2019 O‘qish oxi



Download 16,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/93
Sana22.01.2022
Hajmi16,51 Mb.
#398656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
3-SINF O\'QISH KITOBI 2019.pdf

Yangi  uy
Hamidulla  Murodov
(Hikoya)

Qishlog‘imiz  chekkasidagi  eski  bog‘  o‘r-
nida  g‘ishtli,  chiroyli  uylar  quriladigan  bo‘libdi!
Bu  gapni  sinfdoshimiz  Xurshidbek  topib  kel-
di. O‘rtoqlari  birpasda  uni  o‘rab  olishdi.

Qanaqa  uylar  deding?

Kimlar  qurar  ekan?

Kimlar  turadi  yangi  uylarda?..

Kim  quradi  demay,  quradiganlar  kim
ekan,  deb  so‘ranglar.  Bilasizmi,  ular  kim?  –
Sinfga  kirib  kelgan  ustozlari  Orif  aka  bola-
larning  savollariga  savol  bilan  murojaat  qildi.

Bilmay  turibmiz-da,  ustoz!  Bilolmay  tu-
ribmiz...

Unda  gapimni  yaxshilab  eshitib  olinglar.
Bu  quriladigan  uylar  qishlog‘imizning  uyga  eh-
tiyoji  bor  yosh  oilalariga  ekan.  Qurilayotgan
uylar  siz-u  bizniki.  Endi  kimning  bo‘sh  vaqti
bo‘lsa,  o‘qishdan  keyin  yordamga  chiqsin.  Qu-
ruvchilarga  g‘isht,  qum,  tuproq  yetkazib  turish-
da  baholi  qudrat  yordam  berasizlar.
Shu  kuni  darsdan  keyin  Xurshidbek  ko‘cha-
sidagi  o‘rtoqlari  bilan  qurilish  bo‘layotgan  joyga
borishdi.  Bolalarni  ko‘rib  Bunyodbek  amaki  ju-
da  xursand  bo‘ldilar.


7
– Sizlarni  o‘zim  yordamga  chaqirmoqchi  bo‘lib
turgandim,  –  dedilar.  –  Yaxshiyam  o‘zingiz
kelib  qoldingiz.  Endi  gap  shu,  uylar  qish-
loqniki,  demak,  sizlarniki  ham.  Shunday  ekan,
ustalarimizga  g‘isht,  qum,  tuproq  tashib  berib
tursangiz  xursand  bo‘lardik.
– Yordam  beramiz!  Yordam  beramiz!
Yoz  tugamay,  yangi  uylar  qad  rostlab,  bir
chekkadan  bita  boshladi.  Uyning  egalari  ko‘-
chib  kela  boshlashdi.  Bu  orada  yangi  o‘quv  yili
boshlandi.  Bir  hafta  o‘qigan  ham  edik,  bir  kuni
Xurshidbekning  dadasi  Bunyodbek  amaki  oila
a’zolariga  quvonchli  xabarni  aytdi.
Xurshidbeklar  oilasi  ham  yangi  uyga  ko‘-
chadigan  bo‘lishdi.


8
Xurshidbek  keyin  bilsa,  yosh  oilalar  qatori
yangi  bitgan  uylardan  biri  ularning  oilasiga
berilgan  ekan.
1.  Xurshidbek  bolalarga  qanday  yangilikni  yet-
kazdi?
2.  Bunyodbek  amaki  nima  uchun  xursand
bo‘ldi?
Vàtàn  desam...
Ulug‘bek  Hamdam
Vatan  desam,  ko‘zimga
Qatra-qatra  yosh  kelar.
Yosh  ichida  miltirab,
Buyuk  bir  bardosh  kelar!
Vatan  desam,  tilimga
Temur-u  Bobur  kelar.
Moziylarni  uyg‘otib,
Do‘mbira,  tanbur  kelar!
Vatan  desam,  yuragim
Navolarga  to‘lgaydir.
Niyatni  yaxshi  qilsak,
Navoiy  tug‘ilgaydir!
Vatan  –  muqaddas  dargoh,
Imon  kabi  saqla  sen!


9
Otang  bergan  isming-u
Onang  sutin  oqla  sen!
Vatan  degin,  dilbandim,
G‘aflatlarda  yotma  hech.
Vatan  bu  o‘zligingdir,
Yot  ufqqa  botma  hech!
Vatan  desang,  o‘yingga
Ulug‘  shu  xalqing  kelsin!
Shu  xalqing  osmonida
Quyoshdek  balqqing  kelsin!..
Vatan  degin,  dilbandim!..
1. She’rni  ifodali  o‘qing.
2. Siz  Vataningizni  qanday  ta’riflaysiz?
3. Vatan  deganda  nimalar  ko‘z  oldingizga
keladi?

Download 16,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish