2019 O‘qish oxi


Mohir  qo‘llar  qo‘shig‘i



Download 16,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/93
Sana22.01.2022
Hajmi16,51 Mb.
#398656
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93
Bog'liq
3-SINF O\'QISH KITOBI 2019.pdf

Mohir  qo‘llar  qo‘shig‘i
Tolib  Yo‘ldosh
Bizni  mohir  qo‘l  qilgan
Vatan,  g‘amxo‘r  onamiz.
Maktabimiz  qoshida
Bordir  ustaxonamiz.
Qo‘lda  parma,  teshamiz,
Mehnat  bilan  yashaymiz.
Hunar  bizga  yoshlikdan
Do‘st  bo‘lgan  jondan  ortiq.
O‘rganamiz  biz  uni,
Bolg‘a  urib  „Taqa-tuq“.
Qo‘lda  arra,  teshamiz,
Mehnat  bilan  yashaymiz.
Stol,  stul,  partaning
Bo‘lsa  buzuq,  singani,
Tuzatamiz  birpasda
Katta  usta  singari.
Qo‘lda  randa,  teshamiz,
Mehnat  bilan  yashaymiz.
1.  She’rni  ifodali  o‘qing.
2.  Siz  nimalar  yasashga  qiziqasiz?


61
Ilmning  omonati
(Rivoyat)
Qadim  zamonda usta  temirchi  bo‘lib, bu hu-
narni  ipidan  ignasigacha  bilar  ekan.  Bundan
tashqari  u  gullarni  juda  sevar  va  usta-
xonasining  oldida  g‘aroyib  gullarni  parvarish
qilar  ekan.  Temirchi  qarib  kuchdan  qola  bosh-
laganda,  shogird  olishni  e’lon  qilibdi.  Uning
oldiga  uchta  yigit  kelib,  shogirdlikka  tushmoq-
chi  ekanliklarini  aytishibdi.  Temirchi  yigitlardan
bittasini  tanlab  olish  uchun  ularni  sinab  ko‘r-
moqchi  bo‘libdi.  Har  biriga  kichkina  xalta-
chalarda  o‘zi  parvarish  qilayotgan  gullarning
urug‘laridan  beribdi  va:  „Men  muhim  ish  bilan
uzoq  safarga  ketyapman.  Qaytgunimcha  mana
shu  urug‘larni  ehtiyot  qilib  saqlanglar.  Urug‘-
larni  saqlab,  menga  qaytargan  yigitga  temir-
chilik  hunarini  o‘rgataman“,  –  debdi.
Birinchi  yigit  urug‘larni  uyiga  olib  borib,  te-
mir  sandiqqa  solib  qo‘yibdi.  U  urug‘larni  mana
shunday  saqlamoqchi  bo‘libdi.  Ikkinchi  yigit
gulchining  do‘koniga  borib,  urug‘larni  sotibdi
va  temirchi  qaytganida  xuddi  shunday  urug‘-
larni  sotib  olishini  do‘kondorga  tayinlabdi.
Uchinchi  yigit  esa  urug‘larni  hovlisiga  va  uyi
atrofiga  ekib,  ulardan  o‘sib  chiqqan  gullarni
parvarishlay  boshlabdi.
Oradan  ancha  vaqt  o‘tib,  temirchi  safardan
qaytibdi.  U  uchala  yigitni  huzuriga  chaqiribdi.


62
Birinchi  yigit  temir  sandiqda  turgan  urug‘-
larni  olib  boribdi.  Temirchi  ularni  ko‘rib:  „Sen
ularni  o‘ldiribsan,  endi  ular  hech  narsaga  ya-
ramaydi.  Demak,  sen  hunarga  ham  shunday
munosabatda  bo‘lasan“,  –  debdi.
Ikkinchi  yigit  gul  do‘konidan  sotib  olgan
urug‘larini  olib  kelib  ko‘rsatibdi.  Temirchi  ularni
ko‘rib:  „Bular  men  senga  bergan  urug‘lar  emas,
sen  ularni  sotib  yuborib,  bugun  boshqa  urug‘
olib  kelibsan“,  –  debdi.
Uchinchi  yigit  ekkan  gullarining  urug‘larini
yig‘ib  olib  boribdi.  Temirchi  ularni  ko‘rib:  „Ma-
na  shular  men  bergan  urug‘lar,  sen  ularni  hatto
ko‘paytirib  kelibsan.  Demak,  sening  o‘rgangan
hunaringdan  hamma  bahramand  bo‘ladi“,  –
deb  shogirdlikka  shu  yigitni  qabul  qilibdi.
„Tarbiya  kitobi“dan
1. Temirchi  usta  shogirdlarni  qaysi  yo‘l  bilan
tanlab  oldi?
2. Siz  ikki  yigitning  tutgan  yo‘liga  qanday  ba-
ho  berasiz?  Hunar  haqida  maqollar  ayting.

Download 16,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish