2-bob. Turkiya respublikasida turizmning rivojlanishi


Turkiyada turizm sohasi rivojlanishining bosqichlari va dinamikasi



Download 50,58 Kb.
bet4/5
Sana30.04.2022
Hajmi50,58 Kb.
#598074
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 БОБ

2.2. Turkiyada turizm sohasi rivojlanishining bosqichlari va dinamikasi.
Turkiyada turizm Usmoniylar imperiyasining so’nggi davrlarida boshlanib, Respublika tashkil qilinganidan keyin asta sekin tashkilotlar tarzida rivojlana boshladi. 1923-yilda Mustafo Kamol Otaturk boshchiligida tashkil etilgan “Turkiya Sayyohlik Jamiyati”(hozirgi Turin Otomobil Kurumu (Turin avtomobil jamiyati)) bilan ilk jiddiy ish faoliyatini sinov tarzida boshladi. Turin Turkiya tarixida birinchi martta tanituv afishalari, yo’l xaritalari, mehmonxona boshlovchilari va broshYuralar chiqarishni boshladi.
Turizm bilan bog’liq bo’lgan boshqa bir tarmoq aviatsiya, Respublika davrida “Turkiya aviatsiya Jamiyati”(Turkiye Tayyare Jemiyeti)ning tashkil qilinishi bilan ilk qadamlarini otdi. 1925-yilda tashkil qilingan jamiyat 1933-yilda Turk Havo yo’llari Korxona Jamiyati nomini oldi.
1930-yillarga kelganda, Turkiyaga kelgan turistlar soni 45-50 mingtagacha chiqdi va turizm sohasi hukumat darajasida ham etiborga olina boshladi. 1930-yilda Ichki Ishlar Xavfsizlik Mudurligida turizm ishlari bilan bog’liq bir bo’lim ochildi. Ayni shu yili Istanbul Hokimiyati Iqtisod Ishlari Mudurligiga bog’liq turizm bo’limi ham ochildi. Shu yilning eng muhim voqeyasi esa Xalqaro Turizm Birlashmasi Kongressining Istanbulda bo’lishi edi.
Turkiyada turizm birinchi martta Shokir Beyning Iqtisod vazirligi davrida hukumat dasturi va budjetiga kiritildi. Jalol Bayarning Iqtisod vazirligi davrida turizm bilan shug’ullanuvchi alohida bir bo’limning tashkil etilishi kerakligi takidlanib, 1934-yilda birinchi martta Iqtisodiyot Vazirligining Xalqaro tijorat Bo’limiga bog’liq “Turk Ofis” deb nomlangan buyro ochildi. Keyinchalik Jalol Bayarning bosh vazirligi davrida Vedat Nedim To’r boshchilik qilayotgan Iqtisodiyot Vazirligi ichida Turizm Mudurligi tashkil qilindi. Bu Mudurlikning olib borgan ish faoliyatida turistlarning kirish chiqishiga aloqador qonuniy tartiblarning qoida sifatida qabul qilinishi ilk faoliyat olaroq tariflanadi. Ushbu tashkilotlarning asta sekin rivolanishi bilan Turkiya turizmi 1938-yilda yangi bir bo’limga qo’shildi. Shu yili “Turk Ofisi”ning “Nashriyot va Targ’ibot Xizmati” ichida turizm bo’limi ochildi.
Markaziy tashkilotlarning tashkil etilishi bilan bir qatorda shu yillarda mahalliy idoralarda ham birlashish aloqalarining rivojlanishi kuzatilgan. Istanbulda turist oqimining ortishi bilan Istanbul Hokimligi Turizm Shubasi, Bursa Hokimligi Turizm birlashmasi, Izmir Madaniyat Ko’rgazmasi Parki va Turizm Mudurligi kabilarni shular qatoriga kiritishimiz mumkin. Shu yillarda mehmonxona tarmog’idagi birlashishlarning old qatorlarida Mexmonxonalar va Karvonsaroychilar Jamiyatlarini aytishimiz mumkin.
1939-yilda Turizm Mudirligi Tijorat Vazirligiga qarashli Turizm Idorasiga aylantirildi. Boshqa tarafdan turizmning davlat vazirliklari orasidagi o’rni aniq tarzda aniqlanmaganligi bu davrda turizmning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyatining yanada yaxshiroq qadrlanishi va rivojlanishining butun davlat tashkilotlari tarafidan kuzatilishi uchun Vazirliklararo Turizm Komissiyasi tuzildi.
1940-yillarning boshida davlat ichki turizm tashkilotlari yana bir o’zgarishni boshidan o’tkazdi. 1940-yilning boshida Turizm Idorasining Matbuot Umum Mudirligiga va 1943-yilda Matbuot va Nashriyot Umumiy Mudirligiga biriktirilishi Turkiya turizmining Turizm Vazirligi darajasiga ko’tarilishidagi muhim qadamlardan biri edi. 1949-yilda Turizm Kengash Hayatining tashkil qilinishi bilan har yili tartibli ravishda tashkil qilinishiga harakat qilingan bu kengashlar sohada uzoq yillar bir forum bahosini oldi. Turizmning rivojlanishiga parallel ravishda davlatda ham turizm bilan shug’ullanuvchi bo’limlar tashkil qilina boshladi.
1950-yildagi Hukumat Dasturi doirasida Matbuot va Nashriyot Umum Mudirligi Matbuot-Nashriyot va Turizm Umum Mudirligiga aylantirildi va turizm ishlari shu Mudirlik ichidagi Turizm Idorasiga topshirildi. 1950 va 1953-yillarda turizm jamiyatlarining tashviqot qonunlari chiqarildi. Tashviqot choralarining turizmda amalga oshirilishida sarmoyalarga manba bo’lishi uchun 1954-yilda Turkiya Turizm Banki ochildi. 1940-yillardan 1950-yillargacha dunyo turizmining birlashish jarayonidan tasirlangan Turkiya “Turkiya Milliy Talaba Federatsiyasi” nomi ostida yoshlar turizmining jamiyati tashkil etildi.

Turkiya turizm rivojlanishi bo’yicha Yaqin va O’rta sharq mintaqasida taraqqiy etgan infratuzilmaga va juda takomillashgan marketning strategiyasiga ega.


Mamlakatning Egey, O’rta Yer dengiz mintaqasi turizm salohiyati mujassamlashgan hudud hisoblanadi. Bu mintaqada Antalya, Alaniya, Marmara, Qushadasi orollari, shuningdek, Bordrum, Fathiya va Kash markazlari mavjud.
Trabzon, Giresun, Rize, Ilgaz, Bolu, Aband kabi hududlarda quruqlik hududi bilan bog’liq turistik faoliyatlar rivojlangan. 2009 yil davomida Antaliyaga 4,8 mln. kishi tashrif etdi. Bu turikyada eng ko’p sonli turist jamlanadigan shahar hisoblanadi. Yirik istambul shahriga shu yili 4,3 mln. kishi tashrif buyurgan.
Keyingi o’rinlarda Mug’la, Edirne, Izmir, Aydin, Anqara shaharlari keyingi o’rinlardan joy olmoqda.
Agar 2018 yilda turikyaga 11 mln. 600 mingdan oshiq turist tashrif etgan bo’lsa, 2019 yilda 13 mln. kishidan oshiqni, 2019 yil davomida bu ko’rsatkich 12 mln. 250 ming kishidan oshiqni tashkil etdi.
2012 yilda Turkiyaga 13 mln 247 mingta turist tashrif buyurgan va turizmdan keladigan sof daromad 8,5 mlrd dollarni gashkil kilgan. 2015 yilda Turkiyani 21 mln 122 ming 798 ta turistlar ziyorat qilgan bo’lib, 2016 yilga kelib ularning soni 19,8 mln kishigacha qisqardi. Aynan 2019 yilda turizmning eksportdagi ulushi 25%ni, YAMMdagi ulushi esa 5,7%ni tashkil kildi.
Hisob-kitoblarga ko’ra, 2024 yilga kelib Turkiya Respublikasi Fransiya, Ispaniya, Italiyadan keyin turizmning rivojlanishi bo’yicha dunyoda 4-o’rinni egallaydi.
Turkiyaning maqsadi 2024 yilga kelib turistlar sonini 60 mln kishiga, undan keladigan daromadlarni esa 50 mlrd dollarga yetkazishdir.
2022 yilga kelib Turkiyada mamlakat byudjetiga turizm sektoridan keladigan daromadlarning miqdori 23,2 mlrd dollarga yetib, mamlakat bu ko’rsatkich bo’yicha dunyoda 9-o’rinni egalladi.
2016 yilda 16,9 mln kishini tashkil qilgan xorijiy turistlar soni 2017 yilda 19,8 mln kishiga yetdi. 2018 yilda 8%ga o’sib, 23 mln kishidan ortdi, undan keladigan daromad esa 20 mlrd dollarga yaqinlashdi.
Turizm Vazirligi turistik biznes vakillari bilan hamkorlikda 2019 yilda umumiy qiymati 320 mln dollarlik bo’lgan turistlarni mamlakatga jalb qilishga qaratilgan loyihani amalga oshirdilar.
2019 yilga kelib esa Turkiya turizmdan keladigan daromad hajmi va turistlar soni bo’yicha dunyodagi yetakchi 10 talik mamlakatlar qatoridan o’rin oldi. Ya’ni 2019 yilda mamlakatga tashrif buyurgan turistlar soni 26 mln kishini, turizm keltirgan daromadlar esa 21 mlrd dollarni tashkil kildi. Bu ko’rsatkich 2019 yilda iqtisodiyotning turizm sektoridagi o’sish 13%ni tashkil qilganini, aynan shu davrda bu ko’rsatkich dunyo bo’ylab 2% dan oshmaganini qayd etish joiz. Aynan 2019 yildagi turizmning Turkiyadagi o’sish ko’rsatkichlari butun Afrikadagi turizmning o’sish ko’rsatkichlariga teng bo’ldi. Shuningdek 2019 yilda Antaliya qabul qilgan turistlar soni 9 million kishini tashkil qildi, bu ko’rsatkich o’zining ehromlari dovrug’ qozongan Misrga tashrif buyurgan turistlar soni bilan taqqoslash mumkin.
Antaliyaga tashrif buyuradigan turistlar soni rejalashtirilgan 10 millionga yetishi, hattoki ortishi ham mumkin. Ma’lumot o’rnida shuni takidlash joizki, 2019 yilda Antaliyaga tashrif buyurgan umumiy turistlar soni 4 million 200 ming kishini tashkil qilgan.
Jahon turizm tashkiloti taxminlariga ko’ra, ―”Turizm: 2020 Yevropa qarashlari” dokladida Turkiya turizmdan keladigan daromad hajmi bo’yicha 2024 yilda Fransiya, Ispaniya va Italiyadan keyin Yevropada 4 o’rinni egallaydi. Bu yili turizmdan keladigan umumiy daromad 40 mlrd. AQSH dollaridan oshishi rejalashtirilmoqda. Bu davrga yani 2024 yilga kelib Turkiyaga 60 mln. kishi tashrif etishi taxmin qilinmoqda.
Turkiya respublikasida turizm sohasidan tushgan foyda o’tgan yilning ayni mavsumiga nisbatan 11,6% ga ortdi.
Turkiya statistika tashkiloti, 2019 yilning oktyabr, noyabr va dekabr oylarini o’z ichiga olgan mavsumning statistika hisobotini izohladi1.
O’tkazilgan anketaning natijalariga ko’ra, 2019 yilning so’ngi mavsumida turizmdan tushgan foyda, o’tgan yilning ayni mavsumiga nisbatan 11,6% nisbatida ortdi.
Bu bilan birga, Turkiyaga kelgan turist soni 2019 yilning so’ngi mavsumida o’tgan yilning ayni mavsumiga nisbatan 10,4% ga ortdi.

Download 50,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish