Bog'liq 19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y. (1)
3§.Elektron to’lov tizimining joriy etilishi.
O’zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o’tishi bilan bank tizimida bir qator o’zgarishlari bo’lib o’tdi. Ikki pog’onali bank tizimi paydo buldi. Tijorat banklarining shaxobchalari kengaytirildi. Bundan tashqari turli mulkchilik shakllarining paydo bo’lishi banklar o’rtasidagi munosabatlarning ko’payishiga olib keldi. Shu munosabatlar bo’yicha hisob-kitoblarni o’z vaqtida tezkorlik bilan amalga oshirish uchun yangi avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish zarurati tug’ildi.
Ilgari pochta yoki telegraf orqali to’lov hujjatlari bir bankdan ikkinchi bankka jo’natilganda to’lovlar bir necha kunga, xatto 15-20 kunga cho’zilib ketar edi. Bundan tashqari, noqonuniy avizolarni jo’natish hollari ham kuzatilgan edi. Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida yangi to’lovlar tizimini joriy etish masalasi kun tartibiga qo’yildi. Vazirlar Mahkamasining 1994 yilning 18 martidagi 146-sonli «Bank tizimini rivojlantirish va pul muomalasini barqarorlashtirish chora-tadbirlari» haqidagi qarorida banklararo hisob-kitoblarni yaxshilash bilan bog’liq bo’lgan bir qator vazifalar belgilab berilgan edi. Ular quyidagilardir:
Kompyuter markazlarini joriy etish;
Noqonuniy hisob-kitob operatsiyalarini o’tkazishning oldini olish;
Noqonuniy avizo (ogohnoma)larni rasmiylashtirishga yo’l qo’ymaslik.
Ko’pgina tijorat banklarida bankning hisob ishlarini mexanizatsiyalash darajasi juda past ekanligini hisobga olib, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki banklararo hisob-kitoblarni elektron pochta tizimi orqali tashkil etishga qaror qildi. Elektron pochta orqali to’lovlar tizimining texnik jihatdan o’rnatishning uncha qimmat emasligi,qisqa muddatda tadbik etilishi, kadrlarni tez muddatlarda ukitilishi yangi tizimning joriy etilishini tezlashtirdi.Dastlab tajriba o’tkazildi. 1994 yilning iyul-oktyabr oylarida Markaziy bank tomonidan dastur ishlab chiqildi va shu yilning 1-oktyabridan e’tiboran elektron pochta tizimidan tajriba sifatida foydalanila boshlandi. Tajriba davomida uni ishlatish bo’yicha uzgarishlar kiritildi. Dastlab to’lovlarni 2-4 kun ichida o’tkazilishga erishildi.
Iqtisodiyotda hisob-kitoblarni tezlashtirish maqsadida 1995 yil boshidan boshlab har bir viloyat Markaziy bank qoshida xududiy hisob markazlarini tashkil etishga qaror qilindi. Har bir rayondagi ilgari faoliyat ko’rsatib kelgan kliring markazlari yopilib,ularning faoliyati to’xtatildi.Shu munosabat bilan oddiy pochta avizolari bekor qilindi. Respublika ichidagi barcha hisob-kitoblar uzog’i bilan ikki kun ichida o’tkazilishi belgilab berildi. Shu tariqa elektron to’lovlar tizimi joriy etildi. Elektron to’lovlar tizimi bu-umumdavlat tizimi bo’lib, banklararo to’lovlarni tashkil etadi va u qog’ozsiz texnologiyalarni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki elektron pochta vositalari orqali o’tkazilishiga asoslangandir. Hozirgi kunda elektron to’lovlar tizimi yuqori o’tkazish imkoniyatiga ega bo’lib, to’lovlarning respublika mikesida 15-20 dakika mobaynida o’tishini ta’minlaydi. Bir xudud, ya’ni
viloyat ichida esa to’lovlar 3-5 daqiqa ichida yakunlanadi.
Elektron to’lovlar tizimi quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
O’zbekiston Respublikasi banklari o’rtasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni jadallashtirish;
Uzatiladigan elektron to’lov hujjatlarini ruxsatsiz tashqi daxl etishdan himoya qilish:
To’lov operatsiyalarini tartibga soluvchi qonun va qoidalarga rioya qilish;
Tijorat banklari tomonidan amaldagi qonunchilikka va bank faoliyati me’eriy hujjatlariga rioya qilinishi bo’yicha Markaziy bankning nazorat va kuzatuv funktsiyalarini bajarish;
Ma’lumotlar bazasini yaratish.
Elektron to’lovlarni o’tkazishda initsiator va benifitsiar banklar ishtirok etadi.Initsiator bank bu-to’lov operatsiyalarini boshlovchi bank, benifitsiar bank esa to’lov operatsiyalarini yakunlovchi bankdir. Banklar o’rtasidagi hisob-kitoblar elektron to’lov hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Elektron to’lov hujjati O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan shaklda pul hisob- kitob hujjatlari asl nusxasi asosida yaratilgan «elektron» belgili hujjat bo’lib,uning asosiy nusxasi hisoblanadi va asl nusxa kuchiga ega bo’ladi. Elektron to’lovlar tizimida uzatish uchun muljallangan hujjatlarning to’g’ri to’ldirilganligi uchun bank mijozi javobgar bo’ladi. Xududiy axborotlashtirish Markaziga qayta ishlash uchun uzatiladigan elektron to’lov hujjatlarini hisoblab o’tkazish, hisobdan chiqarish va ularning elektron fayllarini shakllantirilishi to’g’riligi uchun javobgarlik initsiator- bankka, xududiy axborotlashtirish markazidan qabul qilinadigan to’lov hujjatlari uchun javobgarlik esa benifitsiar bankka yuklatiladi. Elektron to’lov tizimi bir qator printsiplar asosida faoliyat ko’rsatib, ular quyidagilardir:
To’lovlar bo’yicha transaktsiyani o’tkazish tashabbusi initsiator-bankka tegishli bo’ladi;
To’lovni amalga oshirishdan oldin operatsion kunning boshida tijorat banklarining ichki va tashki vakillik hisobvaraqlaridagi oborotlar va qoldiq mablag’lari bir-biriga muvofiqligi tekshiriladi;
Amalga oshirilgan transaktsiya qaytarilmaydi.
To’lovlarning eng yuqori summasi cheklanmagan
To’lovlar initsiator - bank tomonidan vakillik hisob varag’idagi mablag’ qoldig’i chegarasida to’lanadi. Undan ortiqcha mablag’ sarflash overdraft summasi miqdorida amalga oshirilishi mumkin.
Elektron to’lovlar ishtirokchilari O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Axborotlash markazlari va hisob-kitob markazlaridir. Elektron to’lovlar tizimidan foydalanuvchilar hisob-kitob kassa markazlari va tijorat banklaridir. Elektron to’lovlar tizimi ishtirokchilari va foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari tijorat banklari , axborotlash markazlari va hisob - kitob markazlari o’rtasida tuzilgan shartnoma bilan tartibga solinib turiladi.
Har bir bank elektron to’lovlar tizimiga ko’shilishi uchun avvalo Respublika Markaziy bankida ruyxatga olingan hamda BDMAB tomonidan unikal kod berilgan bo’lishi lozim. Shu bilan birga ushbu bank elektron to’lovlar tizimiga chiqish imkoniyatini beradigan tegishli dasturiy majmuaga ega bo’lishi lozim. Shundan so’ng
bank elektron to’lovlar tizimiga ulanguncha axboratlashtirish bosh markazi xodimlari yordamida ma’lumotlarni qabul qilish, uzatish bo’yicha bir necha sinov tajribalarini o’tkazish yo’li bilan bank tayyorgarligining haftalik tajriba tekshiruvi o’tkaziladi. Bunday tajriba tekshiruv ishlari ijobiy natija olguncha davom ettiriladi.
Tajriba tugagandan so’ng hududiy axboratlashtirish markazida bankning elekron to’lovlar tizimida ishlashga tayyor ekanligi to’g’risida dalolatnoma tuziladi va bank elektron to’lovlar tizimiga ko’shiladi.
Shunday qilib, elektron to’lov tizimi oddiy pochta-telegraf tizimidan butunlay farq qiladi. Buni elektron to’lov tizimining qator afzalliklari orqali yaqqolroq ko’rish mumkin.
1-jadval