Bir yil tut ekkan
kishi yuz yil gavhar teradi;
olmosh:
Qaysi
gulni yoqtirasiz?;
ot:
Kumush
qishdan,
zumrad
bahordan, Qolishmaydi kuzning ziynati.
ravish:
Ko‘p
odamlar bundan bexabar edi;
taqlid:
Qir tomondan
g‘ir-g‘ir
shabada esib turibdi.
Predmetning kim, nima yoki qayerga mansubligi, qarashliligini bildirib,
o‘zidan keyingi bo‘lakka moslashuv yo‘li bilan tobelangan aniqlovchilarga
qaratqich aniqlovchi
deyiladi. Qaratqich aniqlovchi ot, olmosh, harakat nomi va
otlashgan so‘zlar bilan ifodalanib, kimning, nimaning, qayerning kabi
so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi.
Oyimlarning
aytishicha, keyinchalik dadamlar
ham bu qilmishidan pushaymon bo‘lganlar
. (O.Yoqubov)
U hozir
hammaning
kallasini g’ovlatgan shum xabarni hech o’ylamayapti...
(A.Muxtor)
Do'stlaringiz bilan baham: |