Biz ilgari idrok qilmagan narsalarni tasavvur qilamiz, ilgari ko`rmagan narsalar obrazlarini yaratamiz,
yaratiladigan narsalar g`oyalarini yuzaga keltiramiz, bular xayoldir. Masalan: bizning ko`rmagan
joylarimiz haqida tasavvurimiz bor. Xayol - obraz, tasavvur yoki g`oya shaklida yangi narsaning
yaratilishi, ong faoliyati, ya`ni ilgari idrok qilinmagan narsalarning obrazlarini mavjud tasavvurlar asosida
miyada yaratishda ifodalanadigan faoliyatdir. Fantaziya - xayol turlaridan biri bo`lib, u eng qimmatli
iste`doddir. Xayol faqat insonga xosdir. Xayol mehnat natijasida paydo bo`ladi. Masalan: biror bir
muammoni echishda avval nimadan boshlash, nima qilish, echish, yaratish yo`llari haqida xayol qilinadi.
Xayolda biz yo`q narsani yaratamiz, lekin tashqi reallikka asoslanamiz. Masalan: yozuvchilar, rassomlar,
kompozitorlar asarlarini hayotdan oladilar. Inson miyasida vujudga kelgan muvaqqat bog`lanishlarni
yangi tartibda va qayta paydo bo`lishi xayolning nerv - fiziologik asosi bo`lib hisoblanadi. Kishilar taqi
olamni idrok qilib qolmasdan, balki uni o`zgartiradilar. Xayol qobiliyatimiz bilan bog`liq holda namoyon
bo`ladi. Shuningdek, tasavvur xotirasi bilan ham bog`liq, u xayol turi sifatida qatnashadi. Obrazli xotira
ijodiy xayol qilishda katta yordam beradi. Xayol voqelikni aks ettirish shakli sifatida quyidagicha
ifodalanadi: kelajakni oldindan ko`ra oladi, ilgarigi ta`sirotlarni “jonlantiradi”. Xayol mehnat faoliyati
orqali rivojlanadi. Xayolning fiziologik asosini miyaning murakkab analitik - sintetik faoliyati tashqil
etadi. Xayol bilish jarayonini kengaytiradi va chuqurlashtiradi. Inson bir narsani o`zgartirishdan oldin
miyasida o`ylaydi. Xayol ijodiy jarayonning muhim qismi bo`lib, u taqi olamni idrokdan farq qilib, to`liq,
chuqur aks ettiradi. Xayolning faoliyati shaxs yo`nalishiga, quyidagi bir qator axlokiy - psixologik
sifatlarga bog`liq: vatanparvarlik, mas`uliyatni his qilish, insonparvarlik, qat`iyatlilik kabilar.
Kishining butun ruxiy hayoti shaxsning bilish faoliyati va emotsional irodaviy holatlari bilan o`zviy
bog`liq. Xayol idrok, xotira, tafakkur kabi mantiqiy bilish jarayonidir. Xayolning maxsusligi shundaki, u
orqali avvalgi tajribalar qayta ishlanadi. Xayol tafakkur bilan shunday bog`liqki, xayol ham tafakkur ham
muammoli vaziyatlarda kelib chiqadi, shaxs ehtiyojlariga asoslanadi. Tafakkurda fikrlar tushunchalar
asosida ifodalanadi. Xayol faol va passiv, ijodiy bo`lishi mumkin. Orzu ijodiy xayol turi bo`lib, u
kelajakni his qilish bilan bog`liq. Xayol jarayonidagi sintez quyidagi shakllarda namoyon bo`ladi:
- agglyutinatsiya - “elimlash” degan ma`noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib yangi obraz
yaratiladi. Masalan: yalmog`iz kampir, suv parisi, kentavr, sfinks obrazlari kabilar;
- giperbolizatsiya - obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish, shuningdek, alohida qismlarni
o`zgartirishdir. Masalan, Gulliver, liliput, Alpomish, Rustam paxlavon, no`xot polvon obrazlari kabilar.
- sxemalashtirish - o`xshatish orqali ayrim tasavvurlarni, ular orasidagi farqlarni silliqlash;
- tipiklashtirish - bir xil obrazlarni qaytarilishi bo`lib, har bir darv uchun tipik bo`lgan obrazlarni yaratish.
Masalan, A. Qaxxor hikoyalari (“O`g`ri”, “Bemor”), A.Qodiriy (“O`tkan kunlar”) romani, T.Malikning
(“SHaytanat”) asarlari kabilar;
- aktsentirovka - ayrim belgilarni ta`kidlash orqali obrazlar yaratish. Masalan, o`rtoqlik hazillari.
Aktsentirovka adabiyotda ko`p qo`llaniladi.
Yuqoridagi xayol jarayonlari orqali yaratiladigan obrazlar analiz va sintez jarayonida ro`y beradi.
CHunki, har bir narsani yoki hodisani avval analiz (tahlil) qilib ko`riladi, keyin ularni sintez (birlashtirish)
qilish orqali yangi obraz hosil qilinadi.
Xayol jarayonida xayol tasavvurlarining xotira tasavvuridan farqi muhim ahamiyatga ega:
1. Xayol tasavvurlari ongda tez paydo bo`ladi va barqaror bo`ladi.
2. Xotira tasavvurlari doim tanish narsadek his qilinadi, xayol tasavvurlari esa yangilikni his qilish
tuyg`ularini beradi.
3. Xayol tasavvurlari insonning qiziqish va ideallari bo`lganligi sababli yangilikni his qilish tuyg`ulari
oqibatida vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: