1.Gapning qanday bo‘lagi hol deyiladi?
2.Hol, ko‘pincha, qaysi bo‘lak bilan munosabatga kirishadi? Misol keltiring.
3.Hol qaysi turkum so‘zlari bilan ifodalanishi mumkin?
4.Hol tuzilishiga ko‘ra necha xil bo‘ladi?
5.Qanday hol murakkab hol hisoblanadi?
Uyga vazifa 51.4-topshiriq. “Tarix” darsligidan hol ishtirok etgan 3 ta gap yozing. Ularning
tuzilishiga ko‘ra turini, qaysi turkum so‘zlari bilan ifodalanganligini aniqlang.
51.5-topshiriq. Navozish, nazarkarda, nabi, nabotot, navozanda so‘zlarining ma’nolarini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va qo‘llash uchun eslab qoling: 1)
xudoning xabarini yetkazuvchi; 2) o‘simliklar dunyosi; 3) kuy ijro etuvchi;