2-Ma’ruza: Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari



Download 81,09 Kb.
Sana25.01.2022
Hajmi81,09 Kb.
#409611
Bog'liq
2-maruza (2)


2-Ma’ruza: Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari.

Reja:

1. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari, mazmuni.

2. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan asosiy qonunlar, standartlar, nizomlar, qoidalar va meyoriy hujjatlar tizimi.

3. Faoliyat xavfsizligi qonun-qoidalarga amal qilinishini nazorat qilish tizimi, qoida va talablarni buzganda tortiladigan javobgarliklar.

Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari, mazmuni.

Har qanday demokratik jamiyatda shu jamiyat taraqqiyoti qay darajada bo'lishidan qat'i nazar, o'zining huquqiy manfaatlaridan kelib chiqib va inson huquqlarini himoyalashga asoslangan qonun asoslari, ya'ni Konstitusiyasi bo'lishi zarur. Bu Konstitusiya awalo inson huquqlarini himoya qilishi, shu bilan bir qatorda iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar ham himoyalanishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekistonlik har bir fuqaro erkin holda mehnat qilish huquqiga ega. Mehnat qilish huquqi xalq xo‘jaligini demokratik asosda tashkil qilish bilan ta’minlanadi. Fuqarolarga ularning millati, irqidan qat’i nazar mehnat qilish sohasida teng huquq beriladi. Konstitutsiyada O‘zbekiston Respublikasida ayollarga mehnat qilish, mehnatga haq olish, ijtimoiy ta’minot borasida erkaklar bilan teng huquq berilgan. Bu Konstitusiyaning IX bobi iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni himoyalashga qaratilgan. 36-moddada «har bir shaxs qonunda ko'rsatilgan tartibda mehnat qilish, erkin kasb tanlash, odilona sharoitlarda mehnat qilish va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» deyilgan, matn davomida «Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o'tash tartibidan yoki qonunda ko'rsatilgan boshqa hollardan (harbiy xizmat chog'ida, favqulodda holat sharoitida va h.k.) tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi» deb qo'yilgan. Bu Konstitusiyadagi tarqoq umumiy jumlalar asosida berilgan va ishyoqmas, dangasa shaxslar uchun asosiy istehkom bazasi bo'lib xizmat qiladigan «barcha fuqarolar ish bilan ta'minlanadi» degan jumladan tubdan farq qilishi ko'rinib turibdi.

Shu bobning 37-moddasida «Barcha yollanib ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to'lanadigan mehnat ta'tilining muddati qonun bilan belgilanadi», deyilgan jumla ham birmuncha ijobiy xususiyatlaiga ega. Dam olish huquqini ta'-minlash mana shu huquqning amalga oshirilishini ta'minlaydigan ijtimoiy bazaga asoslanishi kerak. Bu bandda ana shu bazani ta'minlash imkoniyatini beradigan qonun barpo etilishi mumkinligi belgilangan.

38-Moddada «har kim qariganda, mehnat layoqatini yo'qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo'lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot olish huquqiga ega.

Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo'yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo'lishi mumkin emas» deyilgan.

Oldingi Konstitusiyalarda ijtimoiy ta'minlanish masalasi hal qilingani bilan uning miqdori hech kimni qiziqtirmas edi. Bu Konstitusiyada qo'shimcha ravishda tirikchilik uchun yetarli miqdorda belgilanishi, albatta, keyingin nafaqa haqidagi qonunlarda uning miqdorini oshirish imkoniyatini beradi.

39-Moddada «har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega» deb belgilangan.

Ilgari qabul qilingan Konstitusiyalarda bepul tibbiyot xizmatidan foydalaniladi, deyilgan edi. Ammo amalda tibbiyot xizmatidan, bepul foydalanish imkoniyatlari yaratilmagani sababli bu qonun tibbiyot sohasining inqiroziy tanglikka olib keldi. Hozir belgilangan moddada tibbiyot xizmati bo'yicha hech bir cheklanishlar yo'q, bunda turli-tuman tibbiyot xizmati korxonalari tashkil etilishi va jumladan, malakali tibbiyot xodimlari o'z shaxsiy davolash muassasalariga ega bo'lishi, bu bilan esa davolash sohasida raqobat vujudga keladi, aholi malakali tibbiyot xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlariga muvofiq ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi(qisqacha Mehnat vazirligi) mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining mehnat haqidagi qonunchiligi mehnat sharoitlarining yuqori darajasini, ishchi va xizmatchilarning mehnat huquqlarini har tomonlama muhofaza qilishni belgilaydi.

Hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha mehnat qonunchiligi - O‘zbekiston Respublikasining Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi Qonunida va Mehnat Kodeksida mujassamlashtirilgan huquqiy meyorlar, Hayot faoliyati xavfsizligi, ayollar mehnati, yoshlar mehnatini muhofaza qilish, Hayot faoliyati xavfsizligi sohasida nazorat qilishni o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston Respublikasining Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi Qonuni (1993 yil 6 may, 29 modda) yangi tahrirda 2016 yil 22 senryabrda qabul qilindi va 36 moddadan iborat qonunlar majmidir .

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi 1995 yilning 21 dekabr kuni tasdiqlanib, 1996 yilning 1 aprelidan boshlab amalda foydalanib kelgan mehnatga oid huquqiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Mehnat kodeksining 1-moddasi - «Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ (me’yoriy) hujjatlar» ga binoan:

O‘zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa shartnomalari va boshqa lokal me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.

Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu kodeks, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hukumatining qarorlari, davlat hokimiyatining boshqa vakillik va ijroiya organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlardan iboratdir, deb ko‘rsatiladi.

Kodeksning XIII bobi Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida bo‘lib, bunda mehnatni muhofaza qilish talablari, mehnatni muhofaza qilish meyorlari, mehnatni muhofaza qilish haqida ma’lumot olish huquqi, tibbiy ko‘rik, Hayot faoliyati xavfsizligiga ajratiladigan mablag‘lar to‘g‘risida qonunlar kabilar ko‘rsatilgan.

Agar xavfsiz, sog‘lom mehnat sharoitlari ta’minlanmasa, birorta korxona, sex, butun ishlab chiqarish qabul qilinmaydi va foydalanishga topshirilmaydi.

Texnika va yong’in xavfsizligi borasidagi davlat siyosatida korxona va tashkilotlarning ma’muriyati barcha ish o‘rinlarini kerakli texnik jihozlar bilan ta’minlashi, bu o‘rinlarda Hayot faoliyati xavfsizligining qoida va standartlariga mos keluvchi mehnat sharoitlarini yaratishi shart. Bunday qoida va standartlarni Respublika standartlashtirish idoralari, Vazirliklar, Davlat nazorat organlari, Markaziy Kasaba Uyushma qo‘mitalari bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.

. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan asosiy qonunlar, standartlar, nizomlar, qoidalar va meyoriy hujjatlar tizimi.

Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta’minlashda mehnat to‘g‘risidagi qonunlar asosiy o‘rin egallaydi. Mehnat qonunlari hujjatlari – jamiyatning mehnat sohasidagi va u bilan bog‘liq o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi meyoriy hujjatlarning yigindisi.

Faoliyat xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari - texnika xavfsizligi bilan uzviy bog‘lik bo‘lgan mehnat jarayonlarining meyorlarini o‘rnatish, ishchi xodimlarni ish jarayonidagi munosabatlarini tartibga solish va ularni huquqlarini himoya qilishdan iboratdir.

Faoliyat xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ishchi va xizmatchilarni mehnat huquqlarini va burchlarini, mehnat intizomini, ishga qabul qilish kafolatlarini va mehnat sharoitlarni sog‘lom va xavfsizligini ta’minlash, texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi va Hayot faoliyati xavfsizligining boshqa qonunlari bo‘yicha yo‘riqlarni o‘tkazish bo‘yicha majburiyatlarini o‘rnatadi.

Faoliyat xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi qonunlarni asosiy maqsadlari:


  • Fuqarolarni mehnat huquqlarini va erkinligini Davlat tomonidan kafolatlanishi;

  • Qulay mehnat sharoitlarini yaratish;

  • Ish beruvchilarini va xodimlarni huquq va istaklarini himoyalash;

  • Ishlovchilarni ularni sog‘lig‘i va ish joyidagi jismoniy xavfsizligiga ta’sir etuvchi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoyalash (mehnat xavfsizligi va gigiyenasini ta’minlash);

• Ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklar sodir bo‘lganida tovon pulini to‘lanishi kafolatlanadi;

• Ishlab chiqarishda jarohat olganlar uchun tibbiy va kasbiy reabilitatsiyasini o‘tkazish.

Davlat tomonidan;

- ish beruvchilar uchun ish beruvchi xodimlarni o‘z mehnat vazifalarini bajarish va ish beruvchining mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish talablari,

- ishchi-xodimlar uchun xodimlarni Hayot faoliyati xavfsizligi talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarda ishlash huquqlarini himoyalash kafolatlanadi.

Faoliyat xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida qonunlarni asosiy yo‘nalishlari:

Mehnat munosabatlari tomonlarining o‘zaro manfaatlari, davlatning manfaatlarini bir-biriga muvofiqlikka erishish uchun kerakli huquqiy sharoitlarni yaratish, shuningdek;

mehnat munosabatlari va boshqa shu bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarni tartibga solish:

mehnatni tashkil etish va mehnatni boshqarish;

shu ish beruvchida ishga joylash;

shu ish beruvchida xodimlarni kasbiy tayyorlash, kayta tayyorlash va malakasini oshirish;

ijtimoiy sheriklik, jamoaviy muzokaralar olib borish, jamoaviy shartnomalar va kelishuvlarni tuzish;

qonunda qo‘zda tutilgan hollarda xodimlar va kasaba uyushmalar ishtirokida mehnat sharoitlarini o‘rnatish va mehnat qonunchiligini qo‘llash;

mehnat sohasida ish beruvchi va xodimlarni moddiy javobgarligi;

tekshirish va nazorat (shu jumladan kasaba uyushmaning tekshiruvi) mehnat qonunchiligiga amal qilish (shu jumladan mehnatni muhofaza qilish qonunchiligiga);

mehnat nizolarini ko‘rish.

Faoliyat xavfsizligini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasining qonunlari:

1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (8.12.1992y.).

2. O‘zR Mehnat kodeksi 21.12.1995 y. 161-1-son: XIII bob.«Mehnatni muhofaza qilish».

3. «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida» O‘zR qonuni (22.09.2016y. №410).

4. Hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha Davlatni me’yoriy hujjatlar talablari o‘z ichiga olgan, normativ huquqiy hujjatlar tizimi.

5. (O‘zR Hukumatining qarori 12 iyul 2000 g. N 267).

6. O‘zR Prezidentining farmonlari, O‘zR Hukumatining, O‘zR Mehnat vazirligining, boshqa vazirliklar va muassasalarning normativ-huquqiy hujjatlari, O‘zR davlat xokimiyati organlarining normativ hujjatlari.

7. Hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha Davlatni me’yoriy hujjatlar talablari - qoidalar, protseduralar va mezonlar, ishlovchilarni mehnat jarayonida hayoti va sog‘lig‘i saqlanishini ta’minlashga qaratilgan.

8. Hayot faoliyati xavfsizligining talablari, mulk va xo‘jalik yuritish shakli turlicha bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar, ular tomonidan barcha turdagi faoliyatni olib borganda, majburiydir (O‘zR mehnatni muhofaza qilish to‘hrisidagi qonuni).

Faoliyat xavfsizligida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha asosiy qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar.

• O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunini (ro‘yxat raqami №410 yangi tahrirda 22.09.2016y.).

• O‘zbekiston Respublikasining ”Mehnat kodeksi”(ro‘yxat raqami 161-I, 1995 yil 21 dekabr).

• O‘zbekiston Respublikasi “Elektrenergetika to‘g‘risida”gi Qonunini (ro‘yxat raqami 225 , 2009 yil 30 sentabr).

• O‘zbekiston Respublikasi “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunini (ro‘yxat raqami 226 , 2009 yil 30 sentabr).

• O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida ”gi Qonuni (ro‘yxat raqami 57 , 2006 yil 28 sentabr).

• O‘zbekiston Respublikasining “Baxtsiz hodisalardan va qasbiy qasalliqlardan majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni.

• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 12 iyuldagi «Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy xujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to’g’risida» gi 267–sonli qarori.

• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining cheklangan muddati”.

• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2008 yil 12 noyabri 245-son qarori bilan tasdiqlangan “Korxona, tashkilot va muassasalarda Hayot faoliyati xavfsizligi fondi tashkil qilinishi va uni mablag‘larini ishlatish tartibi to‘g‘risidagi nizomi”.

• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan”Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatlig‘ining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom”.

• Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi 60-son qarori ”Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlani shi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash Qoidalari”.

• “Hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risida Namunaviy nizom” (ro‘yxat raqami 273,1996 yil 14 avgust).

• “Hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi Namunaviy nizom” (ro‘yxat raqami 272, 1996 yil 14 avgust).

• “Mehnatni muhofaza qilish vakili to‘g‘risidagi nizom” (ro‘yxat raqami 196, 1995 yil 18 dekabr).

• “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 870, 2000 yil 7 yanvar).

• «Положение об установлении пределно допустимих норм при подеме и перемешении тяжестей литсами моложе восемнадсати лет» (рег. № 1954 от 12 мая 2009г.).

• “Ayollar mehnatidan foydalanish qisman yoki to‘liq taqiqlangan noqulay mehnat sharoitiga ega ishlar ro‘yxati”ga (ro‘yxat raqami 865, 2000 yil 5 yanvar).

• O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 10 iyul 2012 yil 200 -son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2387, 2012 yil 29 avgust).

• Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1582, 2006 yil 13 iyun).

• Balanlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish Qoidalari” (2009 yil 24 yanvar, ro‘yxat raqami 1890).

Mehnatni muhofaza qilish huquqlari - mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimidir.

Texnika xavfsizligi - ishlovchilarga xavfli ishlab chiqarish omillar ta’sirini bartaraf etish ishlarini ko‘rib chiqadi.

Ishlab chiqarish sanitariyasi - zararli ishlab chiqarish omillar ta’sirini bartaraf etish yoki kamaytirish ishlarini ko‘rib chiqadi.

Yong‘in xavfsizligi – yong‘inlarni kelib chiqish sabablari, yonish va portlash tabiatini, yong‘in va portlash xavfsizligini ta’minlash usullari, yong‘inlarni o‘chirish va yong‘in muhofazasini tashkil qilishni ko‘rib chiqadi.

Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha me’yoriy huquqiy hujjatlari - Ishlab chiqarishda mehnat sharoitlarini yaratish, zararli va xavfli omillar oldini olish, mehnat to‘g‘risidagi qonun asosida ishlash kabilar alohida qabul qilingan Respublikamizning asosiy qonunlar, standartlar, nizomlar, qoidalar va me’yoriy hujjatlari tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Davlat tomonidan mehnat qonunlari, standartlar belgilanadi. Korxonalar tomonidan o‘zining nizomlari, korxonaga doir qoidalar va me’yoriy hujjatlar belgilanadi.

Faoliyat xavfsizligida standartlar tizimi. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashda Mehnat xavfsizligi bo‘yicha standartlar tizimi (MXST) (SSBT), Sanitar qoidalari va meyorlari (SanQiM) (SanPiN), Qurilish meyorlari va qoidalari(QMQ) (KMK) asosiga amal qilinadi.

• Mehnat xavfsizligi bo‘yicha standartlar tizimi (MXST) (SSBT) — odamni mehnat jarayonida sog‘lig‘i va ish qobiliyatini saklovchi, mehnat xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan o‘zaro uzviy bog‘langan kompleks standartlar majmuasidir.

• Sanitar qoidalari va meyorlari (SanQiM) (SanPiN) xodimlarni mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan, sanitariya qonun va meyorlarini o‘z ichiga olgan qonunchiligidir.

• Qurilish meyorlari va qoidalari (QMQ) (KMK), tarmoq qoidalari ishlab chiqarish obyektlarini loyihalashtirishda va qurishda xavfsizlik talablarini reglamentlaydi.

• Xavfsizlik qoidalari (XQ).

• Qurilmalarni xavfsiz ishlatish qoidalari (QXIQ).

• Mehnatni muhofaza qilish qoidalari (MMQ).

• Mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari (MMY).

Mehnat xavfsizligi bo‘yicha Davlat standartlar tizimi (GOST SSBT).

Qurilish meyorlari va qoidalari (QMQ), pravila po proyektirovaniyu i stroitelstvu(SP).

Masalan: KMK 2.04.05-97. «Isitish, ventilyatsiya va konditsionerlash ».

SHNK 2.09.04-09 “Korxonalarni ma’muriy va maishiy binolari”.

Yong‘in xavfsizligi qoidalari (YOH), tuzilish va xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalari (TXEQQ), xavfsizlik bo‘yicha yo‘riqnomalar (XY).

Sanitar qoidalari va meyorlari (SanQiM)

Masalan: SanPiN № 0120-01. “Ish joylardagi shovqinni yo‘l qo‘yiladigan darajasining sanitariya meyorlari”.

SanPiN № 0294-11(№0046-95 o‘rniga). “ Ish hududi havosidagi zararli moddalarni chegaraviy yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyasining (CHYQK) gigiyenik normativlari”.

Mehnat xavfsizligi bo‘yicha Davlat standartlar tartibi (GOST SSBT).

Mehnat xavfsizligi bo‘yicha standartlar tartibi—tashkiliy-texnik, metrologik, sanitar – gigiyenik meyor va qoidalarga tegishli talablarini o‘z ichiga olgan, mehnat sharoitlari xavfsizligini ta’minlovchi, xodimlarni mehnat jarayonida hayoti va sog‘lig‘ini saqlovchi o‘zaro uzviy bog‘langan kompleks standartlari majmuasidir.(2-rasm)



2-rasm. Davlat standartlar tartibi (GOST SSBT)

Bu yerda guruh nomlari quyidagicha:

0-Tartibi tashkiliy-uslubiy meyorlari bo‘yicha tuzish;

1-Ishlab chiqarishdagi zararli va xavfli omillar turlariga talab va meyorlar

2-Ishlab chiqarish (jihozlariga) uskunasiga qo‘yilgan xavfsizlik talablari

3-Ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘yilgan xavfsizlik talablari

4-Ishlovchilarni himoya vositalariga qo‘yilgan talablar.

Har xil guruhdan tashkil topgan mehnat xavfsizligi bo‘yicha Davlat standartlar tartibi GOST CCBT :

GOST 12.0.004-90 SSBT.– “Mehnat xavfsizligi bo‘yicha o‘qishni tashkillashtirish. Umumiy qoidalar”;

GOST 12.1.030-81 SSBT.“Elektr xavfsizligi. Yerga ulangan himoya simi. Nolga ulanish”;

GOST 12.2.003-91 SSBT. “Ishlab chiqarish asbob-uskunasi. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar”;

GOST 12.3.020-80 SSBT. “Korxonalarda yuklarni boshqa joyga qo‘chirish jarayoni. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar”

GOST 12.4.125-83 (1985) SSBT. “Mexanik omillari ta’siridan jamoaviy himoya vositalari. Tasnif” kabi ko‘rinishlarda mavjud bo‘ladi.

Faoliyat xavfsizligi qonun-qoidalarga amal qilinishini nazorat qilish tizimi, qoida va talablarni buzganda tortiladigan javobgarliklar.

Hayot faoliyati xavfsizligi bo`yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish quyidagi davlat tashkilotlariga yuklatilgan:

1. O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.

2. “O’zgeosanoatkontexnazorat” agentligi.

3. O`zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining Sanitariya epidemiologiya nazorati.

4. Respublika Ichki ishlar vazirligining Yong’indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi.

5. O`zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish Davlat aktsionerlik jamiyati.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi bo`yicha me`yyor qoidalariga, sanoat sanitariyasi va mehnat gigienasiga hamda mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq o`z texnik inspektoriga ega.

“O’zgeosanoatkontexnazorat agentligi bug’ qozonlarining to`g’ri ishlashini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, yuk ko`tarish mashinalari (ko`tarma kranlar, liftlar), ekskovatorlar, gaz uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi moddalarni ishlatish, saqlash va tashish ishlarini nazorat qiladi.

Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati havo, suv va tuproqni ifloslanishdan ogohlantirish, Shovqin va titrashni yo`qotish, tsexlarning sanitariya holatlarini yaxshilash (harorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va h.k.) ishlarini nazorat qiladi.

Davlat yong’in xavfsizligi nazorati yong’inga qarshi tadbirlarni, ut o`chirish vositalarining holatini, yong’in haqida xabar berish vositalarining ishini nazorat qiladi.

O`zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish Davlat aktsionerlik jamiyati korxonalardagi energiya tizimlarining texnik ekspluatatsiyasini va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni nazorat qiladi.

Barcha korxona, tashkilot, muassasa, vazirliklar va tarmoqlarda Hayot faoliyati xavfsizligi qonunlari bajarilishining oliy nazorati Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yuklatilgan.

Mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalari, shuningdek, mehnat qilish qonunlarining bajarilishini ta'minlovchi umumiy va maxsus davlat nazorat tashkilotlari mavjud.

Hamma vazirliklar, birlashmalar va sanoat korxonalarida mehnat qonunlarining aniq bajarilishini O'zbekiston Respublika prokuraturasi ko’zatadi. Prokuratura mahkamalari qonunlarning bo’zilmasligini mehnatkashlarning arzlari asosida yoki koncona va ayrim shaxslarning signallari asosida, mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarilayotganligini tekshirish yo'li bilan amalga oshiradilar.

Prokuratura umumiy nazorat tartibida tekshirish natijalaridan sanoat korxonalari rahbar xodimlarini xabardor qiladi va bo’zilgan mehnat qilish qoidalari buzilishini tezda bartaraf qilishni talab qiladi, rahbar xodimlarga ma'muriy chora ko'rilishini talab qilib yuqori rahbar xodimlaiga murojaat etadi. Agar jinoyat sodir bo'lganligi aniqlansa (xavfsizlik texnikasi qoidasi jinoiy ravishda bo’zilgan bo'lsa), rahbar xodimlarni jinoiy javobgarlikka tortadi. O'lim sodir bo'lgan, og'ir va bir guruh, (bir necha kishi) bilan baxtsiz hodisaga uchragan holatlarda prokuratura mustaqil tekshirish o'tkazadi.

Mehnat qonuniyatlari bo’zilmasligining umumiy nazoratini mehnatkashlar deputatlari kengashi va ularning ijroiya qo'mitalari ham amalga oshiradi.

Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha maxsus davlat nazorati tashkilotlariga quyidagilar kiradi:

1. Kasaba uyushmasining texnik nazorati.

2. O'zbekiston Respublikasining sanoatda xavfsiz ish olib borish va kon nazorati.

3. Sanitar nazorati.

4. Eneigetika nazorati.

5. Yong'inga qarshi kurash nazorati.

6. Jamoat nazorati.

O‘zbekiston Respublikasida texnik jihatdan tartibga solish (texnik reglament)larning umumiy texnik reglamentlar, maxsus texnik reglamentlar kabi turlari qo‘llaniladi.

Texnik reglamentlarda mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligini ta’minlashga doir talablar quyidagilar bo‘yicha belgilanishi mumkin:

biologik xavfsizlik;

mexanik xavfsizlik;

kimyoviy xavfsizlik;

yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik;

yong‘in xavfsizligi;

elektr xavfsizligi;

mashina va uskunalarni ishlatish (ulardan foydalanish) hamda utilizatsiya qilish xavfsizligi;

elektromagnit mosligi;

qurilish ishlari xavfsizligi;

binolar, inshootlardan va ularga tutash hududdan foydalanish xavfsizligi;

ekologik xavfsizlik;

veterinariya xavfsizligi;

sanoat va ishlab chiqarish xavfsizligi;

portlash xavfsizligi;

axborot xavfsizligi;

o‘lchovlarning va sinovlar usullarining bir xilligini ta’minlash.

Texnik reglamentlarda mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligini ta’minlashga doir boshqa talablar ham belgilab qo‘yilishi mumkin.

Ba'zi bir rahbar shaxslarning o'z ishiga sovuqqonlik va loqaydlik bilan qarashi natijasida mehnatni muhofaza qilish tartib qoidalari bo’zilib, baxtsiz hodisa yo’z bersa, bu baxtsiz hodisaning og'ir-yengilligi va oqibatini hisobga olib, javobgarlik chora-tadbirlari belgilanadi.

Intizomiy javobgarlik. Hozirgi zamon mashinasozlik sanoati fan va texnika taraqqiyotining hamma yutuqlarini o'zida jamlagan murakkab dargoh hisoblanadi. Unda oddiy tokarlik stanogidan tortib zamonaviy programmalashtirilgan agregat stanoklarigacha, oddiy yig'ish maydonidan boshlab, mukammallashtirilgan konveyer liniyalarigacha ishlaydi. Bunday mashinasozlik zavodlari sexlarida bir necha yo’zdan tortib, bir necha ming nafargacha ishchilar mehnat qilishi mumkin.

Bunday katta sanoat korxonasida mehnat intizomini saqlash, xavfsiz ish olib borishning asosi hisoblanadi. Har bir sanoat korxonasi o‘z ichki tartib-qoidalarini ishlab chiqadi. Bu tartib-qoidalarning barchasi xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitini ta’minlash, jarayonlarni normada bajarishga qaratilgan. Talablarni bajarmaslik baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. Shuningdek, ishchi-xizmatchilarning tartib-qoidalarga amal qilmasligi ish rejimining buzilishiga, kasallik, baxtsiz hodisa, zaharlanish va boshqa hodisalarning sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Ular uchun intizom javobgarligi ta’sis etilgan.

Bu javobgarlik ishchilar uchun: ogohlantirish, hayfson e’lon qilish, jiddiy hayfson e’lon qilish, uch oy muddat bilan oyligi kam bo‘lgan ishga o‘tkazish yoki shu muddatga past razryad ishga o‘tkazish, ishdan bo‘shatish kabi tartibda amalga oshiriladi.

Rahbar shaxslar uchun javobgarlik ogohlantirish, hayfson e’lon qilish, bir yilgacha lavozimini pasaytirish, ishdan bo‘shatish yo‘li bilan olib boriladi.

Ishchilar korxona rahbarlari, sex va bo‘lim boshliqlari tomonidan intizom javobgarligiga tortilishi mumkin. Rahbar xodimlar esa, yuqori rahbarlik xodimlari tomonidan intizomiy javobgarlikqatortilishi mumkin. Rahbar xodimlar jamoa bitimida ko‘rsatilgan talablarni, yuqori tashkilot buyruqlarini bajarmaganliklari va asosan xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va gigiyenasi talab-qoidalariga amal qilmaganligi uchun javobgarlikka tortiladilar.

Ma’muriy javobgarlik – quyidagi uch tartibda belgilanishi mumkin:

1. Ahloqiy harakteridagi javobgarlik (ogohlantirish, uyaltirish, xayfsan e’lon qilish, vaqtincha yoki butunlay past darajali ishga o‘tkazish, imtiyozlarni cheklash kabi jamoat tartibidagi choralar).

2. Mablag‘ va pul undirish, bunda jarima va musodara qilish usullari qo‘llaniladi.

3. Tartib buzuvchining shaxsiga taalluqli bo‘lgan javobgarlik (axloq tuzatish ishlari, ma’muriy qamoq jazosi, vazifasidan chetlatish).

Mehnat xavfsizligi qoida va normalarini buzgan ishchi va xizmatchilarga ma’muriy javobgarlik tartibi to‘g‘risida ogohlantirish, jamoat tartibidagi choralar va ma’lum miqdorda jarima to‘lash belgilanadi. Jarima va ogohlantirish bo‘ysundirish tartibida rahbar xodimlar tomonidan emas, balki mehnatni muhofaza qilishning davlat organlari yoki shahar va tuman deputatlari kengashi ijroiya qo‘mitasi tomonidan tashkil qilingan komissiyalarning qarori bilan belgilanadi.

Jinoiy javobgarlik. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarining qo'pol buzilishi natijasida og'ir jarohatlanish sodir bo'lsa, bir necha kishi og'ir jarohatlansa yoki baxtsiz hodisa o'lim bilan tugasa, bun-day holatda rahbar xodim jinoiy javobgarlikka tortiladi. Rahbar xodim vazifasidan chetlatiladi va ma'lum muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi.

Moddiy javobgarlik. Moddiy javobgarlik—bu ishchi va xizmatchining aybi bilan korxonaga keltirilgan moddiy zararni qoplashdir. Mehnatni muhofaza qilishning qoida va me'yorlarining ishchi va xizmatchi tomonidan buzilishi natijasida sanoat korxonasi moddiy zarar ko'rsa, ana shu zararning bir qismi yoki hammasi aybdor shaxs tomonidan to'lanishi moddiy javobgarlik chorasiga kiradi.

Moddiy javobgarlik asosan ikki xil tartibda: chegaralangan moddiy javobgarlik va to'liq moddiy javobgarlik tartibida belgilan-ishi mumkin. Chegaralangan moddiy javobgarlikka ishchi yoki xizmatchidan sanoat korxonasiga yetkazilgan zararni ma'muriyat tartibida buyruqqa asosan oyligidan undirib olinadi. Lekin bunda, avvalo aybdor shaxsning roziligi bo'lishi shart, ikkinchidan, undirib olinadigan miqdor umuman ishchining yoki xizmatchining o'rtacha oyligidan oshib ketmasligi va har oyda undiriladigan pul miqdori esa ishchi yoki xizmatchining oladigan oyligining uchdan bir qismidan oshmasligi kerak.

To'liq moddiy javobgarlik jinoyat sodir bo'lgan taqdirda va aybdor jinoiy ish qilgan bo'lsa, uni jinoiy javobgarlikka tortish bilan bir qatorda, sanoat korxonasiga keltirilgan moddiy zararni ham to’liq qoplashga majbur qilinadi. Bunday javobgarlik qarorlarini tuman yoki shahar sud organlari (ma'muriyatning talabiga asosan) chiqaradi. Bu holda ma'muriyat tomonidan aybdorning haqiqatan ham aybdor hujjatlar ko'rsatilishi kerak.

TAYaNCH IBORALAR:

Xavf-xatar, xavflar toksonomiyasi, xavflar ro’yxati, xavflar kvantifikatsiyasi, sabablar, oqibatlar, tavakkal nazariyasi, tavakkal turlari, tavakkalni tasniflash, tavakkalni boshqarish, xavfsizlik tizimi, ergatik tizim, tizim yaratuvchi element, tahlil usullari, aprior, aposterior, gomosfera, noksosfera.

Nazorat savollari:

1.Mehnat muhofazasi qoida va meyorlarining buzilishi uchun qanday javobgarlik belgilanadi?

2. Mehnat muhofazasi bo‘yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish qanday davlat tashkilotlariga yuklatilgan?

3. Ishlab chiqarish korxonalarida necha pog‘onali nazorat amalga oshiriladi?



4.Mehnat muhofazasiga doir tadbirlar qanday mablag‘lar hisobiga ta’minlanad?
Download 81,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish