Taklif inflyatsiyasi bu, mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar taklifining kamayishi natijasida tovar va xizmatlar baholarining oshishidan paydo bo’ladi. Bunday hollarda ortiqcha talab bo’lmasa ham tovarlarning baholari oshib boradi. Hatto ish bilan bandlik va YAMM ishlab chiqarish kamaygan yillari tovarlarning bahosi oshadi. Jami taklif qisqarishining asosiy sababi mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarning o’sishi hisoblanadi. Bunda nominal ish haqi, xom ashyo va yoqilg’i narxlarining oshishi natijasida ishlab chiqarish tannarxi ham oshadi.
Taklif inflyatsiyasining kelib chiqishiga, shuningdek, taklif mexanizmining buzilishi ham ta’sir qiladi. Taklif mexanizmi esa tasodifiy holda asosiy ishlab chiqarish omillari bahosining keskin ko’payishidan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |