1. Reproduktiv salomatlik haqida tushuncha bering. Reproduktiv salomatlik


  Chin chechakning kechish formalari qanday?



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/205
Sana02.08.2021
Hajmi0,97 Mb.
#136198
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   205
Bog'liq
Final tibbbiy

26.  Chin chechakning kechish formalari qanday?  

Qora  chechak  (Chin  chechak).  Qora  chechak  -  terida  o‘zidan  keyin  chuqurcha  izlarini  qoldiradigan  toshmalarning  paydo  bo‘lishi,  o‘gir 

umumiy intoksikatsiya bilan kechadigan o‘ta xavfli yuqumli kasallikdir. Sababi. Kasallikni chechak virusi qo‘zq’otadi. Infeksiya bemordan 

sog‘ odamga nafas yo‘llari, kiyim – kechak, idish – tovoq va boshqa buyumlar orqali yuqadi. Belgilari: Qora chechakning uch turi mavjud: 

1.Qora  chechakning  yengil  turi.  2.Qora  chechakning  odatdagi  chin  chechak  turi.  3.Qora  chechakning  og‘ir  gemorragik  turi.  Qora 

chechakning  yengil  turi  -  to‘movlashga  o‘xshash  belgilar  bilan  kechadi.  Terida  toshmalar  kam  bo‘ladi,  umumiy  intoksikatsiya  deyarli 

sezilmaydi. Qora chechakning odatdagi chin chechak va tutashgan chechak turida - kasallik to‘satdan varaja qilish, tana haroratining 39-40 

daragacha ko‘tarilishi, bosh og‘rishi, bel va dumg‘aza soha- sida og‘riq bilan boshlanadi. Terida qizg‘ish yoki to‘q qizil tosh-malar paydo 

bo‘ladi. Yelkaning ichki yuzasi, ko‘krak, qorinning pastki sohasi, sonning ichki yuzasi terisiga toshmalar toshadi. Ular 2-3 kundan keyin iz 

qoldirmay yo‘qoladi, tana harorati normaga tushadi. Bemorning ahvoli yaxshi bo‘la boshlaydi. Lekin shundan keyin terining hamma joyiga, 

tomoq  shilliq  pardasiga  chin  chechak  toshmasi  toshadi.  Avvaliga,  toshma  och  pushti  rangdagi  qattiq  dog‘lar  sifatida  bo‘ladi,  bu 

toshmalarning ichida pufakcha hosil bo‘ladi. Pufakcha ichidagi tiniq suyuqlik asta-sekin xiralashadi va yiringga aylanadi, bu jarayon tana 

haroratining ko‘tarilishi va varaja bilan kechadi. Davolash natijasida bemorning umumiy ahvoli yaxshilanishi bilan birga pufakchalar quriydi, 

hosil bo‘lgan qazg‘oq tushadi, ular terida chuqurcha izlar qoladi. Yuz terisidagi toshmalar izi cho‘tirlikni yuzaga keltiradi. Qora chechakning 

gemmorganik turi - juda og‘ir kechadi, toshmalar ko‘p toshadi, bemor hayoti uchun xavfli bo‘ladi. Davolash natijasida hayoti saqlanib qolgan 

bemor  terisida  chuqur  izlar  qoladi.  Tibbiy  yordam:  Qora  chechakka  shubha  qilingan  bemor  zudlik  bilan  tez  yordam  chaqirilib  yu qumli 

kasalliklar  shifoxonasiga  yuborilishi  kerak.  Bemorni  davolovchi  va  parvarish  qiluvchi  tibbiyot  xodimlari  maxsus  kiyimlarda  ishlashlari 

lozim. Toshmalarga 5% li margansovka eritmasi surtiladi, kuniga 2-3 marta. Toshmalar qurishi davrida qichish zo‘rayadi, uni kamay- tirish 

uchun toshmalarga 1 % mentol mazi surtiladi. Bemor xonasi-da har kuni joriy dizenfeksiya o‘tkaziladi. Oldini olish. Ko‘p yillar davomida 

barcha  mamlakatlarda  aholini  qora  chechakka  qarshi  emlash  (vaksinatsiya  va  revaksina-tsiya)  o‘tkazish  natijasida  keyingi  bir  necha  yil 

davomida bu kasallik butunlay tugatildi. Shu bois qora chechakka qarshi emlash to‘xtatilgan. 


Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish