Ko‘rsatkichlar
|
Tovar hajmi, mln so‘m
|
Rejadan farqi (+; –)
|
Tovar aylanishi dinamikasiga ta’siri (+; –)
|
Reja
|
Haqiqatda
|
Yil boshiga tovar zaxiralarining qoldig‘i (Tyb)
|
104
|
130
|
+26
|
+26
|
Yil davomida tovarlarning kirimi (Tk)
|
1200
|
1298
|
+98
|
+98
|
Tovarlarning yil oxiriga qoldig‘i (Tyo)
|
50
|
57
|
+2
|
–2
|
Tovar aylanishining hajmi (Ta)
|
1254
|
1371
|
+117
|
+117
|
Ba’zan balans usuli alohida omillarning natijaviy ko‘rsatkichning o‘sishiga ta’sir kattaliklarini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Masalan, uch omillarning ikkitasining ta’siri ma’lum bo‘lsa, u holda uchinchisi ta’sirini natijaviy ko‘rsatkichning umumiy o‘sishidan dastlabki ikki omillarning ta’siri natijasini chiqarib tashlab aniqlash mumkin.
Iqtisodiy tahlilda grafik usuldan foydalanish
Grafiklar ko‘rsatkichlar va sonlarning geometrik belgilar (chiziqlar, to‘g‘ri burchaklar, aylanalar) yoki shartli-badiiy figuralar yordamida masshtabli tasvirini o‘zida aks ettiradi. Ular katta illyustrativ ahamiyatga ega. Ular vositasida o‘rganilayotgan material yanada tushunarli bo‘ladi.
Tahlilda grafiklarning analitik ahamiyati katta. Jadval materialidan farqli ravishda grafik o‘rganilayotgan hodisaning holati yoki rivojlanishiga oid umumlashma tasvir beradi. Bu bilan raqamli axborot vositasida mavjud qonuniyatlarni ko‘rib qayd qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Grafikda o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning tendensiyalari va aloqa yanada ravshan kuzatiladi.
Iqtisodiy tahlilda axborotlarni grafik shakliga keltirishda asosan diagrammalar qo‘llaniladi. O‘z shakli bo‘yicha ular ustunli, chiziqli, aylana, zanjirli, nuqtali, silindrik, konus, piramida va boshqa ko‘rinishlarda bo‘ladi. Mazmuniga ko‘ra diagrammalar taqqoslash, strukturali (sektorli), dinamik, aloqa grafigi, nazorat grafigi tarzida farqlanadi.
Taqqoslash diagrammalari turli obyektlarni qandaydir ko‘rsatkich bo‘yicha nisbatini ko‘rsatadi. Ko‘rsatkichlarni taqqoslash uchun yanada oddiy ko‘rgazmali grafiklardan, ustunli va chiziqli diagrammalardan foydalaniladi. Ularni tuzish uchun to‘g‘ri burchakli koordinat tizimlari qo‘llaniladi. Ustunli diagrammalarda abssissa o‘qlari barcha obyektlar uchun bir xil hajmda ustunlar asosiga joylashtiriladi. Konus, silindr yoki piramida ko‘rinishida ma’lumotlar markerlari diagrammalarga yanada yaxshi shakl beradi. Ba’zan taqqoslash diagrammalari kvadrat yoki aylana ko‘rinishida keltiriladi, ularning maydoni ko‘rsatkichlarning kattaligiga mutanosib taqsimlanadi.
Strukturali (sektorli) diagrammalar ko‘rsatkichning umumiy kattaligida tarkibiy qismlarning solishtirma salmog‘ini ifodalashga imkon beradi. Ularda ko‘rsatkichning tasviri sektorlarga ajratilgan geometrik figuralar (kvadrat, aylana, halqa) ko‘rinishida beriladi, maydoni 100 yoki 1 deb olinadi. Kattalik sektori qismlar solishtirma og‘irligi bilan aniqlanadi. Halqali diagramma aylanaga o‘xshash, lekin undan farqli o‘laroq bitta emas, balki bir nechta ma’lumotlar qatorini aks ettirishi mumkin.
Tahlilda bir vaqtda hodisalarning hajmi va ularning strukturasini aks ettirish uchun ustunli va chiziqli diagrammalar keng qo‘llaniladi.
Dinamika diagrammalari mutanosib vaqt oralig‘ida hodisalarning o‘zgarishlarini aks ettirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu maqsadda gistogrammalar, chiziqli, figurali va boshqa grafiklar qo‘llaniladi. Amaliyotda chiziqli grafiklar ko‘proq qo‘llaniladi. Dinamika ushbu grafikda jarayonning uzluksizligini tavsiflovchi chiziqlar ko‘rinishida keltiriladi.
Chiziqli grafik tuzish uchun koordinat tizimlari qo‘llaniladi: abssissa o‘qlariga davrlar, ordinata o‘qlariga – qabul qilingan masshtabdan kelib chiqib mutanosib vaqt kesimida ko‘rsatkichlarning darajasi joylanadi. Chiziqli grafiklar (aloqa
grafiklari) ham ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganishda juda keng qo‘llaniladi.
Nazorat grafiklari iqtisodiy tahlilda reja bajarilishi borishiga oid ma’lumotlarni o‘rganishda keng qo‘llaniladi. Bu holatda grafikda ikki chiziq bo‘ladi: har bir kun yoki boshqa vaqt kesimi uchun ko‘rsatkichlarning rejaviy va haqiqatdagi darajasi. Ular o‘zaro taqqoslandi.
Zamonaviy kompyuter texnologiyalari ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida grafik tuzishni ancha osonlashtiradi va kontrast, masshtab, estetik jihatlardan ularning sifatini oshiradi. Hozirgi vaqtda analitikaning vazifasi – ma’lumotlarni grafik ko‘rinishda taqdim etishning yanada qulay shakllarini tanlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |