2. Ammiak ishqorlar singari Mn(OH)2 cho'kma hosil qiladi:
Mn2+ + 2NH4OH → Mn(OH)2↓ + 2NH4+
Bu reaksiyada hosil bo'layotgan ammoniy ionning gidrolizlanishi va eritmaning pH qiymati ko'tarilishi natijasida, cho'kish to'liq bo'lmaydi. Eritmada ammoniy ko'p bo'lganda, cho'kma umuman hosil bo'lmasligi mumkin. Bu xossadan aralashmadagi Al3+, Cr3+, Fe3+ va Ti4+ ionlarini Mn2+ iondan qisman ajratishda foydalaniladi. Ammiakli muhitda Mn2+ ionning bir qismi havo kislorodi ta'sirida oksidlanadi.
3. Natriy, kaliy va ammoniy karbonatlar ta'siridan Mn2+ ion kislotalarda eriydigan oq rangli MnCO3 cho'kma hosil qiladi:
Mn2+ + CO32- → Мn СО3↓
4. Natriy gidrofosfat Mn2+ ionga ta'sir ettirilganda kuchli mineral va hatto kuchsiz sirka kislotada ham eriydigan (alyuminiy, temir (III), xrom (III) va titan (IV) fosfatlaridan farqli ravishda) oq rangli Mn3(PO4)2 cho'kma hosil boiadi:
3Mn2+ + 4HPO42- → Mn3(PO4)2↓ + 2H2PO4-
Do'stlaringiz bilan baham: |