Budjetlararo transfertlar — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga hamda buning aksicha o‘tkaziladigan, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga hamda buning aksicha o‘tkaziladigan mablag‘lar.
“Soliqchi - koʼmakchi” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Rishton tuman davlat soliq inspektsiyasi boshligʼi Rahimov Dilshodjon Toxirjonovichning HISOBOTI
Tadbirkorlik subʼektlarining soliq yukini kamaytirish va biznes yuritishni soddalashtirish maqsadida Prezidentimizning 2022 yil 28 iyundagi PF-162-son farmoni bilan soliq maʼmuriyatchiligiga qator oʼzgartirishlar kiritildi. Xususan, 2022 yil 1 iyuldan foydalanilmayotgan koʼchmas mulk obʼektlariga taʼsirchan soliq mexanizmini qoʼllash bekor qilindi. Shuningdek, QQS maʼmuriyatchiligi soddalashtirib, majburiy ravishda QQS toʼlovchisi sifatida eʼtirof etiladigan tadbirkorlik subʼektlariga QQS guvohnomasi soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan avtomatik ravishda berilish amaliyoti yoʼlga qoʼyilmoqda.
Bundan tashqari, yuqoridagi farmon bilan 2023 yil 1 martga qadar hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida tovarlar (xizmatlar) identifikatsiya kodlari (MXIK)ni notoʼgʼri aks ettirganlik uchun moliyaviy jarima qoʼllanilmasligi belgilab qoʼyildi.
Аlbatta, bu kabi oʼzgarishlar tadbirkorlar qoʼshimcha imkoniyatlar yaratadi. Shu oʼrinda tadbirkorlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlashmaqsadida “Soliqchi-koʼmakchi” tamoyili asosida Rishton tuman DSIxodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga toʼxtalib oʼtmoqchiman.
Аyni paytda muntazam ravishda tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar oʼrganilib ijobiy hal etish choralari koʼrilmoqda.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim boʼlgan qator yoʼnalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar koʼrsatilmoqda.
Xususan, 2022 yil yanvarь-avgust oylarida Rishton tuman DSItomonidan 1327 ta tadbirkorlik subʼektlarini qiynayotgan muammolari oʼrganildi.
Mazkur jarayon davomida koʼmaklashish zarur boʼligan 1298 ta tadbirkorlik subʼektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qoʼllash tartibini tushuntirish, ortiqcha QQS toʼlovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar koʼrsatildi.Biz, soliq idoralari xodimlari tadbirkorga maslahatchi, koʼmakchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.
Taxlil:
Shuni aytish mumkinki umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to’lovlar,shuningdek soliq bo’lmagan to’lovlardan daromadlar miqdori, ajratilgan tartibga soluvchi transfertlar hajmi, yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga o’tkazib beriladigan daromadlarning miqdorini va o’zgarish dinamikasini tahlil qildim. Bunda soliqlar bo’yicha:
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq: aniqlangan rejada 3 944 624, bajarilishi bo’yicha esa 5 298 422,farqi esa 1 353 798, foizda 134,3 ni tashkil etadi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq: aniqlangan rejada 4 991 244,bajarilishi 3 760 701, farqi -1 230 543, foizda esa 75,3 ni tashkil etadi.
Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq: aniqlangan rejada 21 603 656, bajarilishi 23 501 922, farqi esa 1 898 266, foizda 108,8 ni tashkil etadi.Yig’imlar va boshqa soliqsiz daromadlar:aniqlangan rejada 2 194 757, bajarilishi 3 123 389, farqi 928 632, foizda esa 142,3 ni ko’rsatadi.
Ta’lim sohasi uchun viloyatlar va Toshkent shaxar byudjetlaridan olingan maqsadli ijtimoiy transfertlar: aniqlangan rejada 73 185 165, bajarilishi 73 185 165.
Xulosa:
Xulosa qilib aytish mumkinki tuman byudjeti va yuqori turuvchi byudjet o’rtasida daromadlarni taqsimlash, yuqori byudjetdan tartibga soluvchi transfertlarni ajratish va byudjetlar o’rtasida o’tkazib beriladigan daromadlarni taqsimlash mexanizmlari yaxshi amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |