1-jadval
MENEJMENT OB’EKTI VA SUB’EKTI
№
|
Menejment
|
Ob’ekti (boshqariluvchi hodisa, voqelik)
|
Sub’ekti (boshqaruv organi, rahbarlik)
|
1
|
2
|
3
|
I-Makrodarajada.
|
1
2
3
|
Mamlakat (respublika)
Viloyat
Tuman (shahar)
|
Qonun chiqaruvchi hokimiyat (Oliy Majlis)
ijro etuvchi hokimiyat (O‘zR Vazirlar Mahkamasi)
Sud hokimiyati.
QQR Jokargi kengashi va viloyat deputatlari.
QQR Vazirlar kengashi, viloyatlar hokimiyatlari.
QQR Oliy sudi, viloyatlar sudlari
Tuman (shahar) xalq deputatlari
Tuman (shahar) lar hokimliklari
- Tuman (shahar) sudlari
|
II-Megodaraja
|
4
5
|
Konssern (ko‘p tarmoqli korporatsiya)
Sektor (tarmoq)
|
Qo‘mitalar va ularning raislari
Vazirliklar va vazirlar
|
III-Mikrodaraja
|
6
7
8
9
10
|
Korxona (firma), korporatsiya
Xodimlar
Ishlab chiqarish
Samaradorlik
O‘z-o‘zini boshqarish
|
Jamoa kengashi va raislar, prezident
Korxona (firma) rahbarlari, bo‘g‘in boshliqlari
Korxona (firma) rahbarlari, bo‘g‘in boshliqlari
Korxona (firma) rahbarlari, bo‘g‘in boshliqlari
Fuqarolar yig‘ini rais (oqsoqol) lar
|
Shunday qilib har qanday hodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan ob’ekt va boshqaruvchi sub’ekt tizimlaridan tashkil topadi.
1.3. Menejment faning umumfalsafiy usullari
Menejment fani voqelikni bilishga bag‘ishlangan umumfalsafiy usullarni qo‘llaydi. Eng avvalo, boshqaruvchi ob’ektni aks ettiruvchi, uni talqin yetishga yordam beruvchi ma’lumot (fakt) lar jamlab baholanadi. Bu ma’lumotlar mikro, mego va makro darajadagi voqelikka oid bo‘lishi mumkin. Bu boshqaruvchi idrok yetishdagi yempirik bosqich hisoblanadi.
Boshqarishning sir-asrorlarini ilmiy asosda o‘rganish, tahlil qilish maqsadida bu fan quyidagi uslublardan foydalanadi (2-jadval).
2-jadval
Menejment fanining tahlil usullari
№
|
Tahlil usullari
|
Mazmuni
|
1
|
Sistemali yondashuv
|
- Boshqariluvchi ob’ekt yaxlit tizim tarzida olib qaraladi. Bu yondashuv turlicha bo‘lishi mumkin:
- sistemali-kompleks yondashuv
- sistemali-funksional yondashuv
- sistemali-tarkibiy yondashuv
- sistemali-kommunikatsion yondashuv
|
2
|
Kompleks yondashuv
|
- Boshqariluvchi ob’ekt boshqa ob’ektlari bilan o‘zaro bog‘lanishda va aloqadorlikka qaraladi.
|
3
|
Tarkibiy yondashuv
|
- Boshqariluvchi ob’ekt tarkibiy qismlarga bo‘lib o‘rganiladi.
|
4
|
Vaziyat (situatsiya) li yondashuv
|
- Boshqariluvchi ob’ektning konkret sharoitida ichki va tashqi vaziyatiga qarab boshqarishning ma’qul uslubi qo‘llaniladi.
|
5
|
Integratssion yondashuv
|
- Boshqariluvchi ob’ekt yuqoridagi uslublar (vaziyatli, kompleks, tarkibiy yondashuvlar) ni birgalikda qo‘llash yordamida boshqariladi.
|
6
|
Modellashtirish usuli
|
- Boshqariluvchi ob’ektni boshqarish bo‘yicha turli sxema, grafik va chizmalar, xomaki materiallar tayyorlanadi.
|
7
|
Iqtisodiy-matematik yondoshuv
|
- Optimal bozor qabul qilish maqsadida matematik uslublar va hisoblash mashinalarini keng miqyosda qo‘llash.
|
8
|
Kuzatish usuli
|
- Boshqariluvchi ob’ekt to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rejali, ilmiy, uyushtirilgan asosda to‘plash usuli
|
9
|
Yeksperiment (tajriba) usuli
|
- Boshqarish jarayonida boshqariluvchi ob’ektga nisbatan namunaviy tajribadan o‘tgan usullarni qo‘llash.
|
10
|
Sotsiologik kuzatuv usuli
|
- Boshqarish maqsadida turli anketali so‘rovlar, suhbatlar, testlar, infratuzilmaviy tahlillarni o‘tkazish.
|
Ilmiy jihatdan asoslangan boshqaruv qayd qilingan usullarning hammasidan uzviy bog‘liqlikda foydalanishni taqozo etadi.
Menejment fani boshqarish to‘g‘risidagi bilimlar majmuidir. U ijtimoiy, iqtisodiy huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir.
Menejment, dastavval iqtisodiy nazariya bilan yaqindan bog‘liqdir. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usullarni qo‘llab, har bir xodimga va jamoaga ta’sir ko‘rsatishga asoslanadi. Menejment makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, istiqbolni belgilash. Mehnat iqtisodiyoti kabilar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Menejment fani boshqarishning umumiy qonuniyatlarini, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni idrok qilish va qayta ishlash jarayonlarini o‘rganuvchi kibernetika fani bilan uzviy bog‘langandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |