Topologiya tushunchasining ko'p ma'noliligi
Tarmoq topologiyasi kompyuterlarning faqat jismoniy o'rnini emas, bundan ham muhimroq kompyuterlar orasidagi ulanish turlari va tarmoqli signallarni tarqatish xususiyatini belgilaydi. Aynan kompyuterlarning ulanish turi tarmoqning buzilishiga barqarorlik darajasini, tarmoq qurilmalarining murakkablik darajasini, axborot almashish usullarining qaysi bin mos tushishini, foydalanilishi mumkin bo'lgan axborot uzatish vositalari (aloqa yo'li), tarmoqning ruxsat etilgan o'lchami (abonentlar soni va aloqa yo'lining uzunligi), elektr energiyasini moslash va boshqa ko'p masalalarni aniqlab beradi.
Tarmoq tarkibiga kirgan kompyuterlarningjismoniy o'rni tarmoq topologiyasini tanlashga, umuman olganda, kam ta'sir ko'r- satadi, har qanday kompyuterlarni joylashish holatidan qat'i nazar, oldindan tanlangan topologiya bo'yicha xohlagan vaqtda ulash mumkin (1.10-rasm). Agarda, ulanayotgan kompyuterlarning jismoniy joylashgan o'rni doirasimon bo'lsa ham ularni bemalol «Yulduz» yoki
«Shina» topologiyalari bo'yicha ulash mumkin. Aksincha, kompyuterlar qandaydir markaz atrofiga joylashgan bo'lsa, ularni o'zaro «Shina» yoki «Halqa» topologiya ko'rinishida ulash mumkin. Nihoyat, kompyuterlar bir chiziq bo'ylab joylashgan taqdirda ham, ularni o'zaro «Yulduz» yoki «Halqa»simon ulash mumkin. Kabellarning jami uzunligi necha metrni tashkil qilishi esa, boshqa masaladir.
Adabiyotlarda tarmoq topologiyasi haqida gap yuritilganda, to'rtta bir-biridan farqli tushunchalarni nazarda tutiladi, bu tushunchalar tarmoq arxitekturasining turli bosqichlariga tegishlidir:
jismoniy topologiya — ya'ni kompyuterlarning o'zaro joyla- shishi va kabellarni o'tkazish sxemasi. Bu ma'noda, masalan, «Passiv yulduz» «Aktiv yulduz» topologiyasidan farq qilmaydi, shuning uchun ko'p hollarda faqat «Yulduz» deb yuritiladi;
mantiqiy topologiya — ya'ni kompyuterlar o'zaro aloqa strukturasi va signalning tarmoqda tarqalish belgilari. Bunday ta'rif topologiyaning ancha to'g'ri ta'rifidir;
axborot almashinuvini boshqarish topologiyasi — bu alohida kompyuterlar o'rtasidagi axborot almashish huquqi, ketma-ketligi va prinsiplari;
axborot topologiyasi — bu tarmoqdan uzatilayotgan axborotlar oqimining yo'nalishidir.
Misol uchun, jismoniy va mantiqiy topologiyali «Shina» tarmog'i axborotlarni uzatish uchun estafeta usulidan foydalanishi mumkin (ya'ni bu halqa ma'nosida) va bir vaqtning o'zida barcha axborotni alohida ajratilgan bir kompyuterdan uzatishi ham mumkin (ya'ni bu yulduz ma'nosida). Mantiqiy topologiyali «Shina» tarmog'i jismoniy topologiyali «Yulduz» (passiv) va «Daraxt» (passiv) ko'rinishiga ham ega bo'lishi mumkin.
Jismoniy, mantiqiy va boshqarish topologiyali har qanday tarmoq axborot topologiyasi ma'nosida yulduz, deb hisoblanishi mumkin, agarda, bir server va bir necha mijoz asosida yig'ilgan tarmoq bo'lsa, faqatgina shu server bilan aloqa qilinadi. Bu holda tarmoqning buzilishga barqarorlik darajasining kamligi haqidagi fikrlar markazdagi buzilishlarning sababi deyish adolatli bo'ladi (bu holda - server).
Xuddi shuningdek, har qanday tarmoq axborot ma'nosida «Shina» topologiyasi, deb atalishi mumkin, agarda, u bir vaqtning o'zida server va shuningdek, mijoz bo'ladigan kompyuterlar yordamida qurilgan bo'lsa. Har qanday boshqa «Shina» hollari kabi, alohida kompyuterlarning buzilishi bunday tarmoqqa kam ta'sir qiladi.
Markaziy hisoblash tarmoqlar topologiyasi haqidagi tahlilni tugatar ekanmiz, ta'kidlab o'tish kerakki, tarmoq turini tanlashda topologiyaning turi asosiy omil bo'la olmaydi. Masalan, tarmoqning standartlik darajasi, axborot almashish tezligi, abonentlar soni, qurilmalarning narxi va tanlangan dasturiy ta'minot muhim omillar bo'la oladi. Lekin boshqa tomondan olib qaraganimizda, ba'zi tarmoqlar turli bosqichda turli topologiyalarni ishlatish imkonini beradi. Endi tanlash bu bobda o'tilgan jami fikr va mulohazalarni hisobga olgan holda butunlay foydalanuvchining zimmasiga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |