Mehnat gigiyenasi, kasb gigiyenasi — gigiyenaning bir bo’limi. Mehnat jarayonlari va ishlab chiqarish muhitining odam organizmiga ta’sirini o’rganadi hamda qulay mehnat sharoitini yaratish va kasb kasalliklarining oldini olish uchun gigiyena me’yorlari va tadbirlarini ishlab chiqadi. Har. qanday joydagi mehnat sharoitlari ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasiga va ish o’rinlarida yaratiladigan sanitariyagigiyena sharo-itlariga bog’liq.
Ustaxona yorug’, normal temperaturaga ega va toza havo bilan taminlangan bo’lishi kerak. Agar maktab binosi ko’p qavatli bo’lsa ustaxona birinchi qavatga iloji bo’lsa maktabning o’quv binosidan ko’ra alohida binoga joylashtirilishi kerak. lekin ustaxonani yerto’laga o’xshash, qorong’i, nam, sovuq binoga joylashtirish man qilinadi.
Ustaxonaning poli taxta bo’lishi kerak. agar tsement yoki yer bo’lsa bolalar oyog’i ostiga yog’och panjara yasab beriladi.Devari, potologi, eshik va derazalari och bo’yoq bilan bo’yalsa, yorug’likni yaxshi tushishini taminlaydi. Har bir darsdan keyin derazalarni ochib xona havosi shamollatiladi. Ustaxonaning poli va buyumlari changitmasdan, namlangan material bilan artiladi.
Maktab ustaxonasining har bir xonasi 18-20 o’quvchiga mo’ljallangan bo’ladi, uning pol sathi 66-70 metr kv. bo’lib har bir o’quvchiga3,0-3,3 metr kv. to’g’ri kelishi kerak (sinf xonasida esa 1,25-1,40 metr kv).
Ishlab chiqarish korxonalaridagi o’quvchilar mehnat darsi bo’yicha amaliy mashg’ulot o’tkazadigan va ishlaydigan ustaxonalarda harakatlanish ko’proq bo’ladi. Asbob-uskunalar ko’p bo’ladi, shuning uchun har o’quvchiga 4-8 metr kv. pol sathi to’g’ri kelishi kerak.
Duradgorlik va temirchilik ustaxonalari verstaklar bilan jihozlanadi. Verstaklar ustaxonada 2-3 qator qilib joylashtiriladi, qatorlar o’rtasidagi oraliq 120 sm dan, verstaklarning bir-biri o’rtasidagi oraliq 80 sm dan kam bo’lmasligi kerak. Verstaklarning kengligi 75 sm dan kam bo’lmasligi balandligi esa o’quvchilarning bo’yiga mos kelishi kerak. Duradgorlik verstaklarining bo’yi quyidagicha bo’ladi. O’quvchining bo’y uzunligi 120-127 sm bo’lsa, verstak balandligi 65,5 sm, bo’yi 128-133 sm bo’lsa verstak 70,5 sm, bo’yi 134-141 sm bo’lsa, verstak 77,5 sm bo’lishi kerak. Temirchilik verstaklarining balandligi esa o’quvchining bo’yi 120-127 sm bo’lsa verstak 75,7 sm. bo’yi 120-127 sm bo’lsa verstak 80,5 sm, bo’yi 134-141 sm bo’lsa verstak 88 sm. O’quvchining bo’yi juda past bo’lsa uning oyog’i ostiga taxtadan zinacha yasab beriladi.
Ustaxonada texnika xavfsizligi choralari ko’rilgan bo’lishi kerak. Ishlagan paytda yog’och, temir, tunuka parchalari o’quvchining shikastlanmasligi uchun uning ishlayotgan joyi sim panjara bilan to’sib qo’yiladi. Uning balandlgi 1 m dan kam bo’lmasligi kerak.
Ustaxonada elektr asboblari xavfsizlik qoidasiga binoan juda ehtiyotlik bilan izolyatsiya qilingan elektr tokini qo’shuvchi knopka tekislik sathidan 3-5 mm chuqurlikda, ajratuvchi knopka esa 3-5 mm ko’tarib joylashtiriladi. Elektr asboblarining hayotga xavfli qismlari to’sib qo’yilib qizil, qolgan qismlari yashil bo’yoqlar bilan bo’yaladi.
Ustaxonani tozalash vaqtida elektr asboblari tokdan ajratiladi, ish to’xtatiladi. Chiqindi, axlat, changni tozalash uchun uzun dastali ilgak, shchyotka va boshqa qulay asboblar ishlatiladi.
Ustaxonada ish vaqtida o’qituvchi va o’quvchilar maxsus ish kiyimlari bilan ta‘minlanadilar.
O’quvchi dam olishi uchun ishlab turgan joyida qulaylashtirilgan, ya‘ni ochilib yopiladigan kursi, buyumlarini qo’yish uchun tumbochka yoki kichkina shkafcha bo’lishi kerak.
Hamma o’quvchilar ustaxonada ishlashning texnika xavfsizligi qoidalari bilan mukammal tanishtirilishi kerak.
2-amaliy mashg’ulot. Orqa miya reflekslarini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |