11-sinf Ma’naviyat asoslari aa 1-dars: Inson — kishilik jamiyatining ijodkori



Download 1,06 Mb.
bet26/114
Sana31.12.2021
Hajmi1,06 Mb.
#261831
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   114
Bog'liq
11-sinf Ma'naviyat asoslari

II. O’tilgan mavzuni takrorlash:

Guruhlarda ishlash”

O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.

III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish:

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:

1. Ma’naviyatni shakllantirishda ma’naviy-axloqiy sifatlarning o‘rnini qanday sezish mumkin? Sinfdoshlaringiz bilan birgalikda bu haqda mulohaza yuriting.

2. Yuksak vatanparvarlik tushunchasiga quyidagi rasmlar orqali ta’rif bering.

3. Ma’naviy-axloqiy fazilatlarning odob-axloq qoidalaridan qanday farqi bor?



Yozgi ta’til paytida yuqori sinf o‘quvchilari tarix fani o‘qituvchisi bilan birgalikda qadimiy va hamisha

navqiron Samarqand shahridagi tarixiy obidalar, qadamjolarga tashrif buyurishdi. Ular ziyoratni

Temuriy bobokalonimiz Mirzo Ulug‘bek qurdirgan rasadxonani tomosha qilishdan bosh lashdi. U yerdan chiqib, Bibixonim madrasasiga o‘tishdi. Bu yerda odam tumonat edi. Ular maqbara eshigi oldida ziyorat qilib yurgan bir guruh chet ellik sayyohlarni ko‘rishdi. Ba’zi o‘quvchilar hatto chet tilida ular bilan suhbat qura ketdi. Bir o‘quvchi ustozidan so‘radi: «Nega ko‘p chet ellik sayyohlar yurtimizdagi Buxoro, Samarqand, Xorazm va Shahrisabz shaharlaridagi ziyoratgohlarga bir marta emas, qayta-qayta kelaverishadi. O‘zlari istiqomat qiladigan yurtda shunga o‘xshash ziyoratgohlar yo‘qmi?» O‘qituvchi tushuntirdi: «Biz hurmat qiladigan va doimo bilishimiz kerak bo‘lgan shunday qadriyatlar borki, ularni barcha davlat xalqlari qadrlaydilar, e’zozlaydilar». O‘qituvchining javobidan o‘quvchi umuminsoniy qadriyatlarning inson hayoti va faoliyatida qanchalik o‘rni bor ekanligini tushunib yetdi.

O‘zbekistonning rivojlanishi milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi. Vatanimiz madaniyatida umuminsoniy qadriyatlar ustuvor mavqeni egallaydi. Umuminsoniy g‘oyalar va qadriyatlarning shakllanishi milliy madaniyatlarning rivojlanish xususiyatlari bilan bog‘liq. Bu borada O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, «biz o‘z taraqqiyotimizni o‘zga mamlakatlar taraqqiyotidan ayri tasavvur eta olmaymiz va hamma narsa biz o‘zimizga bog‘liq bo‘lib qolavermaydi». Bu o‘rinda aynan umuminsoniy qadriyatlarga urg‘u berilgan. Negaki, umuminsoniy qadriyatlar bilan milliy qadriyatlar o‘zaro bog‘liq bo‘ladi va bir-birini to‘ldirib, boyitib boradi.

Umuminsoniy qadriyatlar insonni e’zozlash, hayotni sevish, burch, sadoqat, ajdodlarga hurmat, vatanparvarlik, adolat, ma’rifatparvarlik, tinchlik, totuvlik, do‘stlik, hamkorlik singari fazilatlarni ifoda etadi.

Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik yoshlarimizni to‘g‘ri yashab, o‘z o‘rnini topishga, yon-atrofga oqilona munosabatda bo‘lishga, tug‘ilib o‘sgan diyorini muqaddas deb bilishga hamda do‘stlikni qadriga yetishni o‘rgatadi.

Milliy qadriyatlar esa shu millat, shu yurt xalqlari tomonidan tarixdan e’zozlab kelinayotgan, inson ma’naviyatini boyitishga xizmat qiladigan qadriyatlardir.

Milliy qadriyatlarda mehnatsevarlik, tarixiy xotiraga sadoqat, e’tiqodga hurmat, muomalada mulozamat, xayo va andisha muhim o‘rin tutadi. «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asarida «...biz tarix sinovlaridan o‘tgan, milliy manfaatlarimiz, bugungi va ertangi orzu-intilishlarimizga, taraqqiyot talablariga to‘la javob beradigan, yillar o‘tgani sari qadri ortib boradigan g‘oya va tushunchalarni qadriyat deb bilamiz», deyilgan.

Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni majburlab singdirib bo‘lmaydi. Biron bir milliy madaniyatni ulug‘lab, uni boshqa madaniyatdan ustun qo‘yish va boshqa xalqlarga majburan targ‘ib etish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ko‘p millatli mamlakatda milliy madaniyatlarni mensimaslik yoki ularni kamsitish ijtimoiy barqarorlik va milliy totuvlikka putur yetkazadi. Shuningdek, turli ziddiyat va ixtilofl arning paydo bo‘lishi uchun zamin yaratadi.

Mustaqillik tufayli biz o‘z imkoniyatlarimizni erkin namoyon qilishga muvaffaq bo‘ldik. Buning bir necha sabablari bor. Birinchidan, O‘zbekiston Respublika sining Asosiy Qonuni — Konstitutsiyada insonlarning tengligi va ularning huquq va burchlari to‘laqonli o‘z aksini topganligi bo‘lsa, ikkinchidan, mamlakat hayotida amalga oshirilgan demokratik islohot va tamoyillarning inson hayoti va imkoniyati

bilan ham uzviyligidadir. Uchinchidan, yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlar, xususan, o‘zlarining shaxsiy biznesini amalga oshirishda banklardan berilayotgan kreditlar, sport sohasiga berilayotgan e’tibor va uning natijalari namoyon bo‘layotganligidadir.

Jamiyatni rivojlantirishda fuqarolar tomonidan ma’naviy fazilatlarning o‘zlashtirilishi ularning jamiyatdagi o‘rnini belgilab beradi, shuningdek, jamiyatning barqaror bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy-axloqiy qad riyatlar insoniylik xususiyatining mazmun-mohiyatini tashkil etadi.

Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari qondirilishida mulk va mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi muhim ahamiyatga ega.

Agar mehnat turlari odamlarning qiziqishlari va qobiliyatlariga qarab taqsimlansa, deyarli har bir odam o‘zi biladigan kasbini maromiga yetkazib bajarardi, qolaversa, u o‘z ishi bilan jamiyat ravnaq topishiga muayyan hissa qo‘shardi. O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida iqtisodiy islohotlar bilan birga ma’naviy-axloqiy me’yorlarning bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda amalga oshirilayotgani yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ma’naviy salohiyatning kuchayishi, inson intellektual va axloqiy qobiliyatlarining rivojlanishi mamlakatni nafaqat iqtisodiy, balki ma’naviy yuksalishini ham ta’minlaydi. Ma’naviy- axloqiy fazilatlar qadrlangan yurtdagina yuksalish bo‘ladi, fuqarolarning tafakkuri teranlashadi.

Jamiyat rivojiga olib keladigan ma’naviy-axloqiy fazilatlar o‘zaro bir-birini tushunish va anglash, mehr-oqibat, ezgulik, adolatlilik, sahovatpeshalik, oila va Vatanga muhabbat,

sadoqat, bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, halollik, e’tiqodlilik, diyonatlilik va boshqa shunga o‘xshash yuzlab ezgu xislatlarni o‘zida uyg‘unlashtiradi.




Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish