Qisqa xulosalar.
Axborot bu ma’lum va xabarlar to‘plami bo‘lib, mazmunan yangilik unsurlariga ega bo‘ladi va boshqaruv vazifalarini hal etish uchun o‘ta zarurdir. Ishonchli va zarur axborotlarsiz boshqarishni amalga oshirib bo‘lmaydi. Axborotlar boshqaruv negizi hisoblanadi.
Axborotning o‘z vaqtida kelishi va o‘z vaqtida bajariluvchilarga yuborilishi, ya’ni tezkorlik ham juda muhimdir. U boshqaruv jarayonining, ishlab chiqarishning uzluksiz borishiga yordam beradi. Shuningdek, dastlabki axborotni boshqarish turli maqsadlar uchun oson o‘zgarish, undan boshqaruvning barcha bo‘g‘inlarida foydalanish mumkinligi, axborotning uzil-kesil ishlanishi, undan qo‘shimcha ishlov bermasdan foydalanish ham ahamiyatga ega.
Kommunikatsiya – bu kishilar o‘rtasidagi o‘zaro axborot almashuvidir. Rahbarlar qilinayotgan hamma ishlar axborotlarning samarali almashishini talab qiladi. Yaxshi yo‘lga qo‘yilgan kommunikatsiya ish muvaffaqiyaitini ta’minlaydi.
Nazorat savollari.
Axborot nima? Uning boshqarishdagi roli nimalardan iborat?
Axborotga nisbatan qanday talablar quyiladi?
Teskari aloqa nima?
Axborotlar qanday turkumlanadi?
Kommunikatssiya nima?
Kommunikatssion jarayon deganda nimani tushunasi?
Samarali quloq solish san’atining 10 ta qoidasini bilasizma?
2. MUSTAQIL TA’LIM MASHG‘ULOTLARI
“Menejment. Marketing” bo‘yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, masala va keys topshiriqlarini yechadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan misol va masalalarni yechadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqdaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirish darajasini
tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
“Menejment. Marketing” fanidan mustaqil mavzulari fanning barcha tomonlarini qamrab olgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
Axborot va boshqaruv, menejment jarayonida kommunikatsiya.
Bozor sharoitida ijtimoiy siyosatning tutgan o‘rni.
Bozor sharoitida boshkaruv kadrlar siyosati va mohiyati.
Boshqaruv madaniyati va uslubi.
Boshqaruv mehnatining mazmuni, harakteri va xususiyati.
Boshqaruvda vazifa va vakolotlarning taqsimlanishi.
Boshqaruvda rahbar madaniyati va fazilati.
Do'stlaringiz bilan baham: |