Kurs ishining obekti. Mamlakatimizda istiqlol yillarda davlatimiz rahbari tomonidan atrof-muhit va aholi salomatligini muhofaza qilish, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga tejamkor, ekologik toza texnologiyalarni keng jalb etish, diyorimizning boy qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ravnaq toptirib, ularni aholi turmish darajasi va sifatini yanada oshirishga yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratilayapti. Ishda agrosanoat komplekslarida biomassa energiyasidan foydalanish samaradorligini asoslash tadqiqot obyekti sifatida, iste’molchilar uchun muqobil energiya manbalari asosida ishlaydigan issiqlik ta’minoti tizimini tadqiq qilish tadqiqot predmeti sifatida olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |