1-mavzu: ta’lim tizimi va uni boshqarish metodologiyasi mavzu rejasi


Birinchi belgi. Faoliyatning yangi usuli mavjudligi



Download 353,58 Kb.
bet14/24
Sana26.02.2022
Hajmi353,58 Kb.
#467558
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
MA\'RUZALAR 1-10 GACHA

Birinchi belgi. Faoliyatning yangi usuli mavjudligi.
Ta’lim sifatini boshqarish, eng avvalo, boshqaruv kadrlari tomonidan ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini kuzatish kabi faoliyat turidan foydalanishni ko‘zda tutadi. Buning uchun ular tegishli metodlarni, jumladan, kvalimetriya asoslarini, ya’ni sifatni miqdoriy baholash metodini qo‘llash orqali ta’lim sifatining boshlang‘ich va berilgan holatini aniq belgilashlari lozim bo‘ladi. Ilmiy adabiyotlarda mahsulot, xizmatlar sifatini baholash, boshqaruv faoliyatining baholash obyekti to‘g‘risida qadriyat borasidagi mulohazalarni shakllantirishga qaratilgan funksiyasining alohida tipiga kiritiladi.
Ta’lim sifatini o‘lchash sifat o‘lchovini belgilash va uning qiymatini maxsus algoritmlar yordamida olishni ko‘zda tutadi.
Bunday jarayonning samaradorligi baholashning statistik metodlarini qo‘llash orqali ta’minlanadi. Bu baholanayotgan obyektning sifat ko‘rsatkichlari qiymati aksariyat hollarda tasodifiy kattaliklar deb hisoblanishi bilan bog‘liqdir. Bunday holat ana shu sifatga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab omillar va shart-sharoitlar bilan izohlanadi. Shu bois boshqaruv tarkibi ta’lim sifati haqidagi axborotni olish va ishlashning statistik metodlarini qo‘llay bilishi kerak.
Ikkinchi belgi. Rivojlangan tashkiliy madaniyatning mavjudligi.
Oldingi paragrafda ta’kidlab o‘tilganidek, jamoada me’yorlar tizimlarini, qadriyatlarni, urf-odatlar va an’analarni yuqori darajada shakllantirmasdan turib, ta’lim sifatini boshqarib bo‘lmaydi. Bularning hammasi ta’lim jarayonining barcha qatnashchilari o‘rtasida uyg‘un o‘zaro munosabatni vujudga keltirish imkonini beradi.
Tashkiliy madaniyat ta’lim tashkilotining eng muhim quyidagi vazifalarini funksional jihatdan hal qilishda yordam beradi:
– muvofiqlashtirish – belgilangan jarayonlar va xatti-harakat qoidalari yordamida amalga oshiriladi, bu jamoa barcha a’zolarining kelishilgan holda harakat qilishi imkonini beradi;
– motivatsiya – bajarilayotgan ish mazmuni ta’lim tashkiloti rahbari tomonidan tushuntirib berilishini ko‘zda tutadi;
– ixtisoslashtirish – ta’lim tashkilotining shunga o‘xshash ta’lim tashkilotlaridan xarakterli farqqa ega bo‘lishi demakdir;
– kadrlarni jalb qilish – ta’lim tashkilotining boshqalaridan afzalligini targ‘ib qilish, pedagoglarning ishlashi uchun maqbul shart-sharoit yaratish orqali hal qilinadi va h. k. (K. Shols).

Download 353,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish