113. Kraxmall va selulozaning xossalari
Kraxmal (nem. kraftmehl) — oʻsimlikning asosiy uglevod zahirasi. Umumiy formulasi (S6N|()O5)g . Rangsiz amorf modda. Fotosintez jarayonida oʻsimliklarning barglarida hosil boʻladi. K.ni toʻla gidrolizlab, glyukoza olinadi. U oʻsimliklarning turli qismlarida, ayniqsa, kartoshka tuguvagida, ildizida, bugʻdoy, sholi va makkajoʻxori donida dovachalar shaklida tuplanadi. K. miqdori bugʻdoyda 75%, makkajuxorida 72%,guruchda 80%,kartoshkada 12— 24% ga yetadi. Turli oʻsimliklardan olingan K. dovachalarining shakli va hajmi har xil. Mas, kartoshka K. do-vachalari nisbatan yirik (kundalangi 25—100 mk), guruch K. dovachalari esa mayda (kundalangi 3—7 mk). K. dovachalari suvda isitilganda parchalanib, kleyster hosil qiladi. Deyarli barcha K.lar ikki xil polisaharid — amiloza vaamilopektindan iborat. K. sovuq suv, spirt, efir va boshqa organik erituvchilarda erimaydi. Kislotalar taʼsirida gidrolizlanib, avval dekstrinlarga, soʻngra toʻla gidroliz natijasida D-glyukozaga aylanadi. Fermentlar taʼsirida ancha tez gidrolizlanadi. K. gidrolizini katalizlovchi fermentlar amilazalar deb ataladi.
Odam va hayvonlar uchun oʻsimlik K.i qimmatli oziq modda x.isoblanadi. Insonning uglevodlarga boʻlgan ehtiyoji, asosan, non, kartoshka, krupalar va boshqa tarkibadagi K. bilan qoplanadi. Sanoatda K., asosan, kartoshka, makkajoʻxoridan olinadi. Kartoshka K.i (kartoshka uni) olishda maydalab qorilgan kartoshka massasi suv bilan ishlanadi. Hosil boʻlgan K. sutini tindirib yoki sentrifugalab K. ajratib olinadi. K. oziq-ovqat, qandolatchilik, goʻsht mahsulotlari tayyorlashda keng qoʻllanadi. Etil spirt, butil spirt, atseton va sut kislota, sitrat, glyukonat kislota, yelim ishlab chiqarishda K.dan xom ashyo sifatida foydalaniladi. Antibiotiklar, vitaminlar, poroshoklar tayyorlashda ishlatiladi. K. va uning mahsulotlari toʻqimachilik, qogʻoz sanoatida qoʻllaniladi.[1]
Kraxmali qimmatli oziq modda x. isoblanadi. Insonning uglevodlarga boʻlgan ehtiyoji, asosan, non, kartoshka, krupalar va b. tarkibadagi Kraxmal bilan qoplanadi. Sanoatda Kraxmal, asosan, kartoshka, makkajoʻxoridan olinadi. Kartoshka Kraxmali (kartoshka uni) olishda maydalab qorilgan kartoshka massasi suv bilan ishlanadi. Hosil boʻlgan Kraxmal sutini tindirib yoki sentrifugalab Kraxmal ajratib olinadi. Kraxmal oziq-ovqat, qandolatchilik, goʻsht mahsulotlari tayyorlashda keng qoʻllanadi. Etil spirt, butil spirt, atseton va sut kislota, sitrat, glyukonat kislota, yelim i. ch. da Kraxmaldan xom ashyo sifatida foydalaniladi. Antibiotiklar, vitaminlar, poroshoklar tayyorlashda ishlatiladi. Kraxmal va uning mahsulotlari toʻqimachilik, qogʻoz sanoatida qoʻllaniladi. Sellyuloza kraxmalga qaraganda ham ko`p tarqalgan uglevod. O`simlik hujayralarining devorlari asosan sellyulozadan tarkib topgan. Yog`ochda 60 % gacha, paxta va filtr qog`ozda 90 % gacha selyuloza uchraydi.
Sellyuloza–suvda va odatdagi organik erituvchilarda erimaydigan oq qattiq modda, mis (II)–gidroksidning ammiakdagi eritmasida (shveytser reaktivida) yaxshi eriydi. Bu eritmadan kislotalar sellyulozani tolalar holida (gidratsellyuloza) cho`kmaga tushiradi.
Sellyuloza ham kraxmal kabi (C6H10O5)n formula bilan ifodalanadi. Sellyulozaning ba`zi turlarida n ning qiymati 40 mingga, molekulyar massasi esa bir necha millionga yetadi. Uning molekulalari chiziqsimon (tarmoqlanmagan) tuzilgan, shu sababli sellyuloza oson tolalar hosil qiladi.
Sellyuloza ham «kumush ko`zgu» reaksiyasini bermaydi (aldegid guruhi yo`q), lekin kislotalar bilan etirifikatsiya reaksiyasiga kirishadi. Molekuladagi uchta gidroksil guruhlar borligi uchun kislotalar reaksiyaga kirishadi.
[C6H7O2(OH)3]n
Gidroksil guruhlar hisobiga sellyuloza oddiy va murakkab efirlar hosil qilishi mumkin. Sellyuloza suvni tortib oluvchi vosita sifatidagi konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida konsentrlangan nitrat kislota bilan o`zaro ta`sir ettirilganda murakkab efir–sellyuloza trinitrati hosil bo`ladi:
[C6H7O2(OH)3]n NO-+ 3n HO2 [C®6H7O2NO-(O2)3]n + 3nH2O
Bu o`q-dori tayyorlash uchun ishlatiladigan portlovchi modda. Odatdagi haroratda sellyuloza faqat konsentrlangan kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi.
Sellyuloza ham kraxmal kabi suyultirilgan kislotalar bilan qizdirilganda gidrolizlanadi va glyukoza hosil qiladi:
(C6H10O5)n + nH2 nC®O 6H12O6
sellyuloza glyukoza
Sellyulozadan gidrolizlanish hisobiga glyukoza olinadi, glyukozani bijg`itish yo`li bilan esa etil spirt olinadi. Yog`ochdan olingan spirt gidroliz spirti deyiladi.
Paxta, zig`ir va kanop tola holidagi sellyuloza gazlamalar ip-gazlama va zig`ir tolali gazlamalar tayyorlashga sarflanadi. Sellyulozani kimyoviy qayta ishlab, bir necha xil sun`iy ipaklar, plastmassalar, kinoplyonka, tutunsiz o`q-dori, laklar va ko`pgina boshqa mahsulotlar olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |