7. Ta’lim metodlarini tanlash. Ta’lim metodining umumiy tavsifida kо‘rsatilganidek, har bir metodning ta’lim jarayonida aniq vazifalari bor. Ta’lim jarayonida bir necha metodlar qо‘llaniladi. Bu metodlar bir-biriga bog‘liq bо‘lib, о‘qituvchi-ta’lim oluvchi о‘rtasidagi о‘zaro faoliyat mohiyatini tavsiflaydi. О‘qitish jarayonida metodlarning о‘rni va vazifalari belgilab olinganda ularni tanlash onson bо‘ladi.
Metodlarni tanlashda ularning mezonlarini kо‘rib chiqish kerak bо‘ladi. Mezonlardan biri - metodlarning didaktik qoidalarga mos kelishi shartidir.
Keyingi mezon esa – metodlar mazmunining ta’lim maqsad va vazifalarini ta’lim oluvchilarni tarbiyalash va о‘stirish bilan mosligi uchun xizmat qilishidir.
Jadvalda metodlarni tanlash uchun yordam beradigan ta’lim metodlarining о‘zaro taqqoslanishi kо‘rsatilgan.
Ta’lim metodlarini tanlashning uchinchi mezoni – metodlar mazmuni ta’lim mazmuniga mos kelishidir. Mazmunlardan biri induktiv metod orqali yaxshi yoritib berilishi, boshqasi esa – deduktiv metod yordamida yoritib berilishi mumkin. Muayyan dars jarayonida muammoli izlanish metodini qо‘llash, boshqa bir dars jarayoni uchun tо‘g‘ri kelmasligi ham mumkin. Metod tanlashning mezonlaridan biri о‘quv jarayonini tashkil qilish shakllari, umumiy guruh, guruh (brigada) va yakka tartibdagi ishlar uchun ta’limning turli metodlaridan foydalanishning zarurligidir. Ta’lim metodini tanlashda о‘qituvchi о‘zi imkoniyatlari va pedagogik bilim darajasiga asoslangan holda ta’lim metodini tanlasa, bu orqali yuqori darajadagi о‘quv tarbiya natijalariga erishishi mumkin bо‘ladi.
№
|
Ta’lim metodlari
|
Yutuqli (+) yoki yengil (-) masalalarni yechish
|
shakllantirish
|
rivojlantirish
|
Nazariy bilim-lar
|
Amaliy bilim-lar
|
Ama-liy malaka
|
Abstra-kt fikr-lash
|
Kо‘r-gazma-li
|
Mus-ta qil
|
Nutq
sо‘z
|
Qizi-quv-chanlik
|
1
|
Suhbat
|
+
|
+
|
-
|
+
|
-
|
+
|
+
|
+
|
2
|
Kо‘rsatish
|
-
|
+
|
+
|
-
|
+
|
+
|
+
|
+
|
3
|
Amaliy
|
-
|
+
|
+
|
-
|
+
|
+
|
-
|
+
|
4
|
Reproduktiv
|
+
|
+
|
+
|
-
|
-
|
-
|
-
|
+
|
5
|
Muammoli izlanuvchan
|
+
|
-
|
-
|
+
|
-
|
+
|
+
|
-
|
6
|
Induktiv
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
7
|
Dedutiv
|
+
|
-
|
-
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
8
|
О‘qituvchi boshchiligida
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
-
|
-
|
+
|
9
|
О‘quvchilarni mustaqil ishlashi
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
8. Kasb ta’limida о‘quvchilarning о‘quv faoliyatini aktivlashtirishning noan’anaviy metodlari. Agar ta’lim jarayoni о‘quvchida faol harakat, bilim va kо‘nikmalar orttirish ishtiyoqini uyg‘otsagina samarali kechadi va sifatli natijalar beradi.
О‘quv faoliyatini bunday tashkil qilish uchun uning barcha usullari - og‘zaki, kо‘rgazmali va amaliy, reproduktiv, qidiruv, induktiv hamda diduktiv, shuningdek, mustaqil ish usullaridan foydalaniladi. Ta’lim jarayonida rag‘batlantirishning asoslash vazifasini о‘taydigan bu usullarni shartli ravishda ikki guruhga, о‘quvchilarning bilish ishtiyoqini uyg‘otuvchi hamda ta’limda burch va mas’uliyat tuyg‘usini shakllantiruvchi usullardan iborat guruhga ajratish mumkin.
Bu jarayonda о‘quv faoliyati, uning mazmuni, shakli va amalga oshirish usullariga munosabatda ijobiy hissiyotning yuzaga kelishini ta’minlash muhimdir. Qissiy holat, doimo ruhiy tо‘lqin iztirobi bilan hozirjavoblik, xamdardlik, quvonch, g‘azab, hayratlanish о‘zaro bog‘liqdir. Shuning uchun ham diqqat, eslab qolish, anglash jarayonlariga bunday holatda о‘quvchining chuqur ichki kechinmalari qо‘shiladiki, bu jarayonni qizg‘in kechadigan qiladi va maqsadga erishish ma’nosida ancha samarali bо‘ladi.
Masalan, tajribali о‘qituvchilar о‘quvchilar bilan urush mavzuini о‘rganishda shunday material va faktlarni tanlaydilarki, ular о‘z badiiyligi, yorqinligi hamda hissiyligi vositasida ularda fashizmga nafrat kechinmalarini, jonajon xalqidan faxrlanish, bu murosasiz jangdagi buyuk g‘alabadan shodlanish tuyg‘usini uyg‘otadi.
Ta’limni hissiy rag‘batlantirish usullaridan biri, darsda qiziqarli vaziyatni yaratishdir. Bunda gap о‘quv jarayoniga qiziqarli misollarni, tajribalarni, faktlarni kiritish ustida boradi. Masalan, fizika kursida «fizika rо‘zg‘orda», «fizika ertaklarda» kabi misollar bо‘lishi mumkin. Bunday qiziqarli faktlarni tanlash о‘quvchilarda hozirjavoblikni shakllantiradi. Bu ish kо‘pincha о‘quvchilarning о‘ziga topshiriladi.
Tajribali о‘qituvchilar о‘qishga qiziqishni oshirish uchun ulug‘ olimlar va jamoat arboblari hayoti hamda faoliyatiga bag‘ishlangan badiiy adabiyot dan parchalarni tahlil qilishdan foydalanadilar.
Qissiy kechinmalar hayratlanish usulini qо‘llash yо‘li bilan ham hosil qilinadi. Qeltirilgan faktning odatdagiday emasligi, darsda namoyish qilingan tajribaning favquloddaligi, ma’lumotlarni mohirona qiyoslash, misollarning ishonarli bо‘lishi о‘quvchilarda chuqur hissiy kechinmalarni tug‘diradi.
Rag‘batlantirishning usullaridan biri ayrim tabiat hodisalarini ilm-fan nuqtai nazaridan kelib chiqib tushuntirishdir. Masalan, bunda о‘quvchilarga vaznsizlik holati, erkin tushish va suzish qonunlarining ilmiy hamda hayotiy talqinlarini taqqoslash taklif qilinadi.
Dars davomida hissiy vaziyatnn yaratish uchun о‘qituvchi nutqining badiiyligi va yorqinligi katta ahamiyat kasb etadl. О‘qituvchining nutqi bularsiz ham axborot sifatida foydali bо‘lsa-da, lekin u о‘quvchining о‘quv - bilish faoliyatini rag‘batlantirish vazifasini keraklicha oshirolmaydi. Qiziqishni shakllantirish usullari nutqning badiiyligi, obrazliligi va yorqinliligini ta’minlash bilan birga о‘z navbatida о‘quv faoliyatiga ijobiy munosabatni uyg‘otishi hamda bilishga qiziqishni shakllantirishda dastlabki qadam bо‘lib xizmat qilishi ham kerak.
О‘quv faoliyatiga qizikishning asosiy manbai, avvalo, uning mazmunidir. Bu mazmun kuchli rag‘batlantiruvchi ta’sir kо‘rsatish uchun ta’lim prinsiplari qator talablarga javob berishi lozim. Bunda ta’lim mazmunining rag‘batlantiruvchi ta’sirini oshiradigan ayrim maxsus usullari ham mavjuddir. Ularga birinchi navbatda yangilik va dolzarblik vaziyatlarini yaratuvchilik mazmunini, fan hamda texnikaning eng muhim kashfiyotlarini zamonaviy madaniyat, san’at, adabiyot yutuqlariga, ijtimoiy-siyosiy va xalkaro hayot hodisalariga yaqinlashtirishni kiritish mumkin. Ana shu maqsadda о‘qituvchi mamlakat jamoatchiligida alohida qiziqish uyg‘otayotgan, vaqtli matbuotda e’lon qilinayotgan, televideniye va radio orqali berilayotgan faktlar, rasmlarni maxsus tanlaydi. Ana shundagina о‘quvchilar darsda о‘rganilayotgan masalalarning muhimligini yorqin va chuqur his qiladilar va shunga asosan unga katta qiziqish bilan yondashadilar.
О‘qishga qiziqishni rag‘batlantirishning muhim usuli sifatida bilishga doir о‘ynnlarni aytish mumkin. U о‘quv jarayonida о‘yin vaziyatini yaratadi. О‘yin о‘qishga qiziqishni uyg‘otuvchi vosita sifatida allaqachon tan olingan. Masalan, sayohat, elektroviktorina kabi о‘yinlar yordamida muayyan tumanlarning hayvonot dunyosi, samolyot va kemalar о‘rganiladi.
Ta’limni rag‘batlantirish va asoslash usullariga bilish bahsi ham kiradi. Ma’lumki, haqiqat bahslarda tug‘iladi. Bahs mavzuga katta qiziqnshni ham uyg‘otadi. Ba’zi о‘qituvchilar ta’limning bu faollashtirish usulidan mohirona foydalanadilar. Ular avvalo u yoki bu muammo yuzasidan turli ilmiy nuqtai-nazarlar kurashining tarixiy faktlarini taqqoslaydilar. Masalan, «Tarbiyadagi bо‘shliqdan qо‘rqish» tarafdorlari bilan atmosfera bosimi tо‘g‘risidagi ta’limot tarafdorlari о‘rtasidagi kurash tо‘g‘risida hikoya qiladilar. Natijada atmosfera bosimi hodisasini о‘quvchilar qiziqish bilan о‘rganishadi. Ilmiy baxslar fan rivojining hozirgi bosqichida ham davom etyapti. Mana shuning uchun ham yuqori sinf о‘quvchilari fizikadagi elementar bо‘laklarning jadvalini tuzishga turlicha yondashish, yerdagi iqlimning о‘zgarishi sabablariga oid turlicha fikrlarni solishtiradilar. О‘quvchilarni ilmiy bahslar vaziyatiga jalb qilish ularning bilimni tegishli masala bо‘yicha chuqurlashtiribgina qolmasdan, ularning diqqatini ixtiyorsiz ravishda mavzuga ham jalb etadi. Mana shu asnoda ularni ta’limga intilishga olib keladi. Buning uchun, masalan, о‘quvchilarga u yoki bu xodisaning sababi tо‘g‘risida о‘z fikrlarini aytishlari u yoki bu nuqtai nazarni asoslashlari taklif qilinadi. Bunda «Kim boshqacha о‘ylaydi?» kabi savollar an’anaviy bо‘lib qolgan. Agar bunday usul bahs qо‘zg‘asa, о‘quvchilar beixtiyor u yoki bu izohlarning tarafdorlari yoki raqiblariga aylanadilar va о‘qituvchilardan asoslangan xulosani kiziqish bilan kutadilar. Shunday kilib, о‘quv bahsi о‘qishga qiziqishni rag‘batlantiruvchi usul rolini о‘ynaydi.
Maktab ishi amaliyotida darsda maxsus tashkil qilinadigan о‘yin tarzidagi о‘quv bahslarni tez-tez uchratish mumkin. Mlsalan, bunda yukori sinf о‘quvchilari о‘qituvchilarinnng topshirig‘i bilan u yoki bu badiiy asarni turli xil nuqtai nazardan tahlil qiluvchi о‘quv va ilmiy-ommabop adabiyotlarni о‘rganadilar, yangi flzlkaviy va kimyoviy kashfiyotlarga turlicha nuqtai nazarlarni muhokama qiladilar. Bunda о‘quvchilar konseitsiyalar tarafdorlari bо‘lib chiqadilar. Tabiiyki, u yoki bu nuqtai nazarning adolatligi tо‘g‘risida о‘quvchilar uzil-kesil qarorga keladilar deb bо‘lmaydi. Bu usul biron-bir masalani chuqurroq о‘rganish uchun katta qiziqish uyg‘otadi. О‘quv bahslari turli fanlarni chuqur fakultativ о‘rganishda ayniqsa keng qо‘llaniladi. Masalan, tarix darslarida о‘qituvchilar о‘quvchilar e’tiborini ijtimoiy taraqqiyotning tuman, shahar va har bir oila hayotnda aks etishnni tahlil qilpshga tortadi.
О‘qishga havasni rag‘batlantirishning ta’sirchan usullaridan biri о‘quvchilarda quvonch hissini yaratishdir. Ma’lumki, о‘quvchi muvaffaqiyat quvonchini boshdan kechlrmas ekan, о‘quv qiyinchiliklarini yengib о‘tishdagi keyingi muvaffaqiyatlarga tо‘la ishona olmaydl. Shuning uchun ham tajrlbali о‘qituvchilar о‘quvchilar uchun topshiriqlarni shunday tanlaydilarki, ular tegishli bosqichda yechilishi oson topshiriqlarga aylanadi. Bunda ikki turli topshiriqlardan foydalaniladi, ulardan birini о‘quvchi bemalol bajara oladi va nisbatan murakkab boshqa topshiriqni yechish uchun ulda intilish bazasi yaratiladi. Muvaffaklyat vaziyati bir xil murakkablikdagi о‘quv topshiriqlarini dlfflrelslyalash yо‘li bilan ham yaratiladi. Muvaffaqiyat vazlyatini yaratishda u yokl bu о‘quv topshirlg‘lnl bajarlsh uchun qulay ma’navly pslxologik muxmtni tanlash xam muxlm rol о‘ynaydi, Qulay mikro iqlim о‘qish vaqtida isholchsizlik, qо‘rqish tuyg‘usini pasaytiradi. Bunda ikkilanish holati ishonish holati bilan almashinadi.
Ta’lim jarayoni faqatgina bilishga klziqishgagina emas, balki bir kancha boshka omillarga ham tayanadi. Bu omillar о‘quvchiga о‘qishdagi muqarrar qiyinchiliklarni bartaraf etish, ularni yengishdan quvonish va qoniqish tuyg‘usini baxsh etadi.
Ma’lumki, о‘quvchilarning о‘qishdagi burch va mas’ullik asoslari butun bir gurux usullarni qо‘llash vositasida shakllanadi. О‘quvchilarga ta’limning ijtlmoiy va shaxsiy ahamiyatini tushuntirish, ularni tegishli talablarni bajarishga о‘rgatish, о‘z majburiyatlarini muvaffaqiyatli, vijdonan bajarganliklari uchun taqdirlash, bu talablar bajarilishini nazorat qilish va zarurat tug‘ilgan hollarda о‘qishga mas’uliyat bilan yondashishdagi kamchiliklarini kо‘rsatish, tanbeh berish shu usullar jumlasiga kiradi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, о‘qishda burch va mas’uliyatni shakllantirish ta’lim va tarbiya jarayonnining birligini taqozo etadi.
О‘quvchilarning о‘qishning ijtimoiy ahamiyatini anglab olishlarida ularga hozirgi jamiyatda fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuch sifatidagi rolini tushuntirish muhimdir. О‘quvchilarga ishonarli misollar asosida umumta’lim saviyasining oshishi mehnat unumdorligining sezilarli darajada oshishiga, ishlab chikarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish keng kо‘lam kasb etishiga, mehnat jarayonlari yengillashuviga, fan yutuqlarini qо‘llash esa ishlab chiqarishda inqilobiy о‘zgarishlar yasalishiga olib kelishini tushun-tirish kerak.
О‘quvchilarda hamma fanlar bо‘yicha muvaffaqiyatli о‘qishning shaxsiy ahamiyatini tushunishni shakllantirishda о‘qituvchi bir qancha qiyinchiliklarga duch keladi. Agar о‘quvchllar bо‘lajak mutaxassisliklariga yaqin о‘quv fanlarini о‘zlashtirishning ahamiyatini tez tushunib olsalar ularga boshqa fanlarning о‘zlashtirishning ahamiyatini tushuntirish oson kechadi. Bunda о‘quvchi texnik ixtisosini tanlasa, unga gumanitar sikl fanlarining ahamiyatini tushuntirish о‘rinli bо‘ladi.
О‘quvchilarga qо‘yiladigan talablar axloq qoidalari, fanlar bо‘yicha bilimni baholash mezonlari, ichki tartib- qoidalar va о‘rta umumta’lim maktabi nizomi bilan belgilanadi. Shuni unutmaslik kerakki, о‘qish burchi va mas’uliyatini rag‘batlantirish о‘quvchilarni о‘quv ishlari va talablarini bajarishga о‘rgatish usullari bilan olib borilishi lozim, chunki bunday kо‘nikmalarning bо‘lmasligi о‘quvchilarning о‘qishdagi qoloqliklariga, shuningdek, intizomni buzishiga sabab bо‘lishi mumkin.
О‘quvchilarni taqdirlash ular xulqi va о‘quv faoliyatidagi ijobiy jihatlarni qо‘llab-quvvatlash maqsadida ham qо‘llaniladi. Maktabda taqdirlash doirasi nixoyatda xilma-xpldpr. О‘quv jarayonida- bu о‘kituvchining maqtovi yuqori baho qо‘yish va boshqalardir. Jazolashning tapbeh berish va boshqa turlari ta’lim asoslarini shakllantirishda istisno eiladi, odatda bu usul faqat ilojsiz vaziyatlardagina qо‘llaniladi. Rag‘batlantirishnnpg turli usullarini mohirona kо‘llash ishigina о‘quvchilarning muvaffakiyatli о‘qishini ta’minlashi mumkin.
Ta’lim jarayonida bilim, kо‘nikma va malakalarniig shakllanganlik darajasini nazorat kilish alohida ahamiyatga ega. Shu xususda og‘zaki savol-javob shakli an’anaviy usullardan biri xnsoblanadi. Og‘zakn savol-jivob о‘quvchi- talabalarni xozirjavoblikka tayyorlaydi, mantiqiy janobni tezda fikran tayyorlab sо‘zlarda ifoda kilish kо‘nikmasini hosil qiladi. Og‘zaki savol-javob yakka-yakka va yoppasiga sо‘rash orqali amalga oshiriladi. Yakka о‘quvchidan sо‘ralganida о‘qituvchi о‘quvchiga bir nechta savol beradi. О‘quvchining javoblaridan о‘quv materialining kanchalik о‘zlashtirilganligi ma’lum bо‘ladi. Butunicha snif yoppasiga sо‘ralganida о‘qituvchi о‘zaro maitiqiy bog‘langan kator savollarni tanlaydi va ularni butun sinf oldiga qо‘yadi, о‘quvchilarni javob berishda aktivlikka chakiradi.
Og‘zaki savol-javob о‘quvchilar og‘zaki nutq madaniyatini о‘stiradi. Ularnn sо‘zamollikka, ravon adabiy sо‘zlar ishlatib mantikiy javob axtarishga, shakllangan bilimlarni sо‘zlarda ifodalashga о‘rgatadi. Albatta о‘quvchilarning ba’zilarida ogzaki nutqi rivojlanmagan bо‘ladi. Pedagogning vazifasi о‘quvchilar nutkidagi bt’zi xatoliklarni ustalpk bilan tо‘g‘rilashdan iborat. Qо‘pollik bilan berilgan tanbeh о‘quvchilarda sо‘zlash ishtiyoqini kaytaradn. Maktov, dalda berish kabi pedagogik tadbirlar о‘quvchilarda о‘ziga ishonch uyg‘otadi, sinfda musobakaviy kо‘tarinkilik ruhini uyg‘otadi, sinf jamoasini yanada birlashtiradi. Ammo shunga qaramasdan og‘zaki savol-javobga barcha о‘quvchilarni yuz foiz jalb qilib bо‘lmaydi. Buning obyektiv sabab-lari ayrim tortinchoq xarakterdagi о‘quvchllar boshkalar oldida sо‘zlashga iymanadilar, xato gapirib kо‘ysam «kulgiga qolaman» qabilida ish tutadilar.
Kо‘p hollarda nazoratning yozma shakli о‘quvchilar ichki sir-asrorlarini, kechinmalarini, yashirinib yotgan iste’dodlarini ochish imkonini beradi. Bu usul yozma nazorat, insho, bayon, diktant, yozma sinov va hokazolarni 15-20 minut yoki butun dars davomida о‘tkazilishi mumkin.
Keyingi yillarda yozma ishlarning dasturlashtiriladigan shakli о‘quv-tarbiya jarayonida keng qо‘llanilayapti. Bunda о‘qituvchi savollar rо‘yxatini tuzadi, ularning har biriga mumkin bо‘lgan javoblarni taklif qiladi, bu javoblarda bittasi tо‘laroq bо‘ladi. О‘quvchilarning vazifasi javoblar ichidan nisbatan tо‘laroq va aniqrog‘ini tanlashdir. Tabiiy, tehnikaviy fanlar bо‘yicha о‘tkaziladigan yozma ishlar chizmachilik, hisoblash, grafik masalalar, muayyan jarayonlar grafigini chizish tarzida о‘tkazilishi mumkin. Maktablardagi nazoratning nisbatan yaigi usuli-bu о‘quvchilar tayyorgarligining laboratoriyaviy nazoratidir. U sinfning yarim tarkibi bilan о‘tkaziladi, ayni vaqtda sinfning ikkinchi yarmi yozma ishni bajaradi. Bu xil nazoratda о‘quvchilarning ushbu kungacha о‘rgangan nazariy bilimlari laboratoriya sharontida sinab amalga tatbiq qilib kо‘riladi. Masalan, о‘quvchilar mehnat va fizika darslarida shtangensirkul, mikrometr, ampermetr, voltmetr, termometr kabi о‘lchov asboblarining vazifalari, tuzilishlarini о‘rgangan bо‘lsalar, laboratoriya mashg‘ulotida shu asboblardan foydalanish kо‘nikmalarini egallashadi. Unga, shuningdek, tajriba о‘tkazish talab qilinadigan, nazorat vaqtida amalga oshirsa bо‘ladigan masalalarni yechish ham kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |