Bunda o`qituvchi o`tilgan mavzuni qisqa vaqt ichida barcha talabalar tomonidan o`zlashtirilishiga erishadi, talabalar faoliyatini oshiradi. Ularda darsga nisbatan qiziqish uyg`otadi bir vaqtda ko`pchilk talabalarni baholaydi, o`z oldiga qo`ygan maqsadlarga erishadi. Talaba esa yangi bilimlarni egallaydi, yakka va guruh bilan ishlashga o`rganadi nutqi rivojlanadi eslab qolish qobiliyati kuchayadi, o`z-o`zini nazorat qilishni o`rganadi, qisqa vaqt ichida bir qancha ma`lumotlarga ega bo`ladi.
Shuni xulosa qilib aytish kerakki, til o`rgatishda hozirgi zamon texnologiyalarni qo`llash juda katta ahamiyatga ega va bu pedagogdan katta mahorat, o`z ustida ko`proq ishlash, yetarli bilim, ko`nikma va malaka bo`lishini talab qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1.Karimov I.A. “Barkamol avlod –O`zbekiston taraqqiyotining poydevori ” Toshkent, “Sharq nashriyoti” 1998 y.
2.Karimov I.A. “Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch ” Toshkent “Ma`naviyat” 2008 y
3.Karimov I.A. “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” Toshkent “O`zbekiston” 2012 y.
4.Innovatsiya o`quv jarayonida ilmiy-uslubiy maqolalar to`plami. Toshkent 2010y.
5.Jalolov J. “chet tilini o`qitish metodikasi” Toshkent, “O`qituvchi nashriyoti” 1996 y.
6.Tomson A.L. «об изучении инос транных языков в средне-учебных заведениях» Педагогических сборник. 1891 г.
7. Mirolyubov A.A. Rahmonov M.V. Setlin V.S. “O`rta maktablarda chet tili o`qitishning umumiy metodikasi” Toshkent “O`qituvchi”
8.Rahmatova D. “Istiqlol va til” ilmiy-amaliy anjuman materiallari Toshkent 2007 3-qism 209-211 betlar
9. G`afforova T. “Qarshi davlat universiteti axborotnomasi” 2-son 2009 y.
10. Saidahmedov N. “Yangi pedagogik texnologiyalar” 1-son “xalq ta`lim” jurnali 1999 y.
11. Farbermann B.X. “Ilg`or pedagogik texnologiyalar ” Toshkent, o`z. R. F.A. 2000 y.
12. Gafforova T. va boshqalar. “Ta`limning ilg`or texnologiyalari” Qarshi, Nasaf 2003.
13.Eshmuhamedov R.J. “Innovatsion texnologiya yordamida ta`lim samaradorligini oshirish yo`llari” Toshkent 2004 y.
14.Yo`ldoshev J. “Yangi dedagogik texnologiyalar yo`nalishlari muammolari” xalq ta`limi 1999 y.
15.Azizxo`jayeva N.N. “Dedagogik texnologiyalar va dedagogik mahorat“ Toshkent 2003
16. Abdinazarov Sh. “Ta`lim-tarbiyaning aktual masalalari” Qarshi 1991 y.
17. Tassov E.U. «Основы методики обучение иностранным языкам». Москва 1997 г.
18. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsepsiyasi \\ Xalq so`zi, 2010 yil 13 noyabr.
19.Karimov I.A. Barcha va reja dasturlarimiz Vatanimiz tarqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz faravonligini oshirishga xizmat qiladi. Prezident I.A.Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo`ljallangan eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma`ruzasi \\ Ma`rifat, 2011 yil 22 – yanvar.
20. “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzuidagi konferensiya materiallari // Ma`rifat, 2012 yil 22 fevral.
Karimov I.A. O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –Toshkent, “O`zbekiston”, 2011 y. –B.90.



1 Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsepsiyasi \\ Xalq so’zi, 2010 yil 13 noyabr.

1 Karimov I.A. Barcha va reja dasturlarimiz Vatanimiz tarqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz faravonligini oshirishga xizmat qiladi. Prezident I.A.Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi \\ Ma’rifat, 2011 yil 22 – yanvar.

2 Karimov I.A. 2012 yil Vataniimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi \\ Xalq so’zi, 2012 yil 19 yanvar.

1 “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzuidagi konferensiya materiallari // Ma’rifat, 2012 yil 22 fevral.

2 Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –Toshkent, “O‘zbekiston”, 2011 y. –B.90.

3 Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –Toshkent, “O‘zbekiston”, 2011 y. –B.137.

4 Abduazizov A.A. O‘zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi. –T., “O‘zbekiston”, 1992, -B. 5-6.


Download 161,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish