MAVZU:OLMOSH,FE’L SO’Z TURKUMLARINI O’RGANISH DARS REJASINI TUZISH
R e j a:
1. Olmosh va uning vazifalari.
2. Olmoshlarning ma'no turlari.
3. Fe’l so’z turkumi
Barcha mustaqil so'z turkumlari va hatto yordamchi so'zlar hamda gap o'rnida almashinib kelgan so'zlarga olmosh deyiladi.
Olmosh — ot, sifat, son oʻrnida qoʻllanuvchi mustaqil soʻz turkumi. Olmoshlarning asosiy maʼnosi va qaysi soʻz turkumi oʻrnida qoʻllanishi matnda oydinlashadi. Olmoshlarning maʼnosi noaniq va umumiy boʻladi. Maʼno va grammatik xususiyatlariga koʻra, Olmosh umumlashgan predmet (Olmosh - ot: men, sen, u, kim, nima, hech kim, hech nima), umumlashgan belgi (Olmosh - sifat: bu, shu, oʻsha, qaysi, allaqanday, hech qanday), umumlashgan miqdor (Olmosh - son: qancha, necha, shuncha, oʻshancha) bildi-ruvchi Olmoshlarga boʻlinadi. Olmoshlar noaniqligi, soʻz yasalishining yoʻqligi bilan boshqa soʻz turkumlaridan farqlanadi. Olmoshlar maʼno va grammatik xususiyatlariga koʻra, quyidagi turlarga boʻlinadi: kishilik Olmoshlari — men, sen, u, biz, ular boʻlib, shaxslar oʻrnida ishlatiladi, oʻzlik Olmosh — oʻz soʻzidan iborat boʻlib, predmet maʼnosini kuchaytirib, taʼkidlab koʻrsatadi; koʻrsatish Olmosh — bu, shu, oʻsha, u, ana, mana kabilar predmet va uning belgilarini koʻrsatadi; soʻroq Olmosh — kim? nima? qancha? qanday kabilar predmet, belgi va miqdor haqida soʻroqni bil-diradi; belgilash-jamlash Olmosh — hamma, bari, baʼzan, har nima, har qanday kabilar predmet va uning belgisini umumlashtirib, jamlab koʻrsatadi; boʻlishsizlik Olmosh — hech kim, hech qanday, hech qanaqa, hech qaysi kabilar inkor maʼnosini bildiradi.Olmoshlar ot, sifat, son, ravish, fe'l o'rnida va ba'zan yordamchi so'z, gap o'rnida almashinib keladi. Masalan, Gul ochildi. Uning ochilishi kishilarga rohat hag'ishladi. Gullarning ko'pi pushti rangda. Ana shu rang menga juda yoqadi. Karim gullarni uza boshladi. Bu esa bog'bonning jahlini chiqardi. Va bog'lovchisi o'zaro teng ma'noli gaplarni boglaydi. Bu teng bog'lovchilar sirasiga kiradi. Bu gaplarning birinchisida gul (ot) o'rnida u, ikkinchisida pushti (sifat) o'rnida ana shu, uchinchi gapda uza boshladi (fe'l) o'rnida bu so'zlari, to'rtinchi gapda va bog'lovchi o'rnida bu olmoshi almashinib kelyapti.
Olmoshlar bevosita atash ma'nosiga ega bo'lmaganligi uchun «ichi bo'sh so'zlar» deb ham yuritiladi.Olmoshlar qanday so'zlaming o'rnida ahnasbinib kelishi va qanday ma'noni ifodalashiga ko'ra bir necha ma'no turlariga bo'linadi. Buni quyidagi jadvalda ko'ring:
Shaxs ma'nosini bildiruvchi otlar o'rnida almashinib keladi va ularga ishora qiladi. Shaxs ma'nosini bildiruvchi so'zlar o'rnida qo'llanib, unga ishora qiluvchi olmoshlarga kishilik olmoshlari deyiladi.Mustaqil so'zlar yoki gaplar o'rnida kelib, ularni ko'rsatib keladi. Mustaqil so'zlar orqali ifodalangan shaxs, prodmet belgi, harakatlarni ko'rsatib kelgan olmoshlarga ko'rsatish olmoshlari deyiladi.
So'roq olmoshlari
So'zlovchiga noma'lum bo'lgan shaxs narsa, belgi-xususiyatlarni so'rash ma'nosini bildiradi. Shaxs, narsa, belgi-xususiyat, harakat- holatlarni so'rash uchun ishlatila- digan olmoshlarga so'roq olmoshlari deyiladi.
kim? nima? qachon? qaysi? qancha? necha? nimaga? qani? nima qildi? nima bo'ldi?
Birgalik - ajratish olmoshlari
Shaxs, narsa, belgi-xususiyat bildiruvchi mustaqil so'zlar o'rnida almashinib, ularning ma'nosini umumlashtirib, jamlab keladi. Musiaqil so'zlar o'rnida kelib, uning ma'nosini jamlab, umumlashtirib keluvchi olmoshlarga birgarlik olmoshlari deyiladi.
1) jamlik olmoshlari: hamma, barcha, bari
2) ajratish olmoshlari: har kim, har nima, har qancha, har qanday, har qaysi, har bir, har narsa
Bo'lishsizlik olmoshlari
Shaxs-narsa, belgi-xususiyat bildiruvchi mustaqil so'zlar o'rnida kelib, uning inkorini bildiradi. Mustaqil so'zlar o'rnida kelib, uning inkorini bildirgan olmoshlarga bo’lishsizlik olmoshlari deyiladi.
hech kim, hech nima, hech qancha, hech qanday, hech qanaqa, hech narsa, hech bir
O’zlik olmoshi
Uchala shaxsdagi kishilik olmoshlari o'rnida qo'llanib, ma'nosini ta'kidlab keladi. Kishilik olmoshlari o'rnida kelib, uning ma'nosini ta'kidlab ko'rsatuvchi olmoshga o'zlik olmoshi deyiladi.
Gumon olmoshlari
Shaxs-narsa, belgi-xususiyat bildiruvchi mustaqil so'zlar o'rnida kelib, uning ma'nosini taxminlab, gumonlab keluvchi olmoshlarga gumon olmoshari deyiladi.
allakim, allanarsa, allaqanday, allaqancha kabi
kimdir, nimadir, qaysidir
Savol va topshiriqlar
1. Olmosh deganda qanday so'z turkumini tushunasiz?
2. Ot, sifat, son, ravish, fe'llarning har biri o'rnida almashib kelgan olmoshlarga misollar keltiring.
3. Yordamchi so'zlar va gap o'rnida qo'llangan olmoshlarga misollar keltiring.
4. Olmoshlarning ma'no turlarini ayting.
FE'L VA UNING USLUBIY XUSUSIYATLARI
Dars maqsadi: fe'l haqida talabalarning o'rta umumiy ta'limdan olgan bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish, fe'llardan o'rinli foydalanish ko'nikmasini shakllantirish.
Reja:
1. Fe'l haqida ma'lumot.
2. Fe'llarning mazmuniy turlari.
3. Fe'llarning uslubiy xoslanishi.
Harakat-holat ma'nosini ifodalab, nima qildi (bo'ldi)?, nima qilyapti (bo'lyapti)?, nima qiladi (bo'ladi?) singari - so'roqlarga javob bo’luvchi so'z turkumiga fe'l deyiladi. Masalan: Talaba o'qidi (nima qildi?). Mashinalar guvullaydi (nima qiladi?) kabi.
Fe'l qanday harakat-holatni ifodalashiga ko'ra bir qancha turlarga
bo'linadi.
1. Yumush fe'llari: ishladi, mehnat qildi, ter to'kdi va boshqalar.
2. Tafakkur fellari: o'ylaydi, o'qidi, kashf qildi kabi.
3. Sezgi fe'llari: sezdi, his qildi.
4. Ruhiy holat fe'llari: kuldi, xursand bo'ldi, qayg'urdi, iztirob chekdi.
5. Nutq fe'llari: gapirdi, so'zladi, bayon qildi, ifoda qildi, ming'irladi, do'ng'illadi.
6. Ishora fe'llari: imo qildi, labini burdi, ko'zini qisdi va boshqalar.
7. Jismoniy holat fe'llari: og'ridi, isitma chiqdi, xastalandi, sog'aydi, kuchaydi, charchadi kabi.
8. Tabiiy holat fe'llari: eridi, muzladi, yetdi, uxladi va boshqalar.
9. Ko'rish fe'llari: qaradi, ko'rdi, boqdi, termuldi.
Yuqoridagi fe'l turlarining har qaysisi bir necha fe'llarni o'z ichiga oladi. Bu fe'llar harakat-holat ma'nosini qanday ifodalashi bilan bir-biridan farq qiladi. Quyidagi farqlanishlarni kuzatish mumkin:
1. Harakat-holatning kuchli-kuchsizligiga ko'ra farqlanishi: jilmaymoq — kulimsiramoq — kulmoq.
2. Ijobiy va salbiy bahoga ega bo'lishligiga ko'ra: kulmoq — tirjaymoq; so'zlamoq — to'ng'illamoq, ming'irlamoq.
3. Uslubiy xoslanishiga ko'ra: kulmoq (umumiste'moldagi so'z) — tabassum qilmoq (badiiy uslubga xos), so'zlamoq (umumiste'moldagi so'z) — nutq ijod etmoq (badiiy uslubiga xos) kabi.
Yuqoridagi fe'llarning har qaysisini o'z o'rnida ishlatish nutqning ravonligi aniqligi va ifodaliligini ta'minlaydi.
Savol va topshiriqlar
1. Fe’l deb qanday so'z turkumiga aytiladi?
2. Fe'llarning qanday ma'no turlarini bilasiz?
3 Bir ma'no guruhiga mansub fe'llar qanday belgilarga ko'ra farqlanadi?
Boshlang‘ich sinflarda so‘z turkumlarini o‘rganishdagi asosiy vazifa o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, lug‘atini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish, o‘quvchilarning shu vaqtgacha foydalanib kelgan so‘zlarining ma’nosini aniq tushunishiga erishish, bog‘lanishli nutqda so‘zlardan to‘g‘ri foydalanish malakasini o‘stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida ma’nodosh, turli ma’noni bildirgan so‘zlar ustida muntazam ishlab boriladi. O‘quvchilar ko‘p ma’noli so‘zlar, ularning o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta’limni o‘quvchilarning shaxsiy tajribalari, bevosita ko‘rganlari, eshitganlari, kitobdan o‘qiganlari bilan bog‘lash muhim ahamiyatga ega. Kichik yoshdagi bolalarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko‘nikmalarini shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir qatorda, ularning nutqini o‘stirish vazifasi ham amalga oshiriladi. Boshlang‘ich sinflarda ona tili fanida o‘quvchilarni og‘zaki va yozma nutqini har jihatdan shakllantirish ta`lim sohasidagi barcha pedagogik fanlar bilan bog‘langan holda amalga oshiriladi va ana shu fanlarni to‘liq o‘rganishga tayyorlaydi. Bu jarayonda o‘quvchilarga ta`lim-tarbiya berish bilan birga barkamol shaxsni shakllantirishga zamin hozirlanadi. Barkamol shaxsni shakllantirishda albatta, o‘quvchilarni tanqidiy fikrlashga o‘rgatish katta samara beradi. Feʼl — harakat bildiruvchi soʻzlar turkumi va shu turkumga oid har bir soʻz. Grammatikada "harakat" soʻzi keng tushunchali boʻlib, nafaqat harakatni, balki holat yoki hodisani ham bildiradi, mas: yugurmoq, sakramoq, yigʻlamoq, uxlamoq, oʻylamoq, sevmoq, tinchimoq, qurimoq, koʻpaymoq va boshqa
F.lar lugʻaviy maʼnoga ega yoki ega emasligiga koʻra 2 turga boʻlinadi: mustaqil F.lar, yordamchi F.lar. Mustaqil F.lar, xuddi boshqa mustaqil soʻz turkumlariga oid soʻzlar kabi, lugʻaviy maʼnoga ega boʻladi, gapning mustaqil boʻlagi vazifasida kela oladi va h.k. (qarang Soʻz turkumlari). Yordamchi F.lar lugʻaviy maʼnoga ega boʻlmaydi. Ular turli yordamchi vazifalarda kelib, turli qoʻshimcha maʼnolar ifodalash uchun xizmat qiladi. Yordamchi F.lar oʻz vazifasiga koʻra 3 asosiy turga boʻlinadi: 1) feʼl yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi F.lar: qil, et, ayla, boʻl (qabul qilmoq, taklif etmoq, tamom boʻlmoq kabi); 2) F.ning analitik shaklini yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi F.lar (bular, odatda, "koʻmakchi F.lar" deb yuritiladi). F.ning bunday shakllari turli grammatik, modal va boshqa maʼnolarni ifodalaydi: oʻqib boʻldi, koʻrib qoldi, qoʻrqib ketdi va boshqa; 3) bogʻlama vazifasini bajaruvchi yordamchi F.lar. Mac, qil, boʻl: sportchi boʻlmoq, oʻqituvchi boʻlmoq.
Hozirgi oʻzbek tilida yordamchi F.lardan farklanuvchi "toʻliqsiz F." (lugʻaviy maʼnosini tamomila yoʻqotgan, hozirgi oʻzbek tilida maʼlum bir grammatik maʼno va vazifalarda qoʻllanuvchi F.)ning edi, ekan, emish, esa shakllari ham qoʻllanadi.
F. turkumi, boshqa soʻz turkumlari kabi, oʻziga xos soʻz yasalishi va shakl yasalishi tizimiga ega (qarang Soʻz yasalishi, Shakl yasalishi). Yasama F.lar la, lan, lash, lantir, lashtir affikslari hamda qil, et (ayla) yordamchi F.lari bilan hosil qilinadi: olqishlamoq, ruhlanmoq, birlashmoq, jabr qilmoq, ruxsat etmoq.
F.lar oʻziga xos murakkab grammatik kategoriyalar tizimiga ega. Xususiy maʼnolari bilan oʻzaro farklanuvchi, bir umumiy maʼnosiga koʻra birlashuvchi shakllar tizimi F.ning grammatik kategoriyalarini hosil qiladi. Oʻzbek tilida F.ning quyidagi grammatik kategoriyalari bor: nisbat kategoriyasi, boʻlishliboʻlishsizlik kategoriyasi, mayl kategoriyasi, zamon kategoriyasi, shaxsson kategoriyasi.
Nisbat kategoriyasi — harakatning subʼyekt va obʼyektga munosabatini koʻrsatuvchi grammatik kategoriya. Harakatning subʼyekt va obʼyektga munosabatini koʻrsatishiga koʻra nisbat kategoriyasining 5 turi farklanadi: bosh nisbat; oʻzlik nisbati; orttirma nisbat; majhul nisbat; birgalik nisbati. Har bir nisbat shakli maxsus qoʻshimcha yerdamida yasaladi. Faqat bosh nisbat maxsus yasovchi (koʻrsatkich)ga ega emas. Bosh nisbat harakatning ega bilan ifodalangan shaxs yoki predmet tomonidan bajarilishini bildiradi: oldi, keldi, soʻrayapti va boshqa Oʻzlik nisbati shakli (i)n, (i)l qoʻshimchalari yerdamida yasaladi va harakatning subʼyektning oʻziga obʼyekt sifatida karatilganligini yoki subʼyektning oʻzi doirasida yuzaga kelishini (bajarilishini) bildiradi: maqtanmoq, koʻrinmoq, tugʻilmoq va boshqa Orttirma nisbat shakli dir, ir, t affikslari yerdamida yasaladi va obʼyektsiz F.ni obʼyektiv F.ga aylantiradi, obʼyektli F.dan yasalganda esa unga yana obʼyekt qoʻshilganini bildiradi: keltir, kuldir, ichir, oʻqit va boshqa Majhul nisbat shakli (i)l, (i)n qoʻshimchalari bilan yasaladi va asosiy eʼtiborni harakatning bajaruvchisiga emas, balki obʼyekt bilan harakatning oʻziga qaratilishini bildiradi: keltirildi, tozalandi. Bu nisbat shakli obʼyektsiz (oʻtimsiz) F.lardan yasalganda, shaxssizlik maʼnosi ifodalanadi: (koʻprikdan) oʻtildi, (mehmonga) borildi va boshqa Birgalik nisbati sh affiksi yerdamida yasaladi va harakatning birdan ortiq shaxs tomonidan, birgalikda bajarilishini bildiradi: (yer) haydashdi, (meva) terishdi va boshqa Demak, nisbat shaklining oʻzgarishi bilan harakatning subʼyekt yoki obʼyektga munosabatida oʻzgarish boʻladi. Boʻlishli boʻlishsizlik kategoriyasi — harakatning tasdiq yoki inkori maʼnosini ifodalovchi shakllar tizimi. Bu kategoriyaning oʻzaro zidlik hosil qiluvchi 2 jihati bor: boʻlishlilik va boʻlishsizlik. Boʻlishli F.ning maxsus koʻrsatkichi yoʻq (nol koʻrsatkichli). Boʻlishsiz F. shakli esa ma affiksi yerdamida yasaladi: keldi (boʻlishli shakl) — kelmadi (boʻlishsiz shakl). Boʻlishsizlik (inkor) maʼnosi "yoʻq" soʻzi va "emas" toʻliqsiz F.i bilan ham ifodalanadi: borgani yoʻq, borgan emas.
Mayl kategoriyasi — harakatning voqelikka munosabatini soʻzlovchi nuqtai nazaridan belgilovchi grammatik kategoriya. Oʻzbek tilida maylning quyidagi turlari bor: 1) buyruqistak mayli: ayt, aytgin, ayting kabi; 2) shart mayli. Bu mayl shakli sa affiksi yerdamida yasaladi: borsam, borsang , kursa kabi; 3) shartli mayl — bajarilishi shart ergash gapdan anglashilgan harakatning bajarilishiga bogʻliq boʻlgan (shartlangan) harakatni bildiruvchi mayl. Bu mayl shakli (a)r edi, maye edi yerdamida yasaladi va bu shakldagi F. bosh gapning kesimi boʻlib keladi: Vaqting boʻlsa, kinoga borar edi k. Imkoning boʻlsa, bunday qiynalib yurmas eding; 4) maqsad mayli. Bu mayl shakli moqchi affiksi yerdamida yasaladi va harakatni bajarishbajarmaslik maqsadini bildiradi: soʻramoqchiman, oʻqimoqchiman, aytmoqchi emasman; 5) ijro mayli — harakatholatni uning bajarilishi (ijrosi) bilan kar uch zamondan birida ifodalaydigan mayl. Bu mayl turi zamon va shaxsson koʻrsatkichlari orqali shakllanadi: oʻqidim, oʻqiyapman, oʻqiyman; koʻrganman, koʻrgansan, koʻrgan.
Zamon kategoriyasi — harakatning nutq paytiga munosabatini bildiruvchi grammatik kategoriya. Harakatning nutq paytiga munosabatiga koʻra F.ning 3 zamon turi farqlanadi: oʻtgan zamon — keldi, oldim; hozirgi zamon • — kelyapman, kelyapti; kelasi zamon — kelaman, olasan va boshqa
Shaxsson kategoriyasi — harakatning 3 shaxs (soʻzlovchi, tinglovchi, oʻzga)dan biriga oidligi maʼnosini bildiruvchi grammatik turkum: keldi m (birinchi shaxs, birlik), keldik (birinchi shaxs, koʻplik), kelding (ikkinchi shaxs, birlik), keldingiz (ikkinchi shaxs koʻplik).
Oʻzbek tilida F.ni maʼlum bir vazifaga xoslovchi shakllar ham mavjud. Bular: sifatdosh (qarang), ravishdosh (qarang), harakat nomi (q) shakllaridir.
Bulardan tashqari F.ning turli modal maʼno, takror maʼnosi va boshqa maʼnolarni bildiruvchi shakllari ham bor. Ular maxsus qoʻshimchalar, koʻmakchi feʼllar yerdamida hosil qilinadi: keta qol, ketib qoddi, keta koʻrmoq, turtkilamoq, qoʻrqinqiramoq, kulimsiramoq va boshqa
F.lar qanday grammatik shaklda qoʻllanishiga qarab gapning turli boʻlagi vazifasida keladi. Mas, mayl, zamon, shaxsson paradigmasiga mansub shakllardan birida qoʻllanganda — kesim vazifasida; sifatdosh, ravishdosh shakllarida — anikdovchi, hol vazifasida; harakat nomi shaklida esa ot turkumiga oid soʻzlarga xos vazifalarda keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |