3-mavzu: nutq uslublari va ularning xususiyatlari reja



Download 365,98 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana22.06.2022
Hajmi365,98 Kb.
#693348
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-MAVZU NUTQ USLUBLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI

Rasmiy uslub 
hozirgi o‘zbek tilining davlat-ma’muriy, huquqiy 
muassasalarida, rasmiy diplomatik munosabatlarida namoyon bo‘ladigan 
ko‘rinishidir. Qonun matnlari, farmonlar, farmoyishlar, buyruqlar, xullas barcha 
rasmiy ish qog‘ozlari ana shu uslubda shakllanadi. Bu uslubning og‘zaki va yozma 


ko‘rinishlari, binobarin, ushbu ko‘rinishlarning o‘z me’yorlari mavjud.
Hujjatshunoslik davlatchilik bilan bog‘liq bo‘lib, uning ildizi qadimgi davrlarga 
borib taqaladi. Har bir davlatning hujjatlari uning davlat tilida yoziladi. Hujjatlarni 
to‘g‘ri va bexato yozish insonning savodxonligi va yozma nutq madaniyati 
ko‘rsatkichidir.
Barcha muassasa va korxonalardagi buyruqlar, tashkiliy-ma’muriy 
hujjatlardan tortib hukumat tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, 
farmon va farmoyishlar, xalqaro diplomatik hujjatlar ham rasmiy uslubda yoziladi. 
Har bir hujjat o‘z yozilish shakli va zaruriy qismlariga ega. Oliy ta’lim tizimiini 
tugatgan talabalar barcha ma’muriy va o‘z mutaxassisligi sohasidagi ichki ish 
qog‘ozlarini to‘g‘ri yozish va rasmiylashtirishni bilishlari kerak. 
Rasmiy uslubning o‘ziga xos leksik va grammatik xususiyatlari mavjud bolib, 
bular: so‘zlarning o‘z ma’nosida qo‘llanishi, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan ayrim 
qisqartma so‘zlarning ishlatilishi, har bir sohaning o‘ziga xos atamalaridan 
foydalanilishi kabilardir.
Rasmiy uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq va barcha uchun tushunarli qilib 
tuzilishi kerak. Huljjatlarning asosiy ko‘pchiligida darak gaplardan; 
qaror, buyruq, 
ko‘rsatma
kabi hujjatlarda esa buyruq gaplardan, fe’llarning aniqlik, buyruq-istak 
mayllari, majhul nisbat shakllaridan foydalanish kuzatiladi. Shuningdek, mazkur
uslubda gap bo‘laklari odatdagi tartibda bo‘lishiga rioya qilinadi. 
Jumladan,
aniqlik
. Ushbu uslubda shakllangan matnda noaniqlikka, 
izohtalab o‘rinlarga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Fikr va mazmun sodda, aniq va 
tushunarli tilda bayon qilinishi kerak: O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati 
xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda 
uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat beradigan idoralar tomonidangina 
amalga oshiriladi. (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 7-modda). 
Qolip.
Fikr-mulohaza, bayon asosan bir qolipda ifodalanadi. Ariza, qaror, 
bildirishnoma, ma’lumotnoma, shartnoma, tabriknoma singari turli xarakterdagi 
rasmiy hujjatlarning har birining o‘ziga xos bayon etish qolipi bo‘ladi. Ayni paytda, 
ularning har birining alohida so‘z va turg‘un birikmalari ham mavjud bo‘ladi. 
Masalan, huquqiy hujjatlar matniga ko‘z yugurtirsak, ularda boshqa vazifaviy 
uslublarda deyarli uchramaydigan atamalarga duch kelamiz: ma’muriy javobgarlik, 
fuqarolik holati, fuqarolik javobgarligi, aybdor, gumonlanuvchi, jabrlanuvchi
sudlanuvchi, guvoh, jamoat kafilligi, surishtiruv, jabrlanuvchi bilan yarashuv va 
boshqalar. 
Ish qog‘ozlari va hujjatlarning xilma-xilligiga qarab ularga oid atamalarning 
me’yorlashuvi va chegaralanuvi ham kuzatiladi. Qiyos uchun diplomatik 
munosabatlar doirasidagi so‘z va iboralarga ko‘z yugurtiraylik: ahdlashuvchi oliy 
tomonlar, elchi, elchixona, muxtor elchi, muxtor vakil, ishonchli vakil, nota, 


ratifikatsiya, shartnoma, bayonot, qo‘shma bayonot, deklaratsiya, tashrif, qarorgoh 
kabilar. 
Ushbu uslub uchun jargonlar, oddiy so‘zlashuvga xos so‘zlar, emotsional-
ekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lgan so‘zlarning ishlatilishi me’yor sanalmaydi va shu 
jihati bilan boshqa uslublardan keskin farq qiladi. 
Rasmiy uslubning grammatik me’yori ham alohida xususiyatlarga ega. Masalan, ot 
so‘z turkumiga oid so‘zlar ko‘p ishlatiladi. Noaniqliklarga yo‘l qo‘yilmaslik 
maqsadida ular olmoshlar bilan almashtirilmaydi: Bu uslubda fe’lning harakat nomi 
shakli faol qo‘llaniladi, gapning kesimi ko‘pincha hozirgi zamonning majhul 
nisbatida ifodalanadi, hujjatning xarakteriga qarab shart mayli shakliga tez-tez 
murojaat etiladi.
Rasmiy uslubning sintaktik alomatlari ham matnda darhol ko‘zga tashlanadi. 
Unda darak gaplar, uning ayniqsa qo‘shma gap shakli ko‘p ishlatiladi. Yoyiq va 
murakkab so‘z birikmalari hamda murakkab tipdagi nomlar keng qo‘llaniladi. Gap 
tuzilishida o‘zbek tilidagi odatdagi me’yorga amal qilinadi va yuqorida sanalgan 
jihatlari bilan ilmiy uslubga o‘xshab ketadi. 
siyatlariga ega. 

Download 365,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish