Payvand birikmalar va ularning asosiy turlari Payvand chok bilan biriktirilgan bir necha elementlar yig‘indisi
payvand birikma deyiladi.
Payvandlash yo‘li bilan ajralmaydigan xilma-xil metall konstruksiyalar
tayyorlashda ko‘proq uchma-uch, ustma-ust, burchakli va tavrsimon
payvand birikmalar uchraydi.
7.11-chizma. Payvand birikmalarining asosiy turlari: a –
uchma-uch birikmalar; b – ustma-ust birikmalar; d – burshak hosil
qilgan birikmalar; e – tavrsimon birikmalar.
Choklarni fazodagi holatiga ko‘ra ularni pastki, vertikal, gorizontal va ship
choklarga, shuningdek, ularni uzluksiz va uzluklilarga ajratiladi.
7.12-chizma. Choklarning fazodagi holati va ular hosil qilish sxemasi: a – pastki chok; b – gorizontal chok; d – vertikal shok; e – ship chok.