24.Metall qurilmalarni chegaraviy holatlarning ikkinchi guruhi bo‘yicha hisoblash.
Chegaraviy holatlar deb, shunday holatlarga aytiladiki, shu chegaradan o'tib ketganda konstmksiya belgilangan talablarga javob bermay qo'yadi.
Chegaraviy holatlar ikki gumhga bo'linadi: birinchisi — yuk ko'tarish qobiliyatini yo'qotishi bo'yicha, ikkinchisi — texnologik yoki maishiy talablar bo'yicha amalga oshiriladigan normal foydalanishga yaroqsizligi bo'yicha hisoblash yo'li bilan konstmksiyaning buzilishini (mustahkamlikka hisoblash), konstmksiya shakli ustivorligining buzilishini yoki uning vaziyati buzilishini (ag'darilishga yoki tirgak devorlaming sirpanishiga, yerosti yoki suvosti inshootlarining suzib chiqishiga), toliqib yemirilishining (ko'p marta takroriy ta’sir etadigan konstmksiyaning chidamliligini hisoblash), kuch omillarining birgalikda ta’sirida yoki tashqi muhitning yomon ta’siri (navbvtma-navbat muzlash-erish, namlanish-ko'pchish, agressiv muhit ta’siri)da yemirilishlaming oldi olinadi. Chegaraviy holatlaming ikkinchi gumh bo'yicha hisoblashda konstmksiyalaming haddan tashqari deformatsiyalanishi va tebranishlarining, darzlar paydo bo'lishining oldi olinadi
23.Siqilishga ishlaydigan konstruksiya kesimida hosil bo‘ladigan zo‘riqish qiymati nimaga bog‘liq?
Markaziy siqilgan elementlar birinchi guruh chegaraviy holatlar bo`yicha mustahkamlikka va ustivorlikka hisoblanadi.
Markaziy siqilishga ishlayotgan kalta sterjenlarda po`lat o`zini markaziy cho`zilishda ihlagandek tutadi. Shuning uchun quyidagi ifoda bo`yicha hisoblanadi:
Bu yerda N- bo`ylama kuch, An- element ko`ndalang kesim yuzasi, netto
Markaziy siqilishga ishlaydigan va ko`ndalang kesim o`lchamlarining nisbati bo`lgan sterjenlarning ustivorligi quyidagi ifoda bo`yicha hisoblanadi :
Bu yerda j- bo`ylama egilish koeffisienni, u egiluvchanlik koeffisientga bog`liq bo`lib jadvaldan olinadi. 28.Yuk bo‘yicha to‘plam koeffitsienti.
Bino yoki inshootga bir necha xildagi yuklar ta’sir etishi mumkin, ammo bir vaqtning o‘zida ularning hammasi o`zining maksimal qiymatiga erishish extimoli kam bo‘ladi. Shuning uchun konstruksiyalarni yuklar to‘plamiga xisoblashda to‘plam koeffitsienti gs ga ko‘paytiriladi
Amaldagi me’yoriy xujjatlarga asosan konstruksiyalar asosiy va maxsus yuklar to‘plamiga xisoblanadi. Asosiy yuklar to‘plami odatda ikki guruxga bo‘linadi: 1. Doimiy, uzoq muddatli va bitta qisqa muddatli yuk. Agar vaqtinchali yuklar bittadan ortiq bo‘lsa, uzoq muddatli yuk gs =0,95, qisqa muddatli yuk gs =0,9 ga ko‘paytiriladi. 2. Doimiy, uzoq muddatli va ikkita (yoki undan ortiq turdagi) qisqa muddatli yuk. Bunda qisqa muddatli yuklar yuqoridagi koeffitsientlarga ko‘paytiriladi.
Maxsus yuklar to‘plamiga doimiy, uzoq va qisqa muddatli, yuklar gs=0,8 ko‘paytirilib, qo‘shimcha bitta eng noqulay maxsus yuk kiritiladi; maxsus yukning miqdori kamaytirilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |