Hosilni yig„ish.
Dukkaklarning 70% yetilganda hosil yig„iladi. Donchilikda
qo„llaniladigan texnika yordamida ishlar bajariladi.
Takrorlash uchun savollar:
1. Bargakning morfologiyasi bo„yicha bedadan farqi ?
2. Bargak necha yil yashaydi?
3. Bargakning biologik xususiyati?
4. Ko„kat uchun ekish me‟yori
5. Bargakni ekish usuli?
6. Hosil qanday yig„iladi?
7. Bargak ko„kati va pichanining hosili qancha - s/ga hisobida?
4.5. QASHQARBEDA
Ahamiyati.
Qashqarbeda to„yimli oziq beradigan o„simlik, yuqori sifatli
ko„kat, pichan, senaj va silos tayyorlanadi. Bir kilogramm ko„katida 17-25 g oqsil
va 0,16-0,20 oziq birligi mavjud.
Qashqarbeda dehqonchilikda ahamiyati katta, chunki qurg„oqchilikka,
sovuqqa va sho„rlanishga chidamli o„simlik, tuproqni azot bilan boyitadi, sho„rini
kamaytiradi va asal beruvchi o„simlikdir.
Qashqarbeda 2 yillik o„simlik bo„lib, uning 16 turidan ikkitasi ko„p
tarqalgan: oq va sariq qashqarbeda.
251
Oq qashqarbeda
-
Melilotus albus Mecdir
2 yillik o„simlik, ildizi o„q ildiz
bo„lib yaxshi rivojlangan, poyasi o„tsimon, tik o„sadi, yaxshi shoxlanadi, balandligi
75-200 sm bo„ladi. Bargi murakkab uch bo„lakli, tukli va tuksiz, yumaloq va
cho„zinchoq shaklda. Gullari barg qo„ltiqlarida joylashadi, shingil shakldagi gul
to„plamiga ega. Dukkagi mayda, bir urug„li, usti to„rlangan, urug„i mayda,
sarg„ich-yashil, 1000 ta urug„ining vazni 1,5 g. O„zbekistonda daryo qirg„oqlarida,
ariq bo„yilarida ko„p uchraydi.
Sariq qashqarbeda
-
Melilotus offisinalis Pall
1-2 yillik o„simlik o„q ildizli,
poyasi tik o„sadi, sershox, antotsian rangli, bargi murakkab, uch bo„lakli. Shingili
uzun, gullari sariq rangli, dukkagi mayda, bir urug„li, urug„i mayda, sariq yoki
sariq-yashil, 1000 tasining vazni 1,3-1,5 g. Sariq qashqarbeda oziq-ovqatda va
farmakologiyada dorivor o„simlik sifatida foydalanadi.
Biologiyasi.
Qashqarbeda biologik xususiyati bo„yicha bedaga yaqin, ammo
qishqi qurg„oqchilikkka chidamliligi bedaga nisbatan yuqori, namni ko„p talab
qiladigan davri-gullash davri. Shu davrda suv etishmasa bargi to„qiladi.
Amal davri 80-135 kun. Bu ko„rsatkich bo„yicha mavjud tur xillari va navlari
4-ta guruhga bo„linadi: eng ertapishar 80-95 kun; o„rta kechpishar 95-110 kun;
kechpishar shakli 110-120 kun va juda kechpishar shakli 120-135 kun. Ertapishar
shakllari shimoliy rayonlarda tarqalgan (Rossiya), o„rtakechpishar shakllari cho„l
sharoitida tarqalgan; juda kechpishar shakllari O„rta Yer dengiz sohillarida
tarqalgan. Sariq qashqarbedaning eng ertapishar shakli Kavkaz tog„larida tarqalgan
(amal davri 85-90 kun), eng kechpishar shakllari Ozarbayjonda ekiladi (amal davri
130-140 kun).
Shonalash davrida tez o„sib, sutkalik o„sishi 3-5 sm ga to„g„ri keladi. Erta
bahorda o„sishi boshlanadi. Gullash davri tur xillariga qarab 14-15 kun davom
etishi mumkin. O„rtacha 8-14 kunni tashkil qiladi. Shingilning pastki qismidagi
gullar oldin gullaydi. Shimoliy hududlarda gullash 14-28 kun davom etadi, janubiy
xududlarda 30-45 kun davom etadi. Gullash boshlanganda qashqarbedaning poyasi
dag„allashadi. Mevasi yetilganda to„qiladi. Qashqarbedaning hamma turlari
252
ildizida, poyasida, bargida, gulida va mevasida kumarin aromatik (xushbo„y)
modda bor.
rasm-24. Qashqarbeda
Do'stlaringiz bilan baham: |