3-mavzu. Shaxs rivojlanishining umumiy qonunlari, uning tashxisi to’g’risida g’oyalar. Reja



Download 73,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana28.06.2022
Hajmi73,34 Kb.
#715558
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3mavzu

 Shaxs va uning faolligi. Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o’z-o’zini 
anglab, har bir harakatini muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos bo’lgan eng muhim va umumiy 
xususiyat — bu uning faolligidir. Faollik (lotincha «actus» — harakat, «activus» — faol 
so’zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha xatti-harakatlarini namoyon 
etishini tushuntiruvchi kategoriyadir. Bu — o’sha oddiy qo’limizga qalam olib, biror chiziqcha 
tortish bilan bog’liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg’onish paytlarimizda 
amalga oshiradigan mavhum fikrlashimizgacha bo’lgan murakkab harakatlarga aloqador 
ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va o’z-
o’zini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashi 
aloqador sifatlari orqali bayon etiladi. 
Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi: 
A. Tashqi faollik — bu tashqaridan va o’z ichki istak-xohishlarimiz ta’sirida bevosita 
ko’rish, qayd qilish mumkin bo’lgan harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orqali 
namoyon bo’ladigan faollik. 
B. Ichki faollik — bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik 
jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, nafas olish, bosim o’zgarishlari) hamda, 
ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, Ya’ni aslida ko’rinmaydigan, lekin faoliyat 
kechishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni o’z ichiga oladi. 
Rus olimi R. Nemov shaxsdagi motivatsion sohani quyidagicha tasavvur qiladi.
Umuman, har qanday shaxs-dagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga bo’lish mumkin: 


1.
Biologik ehtiyojlar — bu — fiziologik (tashnalik, ochlik, uyqu), jinsiy, 
moslashuv ehtiyojlari. 
2.
Ijtimoiy ehtiyojlar — bu — mehnat qilish, bilish, estetik va ahloqiy-ma’naviy 
ehtiyojlar. 
Ehtiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga bo’lganimiz bilan shu narsani 
unutmasligimiz lozimki, shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan bo’ladi, ya’ni, 
ular o’sha jamiyat va muhitdagi qadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo munosabatlar 
xarakteriga bog’liq bo’ladi. Masalan, eng tabiiy va tushunarli hisoblangan bizning yemishga-
ovqatga bo’lgan ehtiyojimizni olsak, u ham konkret muhitga qarab turlicha harakatlarni 
keltirib chiqaradi. Yana misol uchun, to’y marosimlari yoki juda to’kin dasturxon atrofida 
o’tirgan odam nima uchun shunchalik ko’p ovqat iste’mol qilib yuborganini bilmay qoladi. 
Agar bu tabiat qo’yni yoki paxta dalasidagi hashar bo’lsa-chi, bir burda issiq non ham butun 
tanaga rohat baxsh etuvchi malham bo’lib, ochlikni bilintirmaydi. Kamtarona dasturxondan 
ovqat yeb o’rgangan kishi oz-oz yeyishga o’rgansa, yoshligidan normadan ortiq yeb 
o’rgangan odam vrach oldiga borib, o’zi uchun ozdiruvchi dori-darmon so’rasa so’raydiki, 
lekin uyda o’zi yemishini nazorat qilishi kerakligini bilmaydi. Demak, bu ham madaniyatga, 
etikaga, oila muhitiga bevosita bog’liq narsa ekan-da. 
Taraqqiyotni yosh davrlarga bo’lishda o’ziga xos klassifikatsiyalar ham bor. Masalan, E. 
Erikson shaxs «Men»ining rivojlanish bosqichlarini ajratgan va har birida ham ijobiy, ham 
salbiy jihatlarni ajratgan. 
1-bosqich (ishonch-ishonchsizlik) — bu hayotning 1-chi yili. 
2-bosqich (mustaqillik va qat’iyatsizlik) — 2 — 3 yoshlar. 
3-bosqich (tadbirkorlik va gunoh xissi) — 4 — 5 yoshlar. 
4-bosqich (chaqqonlik va yetishmovchilik) — 6 — 11 yoshlar. 
5-bosqich (shaxs identifikatsiyasi va rollarning chalkashligi) — 12 — 18 yoshlar. 
6-bosqich (yaqinlik va yolg’izlik) — yetuklikning boshlanishi. 
7-bosqich (umuminsoniylik va o’ziga berilish) — yetuklik davri. 
8-bosqich (yaxlitlik va ishonchsizlik) — keksalik. 

Download 73,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish