50 Fenollar xaqida umumiy ma’lumot
Fenol, karbol kislota, gidroksibenzol, C6H5OH — oʻziga xos hidli, rangsiz kristall modda. Saqlab qoʻyilganda pushti rangga kiradi. Molyar massasi - 94,11 g/mol, suyuqlanish temperaturasi 40,9°C, qaynash temperaturasi 181,75°C, zichligi 1058 kg/m3. Spirt, efir, atseton, xloroformda yaxshi, suvda bir oz eriydi. Kuchsiz kislota xususiyatiga ega, ishqorlar bilan fenolyatlar hosil qiladi. F. toshkoʻmir smolasidan olinadi. F.ning sanoat koʻlamida sintezlab olinishi izopropilbenzol gidroperoksidni kislotalar bilan parchalashga asoslangan. F. fenolformaldegid smolalar, kaprolaktam, pikrin kislota, turli boʻyagichlar va pestitsidlar, dori moddalari ishlab chiqarishda qoʻllanadi. Teriga tekkanda kuydiradi: havoda 0,005 mg/l dan koʻp boʻlmasligi lozim (yana q. Fenollar). Aromatik halqa va gidroksil guruhi borligi sababli fenol ham spirtlar, ham aromatik uglevodorodlarga xos kimyoviy xossalarni namoyon etadi. Gidroksil guruhi bo'yicha: Zaif kislotali xususiyatlarga ega (spirtlarga qaraganda kuchli), ishqorlar ta'sirida tuzlar - fenolatlar (masalan, natriy fenolat - C6H5ONa) hosil bo'ladi. Fenol rux kukuni bilan kuydirilganida, gidroksil guruhi vodorod bilan almashadi. C6H5OH + Zn = C6H6 + ZnO Kolbe-Shmitt reaksiyasi salitsil kislotasini va uning hosilalarini (atsetilsalitsil kislotasi va boshqalarni) sintez qilish uchun ishlatiladi Fenollar — gidroksil guruxlari aromatik yadro uglerod atomlari bilan bevosita bogʻlangan oksi hosilali aromatik birikmalar. Molekulasidagi gidroksil guruh soniga qarab F. 1 atomli, 2 atomli va kup atomli boʻladi. 1 atomli fenollar gomologik qatorining 1vakili — oksibenzol S6N5 ON odatda fenol xam deyiladi. Toluolning oksi hosilasi (metilfenollar) o, m va lkrezollar, ksilollarning oksi xreilalari esa ksilollar deyiladi. Naftalin qatorining fenollari naftollar deb ataladi. Oddiy 2 atomli F. odioksibenzol — pirokatexin, m dioksibenzol — rezorsin va ldioksibenzol — gidroxinon deb nomlanadi. Koʻp atomli F. pirogallol, floroglyutsin deyiladi.Koʻpchilik F. rangeiz kristallar, ayrimlari suyuq moddalar. Baʼzi F. oʻziga xos oʻtkir hidli. Oddiy F. suvda bir oz, deyarli barcha F. spirt, efir, benzolda yaxshi eriydi. F.ning spirtlardan farqi shuki, ular kuchsiz kislotalar; ishqorlar bilan osongina reaksiyaga kirishib tuzeimon moddalar — fenolyatlar (mas, C6H;ONa) hosil qiladi.Koʻpgina F. oson oksidlanadi. F.ni sintezlashda tegishli galogen hosilalari gidrolizidan (mis tuzlari ishtirokida) foydalaniladi. F. arildiazoniya tuzlari eritmasini qizdirib va boshqa usullarda ham olinadi. Toshkoʻmir smolasi va qoʻngʻir koʻmirning birlamchi dyogoti (chirki) F. qatorlarining muhim manbai hisoblanadi.Baʼzi F. antiseptiklar, antioksidlovchi sifatida qoʻllanadi. F. fenolformaldegid smolalar, poliamidlar va boshqa polimerlar olishda koʻplab ishlatiladi. F. asosida buyagichlar, dori va parfyumeriya preparatlari, pestitsidlar, plastifikatorlar, sirt faol moddalar va boshqa sintez qilinadi. F. zaharli. FENOLOGIYA (yun. phainimena — hodisa va ... logiya) — tabiatdagi mavsumiy hodisalar, ularning boshlanish muddatlari va shu muddatlarni belgilovchi omillar toʻgʻrisidagi bilimlar sistemasi. "F." terminini belgiyalik botanik Sh. Morran taklif etgan (1853). Yuksak oʻsimliklarda kurtaklarning boʻrtishi va yozilishi, barg chikarishi, gunchalash (shonalash), gullash, urugʻ va mevalarning pishib yetilishi, kuzda barglar sargʻayishi va toʻkilishi (xazonrezgilik); sut emizuvchi hayvonlarda qishki uyqudan uygʻonish, juftlashish, bolalash, mavsumiy tullash va h.k.; qushlarda bahorgi uchib kelish, uya solish, tuxum qoʻyish, joʻja ochish, kuzgi uchib ketish va boshqa; baliqlarda bahorgi serharakat hayot, uvildiriq (ikra) tashlash, mavsumiy koʻchib yurish; hasharotlarda qishlab chiqqan individlarning bahorgi uygʻonishi, gʻumbaklardan hasharotlar paydo boʻlishi, tuxumdan lichinka (qurt) ochib chiqishi, juftlashishi, tuxum qoʻyishi va h.k.ning sodir boʻlish muddatlarini oʻrganadi.Tekshirish obʼyektiga binoan, F. umumiy va xususiy F.ga boʻlinadi. U mumiy F. tabiat taraqqiyotini yil fasllarining bir meʼyorda almashinib turishi bilan bogʻliq holdagi yaxlit hodisa sifatida oʻrganadi. Xususiy F. fitofenologiya yoki oʻsimliklar F. si hamda zoofenologiya — hayvonlar F.siga boʻlinadi. Fitofenologiyada madaniy va yovvoyi oʻsimliklar, begona oʻt va boshqalarning mavsumiy rivojlanishi oʻrganiladi.Tabiatdagi mavsumiy hodisalar qadimdan oʻrganila boshlagan. Xozirgi ilmiy F. 18-asrda qaror topdi. 1734-yilda fransuz olimi R. Reomyur gʻalla ekinlari va hasharotlarning mavsumiy rivojlanishi xaroratga bogʻliq ekanligini oʻrgana boshladi. 1748-yildan boshlab K. Linney fenologik kuzatishlar olib bordi va 1750-yilda kuzatuv punktlarining birinchi tarmogʻini tashkil etdi. 19-asr oʻrtalariga kelib, Gʻarbiy Yevropadagi barcha yirik mamlakatlar va Rossiyada fenologik kuzatishlar olib boriladigan boʻldi. 20-asrda fenologik kuzatishlar va tadqiqotlar Markaziy Yevropadagi hamma mamlakatlar hamda AK,Shda, keyinroq borib, boshqa mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda ham keng tarqaldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |