Konfutsiychilik. Uning asoschisi Konfutsiy (Kun TSzi) mil.av.551 yilda tug’ilib, mil.av.479 yilda vafot etgan.
Konfutsiyning falsafiy qarashlari. Konfutsiy komil inson haqidagi g’oyani yaratdi. U yuksak ma’naviyatli inson ikki asosiy xususiyatga ega bo’lishi kerak: insoniylik va ma’suliyat (ajdodlar oldidagi qarz)ni his qilish. Komil inson eng avvalo, ishonchli va fidoyi bo’lishi lozim. U buning uchun tinimsiz, o’zini ayamasdan o’z xukmdori, o’z otasi va o’zidan katta barchaga birday xizmat qilishi va doimo kamolot sari intilishi zarur.
Konfutsiylikning ilk ko’rinishida axloq masalasi birinchi o’ringa qo’yilgan,diniy e’tiqod esa ikkinchi darajali sanalgan. Diniy masalalar, aqidalarga qonfutsiychilik ancha sovuqqon munosabatda bo’lgan, b’zi o’rinlarda ularni inkor qilgan.
Konfutsiy qadimdan davom etib kelayotgan diniy qadriyatlar, urf odatlarga Konfutsiy xurmat bilan munosabatda bo’lgan.
Konfutsiyning yana bir ta’limotida inson o’z ota onasiga munosib bo’lishi haqidagi g’oyani o’zida mujassam qilgan.Konfutsiy fikricha, inson uchun bundan muhim narsa yo’q. U ukaning akaga, kichiklarning kattalarga xurmati insoniylikning asosidir degan. Farzandlik xizmati qanday bo’lishi kerak, degan savolga Konfutsiy shunday javob bergan: “aqlli va ota onagni boqishga yaroqli bo’lishingdir. CHunonchi, odamlar uylarida itlar va otlarini ham boqadilarku? Agar ota onalariga ortiq extirom ko’rsatmasalar, hayvonlarni boqishlaridan nima farqi bor? Li qonunlariga ko’ra farzand ota ona tiriklik chog’ida mutloqo ularning ixtiyoridadir. To ular dunyodan o’tgunicha o’z-o’ziga egalik qilishga xaqli emas. Agar ota ona vafot etsa, farzand qanday ish bilan mashg’ul bo’lishidan qat’i nazar barcha ishni tashlab uch yil aza tutishi shart.
Oila va nikoh tushunchasi. Konfutsiy ta’limotida tiriklar o’tganlarning oldida qarzdordirlar degan g’oyani ilgari suradi. Triklarning vazifasi o’tganlarni rozi qilish ekan, butun oila mana shu g’oyaga xizmat qilishni tashkil qiladi. Mana shuning uchun ham har bir oila boshliqlari o’z ajdodlari oldidagi qarzlarini ado etishlari uchun oila naslini davom etirishlari kerak.
Konfutsiy fikricha dunyodan befarzand o’tish va o’zidan nasl qoldirmaslik nafaqat shu insonning yoki shu xonadonning, balki butun jamiyatning fojiasidir.
Konfutsiy nomining ilohiylashtirilishi. Konfutsiy o’zi yashab ijod etgan joy TSuyfuyda vafot etgandan keyin uning qabri yaqinida bir ibodatxona qurdilar. Ibodatxonaga Konfutsiyning shogirdlari va yaqinlari tomonidan uning barcha tabarruk narsalari va unga taaluqli ashyolar:yozgan asarlari, musiqa asboblari, ro’zg’or buyumlari, aravasi va boshqa narsalari keltirib qo’yildi. Vaqt o’tishi bilan faylasufning obro’si oshib ta’limoti keng tarqala borgan sari ibodatxona ham ziyoratgohga aylanib bordi. TSyfu yaqinida Konfutsiy shogirdlari va izdoshlari makon tutgan kattagina qishloq barpo bo’ldi. Konfutsiy nomi Xitoyda ilohiylashtirildi va unga atab muntazam qoidalar asosida qurbonliklar qilinadigan bo’ldi. Xan sulolasi davrida Konfutsiyga knyazlik unvoni berildi. Sun sulolasi davrida unga imperatorlik, otasiga esa knyazlik unvoni berildi. Keyinroq unga yanada yuksakroq daraja, Xaqiqiy donishmand, Millatlarning buyuk ustozi unvonlari berildi.
Xitoyning deyarli barcha shaharlarida Konfutsiyga atab qurilgan ibodatxonalar paydo bo’ldi. Bunday ibodatxonalar soni mingga yaqin edi. Dastlabki ibodatxonaning qurbonlik qilinadigan joyida Konfutsiy nomi yozilgan edi. Keyinchalik uning o’rniga Konfutsiyning xaykali egalladi. Konfutsiy xaykali yoniga 86 shogirdining nomi bitilgan lavha yoki xaykallar qo’yilgan. Faylasufga atab qurbonliklar va turli maosimlar o’tkaziladigan bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |