Bu datchik avtomobilni uzatmalar qutisida joylashgan (spidometr privodiga ulangan). Tezlik datchigi EBB ga etakchi g‘ildirak aylanishlar soniga qarab impuls jo‘natadi, kompyuter esa bu signallarni km/soat larda o‘lchanadigan tezlikka aylantiradi. Bu datchikni almashtirish uchun hech qanaqangi asbob ishlatilmaydi.
1. Akkumulyator "minus" klemmasi uziladi.
2. Datchikdan spidometr shlangini burab echib olamiz (spidometr valini datchikdan ajratamiz).
3. Datchik sim bog‘lamini ajratamiz.
4. Datchikni spidometr “privodi”dan ajratamiz.
5. Datchikni joyiga qayta qo‘yish uchun esa mana shu bajarilgan operatsiyalarni teskari tartibda bajarish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |