1-mavzu XVII-XIX asrning birinchi yarmi adabiyoti. Abulg'ozi bahodirxon reja



Download 0,52 Mb.
bet5/12
Sana28.11.2019
Hajmi0,52 Mb.
#27564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu XVII-XIX asrning birinchi yarmi adabiyoti. Abulg'ozi bah (1)


XO'JANAZAR HUVAYDO

(Tug'ilgan yili noma'lum,

1780/1781- yillarda vafot etgan)

Xo'janazar Huvaydo O'sh shahrida dunyoga kelgan. Lekin u Huvaydoyi Chimyoniy nomi bilan mashhur bo'lgan. Otasi G’oyibnazar So'fi nomi bilan tanilgan.

Xo'janazar Huvaydoning avlodlari ham badiiy ijodga moyil bo'lishgan. Xususan, o'g'li Sirojiddin (Sirojiy) va nabirasi Salohiddin (Sohib) ham shoir bo'lishgan. Sohib bobosining kitobini «Kulliyoti Huvaydo» nomi bilan Toshkentda (1908) nashr qildirgan. Adibning “Rohati dil” manzumasi, «Ibrohim Adham» dostoni ham mavjud.

Huvaydo madrasa ta'limini to'la egallagan. Chimyonda maktabdorlik, shuningdek, kosiblik bilan shug'ullangan. Huvaydo lirik shoir sifatida shuhrat qozongan. She'rlarida inson tabiatidagi yaramas xislatlar qoralanib, kamtarlik, samimiylik, rostgo'ylik, chin insoniylik ulug'lanadi. Bularning barchasi yuksak badiiyat bilan ijro etilgani uchun Huvaydo asarlari hozir ham sevib o'qiladi.

«ROHATI DIL»DAN

Dar bayoni kitob va ismi musannif rahimahullohu taolo

Kitobimning otidur «Rohati dil»,

Erur har er so'zi tanbihi g'ofil.

O'qub yod aylangiz Ollohu akbar,

Duo aylab deyingiz, ey birodar.

Duodin sizlarga so'zum yo'q,

Bu dunyoda so'zum qolg'ay, o'zim yo'q.



Uch qarindosh safarda ganj tovub nafs shaytonig'a ovvora bo'lub halok bo'lg'onlari

Safar qildi banogah uch birodar,

Og’a erdi, birisi edi dodar.

Biri erdi ham ota ham onasi,

Ki bir tug'ma edi ham ikkalasi.

Borar erdilar onlar so'yi sahro,

Tamosho qilubon ul cho'l-u daryo.

Duchor o'ldi alarg'a yo'lda bir ganj,

Xudo berdi dedilar bizga beranj.

Ki har kim hissasina bo'lsa rozi,

Emasdur munda hojat bizga qozi.

Biri aytdiki taom keltiroli,

Ichib, yeb fotiha birla bo'loli,

Barisi aytdilar bu so'zi maqbul,

Alarni mehri dunyo ayladi go'l.

Inisiga og'asi amr qildi.

Aning bir pora zar ilgiga berdi.

TavaqquP aylama emdi basur'at,

Olib kelgil dedilar bizga ne'mat.

Inisi yo'lg'a kirdi bo'ldi nochor,

Borar erdi yugurub so'yi bozor.

Og'alari bu ganj oldida qoldi,

Alarning ko'ngliga dunyo yugurdi.

Dedi: «Emdi iningni o'ldurunglar,

Iki hissa qilib beg'am olunglar».

Ikovi o'ltururnikim kengashti,

Alar ko'ngliga dunyo hirsi tushti.

Inisi o'ltururni kor qildi.

Pichoq arg'amchidin tayyor qildi.

Yana dunyo yugurib unga keldi,

Aning ko'ngliga mundog' fikr soldi.

Dedi, ey bachayi beaqli nodon,

Olursan emdi molni-yu sen farovon.

Ikovini bayakbor o'lturursan,

Tamomi ganjni beg'am olursan.

Alarni o'lturarga qilsang angez,

Nechuk yolg'uz ikovini o'lturay tez.

O'shal dam ko'p xayoli pesha qildi,

Ko'ngilda ushbu ish andisha qildi.

Sol emdi san taomlar ichra og'u,

Yegandin so'ng ular bo'lg'ay ikov go'.

Alar o'lsa qolur bo'lg'ay hama ganj,

Sanga bo'lg'ay muyassar ganji beranj.

Taomlar ichra ul dam zahr soldi,

Alarni eltibon oldig'a qo'ydi.

Ani tutdi o'shal dam ikkalasi,

Boshin kesti inisining og'asi.

Inisin o'lturub dil jam bo'ldi,

Taomlarin olib oldig'a qo'ydi.

Taomni qildilar uldam tanovul,

Vafosiz dunyo uchun bo'ldilar go'l.

Bevafo dunyo uchun to'ktilar qon,

Zamon o'tmay alar ham berdilar jon.

Muningdek nechalarni o'lturubdur,

Alarning qoni ilgini yuvubdur.

Bu dunyog'akim sen ko'p bo'lma soyil,

Sarosar ganji dunyo zahri qotil.

Bu dunyo ganjida san bo'lmag'il go'l,

Tamizing bo'lsa dunyodin qo'rqg'ul.

Talab qilg'ilki ganj beziyone,

Saning bo'lg'ayki umring jovidone.

Talab qil ganji ma'no, ey birodar,

Vagama sandin avlo gav ham xar.

Kishi bo'lmasa ma'nodin xabardor,

Oni odam dema bil naqshi devor.

Huvaydo san faqirlik ixtiyor et,

O'zingni xalq ichinda xor-u zor et.

Xudoyo, qilmag'il dunyo elidin,

Mani qutqar bu dushmanning qo'lidin.

Netay ul pirazan afsun qilibdur,

Hushim olub mani Majnun qilibdur.

Xudoyo, bo'lmasa sandin inoyat,

Bo'lolmasman bu dushmandin salomat.


G'AZALLAR (Firoq)
Oh, mani dard-u balog'a mubtalo qilg'on firoq,

Taxti baxtimni buzub oxir gado qilg'on firoq.

Gavhari qiymatbaho erdim nasab bozorida,

Sindurib qadrimni naylay kambaho qilg'on firoq.

Bulbuli shirin navodek maskanim erdi chaman, Chug'zdek vayronalar ichra ado qilg'on firoq.

Man zaif bechoranikim doimo fursat bilan Kuydurib xokistarimni zeri po qilg'on firoq,

Tovusi xurram edimman to'tilarg'a hamnishin,

Voy netaykim, zog'-zag'ang'a oshno qilg'on firoq.

Kabki xurramdek yurushim doimo ko'hsor edi,

Oh bu cho'bin qafasda mubtalo qilg'on firoq.

Gulcharor erdim, yuzum gulshandagi gullar aro, Bevalik o'tida rangim qahrabo qilg'on firoq.

(O'tdilar bu dunyodin...)

O'tdilar bu dunyodin dilxohlar, gumrohlar,

Qolmadi dunyoda boqiy ham gado, ham shohlar.

Hasrato, ey do'stlarim, zolim o'limning zulmidin,

Bu qaro yer ostig'a kirdi bori ul mohlar.

Nogahon olsa yaqongdin qo'ymag'ay dam urg'ali,

Hech osig' qilmas sanga qilsang fig'on-u ohlar.

G'ofil ersang qil ibodat berma dunyog'a ko'ngul,

Berdi dunyog'a ko'ngulni aqli kam ko'tohlar.

Dunyo hasratxona erur, ey Huvaydo, dunyodin,

Hasrat ila o'tdilar ming-minglabo hamrohlar.

6-mavzu

Amiriy hayoti va ijodi

(1787-1822)



REJA:


  1. Amiriyning bolalik va o’smirlik hayoti

  2. Shoir lirikasi

  3. “Lab o’yur takallumg’a” g’azali


O'zbek adabiyoti tarixida „Qo'qon adabiy muhiti" deb ataladigan estetik hodisaning asoschisi, Qo'qonxoni (1810—1822), iqtidorli shoir va e'tiborli siyosiy arbob Umarbek 1787- yilda ming urug'ining xonlik taxtiga to'g'ridan-to'g'ri daxldor vakillaridan biri Norbo'tabiy xonadonida tug'ildi. Bolaligidan barcha aslzodalarga xos puxta ta'lim olgan Umarbek zamonasining yetuk ustozlaridan bo'lmish Muhammad Yoqub qo'lida juda chuqur tahsil ko'rgan. Tasavvuf ilmidan atroflicha xabardor ustozi shogirdni ham shu yo'lda bir muncha dardlagani uchun bo’lsa kerak, keyinchalik Umarxon yozgan asarlarda so'fiylik izlari yaqqol ko'zga tashlanadi.

Umarbek madrasada tahsil olayotgan yillarda Qo'qon xonligi taxtida uning tug'ishgan akasi Olimxon o'tirar edi, Yoshligidan davlat ishlarida qatnashib yurgan Umarbek madrasa ta'limini tugallab, akasi saroyida xizmat qila boshladi. O'sha vaqtdayoq o'z tabiatidagi qator fazilatlari bilan atrofidagilarning* chuqur ehtiromiga sazovor bo'ldi. Umarbek bilimdon va ma'rifatli ziyoligina emas, balki eng chigal siyosiy vaziyatlardan chiqib keta oladigan mohir siyosatchi ham edi. Shu sababli bo'lsa kerak, akasi uni 1807- yilda Farg'ona hokimi qilib tayinlaydi. Shu yillari u Andijon hokimi Rahmonqulibiyning oqila va go'zal qizi Mohlaroyim — bo’lajak mashhur shoira Nodiraga uylanadi.

1810-yilda mustaqillik uchun bosh ko'targan Toshkent hokimligi ustiga qo'shin tortib, yo'lga chiqqan Olimxon o'ldiriladi va taxtga Umarxon chiqadi. Shundan boshlab, to umrining oxiriga qadar o'n ikki yil mobaynida Umarxon saltanatni so'raydi. Umarxon hukmdor sifatida ham qator xayrli ishlarni amalga oshirgan. Chunonchi, u o'zboshimcha beklarni tinchitishga, ularning e'tiborini obodonchilik va yaratish ishlariga qaratishga erishadi. Umarxon hukmronligi davrida uning tashabbusi va moliyaviy homiyligida madrasalar, maktablar, karvonsaroylar qurildi. Xon davlat chegaralarini kengaytirish va mustahkamlash borasida ham bir qator tadbirlarni amalga oshirdi. Chunonchi, Rossiyadan keladigan tahdidlarni bartaraf etish uchun Oqmachit qal'asini qurdirdi. Umarxon hozirda Andijon viloyatiga qarashli Shahrixon shahriga asos solgan. Bir necha qishloqlar bino qildi. Bir qator ariqlar qazdirib, yangi yerlar ochdirib, xalqining hayotini yaxshilashga urindi.

Umarxon Amiriy taxallusi bilan she'rlar yozgan. Uning o'zi ijod bilan shug'ullanibgina qolmay, u bilan bir davrda yashagan ijodkorlarga qilgan homiyligi ham alohida ahamiyat kasb etadi. Uning davrida Uvaysiy, Nodira, Dilshod Barno singari ayol shoiralarning ijod qilishiga imkon tug'dirildi. Shuningdek, Akmal, Gulxaniy, Maxmur, Fazliy, Mushrif, Mirzo Qalandar, Mulla Abdukarim, Xon va boshqabir qator shoirlar ijodi ravnaq topdi. „Majmuat ush-shuaro" tazkirasi Amiriy homiyligida dunyoga keldi. Uning saroyi ma'rifat va ijod ahli uchun ochiq edi.

Amiriy Alisher Navoiyga ergashib, undan kuchli ta'sirlangan holda ijod qildi. Navoiyning yigirma besh g'azaliga taxmis bog'laganligi uning buyuk mutafakkirga asl munosabatini ko'rsatib turadi. Ayni vaqtda, uning o'z uslubi, o'z ifoda yo'sini bor edi. Shu jihatlar uning asarlarini bugungi kun o'quvchisiga ham o'qimishli qiladi. Umarxon hayotligida devon tartib etgan shoirdir. Amiriy mashhur shoira Nodirabegimning umr yoidoshi ekanidan tashqari, Xon taxallusi bilan she'rlar yozuvchi Madalixonning otasi ham edi. Amiriyning Nodirabegim bilan ijodiy hamkorligi juda davomiy va sermahsul bo'lgan. Bu holni Nodira devonining debochasidagi e'tirofdan yaqqol bilib olish mumkin. Nodira devon debochasida yozadi: „...goho ul hazrat ba'zi toza mazmunlardan bir misra bilan savol tariqasida so'rar erdilar, ...misra bilan javob aytur erdim va tabiatlarini xush qilur erdim. Biri buldurkim, bir kun savol qildilarkim, misra: „Nega arbobi xirad ahli junundin ori bor?" Javob aytdimki, misra: „Kim bular uryon, alarning jubbau dastori bor".

Shoir Amiriy 1822- yilda 35 yoshida vafot etgan.

Lirikasi. Amiriyning juda uzoq yillardan buyon mashhur „Chorzarb" kuyiga solinib, qo'shiq sifatida aytib kelinayotgan „Qoshingg'a teguzmagil qalamni" misrasi bilan boshlanadigan g'azalida shoir lirikasiga xos xususiyatlar to'liq mujassamlanganini qayd etish o'rinli bo'ladi. Inson ruhiyatining turfa holatlarini nozik his qiladigan Amiriy she'riyatining hayotsevarlik, umidbaxshlik jihatlari g'azal matla'sidayoq yaqqol ko'zga tashlanadi:

Qoshingg'a teguzmagil qalamni,

Bu xat bila buzmagil, raqamni.
Yorning qoshi qalam tekkizilmasa ham qop-qora. Uning rangi oshiqning taqdiriga o'xshab ketadi. Xalqda kishining taqdiri avvaldan yozib qo'yiladi degan qarash bor. Shu bois yor qoshiga qalam tegsa, taqdir raqamlari, bitiklarining o'zgarib ketishidan cho'chiydi. Oshiqning xavotiri shundan. U, qora bo'lsa ham, muhabbat taqdiridan rozi. Keyingi baytda oshiq yorni butparastlar sig'inadigan sanamlarday ilohiy qudratga egaligini chiroyli yo'sinda aks ettiradi. Uchinchi baytda esa, ma'shuqadan oshiqqa rahm (tarahhum) etish o'tiniladi. Shoir tasvirni baytma-bayt kuchaytirib boradi. Shu bois to'rtinchi baytda oshiqning ko'ngil qushi ov qilinmasligi so'raladi:
Ko'nglum qushi toyiri hariming,

Sayd etma kabutari haramni.


Qahramonning ko'ngil qushi ma'shuqaning haramiga asir bo'lgan, kabutarday titroq jonni ovlash insofdan emas. Keyingi baytda ohang yengil ko'rinsa-da, ifoda o'ta murakkab:

To bevatan o'lmasin ko'ngullar,

Zulfungdin ayurma pech-u xamni.

Oshiqning ko'ngil qushi yor zulfining tuzoqlariga ilinib yotishni saodat biladi va ma'shuqadan sochining buramlari (pech-u xam)dan ayirmaslikni tilaydi. Undan keyingi baytda sevgilisini kutaverib, yo’lning changiga aylangan oshiq holatidan nolinadi:

Yo'lungda g'ubori roh bo’ldim, Boshimga yeturmading qadamni.



Mumtoz she'riyat odobiga ko'ra ma'shuqadan hech narsa talab etish, uni uyaltirish mumkin emas. Shu bois oshiq oyog'ing boshimga tegmadi, deydi. Bu ifoda, aslida, biz tomonga sira kelmading degan ma'noni bildiradi. G'azal maqta'sida shoirning poetik iste'dodi yaqqol namoyon bo'ladi. U qoidaga ko'ra so'nggi baytda taxallusini keltirishi kerak edi. Taxallus bo'lmish Amiriy so'zi esa, o'z-o'zidan hukmfarmolikni ifodalardi. Holbuki, oshiq mute bo'lishi, unda hokimlikning nishoni ham bo'lmasligi kerak edi. Amiriy ustalik bilan bu ishning uddasidan chiqadi:
Iqlimi vafo Amiridursen,

Ey shoh, bu gadog'a qil karamni.


Shu tariqa, biror marta rkhm qilmagan ma'shuqa vafo amiriga, chin amir esa, marhamat kutguvchi gadoga aylanadi. G'azal maqta'sida ham tasvir tarangligi avj nuqtada saqlanib qolaveradi.

Amiriyning „Lab uyur takallumga, zulfingni parishon qil" misrasi bilan boshlanadigan g'azali ham aksar she'rlari singari ishqiy iztiroblar to'g'risida. Lekin dastlabki bayt hech kutilmagan yo'sinda huzurbaxsh holat ifodasi o'laroq yangraydi:

Lab uyur takallumga, zulfingni parishon qil,

Qand qiymatin sindur, narxi anbar arzon qil.
Yordan lab uyurib, ya'ni og'iz.ochib shirin so'zlari bilan qand qimmatini sindirish, zulfini parishon qilib, ya'ni sochlarini yozib, undan taralgan xush bo'ylar bilan mushki anbarning narxini tushirib yuborish so'raladi. Shunday qilinsa, o'z-o'zidan oshiqqa marhamat ko'rsatilgan bo'lardi. Shoir o'zini gadoga, ma'shuqani husn shohiga mengzaydi va har zamonda ko'z qirini tashlab, xayr-ehson qilishga chaqiradi:
Husn shohisen, jono, bu hazin gadolarg'a,

Ko'z uchi ila boqib, xayr birla ehson qil.


Go'zallik shunchalar qudratliki. yorning o'tli yuzi ta'sirida otashparast o'z dinidan chiqib musulmonchilikka kirib ketishi mumkinligi uchinchi baytda mahorat bilan tasvirlanadi. She'r shu tarzda ishq quwatining cheksizligini madh etish yo'sinida borib, maqta'ga kelganda yorning tengsiz go'zalligi va oshiqning unga bo'lgan cheksiz muhabbatining oshkor bo'lmasligi tilagi bilan yakunlanadi. Ya'ni odamning ko'ngliga tegishli tuyg'ular ko'ngil kabi pinhon boigani tuzuk:
Yor la'lidin harfe ayladim, Amir, insho,

Ey ko'ngul, bu gavharni jon ichinda pinhon qil.


Amiriyning „Tabibo, sharti o'ynab icharga bermog'in yandim,2 Labidin talx-u shirin so'z erur doruyi gulqandim" matla'li g'azalida ma'shuqa bergan azoblardan ruhiga taskin izlaydigan oshiq tuyg'ulari g'oyat o'ziga xos tarzda tasvir etiladi. Oshiq ikkinchi baytda yordan xorlamaslikni o'tinsa, keyingi baytda zulfiga taroq urishdan saqlanishni o'tinadi. Negaki, uning joni yor sochining har tdasigajpayvand bo'lib ketgan:
Kel, ey mashshota, rahm et, yor zulfig'a tarog'urma,

Erurjon rishtasidin oni har torig'a payvandim.


Keyingi qo'shmisrada oshiq shirin so'z yor uni bir og'iz so'z bilan tiriltirganidan quvonganini ifodalaydi. G'azal maqta'sida o'zining yorga qanchalik bog'lanib qolganini oldingi baytdagi timsolni davom ettirgan holda ifoda etadi:

Balodur zulfi purtobi, Amir, andin ko'ngul uzma,

Ki har torig'a bir payvand erur payvand-payvandim.
Amiriy ayrim g'azallarida ishq yo'lida iztirob chekayotgan va alamdan mayga ruju qo'ygan, visolni qadah tubidan qidirayotgan oshiqni toat-ibodatdan chalg’imaydigan zohidga qarshi qo'yadi. Bu tur g'azallari orasida „Qizartib chehra maydin oshiqi zoringni kuydirma" satri bilan boshlanadigan sheri diqqatiga molikdir. G'azalning ikkinchi baytida shoir zohidga murojaat qilib deydi:
Yonar o'tg'a xusumat aylasa bo'lg'aymu, ey zohid, Muhabbat ahlig'a dam urma, dastoringni kuydirma.
Xuddi yonayotgan o't bilan o'chakishib bo'lmaganidek, vujudi ishq otashida qovurilayotgan ishq ahliga toat-ibodatdan dam urib, sallani kuydirish mumkinligidan ogohlantiradi. Oshiqning boshini aylantirib imondan ayirgan yor soch tolalaridan kechmoqlik zohid so'ziga kirib belbog'ini kuydirgan nasroniyning ishiga o'xshash bo'lishi aytiladi:
Erur sargashtai maqsudi imon yor gisui,

Kirib zohid so'zig'a ushbu zunnoringni kuydirma.


G'azalning „Bel-u og'zi xayolin mug'tanim bo'lmaysan ey ko'ngul, Nakim yo'qdir anga shukr ayla, yo'q-u boringni kuydirma" satrlarida mumtoz adabiyotimizdagi an'anaviy tashbihlar yangi jilolari bilan namoyon bo'ladi. Har qanday mo'min, ayniqsa, so'fiy uchun noshukurlik kechirilmas ulkan ayb. Shu bois og'izning yo'qligi-yu, belning borligiga shukur qilmoq kerak. Aks holda, kishi yo'q-u boridan ayrilishi, imonsizlar qatoriga o'tib qolishi mumkin. G'azalning qolgan baytlarida ham tasvir maromi susaymaydi, oshiqning eng qaltis vaziyatlardagi holati nozik ifoda qilinishiga erishiladi.

Shoirning „Nega muncha siyohdur kokul" misrasi bilan boshlanadigan g'azalida ham muhabbat tuyg'usi qalamga olingan.

She'rning lirik qahramoni o'z oldiga shu tariqa savol qo'yar ekan, mumtoz adabiyotda ham hech kimning xayoliga kelmagan yo'sinda unga javob topishga erishadi:

Nega muncha siyohdur kokul,

Magaram dudi ohdur kokul.

Qahramonning izohiga ko'ra, kokilning qoraligi oshiq ohining dudi tufayli bo'lishi ehtimol. Negaki, dud, ya'ni tutun hamisha qoraytiradi. Ehtimol, oshiqning yor oyog'i tagida chekkan adoqsiz ohlari dud bo'lib, uning boshiga qo'nganidan sochlari qoraygandir. Ikkinchi baytda shoir xayoloti parvozi yanada balandlashadi. Uning nazarida, qop-qora sochlar orasidan ko'ringan yor yuzi oppoq oyning qo'rg'onlashiga o'xshaydi:

Halqai zulfdin ko'rundi yuzi,

Holai badri mohdur kokul.

Oqlikni bo'rttirib ko'rsatish uchun qoralikdan ustalik bilan foydalana bilish uchun ulkan poetik iste'dod zarur bo'ladi. Keyingi baytlarda shoir kokilga „husn iqbolini yashirish" uchun kuloh, oshiqning yor xoli va xati, ya'ni labi ustidagi mayin tuklari tomonidan qatl etilishiga guvoh va husn mamlakati amiriga saltanatni boshqarishga dastgoh singari sifatlarni baxsh etadi. Muhimi shundaki, Amiriy tasvirning biror o'rnida zo'rakilik qilmaydi, tabiiylikka daxl yetkazmaydi, hayotiy va badiiy mantiqdan chekinmaydi.

Shoirning „Junun daryosi tug'yon aylamakni mendin o'rgandi" deb boshlanadigan g'azalida ham shu tasvir yo'siniga amal qilingan. Mubolag'aning g'uluv darajasidagi kuchaytirilgan ifodalari, ruhiy imkoniyatning chegaralariga qadar yuksalib borgan tasviriy miqyos Amiriy she'rlariga estetik ko'lam bag'ishlaydi. Ularni qamrovli, ta'sirchan, kutilmagan tashbihlarga boy bo'lishini ta'minlaydi:


Junun daryosi tug'yon aylamakni mendin o'rgandi, Talotum birla to'fon aylamakni mendin o'rgandi.
Odatda, she'riyatda inson xatti-harakat va ruhiy holatlarni tabiiy hodisalardan o'rganganligi tasvirlanardi. Bu o'rinda kutilmagan badiiy holat yuzaga keladi. Ya'ni tentaklik daryosi tug'yonni, toshqinni, guvillashni she'r qahramonidan o'rganganligi tasvirlanadi. Keyingi baytda matla'dagi tasvir necha bor quyuqlashadi:
G'am-u dard-u muhabbat gulshanida gul bila g'uncha,

Yaqo chok-u ko'ngul qon aylamakni mendin o'rgandi.


Muhabbat gulshanidagi gul to'kilmoqni, g'uncha yaqosini yirtmoqni oshiqdan o'rgangan ekan. Bu tasvir shiddati keyingi baytlarda ham ushlab turiladi. G'azal matniga kirib borgan sari oshiqning hech kimnikiga o'xshamaydigan fidoyi qiyofasi tobora ravshanlashib boraveradi. She'r yakuniga yaqinlashganda u Majnunga murojaat qilib, telbalik maktabida muallim ekanini va sahar ham kiyimlarini yirtishni, ya'ni tunni parchalab yorug'lik keltirishni undan o'rganganligini aytadi:
Muallimmen bukun savdo dabistonida, ey Majnun,

Sahar choki giribon aylamakni mendin o'rgandi.


G'azal maqta'sida shoir mumtoz ishqiy lirika tajribasida kamdan-kam bo'ladigan holatni beradi. Ya'ni oshiq dardiga davo topganini ifoda etadi:
Amir, ul oy g'amidin ayladim dardim ilojini,

Hakimi ishq darmon aylamakni mendin o'rgandi.


Amiriy lirikasida umrning g'animatligi, hayot imkoniyatlaridan o'z vaqtida foydalanish zarurligi ichki bir dard bilan ifoda etiladi. Lekin Amiriy qalamidan to'kilgan dard ezginlik bermaydi, balki hayotbaxshlik, umidvorlik paydo qiladi. Shoirning „Tushti tori zulfi yuzdin ko'nglum ichra pechtob" misrasi bilan boshlanadigan g'azalida ham shu holatni kuzatish mumkin:
Tushti tori zulfi yuzdin ko'nglum ichra pechtob, Aylamish ko'ksum aro siymob1 yanglig' iztirob.

Amiriyning tasvir bobidagi mahorati matla'dayoq yaqqol ko'zga tashlanadi. Yor yuziga tushib turgan soch oshiqning ko'ngliga kirdi va uni tuzoq kabi domiga olgach, uning ko'nglida kilkillab turgan simobday iztirob paydo bo'ldi. Ayni „siymob" so'zini eritilgan kumush ma'nosida „kumush suv" deb ham tushunish mumkin. Yuqoridagi g'azallar tahlilida tabiiy narsalar odam holatiga o'xshatilgani aytilgandi, bu baytda ruhiy holat, ya'ni iztirob simobning yurishiga o'xshatiladi. Keyingi baytlarda ma'shuqaning chiroyi va uning oshiqqa ko'rsatgan ta'siri yuqorilab boradi va u:
Men nechuk savdo bilan rasvoyi olam bo'lmayin,

Telba bo'lg'oy mohi ruxsoringni ko'rsa oftob


deya o'z holatini „asoslash"ga urinadi. Chunki yuzini oftob ko'rsa, telba bo'lib qoladigan darajadagi go'zalni sevgan oshiqning jinnilik bilan „rasvoyi olam" bo'lishi ajablanarli emas. Butun she'r mobaynida shoirning tasvir mahorati bo'rtib ko'rinib turadi. Amiriy lirikasida badiiy tasvir mahorati, tamsillarning originalligi, ko'pfunksiyaliligi shoirning o'ziga xosligini ta'minlaydigan omillardirki, ular ijodkorni bugunga ham, kelajakka ham oshno qiladi.
Savol va topshiriqlar


  1. Amiriyning hayot yo'li va shaxsiy sifatlari haqidagi ma'lumotlarni o'zlashtiring hamda ularni shoir ijodi bilan bog'lang.

  2. Qoshingg'a teguzmagil qalamni, Bu xat bila buzmagil raqamni" satrlarini sharhlang.

  3. Yo'lungda g'ubori roh bo'ldim, Boshimga yeturmading qadamni" satrlarida ifodalangan oshiq holati va armonini tushuntiring.

  4. Maqta'dagi: „Iqlimi vafo Amiridursen, Ey shoh, bu gadog'a qil karamni" murojaati kimga qaratilgan? Uning ma'nosini anglating.

  5. Lab uyur takallumga, zulfingni parishon qil, Qand qiymatin sindur, narxi anbar arzon qil" satrlarida jonon labi va zulfi bilan qand hamda anbar narxi o'rtasidagi bog'liqlikni izohlang.

  6. Filotun ishq darsida menga shogird erur, lekin Xatingni ramzidin ogoh emas ta'bi xiradmandim" satrlarida Aflotunga ishq bobida ustoz ekanligini da'vo qilayotgan oshiq holatini ifodalang.

  7. Shoirning uch g'azalini yod oling.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish