2-ma’ruza. Ichki yonuv dvigatellar uchun ishlatiladigan yoqilg‘i va moylar olishni umumiy tushunchasi reja



Download 46,26 Kb.
bet2/2
Sana06.05.2023
Hajmi46,26 Kb.
#936026
1   2
Bog'liq
2-ma\'ruza 2023

Motor yoqilg`i turlari. YOqilg`ining umumiy xarakterlanishi, sinflanishi va tarkibi. Ichki yonish dvigatellari uchun ishlatiladigan yoqilg`i va moylar olishning umumiy tushunchasi.
Reja:

  1. Neft maxsulotlarining yoqilg`i sifatida ishlatilishi. 

  1. Motor yoqilg`ilarining turlari.

  1. Yoqilg`i va moylarning olinishi.

Neft maxsulotlarining yoqilg`i sifatida ishlatilishi. Neft maxsulotlarining asosiy qismi xalq xo’jaligida yoqilg`i va surkov moylari sifatida ishlatiladi. Neft maxsulotlarining nisbatan kam qismi bitum olish uchun, elektrod koksi, qattiq parafinlar olish uchun ishlatilsa, qolgan qismi organik sintezda – plastmassa, sintetik tola, sintetik kauchuk, o’g`itlar va h.k. olishda ishlatiladi. SHuning uchun neft maxsulotlari quyidagi guruxlarga bo’linadi:


1.Motor yoqilg`isi; 2.Yorituvchi kerosin; 3.Erituvchilar va yuqori oktanli qo’shimchalar; 4.Neft moylari; 5.Parafinlar, tserezinlar, vazelinlar; 6.Neft bitumlari va boshqa neft maxsulotlari. 
Motor yoqilg`ilarining turlari. Motor yoqilg`isi o’z navbatida quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1.Karbyurator yoqilg`isi (avia-avtomobil benzilari, traktor yoqilg`isi); 2. Reaktiv yoqilg`isi; 3.Dizel yoqilg`isi; 4. Gazoturbina yoqilg`isi; 5.Qozon (kotel) yoqilg`isi; 6.O’choq (pech) – yoqilg`isi; 7.Kommunal xo’jaligi uchun suyultirilgan uglevodorod gazlari.
Karbyurator yoqilg`isi - past va o’rta haroratda qaynaydigan neft fraktsiyalaridan va ikkilamchi qayta ishlashning engil maxsulotlaridan tarkib topgan. Karbyurator dvigatellarida yoqilg`i sifatida suyultirilgan uglevodorodlar ham ishlatiladi.
Aviatsiya dvigatellari uchun karbyurator yoqilg`isi tarkibini - riforming, katalitik kreking va alkillat benzinlari tashkil etadilar. Ularning sifatini yaxshilash uchun benzinlarga detonatsiyaga va oksidlanishga qarshi prisadkalar qo’shiladi. Aviatsiya benzining B-100/130, B-95/130, B-91/115, B-70 markalari bor.
Avtomobil dvigatellari uchun karbyurator yoqilg`isi - AT da to’g`ridan-to’g`ri haydash, katalitik va termik kreking, katalitik riforming jarayonlaridan, alkillatlar, izomerizatlar, benzol va toluol ekstraktsiyasidan ajratib olingan rafinatlaridan benzin aralashmasi tayyorlanadi. Sanoatda avtomobil benzinlarining A-66, A-72, A-80 (sonlar motor usulida aniqlangan oktan sonini bildiradi), Ai-93, Ai-98 (sonlar tadqiqot usulida aniqlangan oktan sonini bildiradi) markalari ishlab chiqariladi.
Reaktiv yoqilg`isi (avia kerosinlar) – neftni AT da haydab olinadi. Avia yoqig`isining T-1, TS-1, T-2, RT va T-6, T-8 markalari bor.
Dizel yoqig`isi - qisilish natijasida alangalanadigan dvigatellarida qo’llanilib, ular quyidagi guruhlarga bo’linadi. 1) Tez yurar dizellar uchun yoqig`i; 2) Traktor, teplovoz va paroxod dizellari yoqilg`isi (DT va DM). Dizel yoqig`isi 180-350o S oralig`ida qaynaydigan neftning o’rta distillyat fraktsiya-laridan, gidrokreking, termik va katalitik kreking jarayonlarining engil gazoyl fraktsiyalaridan olinadi. 
Gaz turbina yoqilg`isi - elektrostantsiyalardagi gaz turbinasida, daryo va dengiz turbinali kemalarida, lokomotivlarda, avtomobillarda ishlatiladi. Bu yoqig`i termik kreking distillyatidan va neftni AT da haydash jarayonidan olinadi. 
Qozon (kotel) yoqilg`isi (mazut) – issiqlik elektrostantsiyalarining bug`li qozonlarida, turli sanoat o’choqlarida yonuvchi yoqilg`i sifatida ishlatiladi. Uning tarkibi - AT da haydalgan neft qoldiqlaridan, kreking qoldiqlaridan, neftni ikkilamchi qayta ishlashda hosil bo’lgan gazoyllardan, neft moylarini tozalash jarayonlari (ekstraktlar, asfaltenlar) chiqindilaridan va neft kimyosi sintezi (og`ir smolalar) maxsulotlaridan iborat.
O’choq (pech) yoqilg`ilari (mazut, ko’mir) – maxsus o’choqlarda yoqish uchun ishlatiladi. Neftni birlamchi haydash qoldig`idan va ikkilamchi jarayonning distillyat fraktsiyalaridan olinadi.
Motor yoqilgilarga qo’shimcha ravishda yana suyuq va gazsimon, yorituvchi kerosin, erituvchilar, surkov moylari, konsistent moylar, qattiq va yarim qattiq uglevodorodlar, parafinlar, tserezin, vazelin, neft bitumlari, neft kislotalari va ularning hosilalari, mыlonaftlar, sulfokislotalar, yog`li kislotalar kiradi. 
Individual uglevodorodlarga - etilen, propilen, metan, benzol, toluol, ksilollar kirib, ular neft kimyo sanoati uchun xom-ashyo hisoblanadilar. 
Ishlab chiqarish hajmiga ko’ra suyuq va gazsimon yoqilg`ilar, surkov moylari va keyingi paytlarda individual uglevodorodlar asosiy maxsulot bo’lib qolmoqda. Yoqilg`ilar ishlatilish sohasiga qarab karbyuratorlar yoqilg`isi (avia va avtobenzinlar, traktor yoqilg`isi), reaktiv va turboreaktiv dvigatellar uchun dizel yoqilg`isi, gazoturbina va kotel yoqilg`isi sifatida ishlatiladi. 
Ichki yonish dvigatellari yoqilg`ilari sifatida karbyurator va dizel yoqilg`ilari ishlatiladi. Bu yoqilg`ilar ham o’z navbatida ishlatilish va qo’llanilish sohasiga qarab sinflanadi. Ichki yonish dvigatellarining tsilindiriga benzin bug`lari va havo aralashmasi beriladi, bu erda u porshen bilan qattiq siqiladi va svechalar uchun uchqun beradi. Yоnish natijasida hosil bo’lgan gazlar porshenni harakatga keltiradi. Silindrda siqish darajasi qancha katta bo’lsa, dvigatelning foydali ish koeffitsienti shuncha ko’p bo’ladi. 
Silindrda aralashma yonishdan hosil bo’lgan alanga har xil tezlik bilan tarqaladi. Aralashma normal yonganda alanga tsilindrda 10-15 m/s tezlik bilan tarqaladi. Lekin ba`zi bir siqish darajasida alanga 1500-2000 m/s tezlik bilan tarqaladi. Detonatsiyaning paydo bo’lishi tsilindrda qattiq shovqin hosil qiladi, qora tutun hosil bo’ladi, motorning quvvati pasayadi. Benzinlarning detonatsiyaga moyilligi ularning oktan soni bilan xarakterlanadi. Benzinning oktan soni ichki yonish dvigatelini tsilindrida izooktan va n-geksanlarni detonatsiyalash qobiliyatini sinash bilan o’lchanadi. Bunda izooktanni oktan soni 100 deb va n-geksanniki 0 deb olinadi. Samolyotlar uchun ishlatiladigan benzinlar oktan soni 100 dan yuqori qilib tayyorlanadi. Benzinlarning oktan sonini ularga izooktan, izopentan, etilbenzol, izopropilbenzol qo’shib oshirish mumkin. Bundan tashqari benzinlarning oktan sonini oshirish uchun antidetanator – tetraetilsvinets Hg(C2H5)4 qo’shiladi. Masalan, 1 kg benzinga 4 ml etil suyuqligini qo’shsa, oktan soni 70 dan 89 ga ortadi. 
Traktor yoqilg`isi – asosan kerosindir. U ham xuddi benzin singari xarakterlanadi. Traktor yokilgisining oktan soni 40 dan kam bo’lmasligi kerak.
Dizel yoqilg`isi – kerosin, gazoyl, solyar distillyati bilan nomlanib, porshenli ichki yonish dvigatellarida ishlatiladi. 
Dizel dvigatellarini tejamkorligi dizel yoqilg`isini fraktsiya tarkibiga va tsetan soniga bog`liq. Dizel yoqilg`isining fraktsiya tarkibi - 200-350оС oraliqda qaynaydigan uglevodorodlardan tashkil topgan. 
Dizel yoqilg`isining tsetan soni uning dvigatelda yoqilganda tsetan (S16N36) bilan solishtiriladi, tsetan 100 deb olinadi, metilnaftalinni (С10H7 CH3) setan soni = 0 deb olinadi. 
Kotel yoqilg`isi - mazut va boshka neft qoldiklari, 
Reaktiv dvigatellari yoqilg`isi - sifatida kerosin ishlatiladi. 
Surkov moylari – ishlatish sohalariga qarab industrial verstennыy, mashina moylariga bo’linadi. Ichki yonish dvigatellari uchun avtollar, aviatsiya moylari va boshqalar, transmission, turbina, kompressor moylari ishlatiladi. Bug` mashinalari uchun tsilindr moyi ishlatiladi. Surkov moylari o’zlarining yopishqoqligi, qotish va alangalanish harorati, zichligi, undagi suv miqdori, kislotali xususiyati, koks xususiyati, koks barqarorligi bilan xarakterlanadi. 
Yoqilg`i va moylarning olinishi. Ma`lumki, neft va gaz sanoatining rivojlanishi iqtisodiy rivojlanishning asosini tashkil etadi. Neftdan turli-tuman neft maxsulotlari olinib, olingan maxsulotlarning teng yarmi neft moylari ulushiga to’g`ri keladi. Neft moylari surkov moylarining asosini tashkil qilib, qattiq yuzalarning bir-biri bilan ishqalanishi natijasida emirilishini oldini oladi. SHuningdek, neft moylari ishlatilish sharoitiga qarab issiqlik tashuvchi, dielektriklik (transformator, kabel va h.k.), antikorrozion xossalarini ham namoyon etadi. Neft moylari texnikaning turli soxalarida ishlatilib kelinmoqda va har-qaysi soxa uchun to’g`ri tanlanlangan moy shu sohadagi qurilma, jihoz, uskuna yoki mashina mexanizmlarning ishlash unumdorligini oshirib, ishlash muddatini uzaytiradi. 
Neft moylari olinishining asosiy jarayoni bu - mazutni vakuum sharoitida haydash bo’lib, keyingi barcha bosqichlar, shu olingan distillyat va qoldiq moylar tarkibidan uning ishchi parametrlariga salbiy ta`sir ko’rsatadigan komponentlardan tozalash jarayonlari bilan tugaydi. Bunday salbiy komponentlar qatoriga: smola-asfalten moddalari, politsiklik aromatik uglevodorodlar, qattiq parafinlar, tarkibida oltingugurt, kislorod va azot saqlagan geteroorganik birikmalar kiradi. 
Neft moylari – tarkibiga qarab, olinishi va qo’llanilishiga qarab sinflanadi. Tarkibiga qarab neft moylari distillyat (mazutni haydab) va qoldiq (gudronni deasfaltizatsiyalab) moylarga bo’linadi. Olinishiga qarab kislotali-ishqoriy tozalash, selektiv erituvchilar yordamida tozalash va gidrotozalash usullariga bo’linadi. Qo’llanilishiga qarab neft moylari surkov va nosurkov moylarga bo’linadi. Motor, tsilindr, turbina, kompressor, asbob, transmission moylari – surkov moylariga kirsa, transformator, kondensator va kabel moylari nosurkov moylariga kiradi. Nosurkov moylarining asosiy vazifasi – elektr qismlarni izolyatsiyalash va issiqlik tashish hisoblanadi.
Neftni qayta ishlash sanoati xalq xo’jaligini turli xildagi yoqilg`i va surkov materiallariga bo’lgan ehtiyojini qondirib kelmoqda. Bundan tashqari neftdan bitum, koks, parafinlar olinib, neft kimyosi sanoati uchun xom-ashyo sifatida foydalanadi. Neft maxsulotlarini sharli ravishda tarkibiga, xossasiga va qo’llanilishiga ko’ra taqsimlash mumkin: 1.Yoqilg`ilar, 2.Neft moylari, 3.Parafin va tserezin, 4.Aromatik uglevodorodlar, 5.Bitumlar, 6.Koks, 7.Surkov moylari, 8.Boshqa neft maxsulotlari
Download 46,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish