Kredit tamoyillari va turlari.
Kreditning tarixiy rivojlanish jarayonidagi shakllari bu tovar (tijorat) va pul kreditlaridir. Tovar krediti – bu korxonalar, tadbirkorlar va boshqa xo‘jalik subektlarining bir-biriga tovar shaklida beradigan kreditdir. Bunda tovar qarzga beriladi. Ko‘pincha bunday kredit veksel (qarz majburiyatnomasi) bilan hujjatlashtiriladi. Kreditning mazkur shakli cheklangan tarzda qo‘llaniladi. Uni keng qo‘llanishga quyidagilar to‘sqinlik qiladi: a) qarz beruvchining rezerv mablag‘i, zahira fondi cheklanganligi; b) tovar shaklidagi kreditni ishlatishning cheklanganligi. Masalan, korxona to‘ldiruvchi material yoki xom-ashyo qarz olgan bo‘lsa, uni faqat ishlab chiqarish jarayonida ishlatishi mumkin, undan ish xaqi
tarzida foydalana olmaydi;
Pul krediti nafaqat tovar muomalasiga balki kapital jamg‘arilishga ham xizmat qiladi. Pul shaklidagi kredit bitimlar hajmi, muddati, yo‘nalishi bo‘yicha cheklanmaganligi jihatidan tijorat kreditidan farq qilishi, uni kreditning asosiy va ustun shakliga aylantiradi.
Kredit turlarini ajratishga har xil mezonlar asos qilib olinadi.
Qarz beruvchi va oluvchining asosiy toifalariga ko‘ra: xo‘jaliklararo, aholi va davlat kreditlari farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |