16-mavzu: O‘quvchilarning fuqarolik va huquqiy tarbiyasi.
REJA:
1. Fuqarolik tarbiyasining maqsad va vazifalari.
2. O‘quvchilarga fuqarolik tarbiyasini berishda davlat ramzlaridan
foydalanish.
3. Huquqiy tarbiyaning mazmuni, maqsad va vazifalari.
4. Huquqiy tarbiyani amalga oshirishning yo‘l va vositalari.
Tayancha so‘z va iboralar: fuqarolik, fuqarolik tarbiyasi, fuqarolik
madaniyati, fuqarolik masuliyati, davlat ramzlari, Vatanga sodiqlik.
1. Fuqarolik tarbiyasining maqsad va vazifalari.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida shakllangan milliy istiqlol g‘oyalari
fuqarolarni Respublika Konstitusiyasida e‘tirof etilgan insonparvarlik, demokratik,
huquqiy davlat va huquqiy jamiyatni barpo etishdek ezgu maqsad atrofida
birlashtirishga xizmat qiladi. Har bir fuqaroning ijtimoiy - siyosiy, huquqiy
faolligini yuzaga keltirish, fuqarolik (huquqiy) madaniyatini qaror toptirish -
fuqarolik (huquqiy) jamiyatning asosan talabi sanaladi.
Davrning ushbu o‘ta dolzarb talabi mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi
hukumati tomonidan qabul qilingan qator qonun va qarorlar, shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov asarlari mazmunida o‘zining yorqin ifodasini
topdi. Aholi o‘rtasida milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalarini targ‘ib etdi, ijtimoiy
tarbiyaning samarali, izchil tizimini yaratish, jamiyatda fuqarolik (huquqiy)
madaniyatni shakllantirish muammolarining ijobiy hal еtilishi jamiyat ijtimoiy hayoti
uchun muhim ahamiyatga egadir.
Ijtimoiy hayotda fuqarolik madaniyatining shakllanishi uchun zarur shart -
sharoitlarni vujudga keltirish: bir tomondan, jamiyat manfaatlari uchun; ikkinchi
tomondan; shaxs (fuqaro) manfaatlari, shuningdek, jamiyat hamda fuqaroning
birgalikdagi manfaatlariga to‘la mos keladi. Shu sababli Respublika mustaqilligi
sharoitida ijtimoiy ta‘lim-tarbiyani tashkil etish mazmunini tubdan yangilash
zaruriyati yuzaga keldi. Ijtimoiy tarbiyani keng ko‘lamda (kompleks) tarzda
tashkil etish bugungi kunning da‘vati va talabi bo‘lib qolmoqda. Mazkur talabni
ijobiy hal etish oila > ta‘lim muassasalari > jamoatchilik > davlat > jamiyat
belgiligini yaratish asosida amadga oshiriladi.
O‘z fuqarolariga ega bo‘lish har bir davlatning zarur va muhim belgisi
sanaladi. Fuqarolarning mavjudligi sababli davlat mavhum tushuncha bo‘lmay,
muayyan mexanizmga, jonli sifatida maydoniga chiqadi. Huquqiy o‘rni qonun yo‘li
bilan kafolatlangan shaxsning davlat ichkarisida yoki tashqarisida bo‘lishidan
qat‘iy nazar, ma‘lum bir davlatga qarashliligi holatiga fuqarolik deyiladi. Shunday
huquqga ega shaxs fuqaro deb ataladi. O‘zbekiston fuqarosi O‘zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasi, Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan tegishli
qoidalarga belgilangan huquqlardan foydalana oladi, qonunlarda ko‘rsatib o‘tilgan
burchlarni bajaradi.
Demak, "fuqarolik o‘z davlatiga nisbatan huquq va burchlar bilan bog‘langan,
huquqiy va ahloqiy me‘yorlarga ongli rioya etishni, mehnat va jamoada
faollikni, ma‘naviy еtuklikni nazarda tutadi".
Fuqarolikning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilar:
-
muayyan davlat jamiyat a‘zosi ekanligini his etish, shaxs taqdiri
davlat va jamiyat hayoti bilan uzviy chambarchas bog‘liq ekanligini
tushunib etish;
-
xalq, davlat oldidagi fuqarolik huquq va burchlarini qonunchilik
asosida bilish, ularga so‘zsiz, qat‘iy amal qilish;
-
o‘z xalqi, davlati o‘tmishiga hurmat tuyg‘usini qaror toptirish,
shaxsiy manfaatlardan Respublika manfaatlarini ustun qo‘ya bilish,
xalq vatan ravnaqi, istiqboli uchun kurashishga tayyorlik, yurt
tinchligaini himoya qilish, asrab avaylash;
- davlat ramzlariga cheksiz muhabbatni qaror toptirish, ular muhofazasi
uchun tayyorlik, davlat ramzlarining millat, xalq or-nomusi, sha‘ni, qadr-
qimmati ekanligini anglash;
- ijtimoiy-siyosiy onglik, ijtimoiy faollik, davlatning ichki va xalqaro
siyosati qoidalarini tushunish va idrok qilish;
- milliy va umuminsoniy ahloq hamda huquq me‘yorlarining
buzilishiga nisbatan murosasiz kurash.
Jamiyat tomonidan qonunchilik yo‘li bilan belgilangan talab fuqaro xulqini
baholash, xatti-harakatlar mohiyatini tahlil qilish uchun mezon bo‘lib
xizmat qiladi. Ana shu talablarga muvofiq fuqaroning xulq-atvoridagi
ayrim ko‘rinishlar, harakatlar, odatlar ma‘qullanadi yoki qoralanadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining maqsadi erkin, demokratik,
insonparvar, huhuqiy davlat va jamiyat qurishdir.
Bu jamiyatni bunyod etish jarayoni yangi ijtimoiy fuqarolik tarbiyasining
vazifalarini murakkablashtiradi. Chunki demokratik huquqiy jamiyat barpo
еtilishining muvaffaqiyati fuqaroning ijtimoiy-siyosiy onglilik darajasiga,
fuqarolik
fazilatlarining
qaror
topganligiga,ijtimoiy
faollik
ko‘rsatkichlariga bog‘liq.
Fuqarolikning ijtimoiy asosi yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bo‘lib,
unda fuqarolarning shaxsiy manfaati jamiyat manfaati bilan qo‘shilib,
uyg‘unlashib ketadi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar g‘oyalari, demokratik talablar hamda
ahloqiy-huquqiy me‘yorlarga muvofiq faoliyat yuritish ijtimoiy fuqarolik
munosabatlarining muhim qoidasiga aylanadi.
Fuqarolik tarbiyasining maqsadi-fuqarolik tushunchasining mohiyatini
anglash orqali o‘quvchilarga yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini
shakllantirish, ularni xalq, vatan jamiyat uchun fidoiy insonlar etib
tarbiyalashdan iboratdir.
Fuqarolik tarbiyasining vazifalari tizimini quyidagilar tashkil etadi:
1) yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega bo‘lgan
ahloqiy va huquqiy me‘yorlarga rioya etishga o‘rgatib borish;
2) o‘quvchilarga fuqarolik huquq va burchlari to‘g‘risida ma‘lumotlar
berib borish, ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish
borasida ko‘nikma va malakalar hosil qilish;
3)
o‘quvchilarda davlat ramzlariga hurmat va muhabbatni qaror
toptirish, Respublika Prezidenti sha‘ni, or- nomusini himoya
qilishga tayyorlik hissini shakllantirish;
4)
o‘quvchilarda xalq o‘tmishi, milliy qadriyatlarga nisbatan
muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish, ulardan g‘ururlanish, faxrlanish
va iftixor hislarini oshirish;
5) Vatan, xalq va millat ishiga sodiqlik,o‘z manfaatlarini
yurt manfaatlari bilan uyg‘unlashtira olishga erishish, fidoiy fuqaroni
tarbiyalab voyaga еtkazish;
6) Vatan, yurt ozodligi va mustaqilligini e‘zozlovchi, ardoqlovchi, uni
himoya qilishga tayyor fuqaroni tarbiyalash ishiga keng jamoatchilik
e‘tiborini jalb etish.
2. O‘quvchilar fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda shaxsning davlat
Konstitusiyasida
ko‘rsatilgan
huquqlaridan
foydalanish
hamda
burchlarini bajarilishi xususida ma‘lumotlar berish, ularda ijtimoiy
faoliyatni tashkil etishda huquqlardan foydalanish va burchlarini bajarish
bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni hosil qilish maqsadga muvofiqdir.
Respublika bosh qonunida shaxsning quyidagi huquqlari kafolatlanadi:
yashash huquqi, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik, ayblanayotgan shaxs
ishining sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilishi, har kim o‘z
sha‘ni va obro‘siga qilinadigan tajovuzlardan, shaxsiy hayotga
aralashishdan himoyalanish va turar joy dahlsizligi, Respublika hududida
bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish, O‘zbekiston Respublikasiga kelishi
va undan chiqib ketish, fikrlash, so‘z va e‘tiqod erkinligi, vijdon
erkinligi, davlat ishlarini boshqarishda bevosita yoki o‘z vakillari
orqali ishtirok etish, qonuniy mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlarda
ishtirok etish, kasaba uyushmalarida, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat
birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish, saylash va
saylanish, mulkdor bo‘lish, mehnat qilish, erkin kasb tanlash, dam olish,
qariganda yoki mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan
mahrum bo‘lganda ijtimoiy ta‘minot olish, tibbiy xizmatdan foydalanish,
bilim olish, ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, o‘quvchilarga huquqlari
borasidagi bilimlarni berish bilan birga fuqarolarning burchlari nimalardan
iborat ekanligi haqida ma‘lumot berish, bu borada o‘quvchilarda nazariy
va amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish ko‘zlangan maqsadga erishishda
muvaffaqiyat omili bo‘ladi. Fuqarolarni burchlari quyidagilardan iboratdir:
- fuqarolar Konstitusiya va qonunlarga rioya etishga boshqa kishilarning
huquqlari,
erkinliklari, sha‘ni, qadr-qimmatini xurmat qilishga
majburdir.
- fuqaro O‘zbekiston xalqining tarixiy ma‘naviy va madaniy merosini
avaylab asrashga majburdir;
- fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga
majburdirlar;
- fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘inlarni
to‘lashga majburdirlar;
O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi
har bir fuqarosining burchidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |