49-modda. Ta’lim oluvchilarning kiyim-boshiga nisbatan qo‘yiladigan talablar
Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarning kiyim-boshiga doir talablar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabdan tashqari ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash turlari bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari ta’lim oluvchilarning kiyim-boshiga doir talablarni mustaqil belgilashga haqli.
(49-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Ta’lim oluvchilarning ayrim toifalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kiyim-bosh bilan ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |