1. Tibbiyotda etika va deontalogiya tamoyillari  Etika



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/38
Sana12.01.2023
Hajmi2,16 Mb.
#899031
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
Bog'liq
tibbiy kasbga kirish oraliq javoblari (1)

Ko’krаk qаfаsi Ultrаtоvushi. 
Bu muоlаjаgа mахsus tаyyorgаrlik tаlаb etilmаydi. Bu muоlаjа аsоsаn оch 
qоringа kunduz kuni o’tkаzilаdi .
Siydik qоpini vа buyrаkni UTT qilish. 
Оch qоringа qоvuq siydik bilаn to’lа хоlаtdа o’tkаzilаdi. Bundа bеmоrning 1- хоlаti ахаmiyatgа egа. 
Аgаr siydik pufаgidа suyuqlik yig’ilsа uni nаtijаsini аniqlаsh shunchаlik оsоn bo’lаdi.


Qizlаrdаgi bаchаdоn vа tuхumdоn UTTsi. Bаchаdоn vа tuхumdоnlаrni ultrаtоvushgа tеkshirishdа 
tоzаlоvchi хuknа utkаzilishi shаrt. Ichаkdаgi gаzni еlni хаydаsh uchun аktiv ko’mir ichkizilаdi vа siydik 
pufаgi to’lа хоlаtdа UTT o’tkаzilаdi. 
16.Bemorlarni Rentgen kompyuter tomografiyasi(KT) va 
Magnit-rezonans tomografiyasi(MRT) tekshiruvlarga 
tayyorlash. 
17.Zararli odatlar. 
Narkotik qabul qilgan paytda odamda kayf qilish holati vujudga keladi. Bu holat ikki xil belgilar bilan 
namoyon boladi: 
Kayfning qozgaluvchanlik turi. 
Kayfning boshashuvchanlik turi. 
Kayfning qozgaluvchanlik turida narkotik qabul qilingandan keyin odam kop harakat qiladi, kop gapiradi, 
gaplari qovushmaydi, savolga ma‘noli javob qaytaraolmaydi. Tez jahli chiqadi, atrofdagilarga qopol 
muomalada boladi, asossiz janjal chiqaradi. yoki aksincha. kayfiyati yaxshi bolib, oz-ozidan kulaveradi, 
atrofdagilarga mehribonlik qiladi, qolidagi yaxshi narsalarni saxiylik bilan ulashadi. 
Kayfning boshashish turida narkotik qabul qilgandan keyin odam karaxt boladi, boshashadi, kam harakat 
qiladi, uni uyqu bosadi, kam gapiradi, gaplari mazmunsiz boladi. Tanasini tutish muvozanati buziladi, 
yurganda galdiraydi, atrofdagi voqealarga befarq boladi, u hech narsa bilan qiziqmaydi. yotib uxlaydi. 
Kayfni qozgalish yoki boshashish turlarining har ikkalasida quyidagi qoshimcha belgilar kozga tashlanadi: 
rangi qizaradi, kop terlaydi, kozlarining pardasi xiralashadi (yaltirab turmaydi) koziga qon quyiladi, ya‘ni 
koz oq pardasining qon tomirlari kengayib, kozlari qizaradi, koz qorachiqlari kengayadi, ularning yoruglik 
ta‘sirida kengayib-torayish reaksiyasi buziladi (normada koz qorachigi yoruglik ta‘sirida torayadi, 
qorongulikda kengayadi). Bu belgilar giyohvandning yaqin odamlarini bezovta qilishi kasallikning 
boshlanish davridayoq chora korishga undashi lozim. 
Giyohvand osmir yuzida, boshqa osmirlarga nisbatan, husunbuzar donachalar kop boladi, koz osti terisi 
shishib, osilib qoladi, kozning oq pardasi va tishlari sargayadi, tishlari chiriy boshlaydi, xotirasi pasayadi, 
mashgulotlarga qiziqmay qoyadi, she‘r yodlay olmaydi, matematika masala larini yecha olmaydi, natijada 
ozlashtirishi pasayadi.Darslarga, togarak va sport mashgulotlariga, jamoatchilik tadbirlariga 
qatnashmaydi. Uning asosiy fikri pul topish, narkotik sotib olib qabul qilishga qaratiladi. Pul topish uchun 


osmir avval ozining buyumlarini sotadi, songra uyidagi buyumlarni ota-onasidan yashirib sotadi, hatto 
qarindoshlar, qoshnilar va begonalarning uyini ogirlashga ham jur‘at qiladi.
Tamaki chekish zararli odatlardan biri bolib hisoblanadi. Ilmiy-tadqiqotlarining aniqlanishicha, tamaki 
tutunining tarkibida 3000 dan koproq har xil zaharli kimyoviy moddalar bor. Shulardan ayniqsa, nikotin, 
ammiak, karbonat angidrid, benzol, poloniy, kadmiy kabilar odam organizmiga kuchli zaharli ta‘sir 
korsatadi. Masalan, nikotin qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini oshiradi, karbonat angidrid gazi 
qondagi gemoglobin moddasi bilan birikib miya, yurak va boshqa muhim organlarni kislorod bilan 
normal ta‘minlanishini buzib, bosh ogrigi, yurakni sanchish holatlatlarini yuzaga keltiradi. 
Tamaki tutuni tarkibida rak kasalligini yuzaga keltiradigan 50 dan koproq kimyoviy modda bor. Shuning 
uchun ham chekuvchilar orasida chekmaydiganlarga nisbatan rak kasalligi 20 marta kop uchraydi. O’pka 
raki bilan kasallanganlarni 95 foizi tamaki chekuvchilardir. Tamaki tutun tarkibidagi kimyoviy moddalar 
rak kasalligidan tashqari, juda kop kasalliklarning yuzaga kelishiga sababchidir. Jumladan, gipertoniya, 
yurakning ishemik va miokard infarkt kasalliklari, surunkali bronxit va opka enfizemasi, surunkali gastrit, 
medaning yara kasalligi, allergiya va boshqa kasalliklar. Eng xavfli xastaliklardan biri bolgan yurakning 
miokard infarkti chekuvchilarda, chekmaydiganlarga nisbatan 12 marta kop uchraydi. Amerikalik 
olimlarning ma‘lumotiga kora, yurak kasalligi natijasida olganlarning ortacha yoshi chekmaydiganlarda 
67 bolgan bolsa, chekuvchilarda 47 yoshni tashkil qilgan. Korinib turibdiki, chekish kishi umrini 20 yilga 
qisqartirar ekan. 
Spirtli ichimliklarni uzoq vaqt iste’mol qilgan kishining miya nerv hujayralari zararlanganidan uning aqliy 
qobiliyatiga putur yetadi. Bunday kishi diqqate’tiborini bir joyga to‘play olmaydi, xotira quvvati, 
masuliyat sezish tuyg‘usi pasayadi, uni ish ham, oila ham, ijtimoiy hayot ham qiziqtirmay qo‘yadi. 
Akademik I..P. Pavlov shirakayflikni o‘z belgilari bilan shizofreniya (aqldan ozish) kabi og‘ir kasallikni 
eslatadigan asab-ruhiy kasallikka ixtiyoriy ravishda mutallo bo‘lish, deb hisoblar edi. 
Alkogol ta’sirida markaziy va periferik nerv tizimi faoliyati buzilib psixik kasalliklar, nevritlar paydo 
bo‘ladi, ichki a’zolar funksiyasi izdan chiqadi. Birinchi navbatda alkogol me’da shilliq pardasiga ta’sir 
ko‘rsatib, avvalo surunkali gastrit, keyinchalik me’da yara kasalligini keltirib chiqaradi. Bunday kasallikka 
chalingan kishi ko‘krak osti sohasida og‘riq sezadi, ovqatlangandan keyin me’dasi go‘yo og‘irlashganday 
tuyiladi, jig‘ildon qaynaydi, kekirganda tomog‘iga achchiq suv keladi, ko‘ngil ayniydi. Nahorga suv 
ichmasa og‘zi quriydi. Me’da yara kasalligiga duchor bo‘lgan shaxs spirtli ichimliklardan tiyilmasa, me’da 
shilliq pardasi hujayralarida tub sifatiy o‘zgarishlar yuz berib, oqibatda rak kasalligi boshlanadi. 
Ichkilikning zararli ta’siri moddalar almashinuvi ayniqsa vitaminlar almashinuvining buzilishiga olib 
keladi. Ichkilikboz odam qo‘l barmoqlari, ko‘z qovoqlari, til uchining titrashi, shuningdek har kuni bajarib 
yurgan oddatdagi ishini bajara olmay qolishi mumkin. Ko‘p ichadigan odamda ko‘z xiralashib, bazan 
quloq ham og‘ir tortib qoladi. Alkogol ayniqsa jigarga zararli ta’sir ko‘rsatib jigar sirrozi yuzaga keladi, 
shuningdek meda osti bezida o‘zgarishlar tufayli pankreatit, qandli diabet kasalligiga sabab bo‘ladi. 
Alkogol yurak-tomir tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, yurak qisqarishlarining ritmi buzilishiga, yurak va miya 
tomirlari spazmiga, stenokardiya, miokard infarkti, miya insulti kasalliklari rivojlanishiga olib keladi. 
Ichkilik ta’sirida o‘pka toqimasi zararlanib surunkali kasalliklar: bronxit, esifizema, o‘pka sklerozi 
rivojlanadi va ularda krupoz pnevmoniyaning og‘ir kechishi kuzatiladi. 
Ichkilikbozlarda immunitet susayib, o‘pka sili (tuberkulyoz) va yuqumli kasalliklarga chalinish holatlari 
ko‘p uchraydi. 
Ichkilikbozlikni jamiyat uchun eng xavfli oqibati uning irsiyatga (avlod sog‘ligiga) zararli ta’sir 
ko‘rsatishidir.Bu hol jinsiy bezlar hujayralarining alkogol ta’sirida aynishi ( buzilishi) va o‘z funksiyalarini 
bajara olmasligi bilan bog‘liq. 


Kuzatuvlardan ma’lumki, ichkilikbozlardan har uchinchi kishida dastlabki kezlarda jinsiy bezlarning 
aktivlashganligi seziladi, lekin bu vaqtinchalik holdir. Chunki buning ketidan jinsiy bezlarning ishi asta-
sekin susayib, jinsiy zayflik yuz beradi.Ko‘pchilik erkaklar bunday noxush holatdan iztirob chekib, nevroz 
va og‘ir ruhiy kasallikka yo‘liqadilar. 
Alkogol homiladorlik toksikozlariga, homilaning tug‘ma nuqsonlariga, homilaning tushishiga, chala va 
o‘lik tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. 
Emizakli bolalarda ona suti orqali o‘tgan alkogol ta’sirida me`da-ichak trakti va nerv tizimining 
funksiyalari buzilishi kuzatiladi. Bunday bolalar bezovta, uyqisi notinch, tirishadi, ko‘p yig‘laydi. Agar ona 
alkogolni qabul qilishni davom ettiraversa bolada ko‘krak yoshi davridayoq alkogolizatsiya belgilari 
paydo bo‘ladi. 
Alkogolni zararli (toksik) ta’siri organizm qancha yosh bo‘lsa, shuncha yuqori bo‘ladi. 
Ayniqsa o‘smirlarda 5-6 oy davomida (kattalarda 3-5 yilda) alkogolni iste’mol qilish natijasida alkogolizm 
kasalligi rivojlanishi mumkin. 
Alkogolizmni oldini olish. Alkogolizm belgilari paydo bo‘lganda bemorni narkologiya shifoxonalariga 
yotqizib, narkolog vrach kuzatuvi ostida muntazam davolanishni tashkil qilish kerak.
18.Magistral qon tomirlar kasalliklari va shikastlanishlari 
bilan bemorlarni parvarishlash. 
Kardiologiya (yunon kardiy - yurak, logos – ta’limot) yurak – qon tomir tizimi kasalliklarining 
etiologiyasi, patogenezi va klinik ko'rinishini o'rganadigan ichki kasalliklar
bo'limi bo’lib, ularning diagnostikasi, oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqadi.
Qon aylanish tizimining kasalliklari bilan bemorlar turli shikoyatlar bilan murojaat qilishadi. Eng 
ko'p aniqlanadigan simptomlar ko'krak qafasi og'rig'i, yurak tez urishi, nafas qisilishi, bog’ilish, 
shish, yurakda og’riq hissi va boshqalar.
Yurak – qon tomir tizimi kasalliklari bilan og'rigan bemorlarni kuzatish va davolashni ikki 
yo'nalishda o'tkaziladi.
Umumiy chora-tadbirlar – boshqa turli organlar va tizimlar kasalliklari bilan og'rigan bemorlarni 
kuzatish va parvarishlash ishlari: bemorning umumiy holatini kuzatish, tana
haroratini nazorat qilish, qon tomirlari va qon bosimini nazorat qilish, harorat varag'ini to'ldirish, 
bemorning shaxsiy gigienasini ta'minlash va boshqalar
Maxsus tadbirlar - yurak – qon tomir tizimi kasalliklariga xos bo'lgan simptomlari bo'lgan 
bemorlarga: yurak va ko'krak og'rig'i, o'tkir va surunkali yurak yetishmovchiligi, shish, yurak
ritmining buzilishi va boshqalarga yo’naltirilgan kuzatuv va parvarish chora tadbirlaridir.
YURAK VA QON AYLANISHI
Organizmning faoliyati har bir hujayraga ozuqa moddalari, kislorod, suv yetkazib berish va 
hujayra ajratib chiqarayotgan mahsulotlarni chiqarib tashlash sharoitiga bog’liq. Tomirlar
tizimi va qon harakatini ta’minlovchi markaziy a’zo — yurak, ushbu masalani hal qiladi.
Yurak va qon tomirlari. Yurak muskullarining va tomir devorlarining qisqarishi natijasida qon 
harakat qiladigan tutashtiruvchi tizimni tashkil qiladi.
Arteriyalar — qonni yurakdan eltuvchi tomirlar.
Arteriyalar bo’ylab qon bosim bilan o’tishi natijasida mayda arteriyalar va venalar butunligi 
buzilgan hollarda qon tomirlarni o’rab turuvchi to’qimalarga oqib, ushbu joyda qon aylanishi 
izdan chiqadi.


Venalar Qonni yurakka eltadi. Vena qon tomiri devorlarida muskul tolalari kamroq rivojlangan. 
Ko’pgina yirik va o’rta venalarning devorlari ichki tomonida klapanlari bo’lib, ular qonni 
oldinga yo’naltiradi, orqaga harakat qilishga yo’l qo’ymaydi.
Kapillyarlar arteriyalar bilan venalarni tutashtiruvchi tomirlar bo’lib, yopiq tizim hosil qiladi va 
to’qimalar,qon va atrof-muhit bilan moddalar va gazlar almashinuvini ta’minlaydi.
Kapillyarlar, mayda arteriya va venalar butunligi buzilgan hollarda qon to’qimalarga oqadi.
Yurak katta qon tomirlari bilan bog’langan, to’rt kamerali muskulli nasos sifatida ifodalanadi. 
Yurak ko’krak qafasida joylashgan bo’lib, uning katta qismi o’rta chiziqdan chap tomonda 
joylashgan. Yurak devori bir necha qavatdan iborat.
O’ta qavat —miokard — avtomatik ravishda, bir maromda, bir vaqtda qisqaruvchi o’ziga xos 
muskul hujayralaridan tashkil topgan. Yurak muskulida oziqlanish va gaz lmashinuvining 
buzilishi yurak qisqarishi samaradorligiga ta’sir qiladi va organizmda qon aylanishini buzadi.
Yurak va qon tomirlari qon aylanish doirasini tashkil qiladi. Kichik doira tomirlari qon va havo 
orasidagi gaz almashinuvini ta’minlaydi, bunda o’pka va uning tomirlari
muhim o’rin tutadi.
Katta doira tomirlari kislorodga to’yingan qonni butun organizm bo’ylab taqsimlab, karbonat 
angidrid gazi va modda almashinuv mahsulotlari bilan boyigan qonni yurakka yig’ishni 
ta’minlaydi. Yurak bir maromda 
kameralarning ishiga qarab
, qon kerakli yo’nalishda oqadi.
Gaz almashinuvida gemoglobin muhim o’rin egallaydi. U qon hujayralari eritrotsitlarda bo’ladi. 
Kislorod va karbonat angidrid gemoglobin bilan birlashgan holda o’tkaziladi.
Organizm me’yorda ishlab turishi uchun barcha a’zo va tizimlar qon bilan ta’minlab turilishi 
zarur, bu esa yurakmuskuli ishlashi va tomirlar bo’ylab qon qanchalik oson harakatlanayotganiga 
bog’liq. 
Qon tomirlari qon uchun ochiq bo’lib, yog’ to’planishi yoki qotib qolgan qon bilan yopilib 
qolmagan bo’lsa, to’qimalarning qon bilan ta’minlanishi uzluksiz amalga oshiriladi. Qon 
aylanish sistemasidagi bosim belgilangan darajadan oshmasligi ham muhimdir. Yurakning 
arterial bosim (gipertenziya) qon tomirlarini shikastlashi mumkin.
Kislorod alveolalardan kapillyarlarga kelib, bu yerda eritrotsitlar gemoglobini bilan birlashadi. 
Tananing hujayralaridan chiqib, karbonat angidrid gazi qonga tushadi. 
So’ngra u o’pka alveolalariga tushib, nafas chiqarish vaqtida chiqadi.
Yurak-tomir sistemasining funksional holatiini belgilash 
Yurak ishlashi va tomirlar holatining ob’ektiv ko’rsatkichlari — puls va arterial bosimdir. 
Arterial puls deb, tomirlar devorining yurak haydaydigan qon harakati natijasida
Kelib chiqadigan turtkisimon tebranishlariga aytiladi. Salomatlik holatini belgilash uchun 
pulsning tezligi va tarangligini aniqlashni bilish zarur. 
Tezligi. Puls normada minutiga 60 dan 80 gacha o’zgarib turadi. Puls keng chegaralarda o’zgarib 
turishi va uning tezligi yoshga, jinsga, tana va tashqi haroratga, shuningdek jismoniy harakatga 
bog’liq. Ayollar pulsi erkaklarnikiga nisbatan tezdir.
Eng tez puls bola hayotining dastlabki yillarida qayd qilinadi. 
Tomir sistemasi kasalliklari bo’lmaganda, 25 yoshdan 60 yoshgacha puls barqaror bo’lib qoladi.


Ritm. Puls turtkilari bir xil vaqt ichida birin-ketin kelsa, to’g’ri ritm yoki ritmik puls deyiladi. 
Aks xolda noto’g’ri —aritmik puls kuzatiladi. Sog’lom odamda pulsning ko’pincha nafas olishda 
tezlashuvi va uning nafas chiqarishda sekinlashuvi — nafas aritmiyasi qayd qilinadi; nafasni 
ushlab turish aritmiyaning bu turini bartaraf qiladi 
Tomir sistemasi kasalliklari bo’lmaganda, 25 yoshdan 60 yoshgacha puls barqaror bo’lib qoladi.
Ritm. Puls turtkilari bir xil vaqt ichida birin-ketin kelsa, to’g’ri ritm yoki ritmik puls deyiladi. 
Aks xolda noto’g’ri —aritmik puls kuzatiladi. Sog’lom odamda pulsning ko’pincha nafas olishda 
tezlashuvi va uning nafas chiqarishda sekinlashuvi — nafas aritmiyasi qayd qilinadi; nafasni 
ushlab turish aritmiyaning bu turini bartaraf qiladi. 
Puls tarangligi puls to’lqinining tarqalishini to’xtatish uchun zarur kuch bilan belgilanadi. Puls 
tarangligining darajasi bo’yicha maksimal arterial bosimning katta-kichikligi to’g’risida
Taxminiy xulosa chiqarish mumkin, u qanchalik yuqori bo’lsa, puls shu qadar tarang bo’ladi. 
Puls to’liqligi puls to’lqinini hosil qiladigan qon miqdori bilan belgilanadi va yurakning hajmiga 
bog’liq bo’ladi. To’liqligi yaxshi bo’lganda panja ostida yuqori puls to’lqini
Seziladi, yomon bo’lganda — puls kuchsiz, puls to’lqinlari kichik, arang bilinadi. Bu yurak 
muskuli zaiflashganidan darak beradi. Ipsimon deyiladigan, arang bilinadigan puls, ayniqsa, 
Yomon alomat hisoblanadi. Bunday hollarda tezkor yordam ko’rsatib, shifokorga murojaat qilish 
zarur.Puls ritmi
Ritmli Noritmik Arteriya devorlarining tebranishlari o’rtasidagi Vaqt oralig’idagi davomiylilik
Puls tezligi Tezlashish Sekinlashish Normada sog’lom odamda puls tezligi minutiga 60 dan 80 
gacha o’zgaradi
Puls 
tarangligi
 
Kuchli (tarang)
Yumshoq Ipsimon 
Arterial bosim odatda 1—2 marta 2—4 minut oralig’i bilan o’lchanadi.Bemorning 
yalang’ochlangan qo’liga tirsak bo’g’imidan 2—3 sm yuqoriga manjetkani siqmasdan o’raladi; 
yumshoq to’qimalarni siqmasdan manjetka yelkaga (ilgak, yopishqoq Lenta bilan) 
mahkamlanadi.Bemor qo’lining holatini to’g’ri aniqlang. Manometrni manjetka bilan 
birlashtirib, strelkaning holatini (simob ustuni) shkalaning nolinchi belgisi bo’yicha tekshiring. 
Tirsak bo’g’imidan yelka arteriyasini topib, u yerga fonendoskop qo’yiladi (fonendoskop 
boshchasini o’rtacha bosish zarur, aks holda ma’lumotlar noto’g’ri ko’rsatiladi). Nokchadagi 
ventilni yoping va manjetka bemorning manometr ko’rsatkichlaridan normadan ortiq (20—25 
mm simob ustuni) bo’lguncha havo to’ldiring. Ventilni ochib, manjetkadagi havo asta-sekin 
tushiriladi, ustun tushishi yoki ko’rsatkich harakatining tezligini kuzatib turing — ko’rsatkichlar 
sekundiga simob ustunining 2 mm Tezligida o’zgarishi mumkin; bir vaqtning o’zida arteriyadagi 
tonlarni eshitib, manometr ko’rsatkichlarini kuzating.Dastlabki tovushlar (tonlar) eshitilishi bilan 
(arterial bosimning yurak qisqarish vaqtidagi kattaligi) va tonlar yutilishi bilan (yurak 
bo’shashgan vaqtdagi arterial bosim) manometr Ko’rsatkichlarini belgilang; manjetkadagi 


havoni butkul chiqarib tashlang. .Ma’lumotlar bayonnomaga (kuzatish kundaligiga) quyidagicha 
yozib qo’yiladi: sistolik bosim, diastolik bosim.Muolajani qaytarib, olingan ma’lumotlarni 
taqqoslang.
Arterial bosim ikkala qo’lda o’lchanadi, olingan raqamlar solishtiriladi. 
Arterial bosimni bemorning o’zi ham o’lchay oladi, bosim o’lchash qoidalarini unga o’rgating.
Mumkin bo’lgan asoratlar: arteriya uzoq, vaqt bosilishi natijasida qo’lda og’riqlar paydo bo’lishi 
mumkin. 
Arterial bosim Ko’rsatkichlar Sog’lom katta Simob ustunidan 140/90 mm
Odam oshmagan Chegaraviy holat Simob ustunining 140/90 —100/95 mm 
Gipertenziya Simob ustunidan 160/95 mm oshgan
Keksa odam (yoshi 60 dan oshgan va undan katta) 
Puls bosimi oshish tomoniga o’zgarish (sistolik 160 mm dan oshgan, diastolik 90 mm dan 
oshmagan)
Kasallik belgilari 
Qon aylanishi buzilishining belgilari qaysi soha yoki a’zolar shikastlanganiga bog’liq. Yurak 
kasalliklari turli xil belgilar bilan kechishi mumkin: miyadagi qon aylanishining
Yomonlashuvi natijasida hushdan ketish, bosh aylanish yoki aql xiralashishi; 
Oyoq-qo’llarda qon aylanish buzilganda shishlar bilan kechadi. Tug’ma yurak kasalliklari, 
odatda, tug’ilish vaqtida aniqlanadi. Yosh bolalarda yurak faoliyati buzilganda, 
ularda 
 
Nafas qisish, ishtahaning yo’qolishi va jismoniy rivojlanishda ortda qolish kuzatiladi. Tug’ilish 
vaqtida aniqlangan tug’ma yurak poroklari jismoniy kamchiliklarning deyarli yarmini tashkil 
qiladi. Yurak-tomir sistemasi kasalliklari har xil sabablarga ko’ra yurakning turli xil bo’linmalari 
ishlashining qiyinlashuvi bilan kechib, oqibatda yurak etishmovchiligiga olib keladi. Yurak-
tomir sistemasi kasalliklarining muhim 
Belgilari — yurakning tez-tez urishi, notekis urishi, yurak sohasida og’riq, shishlar bo’lishi.
Simptom. Yurak o’ynashi Yurak qisqarishlari tezligining oshishi (taxikardiya) bemor tomonidan 
«yurak urish» deb qabul qilinadi va ko’pincha rivojlanayotgan yurak patologiyasining birinchi 
belgisidir. Ba’zi vaqtlarda yurak o’ynashi asab regulyatsiyasi turg’un bo’lmagan 
Sog’lom odamlarda paydo bo’ladi; bunday hollarda valeriana ildizi, ratsional jismoniy mashqlar 
samara beradi.
Yurak o’ynashi bemorga noqulaylik keltirsa, unga birinchi yordam ko’rsatish zarur. 
Yurak o’ynashida birinchi yordam


Bemorni tinchlantiring. Bemorni qulay holatda yotqizib qo’ying. Toza havo olishini ta’minlang. 
Bemorning qisib turadigan kiyimlarini yechib tashlang. Pulsning chastotasi va xarakteristikasini 
aniqlang. Yurak o’ynashi avvallari ham ro’y bergan bo’lsa, bemordan o’ziga qanday yordam 
berilganini, qaysi dorivor preparatlarni qanday dozada qabul qilganini, yurak o’ynashi o’zi 
O’tib ketganmi, shularni aniqlang.
Yurak o’ynashi takrorlangan hollarda shifokorning maslahati zarur. 
Simptom. Yurak sohasidagi og’riqlar
Simptom. Yurak sohasidagi og’riqlar
Yurak sohasidagi og’riq yurak tomirining uzoq, vaqt siqilishi yoki qisqarishi oqibatida yurak 
muskulining qon bilan ta’minlanishi yetarli darajada bo’lmasligi natijasida namoyon 
Bo’lishi mumkin. Bunday holat stenokardiya xurujida ro’y beradi.
Bunday holda og’riq to’sh orqasiga yoki uning chap tomoniga tarqalib, chap qo’l yo ki kurakda 
bilinadi, og’riq siquvchi-ezuvchi bo’lib, o’lim qo’rquvi, quvvatsizlik, tananing 
Titrashi, qattiq terlash bilan davom etadi. Og’riq xuruji bir necha minutdan bir necha soatgacha 
davom etishi mumkin. Yurak sohasida og’riq xuruji bo’lgan bemor shoshilinch yordam,
Sinchkov nazorat va parvarishga muhtoj bo’ladi. 
Yurak sohasidagi og’riqlarda birinchi yordam
Bemorga qulay holatni yarating, toza havo kirishini ta’minlang, siqib 
turuvchi kiyimlarni 
yeching
; pulsni aniqlang, arterial bosimni o’lchang.
Bemorning tili tagiga validol tabletkasini bering. Agar validol samarasi kam bo’lib, xuruj davom 
etsa, bemor tilining tagiga nitroglitserin tabletkasini bering; ba’zida nitroglitserin bosh og’rig’ini 
ko’zg’atishi mumkinligi va bundan 
Qo’rqmaslik haqida bemorni ogohlantiring. Shifokorni chaqirtiring. Yurak sohasiga xantal, oyoq 
va qo’llariga grelka qo’ying. Xuruj davom etsa va nitroglitserin qayta qabul qilinganda samarasi 
bo’lmasa, 5—10 daqiqadan so’ng shifokorning shoshilinch yordami va zudlik bilan kasalxonaga 
yotqizish zarur, aks xolda qon aylanishi qattiq buzilishi natijasida yurak muskuli o’zgarishi 
mumkin (miokard infarkda).
Bemorga qat’iy yotish rejimini ta’minlang. 
Nafas olish, puls chastotasi va arterial bosim chastotasining nazorat qilinishini ta’minlang, tana 
haroratini albattda o’lchang (og’riq xurujidan keyin harorat ko’tarilishi 
Yurak muskulida infarkt rivojlanishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin); imkoniyat bo’lgan holda 
bemorga kislorod bering. Ko’krakdagi og’riq nafas olish buzilganda paydo bo’lishi 
Mumkin (o’pka yoki o’pka pardasi yallig’lanishi, surunkali kasal asoratlari)
Simptom. Nafas qisishi Yurak-tomir sistemasi funksiyasi buzilganda nafas qisishikarbonat 
angidrid gazi ortib ketganidan nafas olish markazining qo’zgalishi bilan boglik. Karbonat 
angidridning ortib ketishi qon aylanishining kichik doirasida venoz to’laqonlik oqibatida kelib 


Chiqadi. Jismoniy zo’riqish vaqtida yurak o’ynashi bilan bir qatorda nafas qisishning paydo 
bo’lishi yurak yetishmovchiligi boshlanayotganligining dastlabki belgilaridan biri hisoblanadi.
Qonda kislorod miqdorining kamayishi, qon oqishining sekinlashishi va venoz to’laqonlik 
natijasida terining ko’kimtir rangi — sianoz vujudga keladi. Yurak ishlashining buzilishi 
Oqibatida kelib chiqqan nafas qisishining kuchli xuruji yurak astmasi deb nomlanadi («Nafas 
olish» bo’limiga qarang).
Simptom. Shishlar
Yurak-tomir sistemasi kasalliklarida shishlar yurakning yetarli darajada ishlamayotganligi, qon 
aylanishi katta doirasining venalari to’lib ketishi, qonning suyuq qismi tomirlardan atrofdagi 
to’qimalarga chiqishi oqibatida paydo bo’ladi. Bemorlarda jigar kattalashadi, teri osti 
kletchatkasining shishlari, bo’shliq istisqosi (qorin, plevra bo’shlig’i) paydo bo’ladi. 
Shishlarning rivojlanishiga suyuqlik to’planib qolishi sabab bo’ladi, bu ajralayotgan siydik 
miqdorning kamayishi va vaznning og’irlashib ketishida namoyon bo’ladi.
Shishlarni vaqtida parvarish qilish tamoyillari 
Qat’iy bo’lmagan yotish rejimini va ruhiy osoyishtalikni ta’minlang.
Shishlar paydo bo’lganda terining himoya xususiyatlari keskin pasayadi va infeksiya kirishiga 
imkoniyat yaratadigan yoriqlar paydo bo’ladi; bemor choyshabi tekis to’g’rilangan
Qulay o’ringa muhtoj buladi (teri bichilishi va yotoq yaralar paydo bo’lishi mumkin).Suyuqlik 
ichish rejimiga rioya qilinishini kuzating, ajratilgan siydik miqdorini har kuni o’lchab turing, 
ma’lumotlarni maxsus kundalikka yozib boring. Ratsional davolovchi ovqatlanishni ta’minlang, 
og’ir bemorlar ovqatlanishda yordamga muhtoj bo’ladilar. Bemorning qarindoshlariga yordam 
ko’rsatish usullarini o’rgating. Gigienik vanna yoki dush faqat shifokorning ruxsati bilan amalga 
oshiriladi; yuragi kasal bemorlarga ushbu muolajalar man qilinganda, ularning terisi namlangan 
doka yoki Paxta bilan, so’ngra quruq qilib artiladi. 
Qorin bo’shlig’idagi turib qolish hollari ishtaha buzilishi, ko’ngil aynishi, qusish, qorinning tepa 
qismida shishib ketish tuyg’usi, 
qabziyatga olib keladi
; ichaklarni o’z vaqtida
Bo’shatish bemorning ahvolini yaxshilaydi. 
KENG TARQALGAN YURAK KASALLIKLARI
Revmatizm — organizmning biriktiruvchi to’qimasini zararlaydigan va yurak poroklari 
rivojlanishiga olib keladigan yuqumli allergik kasallik. Bodomsimon bez, kariesli tishlardagi 
Surunkali infeksiyalar katta ro’l o’ynaydi. Kasallik bo’g’imlarni qamrab oladi (bo’g’imlar 
yuzasidagi terining qizarishi, shishlar, harakatlar cheklangan va og’riqli), isitma, et uvushish, 
yurak o’ynashi bilan kechadi. Ushbu belgilar bilan bir vaqtda klapan porogi shakllanishi bilan 
yurakning shikastlanishi rivojlanadi. Bemor parvarishi yurak shikastlanishi og’irligi va yurak 
yetishmovchiligi darajasiga bog’liq.
Miokard infarkti — yurak arteriyalaridan birining teshigi keskin torayishi yoki yopilishi 
natijasida yurak muskulining kuchli shikastlanishi. Infarktdan oldin yurak shikastlanish


Belgilari – og’riq, nafas qisish, yurak o’ynashi kuzatiladi; infarkt to’liq, xotirjamlik muhitida 
ham rivojlanishi mumkin, ayniqsa yosh odamlarda. Asosiy belgi — nitroglitserin qabul 
qilinganda ham og’rig’i qolmaydigan davomli kuchli og’riq, xuruji (ba’zi vaqtlarda bir necha 
soatgacha). Miokard infarktiga shubha qilinganda shifokorlarning shoshilinch yordami zarur. 
Bunday kasallarni transportda olib ketish masalasini faqat shifokor hal Qiladi.
Surunkali yurak yetishmovchiligi Surunkali yurak yetishmovchiligi yurakka uzoq muddat Ortiq 
darajadagi og’irlik tushishi natijasida rivojlanadi. Yurak yetishmovchiligi ko’pincha yurak ritmi 
buzilishi bilan qo’shilgan holda namoyon bo’ladi. Jigarning kattalashuvi,
Shishlar rivojlanishi, 
nafas qisishi
, bo’shliqlar istisqosiga olib keluvchi venoz to’xtab qolish — 
surunkali yetishmovchilikning oqibatida paydo bo’ladi. 
Surunkali yurak yetishmovchiligida parvarish qilish tamoyillari
Yurak yetishmovchiligi yaqqol namoyon bo’lgan davrda bemor yotish rejimiga muxtoj 
bo’ladi, bemorning orqasiga yostiq, yoki yostiq tagligi qo’ying.
Teri rangi, shishlar, nafas qisishi, puls, arterial bosimni har kuni nazorat qilib boring.
Suyuqlik qabul qilish va ovqatlanish rejimini tekshirib turing (suyuqlik, osh tuzi 
cheklanishi, kalsiyga boy bo’lgan sutli parhez tayinlanishi). Mazkur kasallikda yurak 
qisqarishi va puls to’lqinlari sonini hisoblab turish zarur. Yurak qisqarishi va bilak 
arteriyasidagi puls to’lqinlari soni orasida farq o’zgarsa shifokorning shoshilinch 
maslahati zarur.
ARTERIAL BOSIM O’ZGARISHI BILAN BOG’LIK KASALLIKLAR 
Simptom. Arterial bosimning oshib ketishi
Gipertoniya - oshib ketgan arterial bosim kasalligi. U tomir tonusi asab regulyatsiyasining 
buzilishi oqibatida mayda arteriyalarning uzoq vaqt qisilib qolishi natijasidir. Odatda, bu 
Kasallik yaxshilanish va yomonlashish davrlari bilan uzoq yillar davom etadi. Gipertoniya 
kasalligining uzoq vaqt kechishi yurak, buyrak va bosh miya funksiyalarining buzilishiga olib 
keladi.
Arterial bosimi oshgan bemorni parvarish qilish bo’yicha tavsiyalar 
Shifokor buyurgan rejim ta’minlanadi.
Arterial bosim darajasi doimiy ravishda nazorat qilinadi.
Ratsional ovqatlanish va suyuqlik ichish ta’minlanadi.
Shifokor tomonidan tayinlangan dori vositalari qabul qilinishi nazorat qilinadi.
Arterial bosim keskin ko’tarilganda (gipertonik kriz) shoshilinch yordam ko’rsatilib, tezkor 
shifokor maslahati ta’minlanadi.
Gipertonik kriz — arterial bosimning bosh og’rig’i, bosh aylanishi, ko’ngil aynish, qusishning 
kuchayishi bilan keskin oshib ketish xuruji; krizis gipertoniya kasalligi kechishini qiyinlashtirib, 


miyadagi qon aylanishining vaqtinchalik buzilishlari, ko’rish qobiliyatining pasayishi, 
harakatlarning qisqa muddatli buzilishlari, qisqa muddatli nutq buzilishi bilan kechishi mumkin. 
Og’ir hollarda kasallik yurak yetishmovchiligi
(yurak astmasi), yurak muskulining qisqarish xususiyati buzilishi, miokard infarktiga olib keladi. 
DSST komiteti ma`lumotlariga binoan yurakning ishemik kasalligi — toj arteriyalar tizimsidagi 
patologik jarayonlar natijasida miokardga qon etkazilishining kamayishi yoki to`xtab kolishiga 
boq’liq bo`lgan yurak mushagining o`tkir yoki surunkali zararlanishidir. YuIK – taraqqiy etgan 
mamlakatlarda aholi o`limi sabablaridan biri hisoblanadi. Barcha yurak qon tomir 
kasalliklarining 53-65% ni tashkil qiladi.
Yurak qon tomir kasalliklaridan umumiy o`lim strukturasida bu davlatlarda 40-55% ni tashkil 
qiladi. Undan tashqari YuIK eng ko`p tarqalgan patologiya hisoblanadi. Epidemiologik 
ma`lumotlar YuIK katta yoshdagi aholi urtasida 11-20% da uchrashi aniqlangan. Yosh ulq’ayishi 
sari YuIK bilan kasallanish oshib bormoqda. Asosiy sababi — toj tomirlar aterosklerozi (90% 
dan ko`p hollarda), shuningdek nerv-emotsional zo`riqish va stress sharoit natijasida toj 
arteriyalar angiospaz-mini ko`zq’atuvchi omillardir. Bu kasallik rivojlanishiga tashqi va ichki 
muhitning turli-tuman omillari (xavf-xatar omillari): giperxolesterinemiya, arterial gipertenziya, 
chekish, kamharakat hayot tarzi, yoq’ bosishi sabab bo`ladi. 
O`zbekistonda AB oshishi barcha aholining 13-15% da, 40-59 yoshdagilarda esa 26,6% hollarda 
qayd etilgan. 20-60 yoshdagi shahar aholisining 11,3% erkaklarida va 16,6% ayollarida QB 
ko`tarilishi aniqlangan. Qishloq joylarida bu ko`rsatkichlar tegishlicha 12,6% va 14,7% ni tashkil 
etadi.
Etiologiyasiga ko`ra AG barcha holatlari 2 guruxga bo`linadi:Birlamchi (essentsial yoki 
idiopatik) AG ( gipertoniya kasalligi- GK).Ikkilamchi (simptomatik) AG.
Simptomatik (ikkilamchi) AG mustaqil kasallik xisoblanmaydi. U boshqa kasalliklar, masalan, 
buyrak (pielonefrit, glomerulonefrit va x.o.), endokrin tizimi (gipertireoz, fioxromatsitoma va 
x.o.), markaziy asab tizimi (jaroxatdan so`nggi entsefalopatiyalar va x.o.), qon-tomir tizimi 
(aorta koarktatsiyasi, ateroskleroz va x.o.) kasalliklarining asosiy belgilaridan biri sifatida 
qaraladi. 
AG rivojlanishiga olib keluvchi biror a`zo yoki endokrin tizimi xastaliklari bilan qon bosim 
ko`tarilishi orasida bog’liqlik aniqlanmagan xollarda kasallik essentsial (birlamchi) AG 
(gipertoniya kasalligi) hisoblanadi. Essentsial AG (GK) yurak qon –tomir tizimini yoshga 
bog’liq holda tomirlarda kuzatiladigan o`zgarishlar, avj olib boruvchi asoratlar hisobiga 
kuzatiladigan gemodinamik siljishlarga moslashish xususiyatini buzilishi natijasida yuzaga 
keladigan kasallik.
QB ko`tarilishi simptomatik AG da ko`pgina kasalliklarning asosiy simptomilaridan biri bo`lsa, 
GK da aksariyat hollarda kasallikning yagona klinik belgisi sifatida namoyon bo`ladi. GK 
tashxisi aynan shu bemorda uchrashi mumkin bo`lgan barcha simptomatik AG lar inkor 
etilgandan keyin qo`yiladi. QB surunkali ko`tarilishi bilan kechadigan kasalliklarning 90 – 95% 
ni essentsial AG tashkil etadi. 
Etiologiyasi.


Aslida essentsial AG (GK) etiologiyasi noma`lum bo`lsada, ayni vaqtda uni rivojlanishiga olib 
keluvchi ba`zi xavfli omillar, hamda shakillanishini taminlovchi patogenetik mexanizmlar 
to`g’risida etarlicha ma`lumotlar mavjud. Ulardan quyidagilar GK rivojlanishida muxim 
ahamiyatga ega: 
Nasliy moyillik.Jismoniy faollikning chegaralanishi (gipodinamiya).Semizlik.Ovqatlanish 
xususiyatlari (osh tuzini, xayvon yog’lariga va uglevodlarga boy maxsulotlarni ko`p miqdorda 
iste`mol qilinishi).Kal’tsiy va magniy etishmovchiligi.Ko`p miqdorda alkogol’ iste`mol 
qilish.Giperlipidemiya.Kashandalik.Shaxsiy xususiyatlar (yoshi, jinsi, xarakteri va x.o.).
Nasliy moyillik yuqorida sanab o`tilgan xavf omillari orasida eng muximlaridan biri xisoblanadi. 
Chunonchi, ota-onalaridan birida GK mavjud bo`lsa, ushbu xastalikning bolada paydo bo`lish 
ehtimoli 25%, ikkalasi ham kasal bo`lgan 
xolda esa
, bu ko`rsatgich 50% gacha etadi. Ushbu 
xolatda nafaqat ota- onasida yoki yaqin qarindoshlarida GK mavjudligi, balki kasallik xususiyati, 
og’irlik darajasi, AB ko`tarilganligi aniqlangan vaqtdagi bemor yoshi, hamda avlodida ushbu 
kasallik asoratlari mavjudligi ahamiyatga ega. Ayni vaqtda ushbu gurux bemorlarda kasallik 
faqat ma`lum bir xavf omillar ta`sirida zamonaviy inson hayot tarzini o`zgartirganda rivojlanadi. 
Jismoniy faollikning chegaralanishi (gipodinamiya) zamonaviy hayot tarzining muxim xsusiyati 
bo`lib, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning aksariyat aholisi yaxshi jismoniy tayyorgarlikka 
ega bo`lmaganligi sababli nafaqat mushak tizimi, balki qon aylanish va nafas olish tizimlarining 
moslashish xususiyati keskin pasayishi xos. Ushbu xolatda har kunlik hayotiy vaziyatlar (bir oz 
jismoniy va psixoemotsional zo`riqish, x.o.) tizim va a`zolarda xujayra darajasida kechadigan 
jarayonlarni, ya`ni taxikardiya, AQB ni ko`tarilishi kabi chuqur o`zgarshlarni yuzaga keltiradi. 
Bunday dezadaptatsiya (moslasholmaslik) GK shakillanishining boshlang’ich sababi bo`lishi 
mumkin.
Semizlik, AG rivojlanish xavfini sezilarli darajada (2 – 6 marta) oshiradi (JSSU, 1996). Semizlik 
mavjud bo`lgan aholi orasida metabolik sindrom ko`p uchrashishi tana vazni og’irligi bilan AB 
ko`rsatgichi orasida to`g’ridan – to`g’ri bog’liqlik mavjudligidan dalolat beradi. Ushbu sindrom 
asosida endotelial faoliyatni buzilishi yotgan bo`lib, tomir tonusini maxalliy muvozanat qiluvchi 
mexanizmi pressor stimulyatorlar (qo`zg’atuvchilar) dan ustunlik qila boshlaydi va bu AB ni 
keskin ko`tarilishiga olib keladi. Bundan tashqari ortiqcha tana vazniga ega bo`lgan bemorlarda 
kuzatiladigan giperlipidemiya arteriyalarni erta aterosklerotik shikastlanishiga olib keladi va qon 
tomir devorlari regidligini oshirib tashqi fiziologik ta`sirlarga javoban (vazokonstriktsiya) qon 
tomirlarni toraytiradi.
Osh tuzi (NaCI) ko`p miqdorda iste`mol qilinishi ba`zan xal etuvchi ahamiyatga ega bo`ladi 
(masalan, AG “tuzli” shaklida). Katta yoshdagi sog’lom odam uchun osh tuziga bo`lgan kunlik 
talab 3,5-4,0 g (yoki taxminan 60-70 mekv natriy) ni tashkil qilishi ma`lum. Lekin xozirgi vaqtda 
AG bilan og’rish extimoli yuqori bo`lgan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda osh tuzi kuniga 6-
18 g gacha qabul qilinadi. Ayni vaqtda ayrim xalqlar va qabilalar (yangi Gvineya va Polineziya 
orollaridagi aborigenlar, Alyakadagi eskimoslar, Vnesueladagi indeytslar va x.o.) kuniga qabul 
qiladigan osh tuzi miqdori 4 g dan oshmaydi va ularda juda kamdan kam xollarda AB ni 
ko`tarilishi kuzatiladi.
Oziq- ovqat bilan organizmga tushgan natriy (litiy ham) osmotik bosimni, xujayradan tashqari 
suyuqlik miqdorini va aylanib yurgan qon xajmini oshiradi. Natijada yurak otib berayotgan qon 
hajmi ko`payadi va AB ni ko`tarilishiga olib keladi. Bundan tashqari xujayra ichida 
Na+ kontsentratsiyasini oshishi Na+- Sa2+ almashinuvi mexanizmiga ko`ra xujayra ichida 
Sa+ ionlari miqdorini ko`payishi bilan kechib qon tomir devoridagi silliq mushaklar tonusini 


kuchayishiga va natijada AQB ni ko`tarilishiga sabab bo`ladi. Bu organizmda K+ ionlari 
miqdorini kamaytiradi va Na+/K+ nisbat ko`rsatgichini ko`paytiradi. 
Kal’tsiy va magniy etishmovchiligi ham AG rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Tarkibida tuz 
miqdori kam bo`lgan “yumshoq” suv iste`mol qiladigan aholi orasida GK va YUIK bilan 
kasallanish yuqori bo`lib, ayni vaqtda yuqori minerallangan (“qattiq”) suvdan 
foydalanadiganlarda ushbu kasalliklar kam uchrashi aniqlangan.
Ko`p miqdorda alkogol’ iste`mol qiladigandarda birinchi navbatda aorta va sinokarotid soxa 
baroretseptorlari sezuvchanligi kamayadi va shu sababli AB ni markaziy nazorati buziladi. 
Giperlipidemiya katta qon aylanish doirasidagi qon tomirlarda tarkibiy –funktsional o`zgarishlar 
(ateroskleroz) rivojlanishini kuchaytirib AB ko`rsatgichini turg’un ko`tarilishiga olib keladi.
Kashandalik ham ma`lum bir darajada AQB ga ta`sir etadi. Avvalam bor endoteliy faoliyati 
buzilishi va qon tomirlarni toraytiruvchi omillarni (to`qimali AII, endotelin va x.o.) falollashishi 
hisobiga AB ko`tarilishiga sabab bo`ladi. Bemor yoshi GK ni boshqarib bo`lmaydigan asosiy 
xavf omillaridan biri xisoblanadi. Yosh o`tishi bilan qon bosimini bir me`yorda ushlab turuvchi 
aksariyat tizimlar faolligi sustlashadi. Bu o`zgarishlar yuqorida sanab o`tilgan ta`sir etuvchi xavf 
omillar mavjud bo`lganda yanada yaqqolroq namoyon bo`ladi.
Arterial bosim ko`tarilishining asosiy mexanizmlari. 
AB darajasi uchta gemodinamik ko`rsatkichlar asosida aniqlanadi:
Yuravkni otib berish xajmi (YuOBH –daqiqali hajm -DH) ko`rsatkichi, u o`z navbatida CHQ 
mushaklarini qisqaruvchanligiga, YuQS, yurakka keluvchi oldingi yuklama va boshqa qator 
omillarga bog’liq.Umumiy periferik tomir qarshiligi (UPTQ) ko`rsatkichi, u mushak turidagi 
tomirlar (arteriola) tonusi, tomir devoridagi tarkibiy o`zgarishlar darajasi, elastik turdagi 
arteriyalar (aorta, yirik va o`rta kattalikdagi arteriyalar) qattiqligi, qonni ivuvchanligi va boshqa 
ko`rsatkichlarga bog’liq.Aylanib yuruvchi qon xajmi (AYUQX).
Ushbu gemodinamik ko`rsatgichlar nisbati tizimli AQB darajasini taminlaydi. Sog’lom odamda 
YuOBH oshsa, asosan mushak turidagi arteriyalar tonusi kamayishi xisobiga UPTQ pasayadi. 
Aksincha, YuOBH pasayishi UPTQ ni bir muncha oshishi bilan birga kechaib, AB keskin tushib 
ketishini oldini oladi. Xuddi shunday natijani natriyurez va diurezni kamaytirib (organizmda 
natriy va suv tutib qolinishi), AYUQH ni ko`paytirish yo`li bilan erishish mumkin. 
Arterial gipertenziyaning gemodinamik oqibatlari va mo`ljal a`zolarni shikastlanishi
GK mo`ljal a`zolarda (yurak, bosh miya, buyrak, tomirlar (jumladan ko`ztubidagi va boshqa 
soxalardagi qon tomirlar)) tarkibiy va funktsional buzilishlar bilan namoyon bo`ladi. Ushbu 
a`zolar shikastlanishi asosida ularni qon bilan taminlovchi arterial qon tomirlardagi o`zgarishlar 
yotadi. Mo`ljal a`zolar shikastlanishining mavjud belgilari GK ni qiyosiy tashxislashda, davolash 
tamoillarini tanlashda va kasallik oqibatini bashorat qilishda muxim ahamiyatga ega.
Qon tomirlar. AG da arterial qon tomirlar kasallikning ilk bosqichlaridanoq tarkibiy va 
funktsional o`zgarishlarga uchraydi. Patologik o`zgarishlar 
barcha periferik
, bosh miya, koronar 
va vistseral qon tomirlarni qamrab oladi. GK da aksariyat hollarda quyidagi o`zgarishlar 
kuzatiladi:


Mushak turidagi arteriyalar devori gipertrofiyasi qon tomirlar tirqishini torayishiga, ular devori 
rigidligini va UPTQ ni oshishiga olib keladi. Kernogen indeksi, ya`ni qon tomir devori 
qalinligini uning diametriga nisbati oshishi kuzatiladi. Arteriyalar devoridagi silliq mushaklar 
gipertrofiyasi asosan to`qima RAT va endotelinlar ta`siri bilan bog’liq.2. Qon baland gidrostatik 
bosim ta`sirida (arterioskleroz) plazma oqsillarini tomirlar devoriga infil’tratsiyasi ko`rinishidagi 
(gialinoz) degenerativ o`zgarishlar.3. Endoteliy proliferatsiyasi, silliq mushak hujayralari 
gipertrofiyasi, qon tomir devoridagi degenerativ o`zgarishlar va mikrotrombozlar xisobiga 
faoliyat ko`rsatayotgan arteriolalar sonini kamayishi. Bu o`zgarishlar endoteliyga bog’liq yoki 
qonda aylanib yurgan birikmalar (AII, o`sish omili, katexolaminlar, insulin va boshqalar) 
ta`sirida yanada chuqurlashadi.4. Yirik arteriyalar aterosklerozi, aterosklerotik pilakchalari xosil 
bo`lishi, tomir tirqishini torayishi hisobiga regionar qon aylanishini buzilishi. Aterosklerotik 
pilakchalar soxasida devor oldi yoki tomir tirqishini bekituvchi tromblar xosi bo`lishi mumkin.
GK bilan og’rigan bemorlarda aterosklerozni mavjudligi essentsial AG ni boshqa turdagi qator 
simptomatik AG lar bilan qiyosiy tashxislashda asosiy belgilardan biri ekanligini takidlab o`tish 
lozim. Ko`pincha GK ni ateroskleroz bilan birga kelishi ularning umumiy patogenezga egaligi, 
jumladan juda ko`p miqdorda endoteliyga bog’liq pressor substantsiyalarni hosil bo`lishi 
xisobiga endoteliyni shikastlanishi va uni antitrombotik faoliyatini pasayishi bilan bog’liq.
Yurak
GK da yurakni shikastlanishi quyidagicha namoyon bo`ladi:
Chap qorincha miokardi gipertrofiyasi;CHQ ni sistolik va/yoki diastolik disfunktsiyasi mavjud 
bo`lganda yurak etishmovchiligi rivojlanishi (CHQ yoki biventrikulyar);toj tomirlar 
aterosklerozini (YuIK) klinik va asbobiy belgilari;to`satdan yurakdan o`lim xavfini o`ta 
yuqoriligi. 
Ayrim xollarda GK asosida rivojlangan ushbu o`zgarishlarni aks ettirishda “gipertonik yurak” 
termini qo`llaniladi.
CHQ miokardi gipertrofiyasi asosan so`ngi yuklamani ko`payishi xisobiga yuzaga kelib, uning 
devoridagi zo`riqishni oshishiga olib keladi. Gipertrofiya shakillanishida AT2 retseptorlari orqali 
kardiomiotsitlarga ta`sir etib ularni gipertrofiyaga olib keluvchi AII ishlab chiqarilishini oshishi 
bilan kechuvchi to`qima RAT ning fallashishi muxim ahamiyatga ega. 
GK ning erta bosqichlarida ko`pincha CHQ miokardini barcha sohalarini (orqa devor, 
qorinchalar aro to`siq, cho`qqi va boshqa) diffuz kontsentrik gipertrofiyasi kuzatiladi. Faqat 2/3 
bemorlarda gipertrofiya assimetrik xususiyatga ega bo`lishi mumkin. Bunda o`zgarish asosan 
qorinchalar aro to`siq, yoki CHQ ni orqa devorida kuzatiladi.
Buyrak
Buyrak faoliyati va tarkibini buzilishi GK ning patogenezida muxim axamiyatga ega. 
Kasallikning erta bosqichlaridayoq ko`pincha AB ni turg’un yuqori ko`rsatgichlarga 
ko`tarilishiga olib keluvchi buyrak- buyrak usti beziga bog’liq bo`lgan RAAT faollashishi va 
buyrakdagi depressor tizim sustlashishi kuzatiladi. Kasallikning kechki bosqichlarida esa 
buyrakdagi mayda va o`rta kalibrdagi arteriyalarida yuqorida aytib o`tilgan o`zgarishlar 
rivojlanadi. Koptokchalardagi olib keluvchi va ketuvchi arteriolalar devori qalinlashadi va 
tirqishi torayadi, ularda degenerativ o`zgarishlar hamda mikrotrombozlar yuzaga keladi. Natijada 
bir qism nefronlar faoliyat ko`rsatishdan to`xtaydi. Bo`shab qolgan va atrofiyaga uchragan 
nefronlarning o`rnini biriktiruvchi to`qima egallaydi. Nefroskleroz- birlamchi bujmaygan 


buyrak rivojlanadi. Buyrak faoliyati sustlashib borib surunkali buyrak etishmovchiligiga olib 
keladi. 
Bosh miya
Bosh miya
Yuqorida qayd etilgan mayda va o`rta kalibrdagi arteriyalarida o`zgarishlar xisobiga bosh miya 
shikastlanishi GK uchun xos bo`lgan asorat xisoblanadi. Tomir devorining mushak qavvati 
gipertrofiyasi, intimasini qalinlashishi va fibrozlanishi, endoteliysini shikastlanishi, arteriyalar 
regidligini oshishi va kengayish xususiyatini yo`qolishi kuzatiladi. Bu o`zgarishlar nisbatan yirik 
intra- va ekstratserebral arteriyalarni aterosklerotik shikastlanishi hisobiga yanada chuqurlashadi. 
Natijada quyidagi o`zgarishlar rivojlanadi: 
Gipertronik distsirkulyator entsifalopatiya;ishemik insul’t rivojlanishi bilan kechuvchi tserebral 
arteriyalar trombozlari; bosh miya to`qimasiga va qobiqlariga qon quyilishiga olib keluvchi 
arterial qon tomirlar yorilishi (gemorragik insul’t).
Shunday qilib GK uchta asosiy ko`rsatgichlarni baholash tafsiflanadi:AQB xususiyati va 
ko`tarilish darajasi;mo`ljal a`zolar shikastlanishi;AG ning yomon oqibatlarga olib keluvchi xavf 
omillarini mavjudligi. 
19.Qon tuflash bilan bemorlarni davolash. 
Shifoxonagacha bo‘lgan yordam bosqichida ko‘pgina bemorlar qon
tuflashdan shikoyat qilishadi, vaholanki, o‘pkadan qon ketishi hamma vaqt
ham bu narsaning tashxisi bo‘lavermaydi.
Bemor tupugiga (balg‘amda) qon aralashgan bo‘lsa, buni yuqori nafas
yo‘llaridan (eng oldin burundan) yoki oshqozon ichak yo‘llaridan
(oshqozondan qon ketishi) ketayotgan «qon tuflash»dan farqlash kerak.
Haqiqiy qon tuflash ko‘pincha qonning diapedez sizib chiqishi, kichik qon
aylanish doirasida gipertenziya (yurak poroklari, birlamchi o‘pka
gipertenziyasi) bo‘lganda, o‘pka silida, o‘pka o‘smasida va pnev-
mosklerozda kuzatiladi.
Arzimas qon tuflash keyinchalik odam hayotiga xavf soluvchi
o‘pkadan birdaniga ko‘p miqdorda qon ketishiga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun bunday holatda bemorni davolash va kuzatish talab
qilinadi. O‘pkadan qon ketishida qisqa vaqt ichida ko‘p miqdorda (10 
ml 
dan ko‘p) yo‘tal turtkilari ta’sirida och ko‘piksimon ajralmaning og‘iz
orqali chiqishi xosdir.
O‘pkadan qon ketishini oshqozondan va burun-tomoqdan qon keti-
shidan farqlash zarur. Burun-tomoqdan qon ketganda qon ko‘piksimon
aralashmasiz va to‘q rangda bo‘ladi, ko‘pincha, burunga tampon
tiqilganda u to‘xtaydi. Oshqozondan qon ketganda qon to‘q xira rangda
bo‘lib (gemoglobin bilan xlorid kislotasining o‘zaro ta’siri natijasida),
ovqat massasi bilan aralashgan bo‘ladi hamda qusish vaqtida ajraladi.
O‘pkadan qon ketishining asosiy sabablariga: o‘pka sili, bronxoektazkasalligi, o‘pka gangrenasi va 
abssessi, o‘pka o‘smasi, pnevmoskleroz,
ba’zan yurak kasalliklari (mitral va aortal poroklar) va aorta anev-


rizmasining yorilishi kiradi.
Shifoxonagacha bo‘lgan yordam bosqichida o‘pkadan qon ketishini
aniqlash ancha qiyin.
Shifoxonaga yotqizishda bemorga o‘pka sili tashxisini o‘z vaqtida
qo‘yish katta ahamiyatga egadir. O‘pka sili tashxisi shifoxonagacha
bo‘lgan yordam bosqichida bemorning kasallik tarixi (sil kasali bor
bemorlar bilan kontakt), yo‘tal borligi, nafas qisishi, harorat ko‘tarilishi
(subfebril), terlash, ishtaha pasayishi, ozish va boshqalarga asoslanadi.

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish