XII asrda ham Sun imperiyasining ahvoli yaxshilanmadi. Shimoldagi xalqlarning hujum qilish xavfi tug`ilishi munosabati bilan 1126 – yilda imperator - poytaxtni janubga Xanchjouga ko`chirdi. 1127 – yildan boshlab Sun dinastinasi qo’l ostida faqat janubiy Xitoy qoldi, xolos. Shimoliy Xitoy Manchjur-tungus qabilalardan biri bo`lgan, chjurchjenlar tuzgan va Szin deb atalgan yangi bir katta davlat tarkibiga kirdi, bu davlat ilgarigi kidanlar davlatini o`ziga singdirib olgan edi. XIII asrning boshlarida Shimoliy Xitoyni mo’g`ullar bosib oldi. 1215 – yilda mo’g`ullar Pekinni bosib oldi. Sun imperiyasi 1279 – yilgacha ya’ni Chingizxonning nevarasi Xubilay bosib olguncha yashab keldi. Xubilay yangi mo’g`ul dinastiyasiga asos soldi, bu dinastiya Yuan deb ataldi va bu dinastiya 1279-1368 yilarda boshqargan.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |