1-mavzu pedagogik diagnostika fanining predmeti, vazifalari, printsiplari. Pedagogik diagnostika predmeti va vazifalari



Download 33,58 Kb.
Sana12.05.2023
Hajmi33,58 Kb.
#937338
Bog'liq
1-mavzu pedagogik diagnostika fanining predmeti, vazifalari, pri


1-MAVZU PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA FANINING PREDMETI, VAZIFALARI, PRINTSIPLARI.
1.Pedagogik diagnostika predmeti va vazifalari

Pedagogik diagnostika – maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning qobiliyat va layoqatlarini har tamonlama rivojlantirishga, ular shaxsini shakllantirishga qaratilgan.


Pedagogika jarayonining mahsuldorligi pedagogning o‘z tarbiyalanuvchilarini yaxshi bilishda, talim va tarbiyaning xilma-xil metodlarini qo‘llashga bog‘liq harakat qiladi. Bolalarning bunday holatlari chegara holatlari sifatida, psixik taraqqiyot kamchiligi sifatida shaxs aksentuatsiyasining turli ko‘rinishi sifatida tasniflanishi mumkin. Ularni aniqlash uchun bolalar psixologiyasi, klinik potopsixologiya va psixatriya kabi sohalardagi bilimlar talab qilinadi. Bundan tashqari tarbiyachiga qarovsizlik kabi muammolarni hal qilishga to‘g‘ri keladi.
Pedagog talim va tarbiyadagi qiyinchiliklar nima uchun va qanday qilib paydo bo‘lishini tushunish uchun, u avvalo bola psixik taraqqiyotining asosiy qonuniyatlarini bilishi va turli psixik holatlarni, psixologik-diagnostika metodlarini egallashi zarur. Pedagogning psixodiagnostik tadqiqot yoki doimiy kuzatish jarayonida olingan natijalarni bolalar bilan ishlashda qanchalik to‘g‘ri foydalana olishi ham zarur hisoblanadi.
Pedagogik diagnostika - tajribaga asoslangan fan sifatida XIX-asr oxirida vujudga keldi. Xuddi shu davrda psixologiyada o‘lchash g‘oyasi keng tarqaldi. Psixodiagnostikaning mustaqil fan sohasiga aylanishi olimlarning insonlar psixikasidagi indiviual farqlarga qiziqishining ortishi bilan bog‘langan.
Psixodiagnostika psixologik diagnoz qo‘yish haqidagi fandir. Bunda diagnoz ko‘rsatkich va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holati va xususiyalari haqidagi xulosalaridan iboratdir.
Psixologik diagnoz (diagnosis - grekcha, aniqlash, bilish degan ma’noni anglatadi) - shaxs individual-psixologik xususiyatlarining hozirgi holatiga baho berish, rivojlanishini oldindan aytib berish (prognoz qilish) va psixodiagnostik tekshiruv vazifalaridan kelib chiqib, tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan psixolog faoliyatining so‘nggi natijasidir.
Psixodiagnostik tadqiqotlar amaliyotida psixologik diagnoz qo‘yishning 3 bosqichi farqlanadi:
Simptomatik diagnozda dasturi mavjud har qanday EHM bajarishi mumkin bo‘lgan tadqiqotda olingan natijalar qayta ishlanadi.
Etnologik dagnozda (kelib chiqish sabablari) biror xususiyatning mavjudligini emas, balki uning vujudga kelish sabablari ham hisobga olinadi.
Tipologik diagnozda sinaluvchi shaxs tuzilishida olingan natijalarning ahamiyati va o‘rni aniqlanadi.1
Psixodiagnostika psixologiyaning ilmiy va amaliy jabhalaridan tashqari uning boshqa sohalarida keng qamrovda qo‘llaniladi. Masalan, tibbiy psixologiya, patopsixologiya, injenerlik psixologiyasi, mehnat psixologiyasi kabi insonning psixologik xususiyatlarini bilish talab qilinadigan barcha sohalarda foydalaniladi.
Ilmiy va amaliy psixodiagnostika qayd etilgan barcha holatlarda ham o‘ziga xos muhim vazifalarni hal etadi. Ularga quyidagilar kiradi:
1. Insondagi mavjud biror psixologik xususiyat yoki xulq-atvori holatini aniqlash;
2. Mazkur xususiyatning shakllanganligi, ya’ni uning miqdoriy va sifatiy ko‘rsatkichlarda namoyon bo‘lishi darajasini o‘rganish;
3. Zarur bo‘lgan holdagina shaxsning tashhis qilinayotgan xulq-atvoridagi psixologik xususiyatlarini ochib berish;
4. O‘rganilayotgan xususiyatlarning shakllanganlik darajasini taqqosiy ishlanmasini yaratish.
Amaliy psixodiagnostikada sanab o‘tilgan vazifalarning har biri alohida yoki kompleks tarzda olib borilayotgan tadqiqot maqsadiga muvofiq amalga oshiriladi.
Demak, psixodiagnostika psixologdan professional faoliyati jarayonida maxsus tayyorgarlik talab qiluvchi murakkab sohadir. Psixolog (tashhischi) egallashi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar shunchalik keng va murakkabki, uning o‘zlashtirilishi bilan psixodiagnostikani professional psixolog faoliyatining negizi sifatida e’tirof etilishiga sabab bo‘ladi. Haqiqatan ham amaliy psixologlarni malakali mutaxassis etib tayyorlash ahamiyatga molik omildir.
Tadqiqot ishlarining natijalari zamonaviy pedagoglarning quyidagi kasbiy sifatlari bilan farq qilishini ko‘rsatadi:
- o‘z faoliyatini tahlil qilish ehtiyoji;
- dialogga kirishish qobiliyati;
- diagnostika va o‘zini-o‘zi diagnostika qilishning yangi usullarini egallashga intilish;
- o‘zini-o‘zi bir xilda baholash qobiliyati.
Shuning uchun o‘quv jarayonini boshqarish, ayniqsa uning ishtirokchilarini boshqarish masalasiga tubdan o‘zgartirishlar kiritish kerak. Ularni o‘zini-o‘zi boshqarish tartibiga o‘tkazish har bir rahbarning bosqichma-bosqich o‘zini-o‘zi tahlil qilishi va o‘z maqsadini belgilashi, o‘zini-o‘zi istiqbol rejasini belgilashi, o‘zini-o‘zi nazorat qilishi, o‘zini-o‘zi baholash va korreksiya qilishi (to‘g‘rilash) demakdir. Bu esa har qanday boshqaruvchining tashxis qilish tomonini kuchaytiradi.
“Tahlil, o‘zini-o‘zi tahlil qilish, shaxsni o‘rganish tushunchalari so‘nggi vaqtlarda yagona diagnostika (tashxis) atamasi bilan nomlana boshlandi”. Ushbu so‘zning umumiy ma’nosi-tashxis qo‘yish nazariyasi va amaliyoti, bilishning alohida turidir, chunki “diagnostika” lotinchadan tarjima qilinganda “aniqlash”, “belgilash” ma’nolarini anglatadi.
Pedagogik diagnostika - pedagogik faoliyat sohasida voqeliklarning mohiyatini belgilash, jarayonlarni har tomonlama o‘rganish, pedagogik omillarning majmuaviy harakatini aks ettirish demakdir. Uning vazifasi - pedagog va rahbarga sabablarning o‘zaro bog‘liq harakati, ularning qaysi biri shu lahzada kritik ahamiyatga ega bo‘lishi haqida tezkor va ishonchli axborot beradi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya va metodik jarayonlarning barcha tarkibiy qismlari tashxis qilib turish muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik diagnostikaning mazmuni deganda metodik va pedagogik jarayonning, bola shaxsi, pedagog yoki rahbarning faoliyati darajasidan qat’i nazar, tezkor o‘rganilishi va baholanishi, tartibga solinishi va korreksiyasi (to‘g‘rilanishi) tushuniladi.
Pedagoglarning faoliyati va shaxsini o‘rganish - metodik ishlarning sifati va samaradorligini oshirishning muhim omilidir. Metodik ishlar pedagoglarning bolalarga ta’lim-tarbiya berish va ularni rivojlantirish bilan bog‘liq faoliyatida yuqori natijalarga erishish uchun yordam berishga qaratilgan. Ushbu masalani nafaqat keyingi takomillashtirish, balki har bir pedagogning mavjud imkoniyatlarini har tomonlama hisobga olish shartlaridagina bajarish mumkin.
Pedagogik tashxis pedagoglar bilan olib boriladigan metodik ishlarni tashkil etishda, ularning kasbiy va o‘zaro rivojlanishida ilmiy yondashuvni ta’minlaydi. Shuning uchun u metodik, ta’lim-tarbiya jarayonlarida hamda maktabni boshqarish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Tarbiyachining kas­biy rivojlanish darajasini o‘rganishning tizimi sifatida olingan pedagogik tashxis qo‘yish ishdagi kiyinchiliklarni aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, ularni yengib o‘tishning muqobil usullarini izlashga undaydi. Shu bilan birga, u tarbiyachining kuchli tomonlarini aniqlashga, ularni mustaxkamlash hamda pedagogik faoliyat va o‘qitish modelining yakkalashtirilgan metodlarini rivojlantirish yo‘llari hamda aniq usullarini belgilab olishga ham imkon beradi.
Pedagogik mahorat, pedagogning muvaffaqiyatlarini diagnostika qilish attestatsiya muammolarini muqobil hal qilishga imkon beradi, chunki u ta’lim muassasasi ma’muriyatining bahosidagi sub’ektivizmni chetlashtiradi. Biroq ta’lim muassasasi rahbarlari shuni yodda tutishlari kerakki, diagnostika - bu shaxsiy maqsad emas, balki maslaxat, korreksiya (to‘g‘rilash), moslashish va metodik-psixologik qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda pedagoglar bilan ishlash bosqichlaridan biri hisoblanadi.
Pedagogik faoliyat diagnostikasini, ayniqsa o‘zini-o‘zi diagnostika qilishni o‘tkazish har bir pedagog tomonidan o‘zini-o‘zi tahlil qilish va baholash malakalarini egallashga yo‘naltirilgan. Bu hol pedagogik kadrlar bilan olib boriladigan ishlarning o‘zini tartibga solish va korreksiyalashning faol tartibiga o‘tkazishga imkon beradi.
Pedagogik diagnostika har bir pedagogik bilish, har birining ko‘ngliga yo‘l topa olish singari murakkab masalalarni muvaffaqiyatli yechishda rahbar – metodistlarga yordam beradi. U tarbiyachilarning kasbiy va shaxsiy xususiyatlarini bilishga imkon beradi va shu bilan birga pedagog kadrlar bilan meto­dik ishlarning tashkil etilishini yengillashtirib, ularning samarasini oshiradi.
Zamonaviy diagnostikaning vazifalari.
Yaqin vaqtlargacha pedagogik diagnostika biron-bir belgilarni baholash muammosiga taqalar ekan, shaxs esa bir fi­gura, fotosurat ko‘rinishida ifodalanar edi (N. Golubev, P. Bitinas). Bugungi kunda pedagogik diagnostika ko‘p tarmoqli bo‘lib bormoqda va o‘zida ma’lumot, asl diagnostika, baholash, korreksion, yo‘naltiruvchi, tahliliy kabi vazifalarni mujassamlashtirmoqda.
Diagnostik yondashuv ham bolalar, ham butun pedagogik jamoa faoliyatining turli bosqichlaridagi harakatining majmuaviy diagnostikasi, o‘zini-o‘zi sinovdan o‘tkazish va monitoringi tizimini to‘zish hisobiga amalga oshadi va shu­ning uchun boshqaruv faoliyatining natijalarini holisona baholashga imkon beradi.
Diagnostikani tashkil etish jarayonida sub’ektlarning rivojlanish dinamikasini o‘rganish va holislikni oshirish uchun bosqichlilik, davriylikka rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ob’ektning nafaqat asl holatini, balki oraliq va yakuniy natijalarini o‘rganish zarurligi sababli, kamida uchta kesimda bajarilishi lozim: birinchi kesim - kirish nazorati (birinchi boshlang‘ich diagnostika), ikkinchi kesim - joriy nazorat (qiyosiy diagnostika) va uchinchi kesim - chiqish nazorati (yakuniy diagnostika).
Har bir pedagog mazkur ta’lim muassasasining metodik ishi tizimiga mos ravishda amalga oshirayotgan faoliyatni diag­nostika va tahlil qilish dasturi pedagogik ta’lim-tarbiya va metodik - jarayonni tashkil etishdagi jarayon va omillarni aniqlash, zarur va kutilayotgan o‘zgarishlarni bir ketma-ketlikka qo‘yish, boshqaruv korreksiyasini amalga oshirish - bularning hammasi ta’lim muassasasiga yutuqlar asosida mavjud muammolarni hal qilishda ularning qay darajada ekanligini, an’ana bilan innovatsiya o‘zaro qanchalik uyg‘unlashganini, manfaatdorlik vaziyati vujudga keltirilganligini, sinov, tajriba, izlanish va ilmiy-metodik tadqiqot jarayonida pe­dagogik jamoa ko‘pchiligining ichki kechinmalarini bilish va ko‘rishga imkon beradi.
Shuni yodda tutish kerakki, diagnostika u yoki bu sifatlar va xususiyatlarning mavjudligi yoki ularning yo‘qligini ko‘rsatib beradi, uning natijalaridan foydalangan holda, pedagogning kasbiy usishining istiqbollari, yo‘llari va usullarini aniqlashda yordam berishi kerak. Pedagogning o‘rganish ishlari nafaqat diagnostik, balki istiqbolli tavsifga ega bo‘lsagina, ushbu yo‘nalishda olib borilgan ishlar­ning u yoki bu darajadagi natijaviyligi yoki uning foydaliligi to‘g‘risida gapirish mumkin (V. M. Lizinskiy).
Har qanday faoliyat zamirida ham amalga oshirilgan ishlarning pirovard maqsadi, vazifalari va kutilgan natijalari bo‘ladi. Faoliyat natijalarini sarhisob qilish, amaliy xulosalar yasash – bo‘sh yoki muvaffaqiyatli o‘rinlarni belgilab olish, faoliyatning keyingi bosqichlarida uni hisobga olish diagnostika deyiladi.
Pedagogik diagnostika ta’lim samaradorligi, ish mazmuni, olib borilgan pedagogik faoliyatni tahlil qilishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, ilg‘or ta’lim muassasalarida bu ish uslubi muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilmoqda, yutuqlar mustahkamlanib, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va nuqsonlarni tahlil qilish asosida bosh strategik yo‘nalishlar belgilab olinmoqda va yuqori darajadagi pirovard natijalar qo‘lga kiritilmoqda. Savol tug‘iladi:
- bola qobiliyati, imkoniyati, bilimi, egallagan ko‘nikmalarining o‘lchovi bormi?
- bolaning bilish va ko‘nikmalarini belgilashga tarbiyachi aralashgani ma’qulmi yoki o‘ziga-o‘zi baho bergani afzalroqmi?
Mana shu savollarga eng maqbul asoslarda javob berish pedagogik diagnostikaning predmetidir. Mana shu maqsadni ro‘yobga chiqarish yo‘l-yo‘riqlari, metodik mexanizmlarini ishlab chiqish, joriy etish muhim vazifadir. Pedagogik diagnostikaning tarixi pedagogik fao­liyat tarixi bilan deyarli tengdosh. Boshqacha qilib ayt­ganda, pedagogik jarayon ming yillardan beri mavjud bo‘lsa, bu faoliyatning me’yorlari va natijalarini belgilash ham shunchalik qadimiydir. Demoqchimizki, tarbiyalanuvchi bilimiga baho qo‘yish, uni sinov va imtixon qilish, pirovard ish natijalarini belgilab olish boshlangan yerda pedagogik diagnostika ham mavjud. Faqat farq shundaki, ibtidoiy va o‘rta asr pedagogikasida bola bilimi va iqtidorini diagnostik tahlil qilishning ilmiy asosi yo‘q edi. Pedagogik diagnostikani ilmiy asosda tahlil etish va yo‘lga qo‘yish XX asr boshlarida amalga oshirilgan. Shu boisdan, bu pedagogik jarayonning nomlanishi ham turlicha bo‘lgan.
Ayrimlar pedagogik diagnostikani taklif etilgan bilimlarni o‘zlashtirish asosi deyishadi. Boshqalar di­agnostika o‘qitishni jadallashtiruvchi axborotdir deb hisoblaydilar. Yana ayrimlar esa diagnostika egallangan bilim sifatini nazorat etishdir, degan fikrni ilgari suradilar.
Taniqli pedagogik olim Maserman pedagogik diagnos­tikani «tarbiyalanuvchi o‘zlashtirishi bilan, o‘quv materialini to‘g‘ri tanlash, maqsadni to‘g‘ri yo‘naltirish mezonidir» deb hisoblaydi.
Aslida pedagogik diagnostika o‘quv materialini bi­lish jarayonining asosini tashkil etib, maqbul pedago­gik xulosaga kelishga zamin yaratadi.
Shu boisdan ham, pedagogik diagnostika:
birinchidan, tarbiyalanuvchiga individual ta’lim – tarbiya berishni jadallashtiradi;
ikkinchidan, davlat va jamiyatning ta’limga qo‘ygan talablaridan kelib chiqib, tarbiyalanuvchi bilimini to‘g‘ri, adolatli baholashni ta’minlaydi;
uchinchidan, ishlab chiqilgan ta’limiy mezon, kriteriyalar orqali tarbiyalanuvchining sinfdan sinfga o‘tishida, mutaxassislikka qabul qilinishida minimal talablarga javob berishini belgilaydi.
Pedagogik diagnostika yordamida ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘ri tahlil etiladi va uning samaradorligi to‘g‘ri baholanadi. Boshqacha qilib aytganda, pedagogik diagnostika orqali ta’lim ob’ekta, ta’limiy tushunchalar qay darajada o‘zlashtirilganligi tahlil etiladi, butun o‘quv kursini, o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish darajasi baholanadi.
Pedagogik diagnostika muhim ahamiyatga ega. U o‘quv-tarbiya jarayonini yaxshilashga xizmat qiladi, ta’limiy fao­liyat natijasida erishilgan samaralarni holislik bilan belgilab beradi, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etishga yo‘l ochadi, pirovard natijada ta’limning takomillashib borishiga ijobiy ta’sir qiladi.
Pedagogik diagnostika tarixiga nazar tashlasak, o‘tgan asrlarda u faqat tarbiyalanuvchi bilimini baholash orqali amalga oshirilganini kuzatamiz. Unga 1864 yilda AQSh olimlari D. Fisher va R. Resslar asos solganlar, 1908 yildan boshlab esa, olim T. Stoun arifmetikadan test orqali tarbiyalanuvchi bilimini sinash tizimini tatbiq etgan.
Egallagan malakani aniqlashga qaratilgan pedagogik diagnostika yoki diagnostik faoliyatning ayrim jihatlari:
a) taqqoslash;
b) pedagogik tahlil;
v) avvaldan ayta bilish (prognoz);
g) interpretatsiya;
d) pedagogik diagnostika natijalarini aniqlash;
ye) amalga oshirilgan turli diagnostik metodlarni o'tkazish;
j) pedagogik diagnostika metodlarini to‘g‘ri belgilash.

Pedagogik diagnostikaning eng muhim kriteriylari esa:


♦ haqqoniylik (ob’ektivnost);
♦ ishonchlilik (nadejnost);
♦ puxtalik (validnost) ka asoslanadi.
Diagnostik tahlillar qachon ob’ektiv bo‘ladi?
1. ♦ Agar: sinov natijalari turli tekshiruvlarda bir xil natijalar ko‘rsatilib, ko‘rsatkichlar o‘zaro bir-biriga yaqin bo‘lsa;
♦ Agar: sinov mezonlari, o‘lchovlari birligi hamda uning natijalari sinovni amalga oshiruvchi, aniqlovchining shaxsi xislati va munosabatlariga bog‘liq bo‘lmasa;
♦ Agar: sinov bir xil talab, bir xil munosabat va psi­xologik kayfiyatda amalga oshirilsa, haqiqiy ahvolni aniqlashda ob’ektiv natijalar olinishi mumkin.
Modomiki maqsad haqiqiy ta’limiy ahvolni aniqlash ekan, unga to‘g‘ri, halollik, xaqqoniylik bilan yondashish zarur. Aks holda, diagnostikadan ko‘zlangan natijaga erishish, to‘g‘ri tashhis belgilash mumkin emas. Bundan tashqari, ayrim sinf ishlarini, ba’zan yozma ishlarni, ko‘pincha esa og‘zaki berilgan javoblarni baholashda har xil yondashuvlar qayd etilishi mumkin. Bu sinovchi, ya’ni diag­nostik tahlil o‘tkazuvchi qilinayotgan ishlarning tub maqsadiga tushunib yetishiga, mas’uliyatiga, ishga bo‘lgan yondashuviga, va nihoyat uning saviyasiga bog‘liq.
Bundan kelib chiqadigan amaliy xulosa shuki, pedago­gik diagnostikani amalga oshirishda rioya-andisha, oshna-og‘aynigarchilik, tanish-bilishchilik yoki boshqa noxushliklar aralashsa, haqiqiy ahvol aniqlanmaydi, umumiy ishga putur yetadi, kamchilik va nuqsonlar ochilmay xaspo‘shlanadi, ta’limni takomillashtirishdan ko‘zda tutilgan maqsadlar ochilmay qoladi.
2. Pedagogik diagnostikaning ishonchliligi bir necha marta qilingan tahliliy xulosalar natijasining bir xilligi qayd etilgan hollardagina ta’minlanadi.
Agar buni muayyan muassasalarning hayotiy faoliyati bilan bog‘lasak, mabodo tarbiyachi ilgarigi ishini oradan bir necha vaqt o‘tib, aynan o’shanday baholasa, ishonchlilik paydo bo‘ladi, lekin bunday hol afsuski amaliyotda kam uchramoqda.
Pedagogik diagnostika natijalari qachon uzil-kesil tasdiqlanadi? Tajribalar, tahlillar shuni ko‘rsatadiki, pedagogik diagnostika test usullari vositasida amal­ga oshirilsa, natijalar haqqoniy bo‘ladi.
Chunki bunda to‘rt xil xulosa bir xil natija bilan baholanadi. Bular:
♦ mazmunning tasdig‘i;
♦ har xil usul bilan olingan natijalarning bir xilligi;
♦ natijalarga ko‘ra amalga oshirilgan tahlillarning isbotlanishi;
♦ loyihalashning tasdiqlanishi (ya’ni loyihalashtirishdagi natijalarning olingan xulosalarga uyg‘unligi).


1 Матмуратова.Н.Б. Психодиагностика фанидан маърузалар матни. - Т., 2000й.

Download 33,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish