5-rasm
2017 yilda mahalla (fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari) da faoliyat
ko'rsatgan hodimlar soni ma'lumoti bo'yicha
2017 yil boshiga pul mablag’lari 1101,8 mln. so'mni tashkil etgan bo'lsa, pul
tushumlari 509849,6 mln. so'mdan iborat bo'lgan. Pul tushumlarining 92% byudjetdan,
4,6% hukumatning maqsadli hamda byudjetdan tashqari mahsus fondlaridan, 1,4%
ihtiyoriy badallar va hayr-ehson, boshqa beg’araz tushumlar hisobiga to'g’ri keladi.
Foydalanilgan pul mablag’lari 508702,0 mln.so'mni tashkil etgan bo'lib, 59,2%
ish haqiga, kompensasiya va rag’batlantirish xarakteridagi to'lovlarga, 10,1% hayriya
maqsadlariga, 1,8% material, tovar, ish va xizmatlarni etkazib beruvchilarga to'langan
pul hisobiga to'g’ri keladi. 2017 yil oxiriga mahallalarda pul qoldig’i 2249,4 mln.so'mni
tashkil etgan.