Ta’minot logistikasining ob’ekti
–ta’minotning funktsional tsiklida
harakatlanuvchi material resurslar va xizmatlar oqimidir. Korxonada iste’mol
qilinadigan material resurslar asosiy va yordamchi resurslarga bo’linadi.
Asosiy resurslarga quyidagilar kiradi:
dastlabki ishlovdan o’tmagan xom ashyo materiallar;
ma’lum ishlovdan o’tgan dastlabki materiallar (yarim fabrikatlar).
Yordamchi mahsulotlarga esa turli metall buyumlar, butlovchi qismlar,
mahkamlovchi boltlar, bundan tashqari, ishlab chiqarish uchun lozim bo’ladigan,
mashina va qurilmalar uchun zarur turli ekspluatatsion materiallar (yoqilg’i,
moylash materiallari, sovituvchi suyuqliklar, elektroenergiya va sh.k)
Material resurslar xarid qilishni tashkil etish o’z maqsad va vazifalariga,
miqyosi va geografiyasi hamda boshqa xususiyatlariga ko’ra turli guruhlarga
bo’linadi:
An’anaviy xarid (xom ashyo, aniq bir ishlab chiqarishga mo’ljallangan
alohida tovar va mahsulotlar, standartlashgan metaltovarlar, boltlar, gaykalar,
trubalar va h.k.) qilish;
No’ananaviy xarid qilish–xizmatlar;
Xalqaro xarid – tovar va xizmatlarni chet mamlakatlardan xarid qilish;
Tovar va xizmatlarning davlat tomonidan sotib olinishi.
2. Ta’minot logistikasining faoliyat ko’rsatish mexanizmi
Turli materiallar, xom ashyo va butlovchi mahsulotlarning ishlab chiqarish
korxonasiga, tayyor mahsulotning esa taqsimlash kanallariga yetib borishini
ta’minlash uchun ma’lum logistik operatsiyalarni bajarish lozim bo’ladi. Bu
operatsiyalar mazmuni va ketma-ketligi 3.2 chizmada keltirilgan.
Yuqoridagi chizmada keltirilgan ketma-ketlikka muvofiq qo’yilgan
masalalarni ko’rib chiqamiz.
2.1 Material resurslarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash
Har qanday xarid korxonaning material resurslarga bo’lgan ehtiyojini
aniqlashdan boshlanadi. Mazkur bosqichda nimani, qachon va qancha miqdorda
xarid qilishni aniqlash lozim. Buning uchun birinchi navbatda ehtiyoj turlarini, uni
aniqlash usullarini bilish zarur. Korxona ehtiyojining tarkibiy tuzilmasi 3.3
chizmada keltirilgan.
Korxonaning material resurslarga bo’lgan ehtiyoji – uning ishlab chiqarish
dasturi yoki mavjud buyurtmalarni bajarish uchun ma’lum bir muddatda yetkazib
kelish lozim bo’lgan material resurslar hajmidir.
Korxonaning MR larga bo’lgan ehtiyoji –uning ishlab chiqarish dasturini
bajarish uchun lozim bo’lgan brutto ehtiyoj va zahira ko’rinishida saqlanayotgan
xom ashyo, material va butlovchi ko’rinishidagi minimal hajmidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |