Ixtiyoriy ijtimoiy sug’urta fuqarolarning yanada ko’proq ijtimoiy himoyalashni ta’minlashga qaratilgan. U fuqarolarning shaxsiy daromadidan ish beruvchilarning ishchilarini sug’urtalashning firma daromadidan badal ko’rinishidagi mablag’ hisobidan yuzaga keladi.
Ixtiyoriy sug’urta bo’yicha sug’urta badallari miqdori sug’urta institutlari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi va u sug’urta xavf-xatariga sug’urtalovchi tomonidan o’rnatilgan qoidaga ijtimoiy xizmat narxiga sug’urtalanganlar soniga va boshqalarga bog’liq bo’ladi.
Hozirgi kunda milliy sug’urta bozorimizda ko’plab sug’urta tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan eng yiriklari davlat mulki ishtirokidagi sug’urta kompaniyalari bo’lib, ular "O’zagrosug’urta" DASK, "Kafolat" DASK, "O’zbekinvest" EIMSK, va "Madad" sug’urta agentliklaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |