Hisobot davrining sof foydasi (zarari) hisobdan chiqarildi
2-Masala. Maqsad – moliyaviy natijani aniqlash va hisobga olish tartibini o’rganish.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar. Korxona hisobot yilida 12 000 ming so’mlik mahsulot sotdi.
Sotilgan mahsulotlarning tannarxi 6 000 ming so’mni, mahsulotlarni sotish xarajatlari 1 700 ming so’mni tashkil qilgan.
Korxonada hisobot yilida boshqarish bo’yicha joriy xarajatlar 1 200 ming so’mni tashkil qilgan.
Ushbu yilda korxona mulkni ijaraga berishdan 2 400 ming so’m summada daromad oldi. Mulkni ijaraga berish bilan bog’liq xarajatlar (amortizatsiya ajratmalari, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning ish haqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalarning tegishli ulushi) 1 600 ming so’mni tashkil qilgan.
1 440 ming so’m summada yagona soliq to’lovi hisoblangan.
Hisobot yilining 1 yanvar holatiga ko’ra korxona taqsimlanmagan foydaga ega bo’lmagan.
Topshiriq: Korxonaning soliq to’lagunga qadar daromad (foyda)sini aniqlang;
Korxona tomonidan to’lanadigan yagona soliq summasini aniqlang;