3-seminar mavzu: Temir yo’ldagi qurilmalar. O’zbekiston Respublikasida Temir yo’llari tarmog’ini rivojlanish istiqbollari. Suv transportidagi aloqa yo’llari. Kema qatnaydigan daryolarda quriladigan ko’priklarga qo’yiladigan talablar


Kema, gemi suv ustida suzuvchi katta transportdir. Kemalar quyidagilarga tegishli bo`lishi mumkin: Kema



Download 45,66 Kb.
bet3/4
Sana10.04.2021
Hajmi45,66 Kb.
#62982
1   2   3   4
Bog'liq
topshiriq 2

Kema, gemi suv ustida suzuvchi katta transportdir. Kemalar quyidagilarga tegishli bo`lishi mumkin:

Kema — yuk va yoʻlovchilarni tashish, baliq ovlash, suv ostidan foydali qazilmalar (mas, neft) ni qazish, sport mashklari va musobaqalari oʻtkazish hamda harbiy masalalarni, i. t. ishlari va b.ni bajarish, sayyohlik uchun moʻljallangan suvda suzuvchi inshoot. Qadimda suzib yuruvchi vosita sifatida xodalar va suvda suzadigan boshqa narsalardan foydalanishgan.

Xodalarni bir-biriga bogʻlab qurilgan solni dastlabki K. deb hisoblash mumkin. Qad. Misr, Oʻrta Osiyo, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Hindiston va b. mamlakatlarda qayiq va K.lar yasalgan. Misrda dastlab qamish va papirusdan yasalgan sol ishlatilgan. Ossuriyada hayvon terisidan tayyorlangan qopga havo puflab suvdan suzib oʻtishda foydalanishgan. Shim. mamlakatlarda qayin poʻstlogʻidan qurilgan, daraxt tanasini oʻyib yasalgan yoki karkasga hayvon terisi tortilgan (chelnok) qayiqlardan foydalanishgan. Misrda qadimdan koʻp eshkakli dengiz K.si rasm boʻldi. Borabora kemasozlik takomillashib, K.ning oʻlchamlari va yuk koʻtaruvchanligi ortib bordi, unga eshkak va yelkanlar oʻrnatildi (mas, X. Kolumb "Santa Mariya" yelkanli K. — karavellada Amerikani ochgan, 1492). Rus mexanigi I. Kulibin 1772 y.da gʻildirak (charxpalak) li K.ni yaratdi. Angliyada 1882 y. birinchi temir paroxod (bugʻ kemasi) qurildi. 19-asr 40-y.larida vintli K. qoʻllana boshladi. Birinchi bugʻ turbinali K. ("Turbiniya") Angliyada yaratildi (1894). Rossiyada dunyoda birinchi boʻlib ichki yonuv dvigateli oʻrnatilgan K. ("Vandal") qurildi (1902). Keyinchalik elektr dvigatelli (1913, AQSH), gidromuftali (1925, Germaniya), 20-asr 50-y.larida suv osti qanotli K.lar paydo boʻldi. K.larga gaz turbinalari, atom kuch qurilmalari oʻrnatildi, atom turboelektroxodlar paydo boʻldi. Hozir suv yoʻllarida pa-roxodlar, teploxodlar, elektroxodlar, atomoxodlar qatnaydi.

Oʻzbekistonda qam qadimdan K.lardan foydalanilgan. Amudaryo va Orol dengizida K.lar qatnagan. Ilgari, asosan, yelkanli K.lar boʻlgan. 20-asr boshlarida Amudaryo va Orol dengizida yuklar va yoʻlovchilar tashilgan (mas, 1924 y. Oʻrta Osiyo suv yoʻllarida 20 kema, 1500 qayiq qatnagan). 1923 y. Oʻrta Osiyo paroxodchilik boshqarmasi tuzilgan (1956 y. u sobiq Ittifoq Dengiz floti vazirligi ixtiyoriga oʻtkazildi). 1950 y. Termizda daryo porti ochildi. Amudaryo sohillarida bir necha bandargohlar qurildi. 1980 y.ga kelib Oʻzbekistonda suv yoʻllarining umumiy uz. 2800 km ga yetdi. 1995 y. "Termiz daryo porti", "Xorazm daryo floti", "Qoraqalpogʻiston daryo floti" i. ch. birlashmalari tashkil qilindi. Daryo suvining kamayishi va Orol dengizining qurib borishi tufayli suv yoʻllari keskin qisqardi. Respublika daryo flotida 150 ga yaqin teploxod bor, suv yoʻllarining umumiy uz. 1000 km ga yaqin (2002). Xalq xoʻjaligi yuklari, asosan, Termiz — Hayraton, Sharlavuq — Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli — Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli — Beruniy, Qoratov — Taxiatosh yoʻnalishlarida tashiladi.

Vazifasiga koʻra, K.lar transport, ovchilik, sanoat-xoʻjalik, maʼmuriyxizmat, harbiy, i. t. ishlarini bajaruvchi, kemalarga xizmat koʻrsatuvchi turlarga boʻlinadi. Transport K.sida yuk, yoʻlovchilartashiladi; ovchilik K. sida kit va baliq ovlanadi; sanoat-xoʻjalik K.sida suv ostidagi neft burgʻilanadi; xizmat koʻrsatuvchi K. shatakka oluvchi, brandvaxtlar, kabel kemasi, muzyorarlar, doklar, suzib yuruvchi mayoq va b.ga boʻlinadi.

Suzib yurish hududi va usuli boʻyicha K.lar dengizda, ichki suvlar va aralash suvlarda suzib yuradigan turlarga; oʻziyurar (paroxodlar, teploxodlar, elektroxodlar, atomoxodlar) va shatakka olinadigan (barja, lixter); harakatlanish usuliga koʻra, suv osti qanotli, havo yostigʻida harakatlanadigan turlarga boʻlinadi.

K.ning asosii qismlari: korpus, qurilmalar (rul, yakor, qayiqni tushirish-koʻtarish va b.), yongʻinga qarshi, maishiy, suv bilan taʼminlash, shamollatish, havoni moʻʼtadillash tizimlari, energetik qurilmalar, harakatlantirgich. K. navigatsiya asboblari, aloqa vositalari bilan ham jihozlanadi. Dengizda suzish K.ning muhim koʻrsatkichi hisoblanadi. Foydalanish-texnik koʻrsatkichlari — harakat tezligi, suzish uzokligi, puxtaligi, suv sigʻimi, yuk koʻtaruvchanligi, yoʻlovchilar soni va b.

Harbiy K.lar maxsus harbiy topshiriqlarni bajarish uchun moʻljallanadi va tegishli harbiy texnika bilan qurollantiriladi. Bularga avianosetslar, kreyserlar, qavo mudofaasi K.lari, radiolokatsiya va dozor K.lari, suv osti K.lari, qoʻriqchi K.lar, Torpedo katerlari, suvga minalar qoʻyuvchi va suvni minasizlantiruvchi K.lar kiradi. Harbiy K.lar va ularga oʻrnatiladigan jangovar qurollar yangi elektron texnika yordamida boshqariladi.

K.ni yaratishda loyihalash nazariyasi, qurilish mexanikasi, mashina va mexanizmlar nazariyasi, materiallar qarshiligi, nazariy mexanika, kemalar yasash texnologiyasi, kemasozlik iqtisodiyoti kabi fan va sohalardan keng foydalaniladi. K. yasash istiqboli K.larni universallashtirish va ixtisoslashtirish, K.lar yasash texnologiyasini takomillashtirish, K.larning tezligini, yoʻlovchilar va yuklar tashish quvvatini oshirish, suv osti qanotli va havo yostiqli K.larni koʻproq qurish va b.ga yoʻnaltirilgan. Ayniqsa, sayyohlik K.larining qulayligini oshirishga katta eʼtibor berilmokda, chunki aviatsiya va t. y. transportida falokatlarning koʻpayganligi K. sayyohligi taraqqiyotiga yoʻl ochib berdi[1]



  • Hukumatlar (harbiy, qutqaruv, tadqiqot, transport vazifalarida)

  • Xususiy shirkatlar (transport, tadqiqot vazifalarida)

  • Jismoniy shaxslar (yaxtalar, transport, tadqiqot vazifalarida).

9) O’zbekistonda qancha suv yo’llari mavjud?

O`zbekiston hududida ko`llar nisbatan kam bo`lib, ular notekis joylashgan. Jumhuriyatimizda joylashgan ko`llarning aksariyati kichik bo`lib, mahalliy ahamiyatga ega. O`zbekiston hududidagi ko`llar qozonining (kotlovinasining) paydo bo`lishi jihatidan bir xil emas. Lekin ularning ko`pchiligi tekislik qismida daryo vodiylarida joylashgan qayir ko`llaridir. Aksincha, jumhuriyatimiz tog`li qismidagi ko`llar esa to`siq (to`g`on), morena va tektonik ko`llardir.

O`zbekiston hududidagi ko`llar soni (5360 ta ko`l) 100% desak, shuning 56,5% uning tekislik qismida, 43,5% esa torli qismida joylashgan. Lekin suv yuzasi maydonining kattaligi jihatidan tekislikdagi ko`llar oldinda bo`lib, 67% ni tashkil etadi.


O`zbekiston hududining tekislik va tog`li qismida ko`llar notekis joylashgan. Jumhuriyatimiz tog`li qismining 1000—2000 m balandliklarida (82 ko`l mavjud), kamroq, aksincha 2000—3000 m balandliklarida (165 ta ko`l mavjud) ko`proq, 3000 m. dan baland qismida esa ko`p (2083 ta ko`l) ko`l joylashgan. Lekin bu ko`llar maydoni kichik bo`lib, ularning eng muhimlari Isfayram daryohavzasidagi Yashinko`l, Chirchiq daryosi havzasidagi Shovurko`l,. Nixnach, Karataka, Chotqol1, Chotqol2 ko`li, Shohimardon yaqinidagi Kubbonko`l, Ohangaron havzasidagi Arashan, SHerobod havzasida Kanbeshbuloq ko`li va boshqalar.

O`zbekiston hududidagi ko`llarning ko`pchiligi uning tekislik qismida, xususan Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq kabi daryo vodiylarida, asosan, ularning quyi qismlarida joylashgan. Bu ko`llarning qo`pchiligi kichik, sayoz va sho`r bo`lib, bahorda hamda daryo suvi ko`paygan vaqtda suvlarga to`lib, yozning oxirlariga ,borib, suvi juda ozayib sayozlashib, ba`zilari qurib, botqoqlik sho`rxokka aylanib qoladi. O`zbekiston tekislik qismidagi ko`llar kelib chiqishi jihatidan turlichadir. Ba`zilari daryo vodiylarining pastqam joylarida hosil bo`lib, yomg`ir, qor, irrigao`iya shoxobchalarining tashlama suvlari yoki yyer osti suvlaridan, ba`zan esa daryolar toshganda sizib borgan suvidan to`yinib turadi. Bunday ko`llar berk ko`llar hisoblanib, suvi sho`r, ba`zilarining suvi yozda qurib qolib, tagida tuz cho`kib qoladi, ba`zilari botqoqli joyga aylanadi. Bu turdagi ko`llar Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshon daryolarining vodiylari bo`ylab joylashgan.

Tekislikda yana «efemer» yoki davriy turli ko`llar ham mavjud. Bunday ko`llar kichik, sayoz bo`lib, yomg`ir jala tariqasida yoqkanda yoki bahorgi qorlar tez eriganda hosil bo`lib, so`ngra yana qo`rib qoladi, ba`zan esa bir necha yillar mobaynida suvga to`lmay qurib yotadi.

O`zbekistonning tekislik qismida eski daryo o`zanlarida ko`llar xam vajud. Bunday ko`llar Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashkadaryo kabi daryolarning quyi qismidagi qadimiy o`zanlarida joylashgan. Bu turdagi ko`llarning suvi agar daryodan tamomila, ajralmagan bo`lsa, chuchuk bo`ladi, agar daryodan ajralib qolsa, sho`r bo`ladi. Bunday turdagi ko`llarning rejimi daryo rejimiga bog`liqdir.

O`zbekiston hududining tekislik qismida so`nggi yillarda odamlar tomonidan vujudga keltirilgan ko`llar soni ortib bormoqda. Bu turdagi ko`llar ekin dalalaridan oqib chiqayotgan zovur suvlarini ekin ekiladigan maydondan tashqaridagi tabiiy chuqurliklarga tashlash oqibatida vujudga kelmoqda.

Sug`oriladigan maydonlardan chiqarib tashlanadigan zovur suvlarining to`planishidan vujudga kelgan ko`llar (Sariqamish, Aydar, Arnasoy, Dengizko`l, Qoraqir. va boshqalar) esa o`ta sho`r bo`lib, tarkibida har xil kimyoviy zaharli moddalar uchraydi. Bu ko`llarning suv sathi ekin dalalarini sug`orish davrida ko`tarilib, qishda ancha pasayib qoladi.

O`zbekiston hududidagi asosiy ko`llar Orol, Mirzacho`ldagi Arnasoy, Aydar, Tuzkon, Zarafshon daryosining quyi qismidagi Dengizko`l, Somonko`l, Kuntako`l, SHo`rko`l, Qoraqir, Hojiobko`l; Farg`ona vodiysidagi Axsikentko`l, Damko`l; Quyi Amudaryodagi Sariqamish, Karp, Ziyko`l, Abilko`l, Oqko`l, Sudochhe, Bo`zatovko`l, Zokirko`l, Tubonko`l va boshqalar. Bu ko`llar kichik bo`lib, maydonining kattaligi bir necha yuz gektardan 10,0 km2 gacha yyetadi.

O`zbekiston hududidagi eng katta tektonik yo`l bilan vujudga kyolgan ko`l — Orol dengizidir.Orol dengizi — Turkistondagi eng katta ko`l bo`lib, suv satxi 53,4 m. bo`lganda maydoni 66,1 ming kv. km, o`rtacha chuqurligi 16,1 m., eng chuqur yyeri 69,0 m, eng uzun yyeri 492 km, eng keng joyi 292 km, o`rtacha sho`rligi 10—11°/oo, suv hajmi 1062 km3 edi.

Orol ko`lining hamma qirg`oqlari bir xil emas. Uning shimoli-sharqiy, sharqiy va janubiy qirg`oqlari tekis va past. Aksincha, g`arbiy qirg`og`i baland va tik. Chunki Orolning g`arbiy qirgoriga Ustyurt balandligini sharqiy jarligi (chinklari) tik tushgan. Ba`zi yyerlarda Ustyurtning chinklari Orol dengizidan 190—195 m. balandlikda turadi. Orol dengizining shimoli-sharqiy, sharqiy va janubiy qirg`oqlari past, egribugri bo`lib, qo`ltiqlari, kichik orollar juda ko`p. Orolda 313 dan ortiq katta va kichik orollar mavjud. Ularning eng kattalari — Ko`korol, Vozrojdeniye, Borsakelmas orollaridir.

Bu orollarning maydoni Orol suv sathining pasayishi munosabati bilan kattalashib bormoqda. 1961 yili Ko`korolning maydoni 273 km2, Vozrojdeniye oroliniki 216 km2, Borsakelmas oroliniki 135 km2 edi.

10) O’zbekistonda qanday daryo portlari bor?


Download 45,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish