1. Psixologiya fanining tarmoqlarini ta’riflang ? Umumiy psixologiya fanining metodlarini belgilang


Kompyuterlashtirish psixologiyasi



Download 68,97 Kb.
bet17/24
Sana30.12.2021
Hajmi68,97 Kb.
#94774
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
2-nazorat javoblari

Kompyuterlashtirish psixologiyasi - kompyuterning ishlab chiqarishdagi roli, psixik aks ettirishga ta’siri, shaxs tuzilishining o’zgarishini o’rganuvchi psixologiya sohasi. Mazkur soha kompyuter va inson o’rtasidagi dialogik munosabatni ham tadqiqot qiladi, natijada «texnika-inson-texnika» o’zaro ta’siri mexanizmini tekshiradi va zarur jabhalar o’zaro ta’sirini aniqlaydi.

Parapsixologiya - hozirgi zamon fanining chegarasidan tashqaridagi, tushuntirish qiyin bo’lgan psixik hodisalarni o’rganadi. Ekstrasensorika - o’ta sezuvchanlik, telepatiya - fikrni masofaga uzatish, kelajakni bashorat qilish va hokazo. Parapsixologiyaga nisbatan qiziqish qadimdan mavjud bo’lib, unga nisbatan ixlos to hozirgi kungacha kamaygani yo’q, goho uni psixotronika deb ham atashadi. Xiromantiya-qo’l kaftiga qarab fol ochish, inson kelajagi va uning taqdiri haqida oldindan bashorat qilishdan iborat noilmiy soha. Spiritizm-o’lgan odamlar arvohlari, ruhlari bilan aloqa o’rnatish mumkin, ular hamisha barhayot va biz bilan muloqotga muhtoj g’oyani ilgari suruvchi parapsixologiya sohasi.

2. Har bir psixolog va pedagog kishilar psixikasini o’rganish va tekshirish uchun eng oddiy metod va usullarni bilishi kerak.

Odamning tevarak-atrofdagi voqelikni bilishi kuzatishdan, tajribadan boshlanadi. Shu sababli, ilmiy psixologiya ham o’z mavzuini o’rganishni tajribadan, psixik hayot faktlarini aniqlash, tasvir etish va tahlil qilishdan boshlaydi. So’ngra, aniqlangan va tahlil qilingan faktlar asosida, psixik hayot qonuniyatlarini ochib, tegishli nazariy va amaliy xulosalar chiqaradi.



Kuzatish metodi

Kuzatishning asosiy xususiyati shundaki, bu metod yordami bilan psixik hayotni sezgi organlarimiz bevosita seza oladigan, o’zimiz bevosita idrok qila oladigan faktlari aniqlanadi va tasvirlanadi. Kishining psixik hayotida: mimika, imo-ishora, nutq, turli harakatlar va umuman kishining bu­tun xatti-harakati va faoliyatini bevosita kuzatish mumkin. Kuzatish metodining obe’ktiv (tashqi), sub’ektiv (o’z-o’zini) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:



  1. kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi;

  2. kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi;

  3. sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi;

  4. tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi;

  5. kuzatish qancha davom etishi qat’iylashtiriladi;

  6. kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o’yin, o’qish, mehnat va sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi;

  7. kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o’tkazilishi) tayinlanadi;

  8. kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafon, videoapparat, fotoapparat va boshqalar) taxt qilinadi.

Tashqi kuzatish

Psixik hayot hodisalarini o’rganishda avvalo tashqi kuzatish metodi tatbiq etiladi. Psixik jarayonlar bilan bevosita bog’langan ba’zi bir fiziologik hodisa­lar: yuzning o’zgarishi, nafas olish, qon aylanish va shu kabilarning o’zgarishi ham tashqaridan kuzatilsa bo’ladi. Kuzatish ma’lumotlarini so’zlar bilan tasvir etish bilan kifoyalanib qolmay, balki ko’rsatma vositalari, suratga olish, kinoga olish, tovushni yozib olish va shu kabi yo’llar bilan ham qayd qilish mumkin.

Masalan, bolalar nutqini o’sib borishini kuzatish yo’li bilan tekshira olamiz. Bunda bolaning so’z boyligi qanday qilib sekin-asta orta borishi­ni, nutqning fonetik tomonini, grammatik tuzilishini shu bola qanday bilib olayotganini qayd qilsa bo’ladi.


Download 68,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish