11-Ma’ruza magnit maydon xususiyatlari Reja: 1. Magnitlar va toklarning magnit maydoni. 2. Doimiy magnit va aylanma tok. 3.Amper qonuni. 4.Magnit maydon kuchlanganligi. Amper formulasi. 5.Bio-Savar-Laplas qonuni. Chap qo‘l qoidasi. 6.Lorens kuchi
DOIMIY MAGNIT VA AYLANMA TOK. MAGNITLAR VA TOKLARNING MAGNIT MAYDONI.Doimiy magnit borligi va temirni magnitlanishi va kompas 3000 yil burun ham Xitoyda mavjudligi, kompasning strelkalari meridian bo‘ylab joylashishi ham qadimdan ma’lum. 1600 yilda Gilbert doimiy magnitni batafsil tekshirdi. Magnitni ikki qutbi bor: janubiy va shimoliy. Magnitlarning turli qutblari o‘zaro tortishadi bir xil qutblari esa itarishadi.
XVIII asrda chaqmoq ta’siri natijasida temir buyumlarning magnitlanishi, kompasning magnitsizlanishi aniqlandi. Ya’ni magnit hodisa-larini elektr hodisalari bilan bog‘likligi aniqlandi. Buni 1820 yili Ersted tasdiqladi: ya’ni, simdan o‘tayotgan elektr toki magnit strelkasiga ta’sir qilishini aniqladi-simga perpendikulyar ravishda magnit strelkasi oriyentirlandi. Amper esa ikki tokli o‘tkazgichni o‘zaro ta’sirni o‘rgandi. Keyingi tekshirishlar har qanday harakatlanayotgan elektr zaryadi magnit hossasini tekshirdi. Bundan shunday xulosa chiqadiki faqatgina harakatlanayotgan elektr zaryadlarigina magnit tasiriga egadir. Demak harakatlanayotgan elektr zaryadlari atrofida, ya’ni bir maydon turi magnit maydoni hosil bo‘lishi aniqlandi.
Magnit maydoni kuch chiziqlarini elektr maydoni kuch chiziqlari kabi grafikda tasvirlash mumkin. magnit kuch chiziqlariga uning ixtiyoriy nuqtasidagi o‘tkazilgan urinma magnit maydoning shu nuqtadagi musbat magnit qutbiga tasir qiluvchi kuch bilan bir xil yo‘nalgan bo‘lishi kerak. Magnit kuch chiziqlarini oyna ustidagi temir kukun yornamida ko‘rish mumkin.
Ersted tajribalarida simdagi J tokning hosil qilgan magnit maydoni kuch chiziqlari markazlari bu simga jolashgan simga perpendikulyar kontsentrik aylanalardan iborat bo‘ladi.
Magnit maydon kuch chiziqlari elekti maydon kuch chiziqlaridan farqli doimo berk bo‘ladi.
Parma qoidasiga muvofiq, aylanma J tokning magnit maydoni. Ikkinchi b) rasmda magnit bo‘lagining magnit maydoni ko‘rsatilgan. Bu rasmda aylanma tok bilan magnit maydoni o‘xshashligini ko‘ramiz. Shuning uchun ham 1820 yil Amper doimiy magnitlarning magnit xossalariga ularda mavjud bo‘lgan elementar aylanma toklar sabab bo‘ladi deb gepoteza tashlagan edi.