30. Cho’kindi jinslarni tasvirlash Siniq (klastik) jinslar



Download 176,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana03.07.2022
Hajmi176,4 Kb.
#734641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
30.Чўкинди тоғ жинсларининг ҳосил бўлиш босқичлари.

Boksitlar
. Odatda qattiq, ba'zan kulrang gilli jins bo'lib, asosan alyuminiy gidroksidi 
(A1
2
O
3
·2H
2
O) dan iborat bo'ladi, ba'zan unga temir oksidi ham aralashadi. Boksitlar va 
amiminiy minerallarining cho'kishi natijasida nurash qobiqlarining yuvilishi qayta 
yotqizilishidan hosil bo'ladi. U xalq xo'jalikda katta ahamiyatga ega. Undan alyuviy, olinadi. 
Gillar.
M.S. Shvetsovning ta'rifiga kura, gil bu suv bilan aralashganda plastik massa 
hosil qiluvchi, quriganda qotuvchi, qizdirganda esa toshdek qattiq bo'lib qoluvchi tuproqsimon 
jinsdir. 
Ko'pincha gilning unga uxlagandan keyin bo'ladigan hidi (“pechka hidi”) bo'ladi deb 
hisoblaydilar. Ba'zi xillarda haqiqatdan ham bu xususiyat bor, lekin bu hamma gillar uchun 
anikdash belgisi bo'la olmaydi. Gillar quruq holida tashqi ko'rinishidan tuproqsimon, yumshoq, 
oson maydalanadigan va eziladigan yoki juda qattiq, “toshdek” jinsdir. Gillarning qattiqligi birga 
teng. Shunga kura ularga tirnoq bilan oson chiziladi. Zich gilning yuzasi barmoq bilan 
ishqalansa, yaltiroq iz qoladi. Gillar ho'l barmoqqa yopishib, suvni tez shimib oladi. Gil suvga 
to'yingandan keyin bo'kadi, yumshaydi va yopishqoq plastik massaga aylanadi. Unga yana suv 
qo'shilsa asta-sekin suyuq massaga aylanadi. 
Gillarning muhim xususiyatlariga quyidagilarni ko'rsatish mumkin: 1) qayishqoqlik, ya'ni 
bosim ta'sirida osonlik bilan har qanday shaklga kira olish va bosim to'xtagandan so'ng shu 
shaklni saqlab qolish xususiyati. Bu xususiyat gilni tashkil qiluvchi zarrachalarning juda mayin 
va asosan plastinka (taxtacha) shaklida bo'lishi, shuningdek gilga xos bo'lgan boshqa belgilarga 
bog’liqdir. Gil haddan tashqari quritilsa yoki qizdirilsa qayishqoqligi yo'qoladi. 2) Ko'p suvni 
(hajmning 40-70% i) shima olishi, jins suvni shimib olganda ko'pchiydi (gigroskopiyli). 3) 
Suvga juda to'yingandan so'ng suv o'tkazmasligi. 4) Ba'zi kolloid va bo'yoqli moddalarni, 
tuzlarni va yog’larni yuta olishi va hokazo. Hamma gillarda bu xususiyat turlichadir. 5) O'tga 
chidamliligi - erimasdan Yuqori temperaturaga chidashi. Gillar xilma-xil yo'llar bilan paydo 
bo'ladi. Ular orasida kontinental (ko'l, allyuvial va boshqa gillar) va dengizda paydo bo'lganlari 
bor. Gillar turli sharoitlarda, sayoz suvlarda ham, chuqur suvlarda ham to'planadi. Shunga kura, 


gillar tekstura belgilariga (qatlamli va boshqa), fizik xossalariga, rangiga, tarkibiga, shuningdek 
aralashmalari (qum, ko'mirli, ohak, kremniy) va eritmalarning xarakteriga qarab farq qiladilar. 
Toza gillar yog’liq gil, bir oz qum aralashgani yog’siz gil deyiladi. Qumli gillar tarkibida 
qum ko'paysa gilli qumga, changsimon zarralari ko'paysa, gilli alevrit jinsiga aylanadi. Gilning 
tarkibida oz miqdorda kal’tsiy karbonat (ohak CaСO
3
) bo'lsa, ular ohakli yoki mergelli gil 
deyiladi. Ohak ko'p bo'lsa, mergelga o'tadi. Gillarning suvli kremnezemga boy bo'lgan xillari 
ham bo'ladi. Bunda gil zarrachalarini kremnezem tsementlaydi. Gillarni tasvirlashda uning 
rangini (shu bilan bir vaqtda uning namligini ko'rsatish kerak); qayishqoqligi, yog’liq, quruq va 
qumliligini, rang beruvchi aralashmalarning tabiatini (gil, ko'mirga o'xshagan qoramtir, deyarli 
qora, bitumli va bitum hidli, bitumga juda to'yingan bo'lsa qog’ozda yog’li dog’ qoldiradigan va 
engil erituvchilarni (benzin va boshqa) bo'yaydigan: teksturasini (varaq-varaq mayda qavatchali 
va hokazo), hayvon, tosh tamg’alaryni va o'simlik qoldiqlarini ko'rsatish lozim bo'ladi. 
Gilli jinslar turli aniqlash jarayonlari natijasida odatda kremnezem bilan tsementlashgan
ko'pincha juda qattiq argilitlarga aylanadi. Bunda gilga xos bo'lgan bir qancha xususiyatlar, 
masalan, plastiklik va suv shimuvchanlik xususiyatlari yo'qoladi. 

Download 176,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish